15-mavzu. Bank daromadlari va xarajatlari hisobi
Bank xarajanlari va ularning turlari. Bankning foizli, foizsiz va operatsion xarajatlari, ularning rasmiylatirilishi va hisobi
Download 22.79 Kb.
|
11-MAVZU. BANK DAROMADLARI VA XARAJATLARI HISOBI
Bank xarajanlari va ularning turlari. Bankning foizli, foizsiz va operatsion xarajatlari, ularning rasmiylatirilishi va hisobi.Bank o’z faoliyatini to’laqonli yuritishi uchun xarajatlar qiladi. Tijorat banklarining barcha xarajatlarini 3 guruhga bo’lish mumkin. Bular: – Foizli xarajatlar Foizsiz xarajatlar Operatsion xarajatlar Foizli xarajatlar barcha majburiyatlar bo’yicha mijozlarga va boshqa banklarga to’langan foizlar summasidan tashkil topadi. Tijorat banklari o’z kredit resurslari tashkil etish maqsadida talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar, jamg’armali hamda muddatli depozitlar qabul qiladi. Ushbu depozitlarga banklar tomonidan ma‘lum miqdorda belgilangan stavkada foiz ko’rinishida to’lov to’laydilar. Banklar foizli xarajatlarining yana biri tijorat banklarining kredit operasiyalari bilan bog’liq. Chunki tijorat banklari eng ko’p Markaziy Bankdan, boshqa tijorat banklaridan, budjetdan tashqari fondlardan, nobank moliya institutlaridan kreditlar olishi mumkin. Bundan tashqari, banklarning foizsiz xarajatlariga bank sohasida malakali kadrlar tayyorlashda, ularning malakasini oshirish uchun sarflaydigan xarajatlari kiradi. Tijorat banklari oliy o’quv yurtlari bilan kelishilgan shartnomadagi mablag’larni to’lab bank sohasiga malakali kadrlar tayyorlash, Mintaqaviy o’quv markaziga va boshqa malaka oshirish institutlariga bank xodimlari malakasini oshirish bo’yicha xizmatlari uchun haq to’laydi. Bundan tashqari, banklar qantselyariya tovarlari, kam baholi va tez eskiruvchi buyumlarni, maxsus adabiyotlar sotib olish, shuningdek bank faoliyatini amalga oshirishda zarur bo’ladigan maxsus nashrlarga obuna bo’yicha qilinadigan xarajatlari mavjud bo’lib ular ham foizsiz xarajatlardir. Xarajatlarni hisobga olish uchun ochilgan boshqa barcha hisobvaraqlar, ularning nomi va nomerlarini hisobvaraqlar rejasidan olib o’rganishingiz mumkin. Hisobot yili oxirida bu xarajatlar daromad hisobidan qoplanadi: Debet – 31206 Sof foyda (yoki zarar) Kredit – 50100 (50600, 51100). Talab qilib olinguncha saqlanadigan, yoki jamg’armali yoki muddatli depozitlar bo’yicha foizli xarajatlar. Bu hisob raqamlardan Markaziy bank hisob raqami yoki depozitlari qoldiq summalariga hisoblangan foizlar xarajat qilinib, buxgalteriya provodkasi quyidagicha bo’ladi: Debet 51600 MBning hisobvaraqlari bo‘yicha foizli xarajatlar Kredit 10301 Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag‘i - Nostro Bu xarajatlar yil oxirida foyda hisobidan qoplanadi, buxgalteriya provodkasi quyidagi ko’rinishda bo’ladi: Debet – 31206 Sof foyda (yoki zarar) Kredit – 51600 O’zR. Markaziy bankining hisobvarag’lari bo’yicha foizli xarajatlar Boshqa banklarga to’lanadigan foizli xarajatlar 52100 –―Boshqa banklarning hisobvaraqlari bo’yicha foizli xarajatlar‖ hisobvarag’ida yuritilib o’z ichiga uchta hisob raqamni oladi: 52101 – Boshqa banklarning vakillik hisobvaraqlari bo’yicha foizli xarajatlar-Vostro 52106 – Boshqa banklarning vakillik hisobvaraqlari bo’yicha foizli xarajatlar-Nostro. 52111 – Boshqa banklarning depozitlari bo’yicha foizli xarajatlar. Bu hisobvaraqlardan boshqa banklar vakillik va depozit hisobvaraqlari qoldiqlariga hisoblangan foizlar xarajat qilinib, yil oxirida bank foydasidan qoplanadi: Debet – 52100 Boshqa banklarning hisobvaraqlari bo’yicha foizli xarajatlar Kredit – 10301 Bankning vakillik hisobvarag’i. Download 22.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling