Budjet tashkilotining rahbari tomonidan tasdiqlangan dalolatnomaga asosan qabul qilingan tayyor eksperimental qurilmalar kirim qilinganida, eksperimental qurilmalami tayyorlash bo'yicha haqiqiy xarajatlar summasiga quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:
Debet 013 - «Mashinalar va uskunalar» subschyoti yoki
Debet 070 - «Ombordagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar»
subschyoti;
Kredit 083 - «Eksperimental qurilmalami tayyorlash xararajatlari» subschyoti.
Ishlar tamomlangandan keyin qurilma kirim qilinmasdan qismlarga ajratilganida olingan materiallar va asboblar foydalanish mumkin bo'lgan baho bo'yicha kirim qilinganida quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:
Debet 060 - «O'quv, ilmiy va boshqa maqsadlar uchun materiallar»
subschyoti
yoki Debet 063 - «Xo'jalik materiallari va idora buyumlari» subschyoti yoki Debet 067 - «Boshqa materiallar» subschyoti yoki Debet 070 - «Ombordagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar» subschyoti
yoki Debet 013 - «Mashinalar va uskunalar» subschyoti yoki Debet 016 -«Asboblar, ishlab chiqarish (jihozlari bilan birga) va xo'jalik
inventarlari» subschyoti; Kredit 083 - «Eksperimental qurilmalami tayyorlash xarajatlari» subschyoti.
Materiallarni tayyorlash va qayta
ishlash xarajatlari hisobi
Materiallarni xo'jalik usuli bilan tayyorlash va qayta ishlash (kiyim-kechaklar tikish, yoqilg'ilarni tayyorlash, sabzavotlarni qayta ishlash va shu kabilar) bo'yicha xarajatla084-«Materiallarni tayyorlash va