Reja: Bugungi o’zbeklar
Download 182.5 Kb.
|
31 talik chalasi
4-MAVZU: O’zbek xonliklarida etnik qabilalarning joylashuvi. REJA: Bugungi o’zbeklar. 92 o’zbek urug’lari. Bugungi o’zbeklar, Shayboniyxon o’g’illarining o’z-beklari Movarounnahr va Xorazmga Jo’ji ulusining butun muassasalari va tashkilotlari bilan kelgan edilar. Hatto hukumatda qabilalarning egallagan o’rinlari ham ko’paygandi. O’zbeklar Temuriylarni yengar ekan, har yerda o’zlarining tashkilotlarini o’rnatdilar. Shunday qilib, Oltin O’rdaning „ich eli“ hisoblangan va saroyga yaqin hamda Yaxshigina madaniyatli unsurlar ham kelgan edilar. Shuningdek, Movarounnahrga Kelgan shayboniylar, tarixchi O’tamish Hojining ta’biriga ko’ra, eskidan „O’zbek Eli“… mang’itlarning o’troq uluslari yashamoqda bo’lgan Turonzaminda, tom Madaniy qism zaminida hokim bo’lgan xalqdir. Markazi „Oq ko’l“, „Chalqar ko’l“ Bo’lgan To’rg’ay viloyati shayboniylar qo’liga o’tgan. Ilgari bu yerlarni, keyin Sirdaryoning narigi chegaralarini va 1431-yildan Xorazmda umr kechirgan Abulxayrxon „Turon va boshqurt“ taraflarini shayboniylar qo’lidan va G’arbiy Sibiriyani Mahmudbekxonning qo’lidan olgan edi. Bu zot davlat idorasini Jo’ji Ulusining janub va shimol tarafidagi ziroat sohalariga qaratib, o’troq o’lkalarga Aylantirmoq siyosatini targ’ib etgan edi. Zotan, zamonning buyuk olimlaridan Husayn Xorazmiy bu xonning nomiga atab turkcha go’zal bir asar — „Qasidai Burda“ni yozgan edi. Mas’ud Ko’histoniy degan bir odam ham uning hayotini tavsif Etgan bir forsiy tarix kitobini bitgan ekan. O’zbeklarning katta bir qismi XVI asrda Zarafshon havzasida va Xorazmda o’troq Va dehqonchilik hayotiga o’tdi. Bular yana Sirdaryo havzasida va Turon taraflarida Yashagan vaqtida o’troq hayotga o’tayotgan bo’lsalar kerak. Shayboniyxon esa Sirdaryo ila Ashtarxon orasida etishgan bir sultondir. Shayboniyxondan keyin Movarounnahrga kelgan avlodlaridan Mahdi va Hamza sultonlar ilgari Turonzaminning qal’a va istehkomlariga va ma’mur qismlariga ega bo’lgan Baxtiyor Sultonning o’g’illari edi. Ular bilan kelgan o’zbeklar so’nggi temuriylar zamonida Kelganliklari aytib o’tiladi. Qabila tuzilishiga ko’ra „O’zbeklar“ni har yerda to’qson Ikki bov o’zbek deb ataydilar. Bov — bu qabila demakdir. 92 nasabnoma Boshqurtlar ichida shunday bov bor: „O’n ikki bovli boshqurt“ deydilar. O’zbeklarda 92 qabilaviy bir „Nasabnoma“ bor-dir. „Nasabnoma“ning XVI—XVII asrlarda Yozilgan nusxalari bilan yangi nusxalari orasida farq juda oz. (Masalan, Oxund Qurbonali va Xanikov hamda Shayx Sulaymon nashrlari). Shubha yo’qdirki, „Nasabnoma“ o’zbeklarning Oltin O’rda zamonidagi yangi Mang’it — No’g’oy va Ming, Yuz, Qirq, Ungajit, Dayman, Qipchoq, Arg’in, Burloq, Busloq, Chemarchin, Bo’zay, Qatay (Xitoy), Jit, Juyut, Saljovut, Mang’it, Qang’it, Oymavut, Ulaji, Gulegen (?), Qishliq, Tomo, Mechet, Kirderi, Ramadan, Juyrat, Bo’zaji, Uysun, Tatar, Tilov, Shirin, Ag’ir (Og’iran), Buzan, Buzaq, Barin (Bahrin), Mo’g’ul, Nukus, Jaloyir, Saroy, O’ng’, Qo’ng’irot, Olchin, Chichoq, Qalmoq, Oyrat, Qorluq, Turgavut, Qatag’on, Kilechi, Kenagas, Bo’yrak, Qiyot, Qangg’li, O’zje bo’luji, Upulachi, Gulun, Boyovut, O’tarchi, Arlot, Kerayit, O’ngg’qut, Qachat, Merkat, Burqut, Quralash, Qarlop, O’g’lon, Kudey, Turkman, Do’rmon, Tobin, Mumun, Aday, To’qsaba, Qirg’iz, Uyruji, Jo’rga, Batash, Qo’ysun, Sulduz, Tumay, Ko’rlavut, Jilkash, Yug’ur, Yobu (Yeqabu), Mo’ytan, Major, Qo’jaliq, Cho’ran, Churchut.Ming, Yuz, Qirq, Ungajit, Dayman, Qipchoq, Arg’in, Burloq, Busloq, Chemarchin, Bo’zay, Qatay (Xitoy), Jit, Juyut, Saljovut, Mang’it, Qang’it, Oymavut, Ulaji, Gulegen (?), Qishliq, Tomo, Mechet, Kirderi, Ramadan, Juyrat, Bo’zaji, Uysun, Tatar, Tilov, Shirin, Ag’ir (Og’iran), Buzan, Buzaq, Barin (Bahrin), Mo’g’ul, Nukus, Jaloyir, Saroy, O’ng’, Qo’ng’irot, Olchin, Chichoq, Qalmoq, Oyrat, Qorluq, Turgavut, Qatag’on, Kilechi, Kenagas, Bo’yrak, Qiyot, Qangg’li, O’zje bo’luji, Upulachi, Gulun, Boyovut, O’tarchi, Arlot, Kerayit, O’ngg’qut, Qachat, Merkat, Burqut, Quralash, Qarlop, O’g’lon, Kudey, Turkman, Do’rmon, Tobin, Mumun, Aday, To’qsaba, Qirg’iz, Uyruji, Jo’rga, Batash, Qo’ysun, Sulduz, Tumay, Ko’rlavut, Jilkash, Yug’ur, Yobu (Yeqabu), Mo’ytan, Major, Qo’jaliq, Cho’ran, Churchut. Bu aytilgan qabila ismlarining 33 qadari moʻgʻul qabilalarining, boshqalari esa Joʻji ulusidagi butun mashhur turk qabilalarining bir qismidir. Bizga bugun Nomaʼlum boʻlgan qabilalarning nomidir. Oʻzbeklar kelmasdan avval Movarounnahrda yashab, soʻng ularga aralashib ketgan Barlos, Qovchin kabi Qabilalar bu orada yoʻqdir. 6-MAVZU: XVI – XIX asrlarda aholining maishiy turmush tarzi. Mazkur davrda O’rta Osiyo aholisining an’anaviy turmush tarzi, milliy Kiyimkechaklari va an’anaviy taomlari ham elchilar hamda tadqiqotchilar Tomonidan e’tirof etilgan. Ushbu tadqiqotlarda asosiy e’tibor aholining etnik tarkibi, Joylashuvchi, an’anaviy va mavsumiy xo’jaligi, diniy e’tiqodlari hamda milliy Bayramlariga qaratilgan. Jumladan, Rossiya imperiyasidan O’rta Osiyoga sayohat Qilgan Filipp Nazarov o’z esdaliklarida mintaqa tarixi haqida qiziqarli ma’lumotlar Yozib qoldirgan. Jumladan, Filipp Nazarov va uning hamrohlari Xo’jand shahrini Ham borib ko’rgan. Xo’jand shahri haqida uning esdaliklarida quyidagi ma’lumotlar Qayd etilgan: “Xo’jand hajm jihatdan Qo’qondan kichik emas. U Buxoro tomondan Ba’zi yerlari nurab qolgan devor bilan, boshqa tomondan Sirdaryo bilan Himoyalangan. Shahardan ariq va kanallar o’tkazilgan. Qo’qondagiga o’xshash Korxonalari va hordiq chiqaradigan yerlari ko’p...”. Bundan tashqari, mahalliy Mualliflar tomonidan yozilgan turli esdaliklar va tarixiy asarlarda ham hudud Xalqlari to’g’risida qiziq ma’lumotlar uchraydi. Ular qatoriga Mulla Abdulg’afforning “Zafarnomai Xudoyorxon”, Mullo Niyoz Muhammadning “Tarixi Shohruhiy”, Imomali Qunduziyning “Tavorixi manzuma”, Muxammad Solihning “Tarixi jadidai Toshkent”, Ahmad Donishning asarlari va boshqalar Kiradi. ADABIYOTLAR TAHLILI Bundan tashqari, Yu. V. Gankovskiy, V. M. Masson, V. A. Romodin va boshqa rus olimlari ham o’z asarlarida O’rta Osiyoga Qo’shni bo’lgan afg’on xalqi tarixiga murojaat qilgan. Rus olimlari A. S. Gerasimova va G. F. Girs hammuallifligida yaratilgan “Afg’oniston adabiyoti” [2] Nomli ilmiy asarda afg’on xalqi tarixi keng va aniq yoritib berilgan. Ushbu asarda XVIII asrda yashab, ijod qilgan roshaniylar adabiyot maktabining yetuk shoiri va Harbiy yo’lboshchisi Xushxolxon Xattak haqida ham ma’lumotlar keltirilgan. Ingliz Olimlari J. Leyden va X. G. Ravertilar ham afg’on xalqi tarixi va adabiyotini O’rganish bo’yicha turli asarlar va ilmiy maqolalar yozganlar. X. G. Ravertining “Gulshani roh” (“Tog’ guli”) nomli majmuasida roshaniylarning yirik namoyondasi Mirzaxon Ansoriyning noyob qo’lyozma devonidan 19 ta she’r nashr qilingan. XIX Asrda O’rta Osiyo mintaqasida Britaniya va Rossiya maqsadlari to’qnashuvi ro’y Berdi. Ikkala mamlakat xam O’rta Osiyoda o’z ta’sir doiralarini kengaytirish Maqsadida o’zlarining vakillari hamda ayg’oqchilarini yubora boshlashdi. Garchi Britaniya nomidan kelgan vakillar o’z maqsadlariga erisha olmagan bo’lsalarda, ular O’rta Osiyo xaqida o’z asarlarida va esdaliklarida juda muhim ma’lumotlarni yozib Qoldirishgan. Shu nuqtai nazardan olib qaraganda, bu esdaliklarni o’rganish bugungi Kun manbashunoslari oldidagi dolzarb vazifalardan biridir. Xususan, XIX asrda O’rta Osiyo xonliklarida bo’lgan ingliz vakillari asarlari va esdaliklarini o’rganish Bu davr o’lka tarixini yangi dalillar hamda faktlar bilan boyitadi. NATIJALAR Shunday qilib, o’rganilayotgan davrda, inglizlar allaqachon Hindistonda o’z Mavqyelarini mustahkamlab olgan hamda Afg’oniston va O’rta Osiyo uchun kurash Boshlagan edilar. Inglizlarga O’rta Osiyoning siyosiy ahvoli, geografik mavqyeyi, Aholisi, armiyasi haqida aniq ma’lumotlar suv bilan havodek zarur edi 18-Mavzu: O’zbek Milliy g`oya tarixi va nazariyasi fani O`zbekiston fuqarolarda tarixiy xotirani uyg`otish, o`tinishdan saboq chiqarish va o`zlikni anglash jarayonini kuchaytirishga xizmat qiladi. Milliy g`oyaning taraqqiy etib borish jarayonlarni tarixiy, moddiy va ma`naviy meros bilan bog`liq holatda tushuntiradi. Milliy g`oyaning nazariy masalalarni tahlil qiladi. Millat, xalq va jamiyatni birlashtiruvchi kuch, yuksak ishonch-e`tibor manbai hamda muhim ma`naviy omil vazifasini balariadi. Milliy g`oya tarixi va nazariyasi fuqarolarga har qanday ilg`or g`oyani singdirish va ularda har qanday yovuz g`oyaga qarshi javob bera olish ko`nikmasini shakllantirishga yordam beradi. Hayotda har bir inson va jamiyatning o`z oldiga qo`ygan maqsadi, yuksak g`oyasi, ezgu orzuintilishlari mavjud bo`lib, jamiyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida har bir xalq, millat va jamiyat o`z manfaatlariga xizmat qilib, uning taraqqiyotini taminlashga yordam beradigan muayyan g`oyaga ehtiyoj sezadi. Shu bilan birgalikda insoniyat jamiyati tarixiy taraqqiyotining barcha davrlarida inson va jamiyat o`z maqsad va manfaatlariga zid bo`lgan zararli va begona g`oyalarga qarshi turadi. Jamiyat hayotida har qanday g`oya va mafkura muayyan millat va xalqning maqsad va muddaolari, manfaatlari zamirida shakllanadi hamda takomillashib boradi. Milliy g`oya millat manfaatlari va xalqning orzu-istaklarini o`zida ifodalab, u o`zining hayotbaxsh g`oyalari, buyuk maqsadlari bilan o z kuch g`ayrati, aqlzakovati va hatto hayotini, buyuk g`oyalar yo`lida baxsh etishga tayyor komil insonlarni tarbiyalashga xizmat qiladi. Insoniyatning tarixiy taraqqiyotida, yer vuzida inson paydo bo`lib uning urug`, qabila, jamoa yoki xalq sifatida shakllanishi ro`y bergan dastlabki davrlardayoq ularni birlashtirib turadigan umumiy g`oya va mafkuraga ehtiyoj tug`ilgan. Tarixiy taraqqiyotning barcha davrlarida har bir davlat, xalq, inson va jamiyatning o`ziga xos g`oyasi va mafkurasi bo`lgan. Insonning, jamiyatning, xalqning o`z oldiga qo`ygan aniq maqsadi uni amalga oshirishda jamiyat ahlini birlashtiradigan, safarbarlikka undaydigan g`oya va mafkura asosida amalga oshirilgan. O`zbek davlatchiligi taraqqiyot bosqichlan va tadrijiy taraqqiyotining g`oya va mafkura bilan bevosita bog`liqligi masalasiga e`tibor qaratilsa, qam dini, shomonlik, Ko`k Tangriga e`tiqod, qadimgi Markaziy Osiyoda yashagan xalqlarning diniy e`tiqodi, jamiyatdagi g`oya va mafkurasi bo`lsa, miloddan avvalgi VLI asrdan boshlab Qadimgi Baqtriya va Katta Xorazm davlatlar tashkil topishi bilan Zardushtiylik dini jarruyatdagi yetakchi g`oya va mafkura vazifasini bajara boshladi. Markaziy Osiyo hududi miloddan avvalgi VI-IV asrlarda Ahamoniylar, miloddan avvalgi IV-LI asrlarda yunon-makedon davlatlar tarkibida bo`lib, yunon madaniyati, diniy e`tiqodi mahalliy aholining turmush tarzi, madaniyati, milliy g`oya va mafkurasiga o`z ta`sirini ko`rsatdi. Miloddan avvalgi LI asrdan boshlab Markaziy Osiyo hududida Kushon va Qang` davlatlar tashkil topgan bo`lsa, Kushon davlati keyinchalik jahondagi eng yirik saltanatlardan biriga aylandi. Kanishka tomonidan Buddaviylik dinining davlat dini sifatida qabul qilinishi jamiyatning ma`naviy hayotiga, milliy g`oyasiga, milliy mafkurasiga o`z ta`sirini ko`rsatdi. Dinlararo bag`rikenglik g`oyasi o`zbek davlatchiligining barcha bosqichlarida amal qilib, turli davrlarda qam dini, shomonlik, zardushtiylik, buddaviylik, moniylik, mazdakiylik, nasroniylik, islom dini jamiyat ma`naviy hayotiga, jamiyatning milliy g`oyasi va mafkurasiga o`z ta`sirini ko`rsatgan. Jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma`naviy-mafkuraviy hayot sohalari jamiyatdagi g`oya va mafkura vazifasini bajargan diniy ta`limot asosida rivojlanib borgan. IV-V asrlardan boshlab Markaziy Osiyo hududi turkiy xalqlar- xioniylar, kidariylar, eftalitlar, turk hoqonligi tarkibiga kiritildi. VLI - asrdan boshlab Markaziy Osiyo hududi Movarounnahr nomi bilan Arab xalifaligi tarkibiga kiritildi. Arablar o`z mafkuralan islom dinini mahalliy xalqlar o`rtasida tarqatdilar va o`zbek davlatchiligining keyingi taraqqiyoti bevosita islom dini asosida ishlab chiqilgan milliy g`oya va mafkura asosida rivojlanib bordi. Bunga IX-X asrlardan boshlab tashkil topa boshlagan mustaqil milliy davlatlar – somoniylar, qoraxoniylar, g`aznaviylar, saljuqiylar, xorazmshohlar kabi davlatlar taalluqlidir. Amir Temur va temuriylar davlati, Shayboniylar, Ashtarxoniylar, so`ngra Buxoro, Xiva, Qo`qon xonliklar davri ham islom dini va islomiy ilmlar-Ilmi Kalom, Ilmi Rivoyat, Ilmi Tavhid, Aqida ilmi asosida rivojlanib bordi. Insonning dunyoni aql yordamida bilishiga asoslangan Ilmi Hikmat Sharq Uyg`onish davri an`analari asosida rivojlandi va vorisiylik asosida keyingi davr ilm-fani rivojiga bevosita o`z ta`sirini ko`rsatdi. Xalqimiz. davlatchiligimiz tarixida vujudga kelgan ma`rifatparvarlik. jadidchilik harakatlari ham o`z davri uchun muhim va dolzarb bo`lgan milliy g`oya va milliy mafkuraga taalluqli bo`lgan fikr va g`oyalarni ilgari surishdi. Tarixiy ma`naviy merosimiz va milliy davlatchiligimiz an`analarida ham vorislik asosida milliy mustaqillik g`oyasi va mafkurasida ilgan surilgan fikr va g`oyalar mavjud bo`lib, bugungi kunda ulardan milliy g`oya va mafkuraning tarixiy ildizi sifatida foydalanishga harakat qilinmoqda. Masalan, jadidchilik mafkurasida mustaqillik g`oyasi ilgari surilgan, xususiy mulkning muqaddasligi e`tirof etilgan, diniy e`tiqod erkinligi qo`llab-quvvatlangan, tarixiy ma`naviy merosga tayanish zarurligiga e`tibor qaratilgan, dunyoviy ilm-fan va madaniyatni egallashga da`vat etilgan. Tarixiy ma`naviy merosimizdagi ushbu fikr va g`oyalar milliy g`oya va mafkuramiz tayanadigan va oziqlanadigan muhim manbalardan bo`lib hisoblanadi. G`oya va mafkura barcha insonlar, xalqlar, jamiyat va davlat oldida turgan muhim vazifalarini amalga oshirishda yordam beradigan, turli sohada faoliyat yuritadigan jamiyat ahlini birlashtirib, ularni umumiy maqsad sari safarbar etadigan buyuk kuchdir. G`oya va mafkuraning hayotiyligi odamlarning, millatning, jamiyatning milliy manfaatini, orzu-intilishlarni qay darajada aks ettirishiga, ularning turmush tarzi, dunyoqarashi, tabiatiga qanchalik mos bo`lishi bilan belgilanadi. Jamiyat hayotida odamlarning ezgu maqsad-muddaolarini ifodalaydigan, ularga ma`naviyruhiy quvvat beradigan mafkurani ko`pchilik qabul qiladi va qo`llab-quvvatlaydi. Shunday holatda mafkura kuchli ruhiy qudratga ega bo`ladi. Mafkura barcha davrlarda jamiyatni yuksak va bunyodkor maqsadlar tomon birlashtirib, jamiyat ahli o`rtasida sog`lom munosabatlarni shakllantiradi. Jamiyat hayotida g`oya va mafkura barcha insonlar, xalqlar, jamiyat va davlat oldida muhim vazifalarini amalga oshirishda yordam beradigan, turli sohada faoliyat yuritadigan jamiyat ahlini birlashtirib, ularni umumiy maqsad sari safarbar etadigan muhim omildir. 19-Mavzu: O’zbekiston davlat tarixi muzeyi ekspozitsiyalari va zaxira fondlarida ishlash. Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi — Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasining yirik ilmiy tekshirish va madaniy-maʼrifiy muassasalaridan biri. 1876-yilda Toshkent muzeyi nomida tashkil etilgan. 1883yil Turkiston ommaviy kutubxonasi bilan birlashtirildi. Etnigrafiya, arxeologiya, numizmatika, harbiytarix boʻlimlari boʻlgan (1903). 1918-yil Turkiston oʻlka xalq muzeyiga, 1922-yildan Turkiston Bosh muzeyiga, 1925-yildan Oʻrta Osiyo Bosh muzeyiga aylantirildi. 1943-yildan Oʻzbekiston xalqlari tarixi muzeyi deb nomlangan. 1969—92-yillar Oybek nomidagi Oʻzbekiston xalqlari tarixi muzeyi deb atalgan. 1992yil 21-apreldagi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 203-sonli qaroriga muvofiq, bir necha muzeylarni birlashtirish asosida hozirgi nomi bilan qayta tashkil etildi. Muzey Oʻzbekiston va Oʻrta Osiyo xalqlarining moddiy va maʼnaviy obidalarini saqlash va oʻrganish boʻiicha mamlakatda yirik ilmiy tekshirish markazi hisoblanadi. Hozirgi kunda uning zaxirasida 250 mingga yaqin tarixiy, sanʼat va madaniyat yodgorliklaridan iborat osori atiqalar saqlanadi. Buning 60 mingdan ortigʻini arxeologiya, 80 mingdan ziyodi numizmatika va 16 mingdan ortigʻini etn. yodgorliklari tashkil etadi. Unda mahalliy oʻlkashunoslar, oʻtmish bilan qiziquvchi havaskorlardan toʻplangan oʻlka tarixiga oid numizmatika, arxeologiya, uyroʻzgʻor buyumlari va fotosuratlardan iborat kolleksiyalar ham mavjud. Arxeologiya fondida arxeologik yodgorliklardan topilgan ashyolar, devoriy tasvirlar, uyroʻzgʻor buyumlari, mehnat qurollari, qadimiy yozuvlar tasvirlangan ashyolar va boshqalar buyumlar saqlanadi. Numizmatika fondida esa eng qadimiy davrlardan to shu kungacha zarb etilgan oltin, kumush, mis tangalar, pullar, oltin va kumush medallar va podsho sulolalarining muhrlari jamlangan. Muzeydagi etnografiya fondi esa nihoyatda qimmatli buyumlardan iborat boʻlib, xalqimizning uyanjomlari, kiyimkechaklari, zargarlik buyumlari, xalq hunarmandchiligining hamma sohasiga oid ish qurollari va mahsulotlaridan namunalar — har bir etn. hududning oʻziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi. Shulardan 10 mingdan ortigʻi oʻzbek xalqining ijtimoiy hayotiga oid boʻlsa, 6 mingi Oʻzbekiston hududida yashovchi boshqa millatlarga taalluqlidir. Muzeyning yangi ekspozitsiyasi Oʻzbekistonni jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga qoʻshgan hissasini, shu bilan birga Oʻzbekiston hududidagi tarixiymadaniy jarayonlarning eng qadimiy davrlardan boshlab hozirga qadar boʻlgan taraqqiyotini oʻzida aks ettirgan. YunonBaqtriya, Kushon, Koʻhna Xorazm, Naxshab, Buxoro va Chochda zarb qilingan tangalar alohida diqqatga sazovor. Bu tangalarda mahalliy hukmdorlarning qiyofasi, boshqalarida esa qabila belgilari yoki tamgʻalari zarb qilingan. Muzey ekspozitsiyasida Oʻrta Osiyoda hukmronlik qilgan, somoniylar, qoraxoniylar, temuriylar, Buxoro, Xiva va Qoʻqon xonliklariga mansub tangalar namoyish etilgan. Muzey arxiv va kutubxonaga ega. Muzey faoliyati davomida olimlar tomonidan ilmiy asarlar, ilmiy va ommabop kitoblar, albom, buklet va turli koʻrsatkichlar hamda maktab oʻquvchilari va talabalar tarbiyasi uchun ilmiymetodik qoʻllanmalar nashr etib kelmoqda. Ular orasida keyingi yillarda nashr etilgan "Temuriylar sulolasining tangalari" (1996); "Katalog metallicheskix i keramicheskix izdeliy Uzbekistana XSHX1X vv" (2000); "Oʻzbek milliy kiyimlari" (2002); "Fargʻona vodiysidagi milliy ozodlik kurashlari" (2003); "Toshkentning yangi shahar qismi tarixi" (2004) kabi nashrlar bor. Muzeyda 4 ta fan d-ri va 4 ta fan nomzodi ishlaydi. 2003-yil aprelda muzey qoshida ilmiymetodik kengash tashkil qilingan. Muzey 1964-yildan 1887-yil qurilgan sobiq Turkiston davlat palatasi binosida faoliyat yurgizgan. 1992-yil aprel dan sobiq Lenin muzeyi binosiga koʻchib oʻtdi. Mazkur bino 1970, meʼmori Ye.Rozanov, V.Shestopalov va boshqalar) shahrining markazida Sharof Rashidov shohkoʻchasida joylashgan. Bino murabba tarhli, 20 ta zal (umumiy ekspozitsiya maydoni 3,2 ming kv.m), maʼruzalar (500 kv.m) hamda konferensiya (170 kv.m) zallari, ustaxonalar, fond, ish xonalaridan iborat. Anʼanaviy panjara uslubida ishlangan quyosh nuridan saqlovchi toʻsiqlar oddiy geometrik shakldagi binoga jozibadorlik baxsh etgan; keng yoʻlka (pandus) bino oldi maydoniga olib borib, 2qavat vestibyuli bilan bogʻlanadi. Bino 1999—2003 yillarda qayta taʼmirlandi (meʼmor R.Iskandarov va boshqalar), ichki tuzilishi oʻzgartirildi, yangi dizaynda zamonaviy texnika bilan jihozlandi. Ustaxonalar, fond hamda xodimlarning ish xonalari 1qavatda joylashgan. Bino interyeri milliy anʼanalarda (ganchkorlik — M.Usmonov va boshqalar; yogʻoch oʻymakorligi — K,.Haydarov va boshqalar) ziynatlangan, taʼmirlash davrida mahobatli devoriy rasmlar (rassom A. Ikromjonov, A.Aliqulov) bilan bezatilgan. Muzey faoliyati, muzey zaxiralari asosida yuritiladi. Zaxiradagi predmetlarni muzey xodimlari yig‘ib, ko‘paytirib borishlari, saqlashlari, tadqiqot o‘tkazishlari, shuningdek ta’lim-tarbiya va ilmiy ishlarida foydalanishga sharoit yaratishlari zarur. Zaxira orqali muzey o‘tmish bilan hozirgi davrni bog‘lashi mumkin. Muzey zaxiralarining arxiv va kutubxona zaxiralaridan farqi shundaki, muzey predmetlarining o‘ziga hos hususiyatlari bor. Boshqa farqli tomoni – muzey zaxirasida tarixiy jarayonlar majmuasi xujjatlashtiriladi. Arxiv va kutubxonalar muzeylarga o‘xshab ko‘plab manbalarni yig‘ishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ymaydi. Muzeylar uchun predmetga ta’luqli ma’lumotning faqat mazmuni va xajmigina yetarli emas, bu predmet nima maqsadda, qanday qilib yaratilganligi haqida ham axborot kerak, ya’ni predmetning tarbiatini aniqlovchi ma’lumotni yetkazib berish hususiyati bo‘lishi lozim. 20-Mavzu: Xiva xonligining me’morchiligi. Xorazmning o‘ziga xos iqlimi (sahroga yaqinligi), aholining joylashishi shaharlarning rivojlanishiga va uy-joylarning shakliga yaxshigina ta’sir qilgan. Qadimda aholi sug‘orish tarmoqlariga yaqin joyda yashagan. Daryo o‘zanining o‘zgarishi natijasida shaharlarning ko‘chish voqeasi Xorazm tarixida ko‘p uchraydi. Uy-joylarning eng qadimgi va eng keng tarqalgan turi alohida-alohida joylashgan qo‘rg‘on hovlilardir. Qo‘rg‘on qishloq va ovuldan tamoman farq qiladi. Xorazm hududidagi to‘xtovsiz bo‘lib turgan o‘zaro urushlar qo‘rg‘on-hovlining devorlari mustahkam va xonalarining keng bo‘lishini talab qilardi. Qo‘rg‘onda oilaning butun ro‘zg‘ori, mollari, oziq-ovqat va suv saqlanadigan joylari bo‘lgan. Qo‘rg‘on teshiktuynuksiz paxsa devor bilan o‘ralgan bo‘lib, devorning burchaklari g‘o‘la shaklidagi burjlar bilan mahkamlangan. Qo‘rg‘on sharhi (plani) to‘g‘ri to‘rt burchak shaklida bo‘lib, asosan ko‘pincha tashqi (dishan) va ichki (ichan) hovlilarga bo‘linadi. Barcha xonalar yassi tom bilan yopilgan. Uzun yo‘lak tepasidagi tuynuklar orqali yondosh xonalar ham yoritilgan, bunday qo‘rg‘on qamal vaqtida 100-150 kishilik jamoani muhofaza qilardi. Mustahkam qo‘rg‘onlar ko‘plab qurilishi bilan bir qatorda ular atrofida VI-IX asrlarda qishloqlar vujudga kela boshladi, bu qishloqlarga katta mulk egalarini ko‘shk qo‘rg‘onlari o‘zgacha fayz bag‘ishlagan. Qo‘rg‘onlar atrofidagi uylar asosan cho‘bkori uslubida qurilgan oddiy binolar edi. Shu davrlarda bunday imoratlarni tiklash va buzish oson bo‘lgan. Shaharlarda joy tansiqligi uchun ixcham cho‘pkori imoratlar qurish qulay bo‘lgan. Cho‘pkori imoratlar keyinroq shaharga xos asosiy bino bo‘lib qoldi. Afsuski, cho‘pkori imoratlar paxsa devorli imoratlar kabi uzoq saqlanmagan. Xiva uylarining o‘ziga xos tuzilishi diqqatga sazovordir, binoning konstruktiv asosini bir qavatli cho‘pkori devor tashkil etib, sinchlar orasiga xom g‘isht bilan loy urilgan. Bu erdagi yozgi va qishki xonalarning joylashuvi katta-kichikligi, bezaklari Buxoro, Samarqand va Farg‘ona uy-joylaridan tamoman farq qiladi. Markaziy Osiyo me’morchiligida asrlar davomida imorat tarhini tuzish zaruriy unsur bo‘lib kelgan. Uning yuzaga kelishiga mintaqadagi iqlim sharoitining ta’siri katta bo‘lgan. Bu erda yoz juda issiq, qish esa sovuq bo‘ladi. Xiva uy-joylarini tashqi ko‘rinishi juda ajoyibdir: har bir uyda shimol tomonga qaratib ayvon quriladi, ayvonda asosan yozda “saraton oyida” kishilar issiqdan jon saqlashgan. Xivaning ichki qal’asida joy tansiqligi sababli hovlilarning fasadlari deyarli hammasi juda tordir. Ayvon hovli sahnini yuqoridan deyarli to‘sib turadi va hovli ham qisman ayvon vazifasini o‘taydi. Hovlida shamol yaxshiroq yurishi uchun ayvonni baland qilib qurganlar. Bu esa shamolning pastdan yuqoriga almashib turishi va ichkarini harir nur bilan yoritilishiga yordam beradi. Ayvon qishda xonaning juda sovuq bo‘lishidan, yozda esa juda isib ketishidan saqlagan. Shuning uchun meьmorlar xonaning hovli iqlim sharoiti bilan yaqinligini saqlash, uyg‘unlashuv jihatidan rangbarang manzarasi bilan bog‘lanishiga alohida e’tibor berishgan. Mazkur tadbirlarni amalga oshirishda ayvon qo‘l kelgan. U xona bilan tashqi muhitni bog‘lovchi qism vazifasini o‘tagan. Ayvon o‘rta asrlarda va undan keyingi davrda ham uylarda keng qo‘llanilgan. Turar joy me’morchiligida ayvon ikki, to‘rt xona oralig‘ida uyning old qismini butunlay egallagan holda (pesh ayvon) qurilgan. U imoratning old yoki yon tomonlarida galereya (yo‘lak) sifatida, devor sathidan bo‘rtib chiqqan bolaxonaga monand, ikkinchi qavatning ochiq qismini egallagan shiypon sifatida va alohida to‘rt, uch tomoni ochiq boshpana sifatida ham bunyod qilingan. Ayvonning turar joy me’morchiligida qo‘llanilishi o‘sha joyning iqlim sharoiti va xonalarning joylashuv tartibidan kelib chiqqan. Masalan, Xivada iqlim sharoitining o‘zgachaligi, yozda havoning nisbatan issiqligi sababli ayvon xona va hovli havosini yangilab turishga mo‘ljallangan. Bu erdagi ayvonlar ikki xil tuzilishga ega. Ulli (Ulug‘) ayvon xonaning old qismini egallagan va undan ancha baland ko‘tarilgan. Uning qarshisida teskari kichikroq ayvon o‘rnatilgan. Ulli ayvon bitta markaziy ustunga egaligi jihatidan minoraga monanddir. U shamol esadigan tomonga qaratilgan bo‘lib, shamolni hovliga yo‘naltirgan. Aslida ikkala ayvon ham hovlini tom bilan yopgandek tuyuladi. Ayvon o‘z vazifasidan tashqari imoratning umumiy kompozitsiyasini badiiylashtirgan va uning me’moriy yechimini boyitgan. Masalan, Xivadagi Toshhovli saroyida ulli ayvon chuqur hamda minora tuzilishida bo‘lib, uning markazidagi ustun o‘ymakorlik usulida naqsh-u nigor bilan bezatilgan. Bu butun hovli kompozitsiyasiga badiiylik kasb etgan. Xorazm shahar turar joylarida yetakchi uslub bu hovlida uzun ayvon qurilishi bilan belgilanadi. Bu hol qishloq hovlilari uchun xam xosdir. Hovliga kirish yo‘lagi ustiga ba’zan mehmonxona qurilgan, bu erda uy egasi bo‘lgan hunarmand buyurtmachilarni qabul qilgan. Turar joy yorug‘lik tushishi hisobga olinib qatьiy ravishda belgilanadi, qishki yashash xonalari janub sharq tomonlarga, yozgi xonalar esa shimol tomonga joylashtiriladi. Ayvonlar turar-joy binolarining ichki muhitiga shinamlik bag‘ishlabgina qolmay balki tashqi kompozitsion ko‘rinishiga ham o‘ziga xos ko‘rinish baxsh etadi. Xiva uy-joylari uchun xarakterli bo‘lgan umumiylik shundan iboratki, binoning tuzilishi ham, bezagi ham juda sodda. Xona va ayvon devorlari bezaksiz somonli loy suvoqdan, uyning shifti toqi (vassa, patik) va yarim lo‘la to‘siqlardan iborat. Binodagi birdan bir bezak katta ayvonning o‘ymakor yog‘och ustunidir. Bundan tashqari o‘ymakor eshiklar, panjaralar va ba’zi ko‘tarma ayvonlar ham xonadonga zebziynat bag‘ishlaydi. 22-Mavzu: Qo’qon xonligi va Buxoro amirligi o’rtasidagi baxsli hududlarning shakllanishi. Buxoro amirligining Xiva va Qo’qon xonliklari bilan munosabatlari Amir Haydar 1826 yilda vafot etganidan so‘ng uning ikkita katta o‘g‘illari amir Husayn(ikki yarim oy) va amir Umar (to‘rt oy) qisqa muddat taxtga o‘tirib, o‘z ukalari Nasrullo tomonidan o‘ldiriladilar. Shundan so‘ng taxtga amir Haydarning uchinchi o‘g‘li Nasrullo o‘tirdi. Amir Nasrulloning hukmronlik davri (1826-1860 yy.) avvalo, Buxoro amirligidagi siyosiy tarqoqlik, zodagonlarning boshboshdoqliklariga barham berish bilan izohlanadi. Amir Nasrullo hokimiyatni boshqarishda nihoyatda qattiq qo‘llik siyosatini olib bordi. O‘zining berahmlik siyosati tufayli amir Nasrullo “qassob amir” degan nomga sazovor bo‘lgan edi. Amir Nasrullo markaziy hokimiyatni tan olmaydigan bo‘ysunmas mahalliy hokimlarga qarshi qattiq kurash olib bordi. Bu borada Shahrisabz Buxoroga bo‘ysunmay qo‘ygan eng yirik mustaqil viloyat hisoblanardi. Shuning uchun ham amirning siyosatidan anrozi bo‘lgan ko‘plab amaldorlar Shahrisabzga qochib panoh topganlar. Amir Nasrullo 1832 yilda Shahrisabzga qarshi urush boshlab, 32 marta yurishdan so‘ng 1552 yilda Shahrisabz va Kitobni bo‘ysundirishga erishadi. Amir Nasrullo Qo‘qon va Xiva xonlari bilan ham urushlar olib bordi. U 1842 yilda Qo‘qonga yurish qilib uni egalladi. Ammo, bu paytda Xiva xoni Olloqulixon Buxoro chegaralariga hujum qilganligini eshitgach, Qo‘qonga o‘z noibini qoldirib orqaga qaytishga majbur bo‘ldi. Amir Nasrullo o‘z qo‘shinlari bilan Xivaga yurish qilib, Xazoraspni qamal qildi. Ammo, mag‘lubiyatga uchrab qaytib ketishga majbur bo‘ldi. Amir Nasrullo o‘z hukumronligi davrida O‘ratepa va Xo‘jand uchun Qo‘qon xoni bilan to‘xtovsiz urushlar olib bordi. Buning natijasida shaharlar qo‘lda-qo‘lga o‘tib ko‘pgina vayronagarchiliklar kelib chiqdi, talon-talojlik avj oldi. Manbalarga ko‘ra, Qo‘qondan Keshgacha bo‘lgan barcha mamlakatlarni bo‘ysundirgan amir Nasrullo Buxoroning amaldagi oxirgi mustaqil hukmdori bo‘lib qoldi. Amir Nasrullodan so‘ng taxtga uning o‘g‘li amir Muzaffar(1860-1885 yy.)o‘tirdi. U mang‘itlar sulolasidan bo‘lgan to‘rtinchi amir bo‘lib, uning 25 yillik hukumronlik davrida juda ko‘p voqyealar sodir bo‘ldiki, ulardan eng ayanchlisi – Buxoro amirligining Rossiya imperatori vassaliga aylanishidir. Buxoro amirligi pul birligi Amir Muzaffar o‘z hukmronligining dastlabki yillarida ulamolarga deyarli e’tibor bermadi, ular bilan biror-bir masala yuzasidan maslahat ham qilmadi. Ammo, 1868 yilda amir ruslardan mag‘lubiyatga uchragach, ulamolarga yon berishga majbur bo‘ldi. Chunki ulamolar mahalliy aholini ruslarga qarshi kurashishga da’vat etgan edilar. Lekin fursat qo‘ldan boy berilgan edi. Ulamolarning xalqni ko‘tarishi ham, amirning o‘g‘li Katta To‘ra (Abdumalik), Kitob va Shahrisabz beklarining sa’yharkatlari ham besamar ketdi. Zirabuloq yaqinidagi jangda mag‘lubiyatga uchragan amir Muzaffar ruslar tomonidan tuzilgan shartnomaga imzo chekishga majbur bo‘ldi. Unga ko‘ra amir O‘ratepa, Jizzax, Zarafshon vohasi hududlaridan mahrum bo‘ldi, rus hukumatiga 125 ming tillo miqdorda tovon to‘laydigan bo‘ldi hamda Buxoroning Rossiyaga vassalligini tan oldi. Amir Muzaffar hukmronligi davrida amirlik hududlari ancha qisqardi. Bunga avvalo rus bosqini sabab bo‘lgan bo‘lsa, katta qiyinchilik bilan buyso‘ndiriligan Shahrisabz va Kitob bekliklari yana Buxoroga buysunishdan bosh tortdilar. Undan tashqari, ruslarga to‘langan katta tovon evaziga amirlik xazinasi bo‘shab qoldi. Amir o‘z xazinasini to‘ldirish uchun qozilar va raislarga aholidan turli xil yig‘imlar yig‘ishga ruxsat berdi. Chunki bu yig‘imlarning katta qismi turli xil sovg‘alar va in’omlar tariqasida xazinaga kelib tushardi. Amir Muzaffar o‘g‘li Abdulahadni taxt merosxo‘ri deb e’lon qildi va o‘sha yili uni Rossiya imperatori Aleksand Aleksandorovichning taxtga o‘tirish marosimi tantanasiga qatnashish uchun Moskvaga jo‘natdi. Podsho Aleksandr III ga Buxoro yulduzi ordeni topshirildi va Abdulahad haqiqiy taxt vorisi sifatida Rossiya tomonidan tasdiqlandi. 1883 yilda esa amir Muzaffar Rossiya imperiyasining Idarajali Muqaddas Anna ordeni bilan taqdirlandi. Arxiv ma’lumotlariga qaraganda, bu mukofotni Buxoroga imperiyaning nufuzli amaldorlaridan biri – general-mayor, knyaz Vitgenshteyn boshchiligidagi maxsus elchilar guruhi olib kelgan. Buxoro amirining Qrimdagi saroyiBuxoro amirining Sankt-Peterburgdagi uyi Amir Muzaffar 1885 yil 31 oktyabrda kasallik tufayli vafot etadi. Uning o‘g‘li amir Sayyid Abdullahad 1885-1910 yillar Buxoro amirligi taxtini boshqardi. Abdulahad 14 yoshidan boshlab Karmana beki etib tayinlangan. Rus sayyohlarining ma’lumotlariga ko‘ra u Karmanada juda oddiy kun kechirgan. 1885 yil 4 noyabrda amir Muzaffarni Buxoro arkida oq kigizga o‘tirg‘izib, taxtga o‘tqazish marosimi bo‘lib o‘tdi. Amir Abdulahad sayohat qilishni yaxshi ko‘rgan. U turli yillarda Moskva, SanktPeterburug, Kiyev, Odessa, Yekaterinaslov, Boku, Tiflis, Botumi, Sevastopol, Bog‘chasaroy kabi shaharlarda bo‘lgan. Amir har yili Kavkazda, Qrim yoki Yaltada dam olgan. Uning hukmronligi davrida qiynoqlar, o‘lim hukmi va eng dahshatli jazo, Buxorodagi Minorai Kalondan tashlab yuborish man etilgan. Amir Abdulahad davrida amirlikda mis, temir, oltin qazib chiqarish, telefon liniyalari va temir yo‘llari qurilishi,savdo faol rivojlantiriladi. Abdulahad amirlikdagi harbiy kuchlarga alohida e’tibor bergan. Yoshlik chog‘idayoq bo XX аср бошларида Қўқон хонлиги ҳудудида 40 га яқин тарихий-биографик, адабинтарихий асарлар назму насрда, ўзбек, тожик ва араб тилларида яратилган. Жумладан, Фазлий Намангоний, Мушриф Исфарагий, Муҳаммад Ҳакимхон, Аваз Муҳаммад Аттор Хўқандий, Дилшод- Барно, Мутриб, Андалиб, Мулла Шавқий, Муҳаммад Ниёз Хўқаидин, Абу Убайдуллоҳ, Муҳаммад Солиҳхўжа, Мирзо Олим, Муҳаммад Юнус 'Гойиб, Муҳаммад Азиз Марғилоний ва бошқа тарихчилар ўз асарларнда XVIII—XIX асрларда Марказий Осиёда муҳим ўрнн эгаллаган Қўқон хонлиги тарихидан ташқари жаҳон тарихини, ўлканинг Урта асрлар тарихини ва энг асосийси, Туркистоннинг янги тарихига оид маълумотларни берганлар. 23-Mavzu: Muhammad Aziz Marg’iloniyning “Tarixi aziziy” asari. ТАРИХИ АЗИЗИИ асари ҳақида Узбекистон халқлари яиги тарихини ўрганиш бугунГи куннинг асосий масалаларидан бўлнб, тарихга холис баҳо берншда манбалар кагта а.ҳамият касб этади. Маҳаллий тарихчиларнинг ёзма тарихий манбаларида халҳнинг сиёсий, иқтисоднй ва маданий ҳаётн кенг ёритилган. XIX асрнинг охири XX аср бошларида Қўқон хонлиги ҳудудида 40 га яқин тарихийбиографик, адабинтарихий асарлар назму насрда, ўзбек, тожик ва араб тилларида яратилган. Жумладан, Фазлий Намангоний, Мушриф Исфарагий, Муҳаммад Ҳакимхон, Аваз Муҳаммад Аттор Хўқандий, Дилшод-Барно, Мутриб, Андалиб, Мулла Шавқий, Муҳаммад Ниёз Хўқаидин, Абу Убайдуллоҳ, Муҳаммад Солиҳхўжа, Мирзо Олим, Муҳаммад Юнус 'Гойиб, Муҳаммад Азиз Марғилоний ва бошқа тарихчилар ўз асарларнда XVIII—XIX асрларда Марказий Осиёда муҳим ўрнн эгаллаган Қўқон хонлиги тарихидан ташқари жаҳон тарихини, ўлканинг Урта асрлар тарихини ва энг асосийси, Туркистоннинг янги тарихига оид маълумотларни берганлар. Муҳаммад Азиз ибн Муҳаммад Ризо Марғилонийнинг «Тарихи Азизий» асари ҳам XIX аср тарихига оид муҳим маълумотларни беради. Давр тақозоси билан бу муҳим асар яқингача илмин изланишлар доирасидан четда қолган эди. Тарихимизга ишончли маълумотлар бериши мумкинлиги жиҳатидан «Тарихи Азизиу» асари ва унинг муаллифи ҳақида изланншлар олнб бориш ҳозирги кунда долзарбдир. Шу вақтга қадар ундан Р. Н. Мабиев «Қўқон хонлиги тарихидан» номли асарида1 «Тарнхи Азизий»нинг Худоёрхон даврига оид маълумотларидан фойдаланиб, номини «Таснифи Ғариб» деб берган. Кейииги тадқиқотлар асарнинг асл номи «Тарихи Азизий» эканинн исботлади. «Тарихи Азизий»нинг ягона нусхаси муаллифнинг дасхати бўлиб, Узбекистон Республикаси ФА Абу Райҳон Беруний номли Шарқшунослик ннститути қўлёзмалар хазинасида сақланмоқда. Муҳаммад Азиз Марғилоний ўз асарида тарихий вокеликлар билан бирга ўз таржимаи ҳолига оид кўп маълумотларни ҳам берган. Муҳаммад Азнзнинг отаси Муҳаммад Ризо Қўқон хонларн хизматида бўлиб, аслида Наманганнииг Чимёнидан экан5. Русия Қўқон хонлигини тугатгандан сўпг (1876 йил 19 февраль) унинг ҳудудида Фарғона вилояти-тузилиб, у бир нечта уездларга, уездлар волостларга бўлиннб идора қилинади. Марғилон уезди вилоятда алоҳида ўринга эга бўлган. Муҳаммад Азиз шу уезд бошқармасида хизматда бўлган. У: «...аввалги ҳокимнн Бекчурин дер эдилар. Шу ҳокимнинг ўзи [мани] уезд маҳкамасига [ишга] олиб кириб қўйди. Ондан бошлаб интиҳоси Ирдануфски (Рудановский — Ш. В., Д. С.) деган ҳокимнинг асригача қалам билан хизмат қнлиб турдим. Жа.ми 27 йил хизмат қилган эканман... Янги олган мамлакат учун хизмат жуда кўп. Ҳамиша кундузи нш қиламан то кечгача ва кечасн уйимга қоғозларимни олиб келиб жунбуш қнламан то улуғ саҳаргача. Шу минволда аз рўйн ғайрат иш қилар эдим. Ҳар куни ёзган хатларим бир кнтоб бўлар эди. Шул тариқа юриб эрта билан Эски Марғилондан Янги Марғилон[га] маҳкдмага келаман ва кечқурун Эск ( Марғилонга уйга қайтаман. Таомимни уйда ейман. Шу кайфиятда юриб ўзимдан бехабар эканман, охнри дардманд бўлиб қолдим. Кўзларим хира бўлди. Ойина ушлаб (кўзойнакда) хизмат қиладиган бўлдим. Авқоту манфаат кам», — деб ўз аҳволидан хабар беради. Асарда «мусанниф (муаллиф)нинг бу дунёда кўрган роҳати ва халойиқдан тортган азоби, мунофиқларнинг иғвосидан алам-дийда, дили мажруҳ бўлганлиги, молу мулкдан ажралгани баёни» келтирилган, Муаллиф бу фаслда маҳкамадаги ўрис тўралари билан қасдлашиб қолганлиги, уларнинг муносабати кескинлашиб борганлигидан иқтисодий қийин ҳолатга тушиб, «бу халқда раҳмшафқат бўлмас экан, ўрусия ҳеч кимга вафо қилмас, агарда қилса сартия ичидан манга қилур эди», деб айтилган сўзларида Муҳаммад Азизнинг руҳий-психологик ҳолати баён қилинган. 24-Mavzu: Ibratning “Farg’ona tarixi” asar haqida. “Тарихи Фарғона” асари аввалида “Аммо баъд, бу бандаи Худо ва уммати Мустафо алкан ул-лисони, нотавон, аъно Қози Исҳоқхон сокини қалъаи Хон, аъно Тўрақўрғон мин музофоти Фарғона ва аз иқлими Туркистон, бу тариқа аён ва бу тарзда баён қилур…” жумласини ўқиймизки, демак, Ибрат бу асарни қозилик даврида (у 27 йил Тўрақўрғон қозиси бўлган) ёзган. Бу тарихий асарда асосан ўзбек давлатчилиги ривожининг оқсаган босқичи, яъни хонликларнинг таназзулга юз тутиши, рус босқинчилиги кулфатлари кенг тасвирланади. Тарих шундай: Наманган шаҳри ва атрофи 1875 йил октябрь ойида Чор Россияси томонидан истило қилинган. Босқинчиларнинг ўта шафқатсизлиги “Тарихи Фарғона”да рўй-рост кўрсатилган. Ибратнинг ёзишича, Тўрақўрғонга кирган рус солдатлари қочганларни ҳам, қочолмай қолганларни ҳам отаверган. Ёки Головачев бошлиқ аскарлар Наманган шаҳрида бир кун қатли ом қилган, хатто масжид ва хонақоҳдагиларни ҳам қириб ташлашган. Исҳоқхон Ибрат халқимиз бошига тушган ўша кунларнинг жонли шоҳиди эди. У ўз кўзи билан кўрганларини шундай ёзади: “Муаллифи китоб ул вақтда ўн беш ёшимда хату саводим чиққан талаба эдим, бирдан қочқоч бўлуб, ҳар ким ўз ҳолиға овора бўлуб, қиблагоҳимиз ўз ҳоллариға бўлуб, қаён кетдилар, билмадук. Бизлар ўз маҳалламиздаги хотунлар ва болалар илан қочиб бир боғда ётдук, то шомғача бу тўпу милтиқ овози ўқлар бошимиздан овоз бирла ўтуб тургани ваҳмида ҳеч ерга чиқолмай, боғда эдик, … “Кечаси сизларни бир киши чақирди” дедилар. “Ким экан?” деб боғдан чиқсам, қиблагоҳимиздан келган одам экан. Ул киши Муллакудинг (Наманган туманидаги қишлоқ. Муаллиф изоҳи – Р.У.) да эканлар. Боруб, болалар асир бўлдиму ёки отилиб ўлдиму, эсон-омон кўрмак муяссар бўлса эди, деб Юсуфхўжа ва Муҳаммад Зоҳид деган кишиларни юборган эканлар. Алар бизларни олуб, кеча илан жўнадук. Бу муҳораба Ботур Тўра аскар йиққандан бўлғон эди, ўзлари қочиб кетиб, Тўрақўрғон фуқаросини бадном қилдилар. Мунда эски сипоҳлардан бир неча ададлари анча-мунча етушуб, Муҳаммад Мусо безанжир деган киши бош бўлуб, нодон кишилар ҳар ердан ўқ чиқаруб, Тўрақўрғонни ҳам икки кун отув қилдилар. Охируламр… эртаси жумъа куни юрт катталари маслаҳат қилиб, мусолаҳа сўрамоқға… борганларида Гловачўб қаттиқ сиёсат қилиб, сўзлашибдурлар. Айтибдурки: “Нимага эртароқ чиқмадинглар ёки тезроқ келмадинглар, мунча одам ўлмас эди… Русия катта подшоҳдур, сизлар урушолмайсизлар, яхши туруб фуқаролик қилсаларингиз, сизларни бой қиладур, агар жанжал қилсаларинг мана шунга ўхшаган отув қиладур… Валҳосил, ўша отувдан сўнг Наманган тинчиди. Ўшал вақт куз вақти ҳижрий 1293-инчи, 94-инчисида эди, қавс чилласи бўлса керак. Наманган тамом Русия давлатига ўтди. Бу ишларики, яъни беҳуда фасод ишлар сабаб ўз аҳлимизни беилм ва бефикрлигидан бўлди”. “Тарихи Фарғона” Қўқон хонлиги ҳақидаги асарлар орасида холислиги билан мўътабар, китобхон қалбига ҳам шу жиҳатдан яқиндир. Негаки, 1991 йилгача яратилган тарих дарсликларида ягона хулоса хукмрон. Яъни, биздаги бириккита хону хоқондан ўзга ҳамма подшолар илмсиз, жоҳил, золим, муттасил фуқаросининг қонини ичган ва эзилган халқ эса йил ўн икки ой қўзғолон билан банд бўлган. Айтинг-чи, у ҳолда миллий давлатларимизни ким бошқарган, тарих ва тараққиёт чархини ким айлантирган? Буюк ўтмишимиз фақат зулм, қон ва исёндан иборат бўлса, ўзбекнинг буюк тамаддуни осмондан тушганми? Людовиклар, Пётрлар, Елизаветалар, ҳатто Екатериналар буюк бўлганда, нега энди бизнинг ҳукмдорлар қип-қизил аҳмоқ деб сифатланиши керак?.. “Тарихи Фарғона”да Ибрат гўё ана шундай саволларга жавоб беради, юқоридаги бирёқлама қарашлар пойдеворига зарба уради. Ва муаллиф алоҳида айтмаса-да, уқмоқ мумкинки, ҳукмдор ҳам хом сут эмган бир банда ва табиийки, янглишади-да. Бинобарин, Ибрат қайси бир хонни ҳаққоний танқид қиларкан, айни чоғда унинг ижобий ишларини ҳам унутмайди: “Бу Фарғона ва Туркистон хонларидан икки киши фуқаро ва дину миллат учун ҳаракат этган эди. Бири бу амирлашкар (Алимқул. Муаллиф изоҳи – Р. У.) ва бири марҳумий Маллахон. Тўплар қуйдуруб, милтиқлар ясаб, корхоналар қилиб, тўплар узрасига кумушлар била ёзувлар ёзуб, яхши диққат эткан эди”. Шунинг учун ҳам бу асар нафақат Қўқон хонлиги, балки, Ўрта Осиё халқлари тарихини ёритишда муҳим ва ишончли манба эканлиги билан ўз аҳамиятини йўқотмай келмоқда. ИСҲОҚХОН ТЎРА ИБРАТ ТАРИХИ ФАРҒОНА: Миллий уйғониш даврининг ёрқин намояндаларидан бири, маърифатпарвар шоир, олим, сайёҳ, матбаачи ва муаллим Исҳоқхон Тўра Ибрат 1862 йили Наманган вилоятининг Тўрақўрғон қишлоғида зиёли оилада таваллуд топган. Отаси Жунайдулла хўжа ва онаси Ҳурибибилар хат-саводли кишилардан бўлиб, мактабдорлик ҳам қилганлар. Исҳоқхон онаотаси қўлида савод чиқариб, кейинчалик турли мактаб ва мадрасаларда таълим олган. Ибрат 1886 йилда Қўқон мадрасасини тугатгач, она қишлоғи Тўрақўрғонга қайтади. Ўз фаолиятини маърифат тарқатишга қаратади. «Усули қадим» қабилидаги мактабларни ислоҳ этиб, жадид мактабларини очишга киришади, меҳнаткаш халқ болаларини мактабга тортади. Аммо кўп ўтмай, мутаассиб кимсалар бу мактабларни «кофирлар мактаби» деб ёпиб қўйишади. Шундан сўнг у 1887 йилда, яъни 25 ёшларида онаси Ҳурибибини ҳажга олиб бориш баҳонасида Жидда шаҳрига йўл олади. Аммо онаси ўпка шамоллаши орқасида вафот этгач, у Шарқ ва Ғарб мамлакатларига сафар қилиб, Истамбул, София, Афина, Рим, шунингдек, Қобул, Макка, Калкутта, Бомбей каби шаҳарларда бўлади. Сафар давомида араб, форс, ҳинди, урду, инглиз тилларини мукаммал ўрганади. Ибрат 1896 йили Ҳиндистон, Бирма, Хитой, Қашқар орқали ўз ватани Наманганга келади. Сафар натижаси ўлароқ, унинг «Луғати ситта ал-сина» асари майдонга келади. Асар 1901 йилда нашр этилиб, у ўзбекча-русча ва кўп тиллик луғат яратишда муҳим тажриба ролини ўтайди. Муаллифнинг «Жомеъ ус-хутут» асари эса 1912 йилда яратилган, у дунёдаги қирқдан ортиқ тиллар ва ёзувлар ҳақида маълумот беради. У тарихчи олим сифатида «Тарихи Фарғона» (1916) асарини яратади. Унда Қўқон хонлиги ва, умуман, Туркистондаги хонликларнинг инқирози, мустамлакачилик зулми, энг муҳими, ўз халқининг ёрқин келажагига ишонч руҳи ўз ифодасини топган. Шунингдек, 1928 йилда унинг яна бир асари — «Мезон ул-замон» юзага келди. Исҳоқхон Ибрат матбаачи сифатида 1908 йилдаёқ Наманганда «Матбааи Исҳоқия»ни ташкил этиб, китоб нашрига киришган эди. Бу ерда у кўплаб илмий, тарихий, бадиий асарлар билан бирга, замонавий мавзулардаги китобларни ҳам нашр этиб, илм-маърифат ва маънавият ривожи йўлида хизмат қилган. Ибратнинг шоир сифатида ҳам кўплаб шеърлар яратгани маълум. У махсус девон тузганлиги ҳақида маълумотлар бор бўлса-да, улар бизгача етиб келмаган. Аммо кўп шеърлари матбуот саҳифаларида сақланиб қолган бўлиб улар ҳаётнинг турли жабҳаларидан ҳикоя қилади. Ибратнинг миллий кутубхона, китобхонлик ишларининг илк ташкилотчиси ва тарғиботчиси сифатида ҳам хизматлари беқиёсдир. У асос солган «Кутубхонаи Исҳоқия» фонди бу жиҳатдан анча бой бўлиб, унда китоб бериш ва олиш маълум тартиб-қоидага мослашган эди. 1937 йилга келиб унинг барча фаолиятига чек қўйилди, китоблари ёқиб, йўқ қилиб юборилди. Ўзи эса қатағонга учради. Фақат истиқлол даврига келиб унинг номи ва ижоди асл қадр-қимматини топди. Китоблари чоп этилиб, ўзи туғилиб ўсган Тўрақўрғонда музей ҳам ташкил этилди. 25-Mavzu: Mulla Olim Mahmud Xojining “Tarixi Turkiston” asari. Бисмиллоҳи-р-раҳмони-р-раҳим. Ҳамд ва сипос ул Подшоҳиғаким, муқтазои ояи каримаи «қулиллаҳумма молик алмулки» сиёсати мамлакат тағайюр ва заволидин масун ва маҳрусдир, «Ту’ти-л-мулка ман ташаау» [яъни, сен истаган кишингга мулк ато қилурсан]1 неъмати жалол, аҳадиятидин шамъи «ва танзиъу-л-мулка ми-м-ман ташаау» (яъни, истаган кишингдан бу мулкни тортуб олурсан)2 васфи бақои зотидин намуна. Подшоҳедурким, султони аср ва хонони да^рлар ажз ва ифтиқор ила онинг дарго^ининг мазаллати хокига юз қўядурлар ва хоқони баланд иқтидорлар улуҳият боргоҳининг осгонасига тазарруъ ва тахашшуъ илигини кўтариб илтижо ва илтимос қиладурлар: Сари подшоҳони гардунфароз Ба даргохи ў бар замини ниёз. Мар уро расад кибриёву мани, Ки мул каш қадимаст, зоташ ғани. [Дунё улуғ подшоҳлари, Унинг даргоҳида бош эгиб хизматдалар. Буюклик ва манманлик Оллоҳга ярашади, Унинг ҳукмронлиги қадим ва зоти эса бойдур]. Ва салаллоҳи ала хайри халқиҳи Му^аммадин ва олиҳи ва асҳобиҳи ажмаъин. Баъд, арбоби донишларга махфий ва пупшда бўлмағонким, тамоми каломи мажиди раббоний ва фурқони аъзаму мўъжизоти Муҳаммадий уч қисмга мунқасимдур: аввало, тавҳиди Худовонди жалла жалолуҳу, иккинчи шариата Муҳаммадий, саллаллоҳи алайҳи васаллам, учинчи, уммати муҳаммаддийларнинг аҳвол ва ахборотлари. Мундин мақосиди мутақаддиминларнииг аҳвол ва ахборотларига илм пайдо қилмакдур. Бу илми тарихнинг афзаллигига далил кофий ва шофийдур. Илми таворихнинг фойидамандлигига тамоми фирқа муттафиқ ар-ройдурлар. Аксар тавойифи умам балки, тамоми аҳли олам бу илмни амалга қўйуб, гумоштагонларидин ривоят ва ҳикоятлар қилиб, онинг ўзларига далил қиладурлар. Хусусан, тавойифи атрок [турк тоифалари] ва ўзбеклар утган уруғ ва қабилаларини ёдда тутмоқга ғоятда жиду жаҳд қиладурлар. Аммо бизнинг Туркистон сартиялари тарихга куп а^амият бермай, икки-уч отадин илгари ўтган салафларини ва аларни замоналаридаги ҳикоёт ва воқеотларни асло билмайдурлар. Бинобарин, камина ҳечмадон [нодон] ажз ва қусуримни иқрор ва эътироф айлаб, саҳв ва қусури булса хонацдаларни афв ралами илан тасҳиҳ ва дуруст қилмоқларини рижо ва илтимос умидида Фарғона ва Ҳўқанд хонлари ва аларнинг аҳволотларини баъзи таворихлардин ва кўҳансол [қария] одамлардан ва ҳам худ камина узум эшитган ва кўрганларимни содда ва расмий чиғатой турк тилида мусаввада [қоралама] айлаб «Тарихи Туркистон» ном қўйуб, нашрига шуруъ қиддим. Аллоҳ таоло муваффақ айлаб итмомига [якунига] еткурмоқни муяссар қилғай, токим туркистонлик биродарларимиз Фарғона хонлари ва аларнинг замонлари ва воқеотлари ва Русия давлати азимасига тобеъ бўлгандин эллик йил муддатда булган аҳвол ва атворимизнинг [хулқимизнинг] қандай тағйир [узгаргани] ва табдил ва тараедийсига мулоҳаза айлаб, «наъм ул-инқилоб» натижасига ибрат кўзи илан муояна қилсалар экан деб, ва билло^и тавфиқ. Фарғона вилоятида таворихларда маълум ва машҳур Андижон ва Ўзганд ва Ахси қадимги ва эски шаҳар бўлуб, чиғатой ва узбек хонларига пойтахт эканлиги билинадур, лекин худи Хўқанд шаҳрининг энг аввалги биноси 300 йилдан зиёд булган эмас. Вақтики, Бобурхон3 ўзбек хонлари илан Самарканд музофотида муҳораба айлаб, мағлуб бўлуб, қочиб, алҳол Хўқанд шаҳри бино бўлган мавзедаги катта сой лабига келганда фаросат илан топибдурким, бул жой сероблик ва обшорлик ва хушҳаво сабабликдин андак вақтда ободон ва катта шаҳар бўлса керак деб, алҳол Хўқанд шаҳрига сув келадурган катта сойдин ўтганда кўрубдурким, сойнинг икки тарафида кўп элатиялар ижтимоъ қилиб, қўнуб ўлтурубдурлар. Муни кўруб Бобурхон кимхоб ва заррин либосларга ўралиб, олтун бешикка бойланган бир ёш боласини маҳали гузаргоҳга қўйуб, бир доно ва хушёр одамни ул бешик илан болага дидбон ва каровул тайин қилиб, айтибдурким, то ушбу бола бирор одамни кулига тушуб, олиб кетгандин сўнгра бизларнн оркамиздин етиб келурсан, деб тезлик илан ўз йўлларига жўнаб кетибдурлар. Ўшал вақтларда бул вилоятлардин ҳеч асар ва ному нишона йўқ бўлуб, дашту саҳро экан. Лекин, сойни икки тарафида уч-турт жамоа, чунончи, чанкант, сарой ва таргова, деган уч гуруҳ халқ ўлтуруб, бир гуруҳи сойи Найманчага ва икки гуруҳи сойи Калонга тобеъ экан. 26-Mavzu: Qo’qon xonligi davrida Toshkent. Toshkent viloyati Chorhokimlik davridan so‘ng mustaqil davlat bo‘lib, Yunusxo‘ja boshchiligida markazlashgan davlat idorasi barpo etildi (1784–1809). Yunusxo‘janing faol siyosat olib borishi natijasida Toshkent shimolidagi dashtlikda joylashgan qal’a, qishloq hamda karvon yo‘llari, shuningdek, Qurama va boshqa joylar yana Toshkent tasarrufiga o‘tdi. Toshkent chor Rossiyasi bilan elchilar almashib, savdo munosabatlari o‘rnatgan edi, chunki Toshkent muhim savdo maskani sifatida qadimdan qulay geografik o‘rinda bo‘lgan. Toshkentning Buxoro amirligi bilan munosabatlari yaxshi edi, shuning uchun 1803 yilda Qo‘qon xonligi bilan Buxoro amirligi o‘rtasida O‘ratepa uchun bo‘lgan jangda Toshkent Buxoro tomonida turib qatnashgan. Qo‘qon xoni Olimxonning 1799 yilda Toshkentga qilgan harbiy yurishi muvaffaqiyatsiz chiqqach, Olimxon harbiy islohot o‘tkazgan. U 10 ming kishilik maxsus otliq askarlar qo‘shinini tuzgan. 1803 yil Yunusxo‘ja Qo‘qon xonligiga yurish qilib Furumsaroy jangida Olimxondan mag‘lubiyatga uchragan. «Tarixi Shohruxiy» asarida keltirilishicha, Olimxon Toshkentni tasarrufiga olishga tayyorgarlik ko‘rgan. Avval u Qurama hududini egallagan va u yerdan turib 12 ming kishilik qo‘shinni Toshkent atrofidagi qal’alarni ishg‘ol qilishga yuborgan, natijada To‘ytepa va Niyozbek qal’alari egallanib, u yerlarga Qo‘qon garnizoni joylashtirilgan. Olimxon Toshkentga 1809 yil Qurama orqali harbiy yurish qilib Kerovchiga kelganda unga Qurama qo‘shini va qilquyruqlar (bosib olingan yerlarlardagi ko‘chmanchi va o‘troq aholidan zo‘rlab harbiy majburiyatga tortilgan kishilar) qo‘shilgan. So‘ngra To‘ytepa orqali Qo‘yliqqa va nihoyat Salor arig‘i sohiliga yetib kelgan Qo‘qon askarlari shahar atrofidagi muhim qal’alarni egalladi. Toshkent yaqinidagi Niyozbek qal’asini egallagan Qo‘qon garnizoni askarlarining tez-tez bosqini tufayli toshkentliklarning iqtisodiy ahvoli og‘irlashgan. «Tarixi Shohruxiy» asarida yozilishicha, Toshkentda ocharchilik boshlangan. O‘n bir kunlik qamaldan so‘ng, shahar mudofaa devorining ostidan lahm kavlab devorning bir qismi qulatilgach, qo‘qonliklar shaharning janubiy tomonidan bostirib kirgan, shahar aholisi taslim bo‘lgan. So‘ngra shaharda talontoroj boshlangan. Ertasi kuni Olimxon shaharga kirib kelib uni talon-toroj qilishni to‘xtatishga farmon bergan. Qo‘qon xonligi uchun xavfli bo‘lgan 300 nafar shahar a’yoni garov sifatida Qo‘qonga jo‘natilgan. Shahar mudofaasida ishtirok etgan ba’zi dashtliklarni xon qatl ettirib, o‘z tarafdorlarini oqsoqol va biy lavozimlariga tayin etgan. Toshkent Qo‘qon xonligi tomonidan uzil-kesil bo‘ysundirilgandan keyin shaharni 1810 yildan xon noibi boshqara boshladi. Toshkent qiyofasi Ko‘qon xonligiga qaramlik davrida ancha o‘zgarishlarga uchragan. Shahar hududi kengaygan, Yunusxo‘ja o‘rdasi buzib tashlanib, Anhorning so‘l sohilida Yangi O‘rda qurilgan. 1830-yillarda Muhammad Alixon davrida yangi O‘rda yoniga Sharqiy Turkistonda o‘z vatanidan quvilib Qo‘qon xonligidan panoh topgan musulmonlar kelib joylashgan, natijada qashqarliklar mahallasi vujudga kelgan. O‘rdaning sharq tomonida yangi mahallalar, mavzelar paydo bo‘lgan. Shahar aholisi soni ortgan, 1860-yillarga kelib Toshkentda 60 mingdan ortiq kishi istiqomat qilgan. Shaharning me’moriy qiyofasi ham o‘zgargan. Ko‘plab madrasa, masjid, xonaqohlar qurilgan: Beklarbegi madrasasi (1835), Eshonqulidodxoh madrasasi (1840), Mo‘yi Muborak madrasasi, Balandmasjid (1875) va boshqalar. Biroq shu bilan bir qatorda aholi qattiq zulm ostida qolgan. Soliqlarning og‘irligi, amaldorlarning o‘zboshimchaligi shahar aholisining bir necha bor qo‘zg‘olon ko‘tarishiga sababchi bo‘lgan. 1865 yil Toshkent Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olingan. Toshkent davlati (1784-1809) 1799-yilda Qoʻqon qoʻshinlari Toshkentni qamal qildi, ammo toshkentliklarning kuchli zarbasiga uchrab orqaga qaytdi. Toshkent davlati tashqi kuchlar, ayniqsa, Qoʻqon xonlari tazyiqida boʻlsada, 20 yildan ziyod umr koʻrdi. Toshkent davlati markazlashgan davlat sifatida boʻlib, uning maʼmuriyatini „voliy viloyat“ lavozimi bilan Yunusxoʻja boshqardi. Keyinroq Yunusxoʻja „Xazrati Eshon“ unvonini olib, ayni paytda „xon“ deb ham yuritildi. Yunusxoʻja huzurida tuzilgan „xon kengashi“ga 4 daha mingboshilari, oqsoqollari va boshqalar kiritilgan. Kengashda, asosan, daha va ulus boshqaruvi hamda harbiy masalalar muhokama etilib bir yechimga kelingan. Davlatning ichki va tashqi siyosatini devonbegi, qozi va raislar amalga oshirganlar. Oʻta jiddiy masalalar: oʻgʻirlik, qotillik va boshqalarni Yunusxoʻjaning oʻzi hal etib, aybdorga tegishli jazo berilgan. Qotillarga esa oʻlim jazosi qoʻllanilgan. Xorijiy davlatlar bilan diplomatik aloqalarni ham Yunusxoʻjaning oʻzi olib borgan. Anhorning oʻng tarafida xon farmoni bilan baland va qalin devor oʻralgan Oʻrda, yaʼni davlat mahkamasi bino qilingan. Unda Yunusxonning qarorgohi va devonxonadan tashqari zarbxona joylashgan. Oʻrdani qoʻriqlash va muhofaza etish uchun 2 ming kishilik maxsus harbiy qism („qoraqozon“) tashkil etilgan. Toshkentlik tarixchi Muhammad Solihning maʼlumotiga koʻra, otaliq — devonbegi lavozimiga Rustamtoʻra, parvonachi lavozimiga Odiltoʻra, bosh harbiy amir lavozimiga Sarimsoqtoʻra, qoʻshin boshligʻi lavozimiga Boboxontoʻralar tayinlangan. Davlatning moliya ishlari bilan boshchixoʻja shugʻullangan. U ichki va tashqi savdo ishlarini nazorat qilgan. Yunusxon shimolda Toshkentga tutashgan Dashti Qipchoq xududini ham tasarrufiga olib, aholisiga ziddiyatli vaqtlarda zaruriy sondagi lashkar toʻplab berish majburiyatini yuklagan. Chimkent va Sayram shaharlari, keyinchalik Turkiston shahri ham Toshkent davlati tarkibiga kiritilgan. Niyozbek, Oltintepa, Kirrabuloq, Sarapon, Temir mavzelari va boshqa oʻnlab qishloqlar Toshkentga tobe boʻlgan. 1800-yilda Toshkent davlatining chegarasi janubiy va gʻarbdan Sirdaryo boʻylab, shimoldan Turkiston va Qoratogʻ yon bagʻirlari orqali oʻtgan. Sharqda Sayram tizmasi va Ugom daryosining oʻng sohili, janubiy sharqda Chatqol Qurama togʻ tizmalarini yoqalab Sangir qishlogʻigacha choʻzilgan. Uning shimoliy va gʻarbiy hududlarida, asosan, chorvador koʻchmanchi aholi yashagan. 1797-yil maʼlumotlariga qaraganda, barcha soliq va majburiyatlardan ozod, yer va suv bilan taʼminlangan 2 ming doimiy qoraqozondan tashqari Yunusxon ixtiyorida 50—70 ming atrofida lashkar boʻlgan. Maxsus guruxlardan tuzilgan qoraqozon va lashkar navkarlari piltali miltiq, oʻqyoy, qilich va qalqon bilan qurollangan. Yunusxon qoʻshinida 20 ga yaqin toʻp boʻlgan. Oʻqlar asosan, Toshkentning oʻzida Oʻqchi mahallasida quyilgan. Toshkentning ikki ming yillik tarixi davomida oʻrni almashdi, hududi ham kengayib bordi va undagi aholi joylashuvi kichik maʼmuriy qismlar — mahallalar shaklini olgan. Mahallalar, odatda, kattakichik koʻchalar, ariq yoki jarlik kabi tabiiy toʻsiqlar orqali chegaralangan hamda jamoa boʻlib yashash zaruriyati yoki kasbkori, ijtimoiy holati, etnik tarkibi kabi belgilari asosida shakllangan. Qad. va oʻrta asr Toshkent mahallalari haqida yozma maʼlumot juda oz. Toshkent hududida 9asrdagi shahar — Binkat (11-asrdan Toshkent)ning keyingi asrlarda kengayib borishi bilan unda mahallalar soni ham koʻpayib borgan va bulardan baʼzilarining nomlari yozma manbalarda uchraydi. 18-asrga kelib Toshkent maʼmuriy hududiy jixatdan 4 qism — dahalariga boʻlingan. Dahalar oʻz navbatida bir qancha mahalla va guzarlardan tashkil topgan; dahalarda mahallalar soni va ularning kattakichikligi turlicha boʻlgan. Baʼzi yirik mahallalar bir nom bilan atalsa ham uning keyinroq paydo boʻlgan qismlari tartib raqami bilan (mas., 1, 2, 3, 4Eshonguzar) yoki hududiga qarab atalgan (mas., Katta Kamolon va Kichik Kamolon). Aholi soni oʻsgan sayin mahallalar kengaygan yoki yangilari paydo boʻlgan. Mahalla maʼmuriy holati jihatdan oʻz ichki tartibqoidalariga ega jamoa tashkiloti sanalgan va uni mahalla aholisi tomonidan saylangan boshliq (oqsoqol) boshqargan, 20-asr boshlariga kelib ular yuzboshi mavqeida koʻrilgan. Oqsoqollarga mahallaning jamoat ishlari, marosimlari, yigʻinlarini boshqarish hamda manfaatlarini himoya qilish vakolati berilgan. 29-Mavzu: Buxoro amirligi shaharlari: Qarshi va Shahrisabz. Qarshi (talaffuzi Nakhshab ) — janubiy Oʻzbekistondagi shahar . Qashqadaryo viloyatining markazi . Maʼmuriy jihatdan Qarshi tuman miqyosidagi shahar boʻlib, shahar tipidagi Qashqadaryo posyolkasini oʻz ichiga oladi. Aholisi 278,300 kishi (2021 yil hisobi). Toshkentdan 520 km janubi-gʻarbda va Oʻzbekistonning Afgʻoniston bilan chegarasidan 335 km shimolda joylashgan.. 38° 51' 48 N kenglikda joylashgan; uzunlik 65° 47' 52E 374 metr balandlikda. Shahar tabiiy gaz qazib olishda muhim ahamiyatga ega , ammo Qarshi to'qilgan tekis gilam ishlab chiqarishi bilan ham mashhur. Qarshi nomining kelib chiqishi toʻgrisida turli fikr va taxminlar mavjud. V. V. Bartold shaharning nomi moʻgʻul xoni Kepakxon qurdirgan Qarshi (qadimiy turkiychada saroy maʼnosini anglatgan) bilan bogʻliq deb taʼkidlaydi. Qutadgʻu bilig (Saodatga eltuvchi bilim) dostonida Qarshi atamasi saroy va qarama-qarshi turish maʼnosida qoʻllangan. Boburnomada ham bu nom moʻgʻul tilidan olinganligi taʼkidlangan. Keltirilgan taxminlarda atamaning qarshi — saroy, qasr maʼnolari koʻproq qoʻllanadi. Qarshi Buxoro amirligi davrida: (XVIII-XX asrlar) 1785-yilda Amir Shoh Murod oʻzini amir deb e'lon qildi va Buxoro xonligi amirlikka aylantirildi. Buxoro amirligi davrida Qarshi amirlikning ikkinchi ahamiyatga ega boʻlgan shahriga aylandi. Hatto nufuzi va hajmi jihatdan Samarqandni ham ortda qoldirgan Qarshi, Buxoro amirligi valiahdlarining (yani taxt vorislarining) rasmiy qarorgohi boʻlib qoldi. Mangʻitlar oʻzbek sulolasi davrida Qarshida hammom, madrasa, xonaqoh, sardoba va sugʻorish inshootlari bunyod etilgan. Shahar va uning atrofi obodonlashgan. Vengriyalik olim Herman Vamberi 1863-yilda Qarshida boʻlib, shaharda 10 ta karvonsaroy, katta bozor boʻlganligini yozadi. Aholisining 25 mingga yaqin asosiy qismi oʻzbeklar deb taʼkidlaydi. Oxirgi Buxoro amiri Said Olimxon 1898-yildan 1910yilgacha Nasaf voliysi vazifasini bajardi. Ilgari Kesh yoki Kish nomi bilan mashhur bo'lgan va taxminiy ravishda qadimgi Nautaca bilan bog'liq bo'lgan Shahrisabz Markaziy Osiyoning eng qadimiy shaharlaridan biridir . U bundan 2700 yil muqaddam tashkil topgan va miloddan avvalgi 6—4-asrlarda Ahamoniylar imperiyasi yoki Forsning bir qismini tashkil etgan. Bu davr mobaynida Kesh imperiya tarkibidagi yirik viloyat boʻlgan Soʻgʻdiyonaning muhim shahar markazi boʻlib qoldi . Kechki Ahamoniylar davriga oid hujjatlarda shahar devorlarining yangilanganligi haqida so‘z boradi. Temuriylar davridan beri Shahrisabz nomi bilan mashhur. Iskandar Zulqarnayn generali Ptolemey Nautakada Baqtriya satrapini va Fors taxtiga da'vogar Bessni qo'lga oldi va shu tariqa bir vaqtlar buyuk Ahamoniylar imperiyasi tugatildi. Iskandar Zulqarnayn qishlashni tanladi va eramizdan avvalgi 328-327 yillarda rafiqasi Roksanna bilan ushbu hududda uchrashdi . Milodiy 567—658yillarda Kesh hukmdorlari Turk va Gʻarbiy Turk xoqonliklari xoqonlariga soliq toʻlaganlar. 710-yilda shahar arablar tomonidan bosib olindi va 13-asrda moʻgʻullar Xorazmiyni bosib olgandan soʻng, mintaqa barloslar nazoratiga oʻtdi.qabila, ularning barcha nasl-nasabi shu mintaqa bilan bog'langan. Buxoro amirligi tarkibida: Ashtarxoniylar oʻrnini oʻzbek mangʻitlar sulolasi egalladi, uning aʼzolari Buxoroni 1920 yilgacha boshqargan . Buxoro amirligi Xiva xonligi va Qoʻqon xonligi bilan birga Oʻrta Osiyodagi uchta oʻzbek xonligidan biri edi. Amir Nasrullo (1827-1860) urugʻ va qabila boshliqlari vakili boʻlgan markazdan qochma kuchlarga qarshi qattiq kurash olib bordi. 1830-yillarda harbiy islohot amalga oshirildi. Nasrullohning huquqiy hujjatlarida o‘zbek tilida: Abul Muzaffar va-l-mansur Amir Nasrulloh bahodir sulton suzumiz (kuchli va g‘olib amir Nasrullohning so‘zimiz) degan yozuv bor edi. 1856-yilda amir Nasrullo Shahrisabzni oʻziga boʻysundirdi. Mang‘itlar davrida va undan keyingi davrda o‘zbek eposi ijrochilar timsolida gullab-yashnagan: Islom-shoir , Ergash Jumanbulbul o‘g‘li , Pulkan , Tilla-kampira va boshqalar. 1860—1870-yillarda Shahrisabz oʻz mustaqilligini tikladi. 1870-yilda oʻzbek amiri Muzaffar Shahrisabzni yana Buxoroga qoʻshib oldi. 1870—1920 yillarda Shahrisabz Buxoro amirligining asosiy shaharlaridan biri boʻlgan. U qulaganidan keyin shahar dastlab Buxoro SSSR tarkibiga kirdi, keyin esa (1924 yil oktyabrigacha) Buxoro SSR tarkibiga kirdi . 1958 yil 31 mayda Shahrisabz shahar tipidagi aholi punkti shahar maqomini oldi. 1959-yilda avval Shahrisabz viloyatiga qarashli boʻlgan Kitob bekati Shahrisabz shahri tarkibiga kirdi. Geografiyasi: Shahrisabz shahri Qashqadaryo viloyatining (viloyat) shimoli-sharqiy qismida joylashgan . Shahrisabzdan gʻarbda joylashgan Qarshi viloyati markazigacha boʻlgan masofa 90 km. Samarqand shahri Shahrisabzdan 65 km shimolda joylashgan . Tojikiston bilan chegaragacha boʻlgan masofa 80 km dan ortiq. Toshkentgacha (shimoli - sharqda) — 360 km dan ortiq, Buxorogacha (shimoli-gʻarbda) — 240 km dan ortiq. Shahrisabz xuddi shu nomdagi vodiyda joylashgan boʻlib , shimoldan, janubdan va sharqdan Hisor-Oloy togʻ tizimining bir qismi boʻlgan Zarafshon tizmasi bilan oʻralgan . Gʻarbdan — Qashqadaryo viloyatining asosiy shaharlari joylashgan Qashqadaryo vohasiga tutash Shahrisabz vodiysi (baʼzan voha deb ham ataladi). Shahrisabzga shimoli-sharqdan tutash yoʻldosh shahar – Kitob viloyatining maʼmuriy markazi boʻlgan Kitob (tuman) . Ma'muriy bo'linmalar 2018-yil holatiga ko‘ra, Shahrisabz aholisi 116 ming kishidan ortiq. Shahrisabz viloyati (tuman) umumiy aholisining deyarli yarmi shaharda istiqomat qiladi. Yirik aholi punkti — 18 ming aholi istiqomat qiluvchi Oktyabr posyolkasi (1994) Shahrisabz shahriga boʻysunadi. Shahrisabz vohasida, Buyuk Oʻzbek yoʻlida joylashgan. Yakuniy temir yo'l stansiyasi (Kitob) tarmoqlari (122 km) Qarshidan. Qishloqda paxta tozalash, vinochilik, meva-konserva zavodlari bor. 30-Mavzu: Xiva xonligi shaharlari: Urganch. Urganch (1929-yilgacha Yangi Urganch) — Oʻzbekiston Respublikasining Xorazm viloyatidagi shahar, viloyatning maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi. Amudaryoning quyi oqimi chap sohilida. Shovot kanali shahar oʻrtasidan oʻtib, Urganchni shim. va janubiy qismlarga ajratgan. Shimoliy qismida, asosan, turar joy binolari, ilmiy va madaniy maorif muassasalari, maishiy xizmat koʻrsatish korxonalari, janubiy qismida esa i.ch. korxonalari joylashgan. Har ikkala sohil birbiri bilan koʻpriklar orqali bogʻlangan. Aholisi 200 ming kishi (2020). Tarixi Urganch shahri bundan 360 yil oldin hozirgi oʻrniga kelib joylashgan. Shahar oldin Turkmaniston hududida joylashgan boʻlib u qariyb 3000-yillik tarixga ega. Xiva xoni Abulgʻozi Bahodirxon 360 yil oldin Amudaryo oʻzanini Kaspiy dengiziga oʻzgartirib shahar aholisi suvsizlikdan qiynalgani uchun Urganchni Amudaryoning oʻng qirgʻoqiga koʻchirihga amr etgan. Shaharga 1646-yilda Xiva xoni Abulgʻoziy Bahodirxon tomonidan asos solingan. Amudaryo oʻz yoʻnalishini oʻzgartirib Orol dengizi tomon oqa boshlaganidan soʻng Gurganj sh. (Koʻhna Urganch) suvsiz qolgan. Abulgʻoziy Bahodirxon Gurganj, Vazir qalʼa (shahar)larida va ular atroflarida tarqoq holda yashagan aholini koʻchirib Amudaryoning jan. qismlarida joylashtirgan va aholi oʻrnashgan hudud atrofini qalʼa devori bilan mustahkamlab unga „Toza Urganch“, yaʼni „Yangi Urganch“ deb nom bergan. Shundan keyin qadimgi Gurganj shahrining nomi Koʻhna Urganch boʻlib qoldii. Yangi Urganch bilan Koʻhna Urganch oraligʻi 170 km. Yangi Urganch (hozirgi Urganch) shahri Buyuk ipak yoʻlida joylashganligi tufayli tez surʼatlar bilan rivojlangan savdo va hunarmandchilik markaziga aylangan. Abulgʻoziy Bahodirxonning ogʻli Anushaxon (Anushashoh) davrida (1664—89) Yangi Urganch yaqinida katta kanal qazilib, unga Shohobod (Shovot) nomi qoʻyilgan. Mahalliy tarixchi olimlarning maʼlumotlari boʻyicha, Yangi Urganch 17—18 asrlarda balandligi 45 m li devor bilan oʻralgan qoʻrgʻon (shaharcha) boʻlgan. Shaharchada taxminan 5 ming kishi yashagan; koʻplab mayda doʻkonlar, ustaxonalar ishlab turgan. 1873-yil avgust oyida Turkiston viloyati gazetasida Yangi Urganch haqida: „Kattaligi Orol boʻyidagi Kazalinskiy shahricha keladi, atrofi qalʼa devorlari bilan oʻrab olingan, Amudaryodan 12 chaqirim narida joylashgan kichkina shahar. Orol dengizidan to Xivaga kelguncha Urganchdek goʻzal shahar yoʻq. U bogʻlar va ariqlar bilan oʻrab olingan“, deb yozilgan. Oʻsha davrda Yangi Urganchda 6 mingga yaqin aholi yashagan. 1889-yilda shaharda Yaroslavl manufakturasi korxonasiga qarashli paxta tozalash zavodi, 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida „Xayriya jamiyati“, RusOsiyo banki, rustuzem maktabi, xotin-qizlar maktablari ochildi. 1931-yilda viloyat teatri Xiva shahridan Urganchga koʻchib oʻtdi. 1935yilda shaharda oʻqituvchilar instituti faoliyat koʻrsata boshladi. 1952-yilda Chorjoʻy-Urganch—Qoʻngʻirot temir yoʻli qurib bitkazildi. 1959-yildan Urganch Taxiatosh elektr energiyasini ola boshladi, 1963-yilda Oʻrta Osiyo — Markaz magistral gaz quvuriga ulandi. Shahar nomining kelib chiqishi miloddan avvalgi 7—6-asrlarga borib taʼqaladi. „Avesto“ kitobida Vurukash (Orol) dengizi boʻyida Urga (Urva) shahri boʻlganligi qayd etilgan. Tabiiy ofatlar (suv toshqini, qurgʻoqchilik) tufayli Urga hozirgi Koʻhna Urganch hududiga koʻchirilgan. 8-asrgacha „Gurganj“ nomi bilan yuritilgan. 712 yilda shahar arablar tomonidan bosib olinganidan keyin „Jurjoniya“ deb ataldi. 1221-yil moʻgʻullar egallagandan soʻng shahar nomi Urganch shaklida yuritila boshladi. 14-asr Yevropa manbalarida shahar (Koʻhna Urganch) Urgant shaklida tilga olinadi. Mustaqillik yillarida Urganchda qurilish ishlari avj oldi. Urganchning shimoliy gʻarbiy qismida „Navroʻz“, „Taraqqiyot“, „Universitet“ shaharchalari paydo boʻldi. Urganch—Xiva oraligʻida 30 km li trolleybus qatnovi (1997) yoʻlga qoʻyildi. Urganchda paxta tozalash, ekskavator, oʻt oʻrish mashinalari zavodi, „Urganchyogʻ“ zavodlari, pillakashlik, tikuvchilik, poyabzal fabrikalari, Oʻzbekistan—Turkiya „Nurtop“ qoʻshma korxonasi va boshqalar faoliyat koʻrsatadi. 1999-yilda shaharda Jaloliddin Manguberdining 800 yilligi, 2001-yilda „Avesto“ kitobi yaratilganligining 2700-yillik yubileylari xalqaro miqyosda nishonlandi. 2003-yilda shaharda tantanali ravishda Xorazmda „Umid nihollari“ respublika sport musobaqalarining oʻtkazilishi munosabati bilan bir qancha yirik sport inshootlari bunyod etildi. Qadimgi Xiva bilan bogʻliq holda turizm rivojlangan. Mahalliy va xorijiy mehmonlar va sayyohlarga „Oʻzbekturizm“ kompaniyasining boʻlimi, „Jayhun“, „Xorazm Palas“, „Avesto“ mehmonxonalari xizmat koʻrsatadi. Shaharda 27 nomda gazeta va jurnallar (jumladan, „Xorazm haqiqati“, „Urganch oqshomi“, „Yoshlar ovozi“, „Tujjor“ va boshqalar) nashr etiladi. Meʼmoriy yodgorliklardan Doshqinbobo meʼmoriy majmuasi (1827), Salimjonovlar uyi (1902), pochta binosi (1915), Boboxun Salimov uyi (20-asr boshi) va boshqalar saqlangan. Aholisi — 166,3 ming kishi (2017). Download 182.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling