Reja: Bulutli texnologiyalar tushunchasi. Bulutli texnologiyalarning asosiy turlari


Download 132.97 Kb.
Pdf ko'rish
Sana20.12.2022
Hajmi132.97 Kb.
#1037979
Bog'liq
13-mavzu. Bulutli va blokcheyn texnologiyalari bilan ishlash



13-mavzu. Bulutli va blokcheyn texnologiyalari bilan ishlash 
Reja: 
1. Bulutli texnologiyalar tushunchasi. Bulutli texnologiyalarning asosiy turlari 
2. Blokcheyn texnologiyalari tushunchasi 
3. Bank-moliya tizimida blokcheyn texnologiyalarini tutgan o‘rni 
4. Soliq, buxgalteriya va bank tizimlarida bulutli texnologiyalarni joriy etish 
tamoyillari 
Tayanch so’z va iboralar: Bulutli texnologiyalar, Bulutli hisoblash, Cloud 
Computing, lokal tarmoq, autsorsing, Gartner, meynfrem, Private cloud. 
Bugungi kunda “bulutli hisobashning” ko’plab ta’riflari mavjud. Ularning 
ko’pchiligi o’z ma’nosi va aktsenti bo’yicha takrorlanadi. Quyida bunday 
ta’riflarning bir nechtasi “bulutli hisoblash”ni har xil nuqtai nazardan tushunish 
uchun keltirilgan. 
Bulutli hisoblash Internet vositasida taqdim etiladigan servis ko’rinishida 
tashqi hisoblash zahiralaridan foydalanishning dinamik masshtablanadigan usulni 
bildiradi, bu holda foydalanuvchidan “bulut” infrastrukturasi haqida biror bilimlarni 
yoki bu “bulutli” texnologiyani boshqarish bo’yicha biror ko’nikmalar talab 
etilmaydi. 
Cloud Computing – bu dasturiy-apparat ta’minot bo’lib, foydalanuvchilarga 
Internet yoki lokal tarmoq orqali servis ko’rinishida taqdim etiladi, bunda 
foydalanuvchilarga alohida zahiralarga (hisoblash zahiralari, dasturlar va 
ma’lumotlar) murojaatning qulay interfeysi ham beriladi. 
Bu holda foydalanuvchi kompyuteri tarmoqqa ulangan terminal hisoblanadi. 
Bulutli hisoblashni amalga oshiruvchi kompyuter “hisoblash buluti” hisoblanadi. Bu 


holda “hisoblash buluti”ga kiruvchi kompyuterlar orasidagi yuklanish avtomatik 
taqsimlanadi. 
Shaxsiy bulutlarga o’tishda buyurtmachilar ko’plab afzalliklar olishi mumkin, 
ular orasiga ATga xarajatlarni tushirish, servisni taqdim etish sifatining oshirilishi 
va tijoratning dinamikligini kiritish mumkin. 
“Bulut” informatsion xizmatlarni olish va taqdim etish uchun yangi tijorat-
model hisoblanadi. Bu model operativ va kapital xarajatlarni tushirishga harakat 
qiladi. U AT departamentlariga o’z ma’lumotlarni qayta ishlash markazini 
boshqarish masalalarida qotib qolmasdan, strategik loyihalarga diqqat qaratishga 
imkon beradi. 
Bulutli hisoblash – bu faqatgina AT sohasidagi innovatsion texnologiyagina 
emas, balki kichik aholi yashash punktlaridagi kichik AT-mahsulotlari ishlab 
chiqaruvchilarining bozorga o’z xizmatlarini tezkor taklif etish va o’z tijorat-
g’oyalarini amalga oshirishga imkon beradigan yangi tijorat-modellarini yaratish 
usullarini ham taqdim etadigan texnologiyadir. Bulutli hisoblashni investitsiya bilan 
birgalikda qo’llab-quvvatlash yosh kompaniyalarda tez rivojlanadigan ekotizim 
yaratiladi. 
Bulutli hisoblash AT sohasida autsorsing (tashqi manbaadan yoki zahiradan 
foydalanish) rolining kuchayishiga va tizimli maxsuslashtirishga bozorli javob 
hisoblanadi. Mohiyatiga ko’ra, bulutli hisoblashga o’tish mahoratli tashqi ishlab 
chiqaruvchilarning an’anaviy AT-infrastrukturani boshqarish jarayonlarini 
autsorsing qilishni bildiradi. Ko’plab bulutli hisoblash sohasidagi zamonaviy 
yechimlarni ishlab chiqaruvchilar (yetkazib beruvchilar) faqatgina mavjud bulutli 
platformalardan foydalanishni taqdim etadilar, balki buyurtmachilarning texnologik 
va huquqiy talablariga javob beradigan o’z platformalarini yaratish imkonini beradi. 
Bulutli hisoblash quyidagicha ishlaydi: ilovalarni ishga tushirish uchun o’z 
serverini sotib olish, o’rnatish va boshqarish o’rniga, Microsoft, Amazon, Google 
yoki boshqa kompaniyaning serverini ijaraga olish amalga oshadi. So’ngra 


foydalanuvchi ijaradagi serverni Internet orqali boshqaradi, bunda ma’lumotlarni 
qayta ishlash va saqlash uchun foydalanilgan zahira uchun to’lov amalga oshadi. 
Hisoblash buluti millionlab foydalanuvchilar bir vaqtda ishlatadigan ma’lumotlar 
markazlarida (Data Center) joylashgan minglab serverlardan tashkil topadi. Bunday 
katta masshtabli infrastrukturani samarali boshqarishning zaruriy sharti maksimal 
to’liq avtomatlash hisoblanadi. Bundan tashqari, har xil foydalanuvchilarni (bulutli 
operatorlar, 
servis-provayderlar, 
o’rtakashlar, 
AT-ma’murlar, 
ilovalar 
foydalanuvchilari) ta’minlashda hisoblash zahiralariga himoyalangan murojaat 
uchun bulutli infrastruktura o’z-o’zini boshqarish va vakolatni ta’minlash 
imkoniyatlarini qarab chiqishi kerak bo’ladi
Bulutli hisoblash kontseptsiyasi o’z-o’zidan paydo bo’lgani yo’q, balki 
axborot texnologiyalarining so’nggi bir necha yillardagi rivolanishi va zamonaviy 
tijorat chaqirig’iga javob tariqasida natijasida paydo bo’ldi. Gartner (Gartner Group) 
tahlilchilari guruhi bulutli hisoblashni kelajakning eng istiqbolli strategik 
texnologiyasi deb atashdi va so’nggi 5-7 yillarda axborot texnologiyalarining katta 
qismi bulutga o’tishini bashorat qilishmoqda. Ularning baholashlaricha, 2015 yilda 
bulutli hisoblash bozorining hajmi 200 milliard dollarga yetgan. 
Nisbatan yaqin davrlarda paydo bo‘lib, kompyuter tizimlari klassik 
modellaridan etarlicha katta farq qilishi bilan birga, ayrim lahzalarda aynan o‘xshash 
tamoyillarda ish yuritadi. Oddiy holda tushuntirilganda, bunday texnologik echimlar 
o‘zining asosida axborotlar, dasturiy ta’minot yoki boshqa maxsus serverlardan 
foydalanishi 
va 
saqlanishi 
kompyuter 
xotirasidagi 
harakatlarni 
hamda 
yuklanishlarni yuzaga keltirmasdan amalga oshirishga imkon beradi. kompyuter 
xotirasidagi bulut xizmatlariga kirishni ta’minlovchi boshlang‘ich o‘rnatish mijoz 
dasturiy ta’minotidan foydalanadi. 
Bulutli ma’lumotlar ombori (ingl. cloud computing shuningdek, 
“ma’lumotlarga bulutli (tarqoq) ishlov berish” atamasi ham qo‘llaniladi) deganda 
odatda, foydalanuvchiga kompyuter resurslari va quvvatini internet-xizmat 
ko‘rinishida taqdim etilishi tushuniladi. Shunday yo‘l bilan foydalanuvchiga “sof” 


ko‘rinishda hisoblash resurslari taqdim etiladi va foydalanuvchi uning masalalariga 
qanday kompyuter ishlov beryotganligi, bu qanday OT boshqaruvida amalga 
oshirayotganganligi kabi boshqa savollarga javob ololmasligi mumkin va aslida 
ularga javob topish unga zarur bo‘lmaydi. 
Ko‘p hollarda “bulut”ni ish yuritishida o‘xshashlik va umumiylikni topib 
“meynfrem”lar (mainframe) bilan taqqoslashadi. Ammo “bulut”ni “meynfrem” 
tamoyil jihatdan ajralib turuvchi farqi mavjud, masalan, “bulut”ning hisoblash 
quvvatlari nazariy jihatdan cheklanmaganligidir. Ikkinchi tamoyiliy farqi, oddiy 
holda aytganda, meynfrem texnologiyasida terminallar ishga tushirilgan masala 
bilan foydalanuvchi o‘rtasida o‘zaro interfaol hamkorlik uchun xizmat 
qiladi, ”bulut”da esa terminalni o‘zi katta quvvatli hisoblash qurilmasi hisoblanadi 
va nafaqat oraliq axborotlarni to‘plab boruvchi vosita bo‘lib qolmasdan bevosita 
global tizimdagi hisoblash resurslarni boshqarish xususiyatiga ham ega bo‘ladi. 
Avval paydo bo‘lgan (jumladan, 1990 yillarda) ma’lumotlarga ishlov berish 
texnologiyalari orasida grid-hisoblash bir muncha keng tarqalish munosabatiga ega 
bo‘ldi. Dastlab bu yo‘nalish texnik vositadagi protsessorning foydalanilmay turgan 
resurslaridan unumli foydalanish uchun va hisoblash quvvatlarini ixtiyoriy ravishda 
ijaraga berish tizimini rivojlantirish imkoniyati sifatida qaraldi. Bir qator loyihalar 
(GIMPS, distributed.net, SETI@home) hisoblashning bunday modeli etarlicha 
samarali ekanligini isbotlab berdi. Hozirgi kunda bunday texnologiyalar ahamiyatli 
hisoblash resurslari talab qilinadigan ilmiy, matematik masalalarni echish uchun 
keng qo‘llaniladi. Ma’lumki, grid-hisoblashni tijorat maqsadlari uchun ham keng 
qo‘llash mumkin. Masalan, ular yordamida iqtisodiy prognozlash, seysmik 
ma’lumotlarni tahlil qilish, vaksina va yangi dori-darmonlarni ishlab chiqish hamda 
o‘rganish bilan bog‘liq ba’zi bir mashshaqatli mehnat talab etuvchi masalalarda 
samarali qo‘llanilmoqda. 
Haqiqatan ham, grid-hisoblash va bulut-hisoblash arxitekturasi hamda 
qo‘llanilayotgan tamoyillariga ko‘ra ko‘pgina o‘xshash qirralarga ega. SHu bilan 
birga, uzoqdagi hisoblash resurslaridan foydalanish uchun etarlicha egiluvchan 


platformaga egaligi hisobiga bulutli hisolash modeli eng istiqbolli texnologiya 
hisoblanadi. 
Hozirgi vaqtda yirik bulut hisoblashlar ma’lumotlarga ishlov berish 
markazlariga (MIBM) joylashgan minglab serverlardan tashkil topadi. Ular bir 
vaыtni щzida millinlab foydalanuvchi foydalanayotgan щng minglab ilova 
resurlarini ta’minlab beradi 1. Bulutli texnologiyalar xususiy ERP, CRM tizim2 yoki 
qo‘shimcha qurilmalarni sotib olish va sozlashni talab etuvchi boshqa serverlarni 
saqlab turish o‘ta qimmatga tushadigan korxonalar uchun qulay vosita hisoblanadi. 
Xususiy foydalanuvchilar o‘rtasida o‘zining qulayligiga ko‘ra ko‘plab bulut 
xizmatlari (masalan, Google kompaniyasi taqdim etayotgan “Dokumentы”, 
“Kalendar” va boshqalar) o‘z navbatida keng tarqalish munosavbatiga ega 
hisoblanadi. 
Bulutli texnologiyalarini foydalanishda uzluksiz mashhurlikka erishib 
boryotganligini sababi oddiy: ularni qo‘llashni turli-tumanligi va infratuzilishga, 
xizmat ko‘rsatish va xodimlarga qilinadigan xarajatlarni tejaydi. Apparat ta’minoti 
uzoqdagi ma’lumotlar bazasida axborotlarni saqlash va ma’lumotlarga ishlov 
berishni etarli darajada soddalashtirishi mumkin. Bunday muammolarning barchasi 
xizmatlar provayderi ziimasiga to‘liq tashlab qo‘yiladi. 
Shuning bilan birga, bunday yondashuv korxona kompyuterlariga turli 
operatsion tazimlari (Windows, Linux, MacOS va boshqalar) o‘rnatilgan bo‘lsa ham 
barcha operatsioe tizimlarni standartlashtirishga imkon beradi. Bulutli texnologiya 
ofisda bo‘lmagan, ammo Internet orqali ulanish imkoniga ega xodimlar va mijoozlar 
uchun ham birdek kompaniya ma’lumotlariga kirishni ta’minlashni osonlashtirib 
beradi. 
Yuqoridagilardan ko‘rish mumkinki, foydalanish uchun ko‘plab qulayliklarga 
ega. Shu bilan birga, qator kamchiliklarga ham ega. Jumladan, mushohada qilib 
aniqlash mumkinki, uning bosh kamchiligi foydalanuvchining bu xizmatlarni 
etkazib beruvchiga to‘liq bog‘lanib qolish hisoblanadi. Haqiqatan ham, bulutli 


xizmatni yaratish tamoyiliga ko‘ra korxona (foydalanuvchi) faoliyati xizmatlar 
provayderi va Internet provayderining qanday ish olib borishiga bog‘liq bo‘lib 
qoladi. 
Bulutli hisoblashni etkazib beruvchilarning ishonchlilik darajasi ortib 
borayotgan bo‘lsada, ma’lumotlarni ishonchliligi va xavfsizlikni ta’minlash uchun 
kattagina harakat, masalan, dubllovchi alaqa kanallari, ularga o‘tish o‘tish uchun 
quvvatlovchiga ega bo‘lish va albatta, ma’lumotlarga kirish rad etib qolmasligi va 
xavfsizligi to‘g‘risida chora-tadbirlar ko‘rish zarur bo‘ladi. SHuningdek, xizmatlar 
etkazib beruvchining serverlari qaysi davlatda joylashganligi ham katta ahamiyatga 
ega. Chunki barcha resurslarga kirish imkoniyati o‘sha davlatda yuritilayotgan tartib 
va siyosatga bog‘liq bo‘ladi. Bundan tashqari, davlat siri hisoblanadigan va xarbiy 
sohalarga taalluqli mahfiy ma’lumotlar bilan shug‘ullanadigan korxonalar uchun 
umuman to‘g‘ri kelmaydi. Biron-bir vakolatli tashkilot yoki muassasa tarqatilishi 
mumkin bo‘lmagan axborotlar bilan ishlashda mutlaq xavfsizlik ta’minlangan tizim 
sifatida sertifikat yoki guvohnoma bermaydi. Bu hozirgi kungacha echilmagan va 
har doim dolzarbligicha qoladigan muammo hisoblanadi. 
Zamonaviy bulutli texnologiyalar nafaqat tayyor tarmoq va server 
qurilmalarida, balki, sekin-asta ichki quriladigan tizimlar (embedded cloud) 
bozoriga ham jad’al kirib bormoqda3. Ichki qurilgan tizimlarni joriy etish 
kompyuter protsessorlarini resurslar sarflanishini ro‘yxatga olish, intellektual 
datchiklar, avtomobil, maishiy texnika va shu kabi boshqa vositalarda 
joylashtirishga olib keldi. Bu qurilmalar ishlashi, ma’lumotlar to‘planishini 
boshqarish va kompyuter tarmog‘iga bog‘lanish vositasida interfaol imkoniyatlarni 
taqdim etishga imkon beradi. 
Turli tuman qurilmalarni global tarmoqqa ulanish g‘oyasi “buyumlar interneti” 
(Inter-net of Things – IoT) deb yuritiladi. Microsoft Windows Embedded bosh 
menenjeri Kevin Dallas fikriga ko‘ra, buyumlar interneti g‘oyasi ko‘p yillardan 
buyon mavjud, ammo bunday tarmoqni amalga oshirilishi uchun birgina bo‘g‘in – 
bulut texnologiyasining yaratilmaganligi edi 4. 


Protsessor narxlarini tushib borishi natijasida foydalanishdagi umumiy 
kompyuterlar soni ortib bormoqda va shuningdek, o‘z navbatida ishlov beriladigan 
uzatilayotgan ma’lumotlar (ko‘p hollarda ayni damda) hajmi Internet tarmog‘idan 
foydalanuvchilar sonini ortib borishiga parallel holda ortib bormoqda. Demak, yaqin 
istiqbolda buyumlar interneti va bulutli hisoblashlar ahamiyati yanada ortib boradi 
va ijtimoiy hamda iqtisodiy faoliyatga to‘liq kirib boradi deb mushoxada qilish isbot 
talab qilmaydigan fikr hisoblanadi. 
Bulutli texnologiyalar nima? 
Agar biz kontseptsiyaning o'zi haqida sodda qilib aytadigan bo'lsak, 
aytishimiz mumkinki, ushbu turdagi texnologik echimlar asosan kompyuterlarda 
ishlatilmasdan ma'lumot, dasturiy ta'minot yoki maxsus xizmatlarni saqlash va 
ulardan foydalanishni o'z ichiga oladi. Qattiq disklar (ular faqat bulut xizmatlariga 
kirish uchun mijoz dasturlarini dastlabki o'rnatish uchun ishlatiladi). 
Boshqacha qilib aytganda, bulutli texnologiyalardan foydalanish faqat 
kompyuter terminali yoki mobil qurilmaning sof hisoblash manbalaridan 
foydalanishga imkon beradi. Ko'pchilik uchun bunday tushuntirish juda chalkash 
tuyulishi mumkin. Shu sababli, bulutli texnologiyalarning amalda qanday 
qo'llanilishini tushunish uchun eng oddiy misolni keltirsa bo'ladi. 
Aksariyat zamonaviy foydalanuvchilar elektron pochtadan foydalanishadi. 
Ko'pincha, internet xizmatlarida ro'yxatdan o'tish uchun zarur bo'lgan bunday 
manzilning mavjudligi, ijtimoiy tarmoqlar, onlayn o'yinlar va h.k. Windows tizimi 
O’rnatilgan outlook pochta mijozi mavjud. Siz xatlarni olganingizda yoki 
yuborganingizda, ularning barchasi to'g'ridan-to'g'ri dastur papkasida qattiq diskda 
saqlanadi. 
Boshqa narsa, pochta qutisi uzoq serverda joylashganida (masalan, Mail.Ru, 
Gmail, Yandex-pochta va boshqalar). Foydalanuvchi shunchaki saytga kirib, 
ro'yxatdan o'tish ma'lumotlarini (foydalanuvchi nomi va parol) kiritadi va keyin 
pochtasiga kirish huquqiga ega bo'ladi. Bu bulutli texnologiya eng sodda ma’noda, 


chunki barcha yozishmalar foydalanuvchi kompyuterida (qattiq disk) emas, balki 
uzoq serverda saqlanadi. Aslida pochta qutisiga kirish uchun maxsus dastur kerak 
emas (odatiy veb-brauzer, bu holda mijoz ilova sifatida ishlaydi). 
Shunday qilib, bulutli texnologiyalarni standart IT usullaridan ajratib 
turadigan eng muhim narsa, aniq ma'lumotni yoki bir vaqtning o'zida "bulut" deb 
ataladigan uzoq serverda biron bir dasturiy ta'minotni saqlash va ma'lumotlarni 
almashish yoki tarqatish imkoniyatidir. Dasturiy ta'minot. Bugungi kunda siz aniq 
bulut printsiplari asosida qurilgan ko'plab xizmatlarni ko'rishingiz mumkin. Ammo 
bu har doim ham shunday emas edi. 
Bulutli texnologiyalar: tushuncha, mazmun, tasnif 
Axborot texnologiyalari sohasida innovatsiyalarni, shu jumladan bulutli 
hisoblash va hisoblash ishlarini tezkor joriy etish davom etmoqda. Bulutli 
xizmatlarning ommaviylik xususiyati bulut iste’molchilari, shu jumladan turli 
sohalardagi korxonalar va xususiy iste’molchilar soni doimiy ravishda o’sib 
bormoqda. Bulutli texnologiyalarni aniqlashga turli xil yondashuvlar mavjud. 
Xalqaro elektraloqa ittifoqi va Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (2013 yil aprel) 
tomonidan taqdim etilgan ta'rifga ko’ra, bulutli hisoblash bu tarmoqdan mustaqil 
ravishda foydalanilishi va tartibga solinishi mumkin bo'lgan hamkorlik uchun 
mavjud bo'lgan kengaytiriladigan va moslashuvchan jismoniy yoki virtual 
manbalarga ulanishini ta'minlaydigan paradigma. 
Intel-da, bulutli hisoblash “Oxirgi foydalanuvchilar tomonidan xizmat sifatida 
foydalaniladigan umumiy resurslarni virtual ta'minlash” degan ma'noni anglatadi. 
TAdvisor analitik kompaniyasi – “bulutli hisoblash” – “hisoblash buluti” 
tushunchasi, unga ko'ra dasturlar ishga tushiriladi va mahalliy kompyuterda standart 
brauzer oynasida ish natijalari chiqariladi, shu bilan birga ishlash uchun zarur 
bo'lgan barcha ilovalar va ularning ma'lumotlari masofaviy serverda joylashgan. 
AQSh Milliy standartlar va texnologiyalar instituti tadqiqotchilari quyidagi 
ta'rifni taqdim etdilar: “Bulutli hisoblash bu tezkor aniqlanishi mumkin bo'lgan 


sozlanadigan hisoblash manbalarining umumiy tarmog’iga (masalan, tarmoqlar, 
serverlar, saqlash tizimlari, dasturlar va xizmatlar) talabga binoan tarmoqqa qulay 
kirishni ta'minlaydigan model. va minimal boshqarish yoki xizmat ko'rsatuvchi 
provayderning minimal aralashuvi bilan ta'minlang” 
Shunday qilib, bulutli hisoblash tushunchasi - bu xizmat ko'rsatish shaklida 
axborot resurslarini taqdim etish usullaridan biri bo'lib, ularning umumiy printsiplari 
masofaviy serverlarda hisoblash (ma'lumotlarni qayta ishlash, grafika) hisoblanadi. 
Masofaviy serverlar birgalikda ishlashga sozlangan, bu sizga jamlama hisoblash 
quvvatidan foydalanishga imkon beradi. Xizmatdan foydalanish uchun 
foydalanuvchiga oddiy kompyuter moslamasi (kompyuter plansheti, netbuk) va 
barqaror Internet aloqasi kerak. Ish jarayoni veb-brauzer yoki mijozning 
ixtisoslashtirilgan dasturi orqali amalga oshiriladi. 
Bulutli saqlash ma'lumotlar onlayn-saqlash modeli bo'lib, unda ma’lumotlar 
tarmoq bo'ylab tarqatiladigan va xaridorlarga, asosan uchinchi tomon tomonidan 
foydalanish uchun taqdim etiladigan ko'plab serverlarda saqlanadi. Ma’lumotlar 
bulutda saqlanadi va qayta ishlanadi, bu mijoz nuqtai nazaridan bitta yirik virtual 
serverdir. Jismoniy jihatdan, bunday serverlar bir-biridan juda uzoq masofada, har 
xil qit'alar joylashgan joyga qadar joylashgan bo'lishi mumkin. 
Majburiy bulutli hisoblash xususiyatlari quyidagilarni o'z ichiga oladi: 
Iste'molchi mustaqil ravishda mustaqil serverni aniqlash va o'zgartirish, 
masalan, server vaqti, kirish va ma'lumotlarni qayta ishlash tezligi, saqlanadigan 
ma'lumotlar miqdori, xizmat ko'rsatuvchi provayder vakili bilan o'zaro aloqa 
qilmasdan; 
Tarmoq orqali universal kirish, ya'ni. xizmatlar ishlatilgan terminal 
qurilmasidan qat'i nazar, iste'molchilar uchun ma'lumotlar tarmog'i orqali mavjud; 
Resurslarni birlashtirish - xizmatlarni taqdim etadigan tashkilot, quvvatni 
talabga doimiy ravishda o'zgarishi sharoitida iste'molchilar o'rtasida hisoblash 
quvvatini dinamik ravishda taqsimlash uchun ko'p sonli mijozlarga xizmat ko'rsatish 


uchun resurslarni bir pulda birlashtiradi; o'z navbatida, mijozlar faqat xizmatning 
asosiy parametrlarini nazorat qilishadi, masalan, ma'lumotlar hajmi, kirish tezligi, 
lekin iste'molchiga taqdim etilgan resurslarning haqiqiy taqsimoti xizmat 
ko'rsatuvchi provayder tomonidan amalga oshiriladi (ba'zi hollarda iste'molchilar 
qayta taqsimlashning ba'zi bir fizik parametrlarini boshqarishi mumkin, masalan, 
afzal ko'rgan ishlov berish markazini ko'rsatish. geografik yaqinlik ma'lumotlari); 
Xizmatning egiluvchanligi - xizmatlarni real vaqt rejimida, etkazib beruvchi 
bilan qo'shimcha muvofiqlashtirmasdan, odatda avtomatik rejimda o'zgartirish 
imkoniyati; 
Iste'mol o'lchovi, ya'ni. xizmat ko'rsatuvchi provayder ma'lum bir mavhumlik 
darajasida ishlatiladigan resurslarni avtomatik ravishda ushlaydi (masalan, 
saqlangan ma'lumotlar miqdori, o'tkazish qobiliyati, foydalanuvchilar soni, 
tranzaktsiyalar soni) va shu ma'lumot asosida iste'molchilarga taqdim etilayotgan 
xizmatlar hajmini hisoblab chiqadi. 

Download 132.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling