Butunjahon savdo tashkiloti 1995 yilning 1 yanvarida ta'riflar va savdo bo'yicha bosh bitim vorisi sifatida xalqaro yagona organ tarzida tashkil topgan. U xalqaro savdo sohasida nazoratchi vazifasini amalga oshiradi. Butunjahon savdo tashkiloti ixtisoslashgan muassasa hisoblanmaydi, ammo Birlashgan Millatlar Tashkiloti bilan axdlashuv va amaliy hamkorlik o'rnatish huquqiga ega. Butunjahon savdo tashkiloti faoliyati yadrosi bo'lib, butunjahon savdosi va savdo siyosatining xalqaro huquqiy asosini tashkil etgan 28 bitim xizmat qiladi. Bitimlar uning asosiy maqsadni o'z oldiga qo'ygan: Ular qo'yidagilar: Savdo oqimining imkon boricha erkin amalga oshirishga ko'maklashish; Xalqaro savdo munosabatlari haqida mazkur bitimlar savdo muzokaralarining Urugvay raundi Yakuniy aktida o'z ifodasini topgan. Ushbu bitimlar asosida qo'yidagi tamoyillar yotadi: kamsitishlarning yo'qligi (ko'proq qulayliklar yaratish tomoyili), savdoning yanada erkinlashuvi, raqobatni rivojlantirish, shuningdek kam taraqqiy etgan mamlakatlar uchun alohida shartlar. Butunjahon savdo tashkilotining maqsadlaridan biri – oshna-og'aynichilikka barham berish. Butunjahon savdo tashkilotining rahbar organi vazirlar Konferensiyasi sanaladi, u ikki yilga bir marta chaqiriladi. Kundalik ishlar bilan esa umumiy kengash shug'ullanadi. Butunjahon savdo tashkilotining 1998 yilgi byudjet 80 million dollarni tashkil etadi.
Bosh direktor: Janob Renato Rudjero
Bosh qarorgoh : Jeneva (Shveysariya)
4.O'z xalkaro valyuta fondi, bank va savdo tashkilotlari bilan aloqalari.
O'zbekiston Respublikasi o'z iktisodiy rivojlanishini amalga oshirish maqsadida Xalqaro valyuta fondi, butunjahon banki va butunjahon savdo tashkilotlari bilan faol faoliyat olib bormoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |