Reja: Buyuk allomalarimiz oilada axloqiy tarbiyaning


Download 135.5 Kb.
bet8/11
Sana17.06.2023
Hajmi135.5 Kb.
#1529127
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1-10 tarix

Vatanparvarlik fidoyilik, hamjihatlik, tinchliksevarlik, dahldorlik, mardlikni;

  • insonparvarlik ezgulik, andishalilik, rahmdillik, saxovatlilik,kamtarinlikni;

  • axloqiylik odoblilik,olijanoblik, halollik, bag‘rikenglik, vijdonlilik, o‘z-o‘zini anglashni;

  • mehnatsevarlik tirishqoqlik, tashabbuskorlik, intizomlilik va ijtimoiy faollikni o‘zida mujassamlashtiradi.

    Ushbu fazilatlar uzviylik va uzluksizlik asosida shakllantirilib, rivojlantirib boriladi. Ushbu fazilatlarni shakllantirish va rivojlantirishda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga, xalq og‘zaki ijodiga, milliy va jahon adabiyotining eng yaxshi namunalariga, buyuk mutafakkirlarimizning hayoti va ijodiy merosiga, san’at durdonalariga, moddiy va ma’naviy yodgorliklarimizga, qadimiy urf-odat va milliy an’analarimizga tayanish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
    Yuksak ma’naviy-axloqiy fazilat va sifatlarga ega bo‘lgan shaxsni tarbiyalab voyaga yetkazishda uning qanday shaxsiy fazilatlariga ega bo‘lishi alohida ahamiyat kasb etadi.
    Shaxsning ma’naviy-axloqiy fazilatlari ichida “Ma’naviy kamolot” ga alohida urg‘u beriladi.
    “Ma’naviy kamolot” deganda har bir shaxsdagi u mansub bo‘lgan halq va millat, qolaversa, butun insoniyatga xos bo‘lgan eng yaxshi, asrlar davomida hayotda o‘zini oqlab, ko‘pchilik tomonidan e’tirof etilib, bezavol yashab kelayotgan axloqiy-ma’naviy fazilatlarning davr talablari aosida mujassamlashuvi tushuniladi. Bunday fazilatlar orasida ayniqsa, vatanparvarlik, insonparvarlik, axloqiylik, mehnatsevarlik singari tayanch tushunchalar alohida o‘rin tutadi.
    Yuksak ma’naviyatning yetakchi, asosiy tarkibiy qismlaridan biri bu – vatanparvarlikdir. Vatanparvarlik deganda, insonning o‘z ona yurtini qadrlab shu ona yurt uchun, uning qanday sohasi bo‘lmasin o‘z kuch va g‘ayratini ayamasdan sarflashidir. Vatanparvarlik xalqimizning tarixiy hayotida muhim o‘rin egallagan (Spitamen, To‘maris,Shiroq, Muqanna, Jaloliddin Manguberdi, Najmiddin Kubro, Temur Malik, Amir Temur, Zahiriddin Muhammad Bobur, va boshqalar faoliyati). Masalan, qadimgi ajdodlarimizdan Metexon (milodning 209 yili) Vatan haqida: «Vatan bizning olish-berish qilsak bo‘ladigan mulkimiz emas.


    Download 135.5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling