Reja: Buyuk allomalarimiz oilada axloqiy tarbiyaning
Reja: Sog‘lom avlodni shakllantirish
Download 135.5 Kb.
|
1-10 tarix
Reja:
Sog‘lom avlodni shakllantirish Oila va salomatlik. Oila - butun jamiyat taraqqiyotining tarkibiy qismi bo‘lib, taraqqiyotga muhim ta’sir ko‘rsatuvchi omil hamdir. Oiladagi sog‘lom turmush tarzi jamiyatimizning har tomonlama rivojlanishi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Mamlakatimizda oilaga jamiyatning asosi, muhim bir bo‘g‘ini sifatida qaraladi, bu nafaqat shaxsiy masala, balki u ijtimoiy ahamiyat kasb etadi. Zero, komil inson – har tomonlama farovon, bekamu-ko‘st, sog‘lom oilada tarbiya topadi, ulg‘ayadi. Sog‘lom avlodni voyaga etkazish, sog‘lom oilaviy muhitni shakllantirish davlat siyosatining ustivor masalasi sifatida e’tirof etiladi. Har bir millat va jamiyatning eng qimmatli xazinasi - sog‘lom, axloqiy barkamol oiladir. Hozirgi sharoitda oilalarga umum insoniy va milliy qadriyatlar ildiziga tayangan holda, sharqona axloqiy va ruhiy asoslar takomillashib bormoqda. Darhaqiqat, jamiyatning muqaddas maskani bo‘lgan oilada millatning unutilmas qadriyatlari shakllanadi. Oilaning asosiy vazifasi sog‘lom avlodni kamol toptirishdan iboratdir. Xalqimizda “Salomatlik tuman boylik” degan ibora bejiz aytilmaydi. Salomatlik - odam organizmning biologik, ruhiy, jismoniy holatlari va mehnat faoliyatining muvozanatlashgan birligidir. Sihat-salomatlik har bir 4 kishi uchun baxt-saodatdir, uning mehnat unumdorligini, mamlakatning iqtisodiy qudratini, xalq farovonligini rivojlantirishning zarur shartidir. Umumxalq mulki bo‘lmish sihat-salomatlikka nisbatan ongli va mas’uliyat bilan yondashish jamiyat barcha a’zolarining turmush va axloq normasi bo‘lmog‘i lozim. Salomatlikni saqlash va mustahkamlash uchun avvalo odam o‘z tanasining tuzilishini har qaysi to‘qima va a’zolarining normal ish faoliyatini, o‘sish, rivojlanish va ko‘payishi qonuniyatlarini bilishi zarur. SHuningdek, barcha tirik mavjudodlar kabi, odamga ham xos bo‘lgan bu biologik xususiyatlarni asrash va tobora takomillashtirish uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitni mukammal bilish va yaratish talab etiladi. Ota-onaning salomatligi, tibbiy savodxonligi, oilada yo‘lga qo‘yilgan sog‘lom turmush tarzi farzandlarning sog‘lom, baquvvat bo‘lib voyaga etishishiga eng asosiy omillardan biri hisoblanadi. Zero, sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini shakllantirish avvalo oiladan boshlanadi. Zamondoshlarimiz o‘z sog‘ligini saqlash va mustahkamlash yo‘nalishida ajdodlarimizga nisbatan ko‘proq imkoniyatlarga ega. Bu imkoniyatlarni “sog‘lom turmush tarzi” degan ibora o‘z ichiga qamrab oladi. Sizga taqdim etilayotgan ushbu risola orqali ham sog‘lom turmush tarzi yo‘nalishlarini ochib berishga harakat qildik. Oila va salomatlik Oilada er-xotin o‘rtasidagi munosabatlar o‘zaro ishonch, sadoqat, sabr- toqat asosida o‘rnatilishi reproduktiv salomatlik va sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. OILA - reproduktiv salomatlik va sog‘lom turmush tarzini shakllantiruvchi jamiyatning bir bo‘lagi bo‘lib, milliy urf-odatlarimiz asosida uzoq yillar mobaynida shakllanib kelgan. O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi bilan qonunlashtirilgan, o‘zining avlodi, nasli uchun jismoniy, ahloqiy- ma’naviy va huquqiy ma’suliyatni ixtiyoriy-majburiy ravishda o‘z zimmasiga olgan jamiyatimizning muhim bo‘lagidir. Mo‘‘tadil ruhiy vaziyat sog‘lom oilani shakllantirish uchun zarur shartlardan biridir. Oilada barpo bo‘lgan birinchi kunidan boshlab, kundalik turmushni oila a’zolari sog‘lig‘ini mustahkam bo‘lishi uchun harakat qilish zarur. Asosan: – Oila a’zolarini sog‘lom turmush tarzidan bilimdon va malakali bo‘lishlariga erishish; – Doimo o‘z vaqtida profilaktik tibbiy ko‘rikdan muntazam ravishda o‘tib borishlarini kundalik ko‘nikmalariga kiritishlariga erishish; – Kun tartibini to‘g‘ri tashkil qilish; – Ruhiy hotirjamligini ta’minlash va saqlash; – Oila raxbari tomonidan muntazam ravishda oila a’zolarini dam olishlarini ta’minlash; – Zararli odatlarning bo‘lmasligi; – To‘g‘ri ovqatlanishni 12 tamoyiliga rioya qilish; – Jismoniy tarbiya va chiniqtiruvchi mashqlarni oila a’zolari bilan birgalikda muntazam ravishda olib borish; – Oila a’zolarida ozodalik va orastalik ko‘nikmalarini shakllantirib, shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilish. Oila a’zolarining salomatligini ta’minlash, ularning baxtli bo‘lishi avlodlar iqtidori va nasl-nasabi yaxshilanib borishida har bir oilada yuqoridagi ishlarni o‘z vaqtida to‘g‘ri tashkil etigan taqdirdagina amalga oshadi. Oila turmush va vijdon qonunlari asosida quriladi, o‘zining ko‘p asrlik mustahkam va ma’naviy tayanchlariga ega bo‘ladi, oilada demokratik negizlarga asos solinadi, odamlar qo‘shnilarining salomatligi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishni birinchi o‘ringa qo‘yadi. Bu esa eng oliy darajadagi ma’naviy qadriyat, inson qalbining gavharidir. Har qaysi millatning o‘ziga xos ma’naviyatini shakllantirish va yuksaltirishda, hech shubhasiz, oilaning o‘rni va ta’siri beqiyosdir. CHunki, insonning eng pokiza tuyg‘ulari, ilk hayotiy tushuncha va tasavvurlari birinchi galda oila bag‘rida shakillanadi. Bolaning xarakterini, tabiati va dunyoqarashini belgilaydigan ma’naviy mezon va qarashlar – yaxshilik va ezgulik, oliyjanoblik, mehr-oqibat, or-nomus va andisha kabi muqaddas tushunchalarning poydevori oila sharoitida qaror topishi tabiiydir, deya ta’kidlaganlar. Jamiyatning muqaddas maskani hisoblangan oilada millatning unutilmas qadriyatlari shakllanadi. Oilada ahillik, totuvlik bo‘lishi lozim. Agar bu narsa bo‘lmasa oilaga putur etib, uning majburiyatlari buziladi. Oila rasmiy tus olgan taqdirdagina, er-xotin oldida, xotin eri oldida, ularning ikkovlari farzandlari oldida, farzandlari ota-onalari oldida ma’suliyatli va burchli bo‘ladilar. Oilaning asosiy vazifasi sog‘lom avlodni kamol toptirishdan iboratdir. Har bir millat va jamiyatning eng qimmatli xazinasi-sog‘lom, axloqiy barkamol oiladir. Download 135.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling