Reja: Byudjet munosabatlarining qonuniy-huquqiy asoslari, byudjet


Mahalliy hokimiyat organlarining mahalliy byudjetlarni boshqarishdagi huquq va majburiyatlari


Download 96.85 Kb.
bet6/6
Sana02.02.2023
Hajmi96.85 Kb.
#1147719
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
25 m

4. Mahalliy hokimiyat organlarining mahalliy byudjetlarni boshqarishdagi huquq va majburiyatlari


Hududlardagi ijtimoiy jarayonlarni boshqarish va tartibga solishda mahalliy davlat hokimiyati organlari alohida o’rin egallaydi. 1993-yil 2-sentyabrda qabul qilingan ―Mahalliy davlat hokimiyati to’g‗risidagi № 913-XII-son O’zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, ―Viloyatlar, tumanlar va shaharlarda (tumanga bo’ysunadigan shaharlardan, shuningdek shaharlar tarkibiga kiruvchi tumanlardan tashqari) xalq deputatlari Kengashlari davlat hokimiyatining vakillik organlari‖1 hisoblanadi. Xalq deputatlari Kengashi va hokim viloyat, tuman va shahar uchun umumiy bo’lgan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish vazifalari amalga oshirilishini, joylarda qonunlar, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi qabul qilgan hujjatlar, yuqori turuvchi xalq deputatlari Kengashlari va hokimlar qarorlarining ijrosini, O’zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari o’rtasidagi aloqalarni, aholini viloyat, tuman va shaharni boshqarishga jalb etishni ta‘minlaydi. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi va viloyat, tuman, shahar hokimi tegishli hududda o’zini-o’zi boshqarishni rivojlantirishga ko’maklashish asosida o’zini-o’zi boshqarish organlarining faoliyatini yo’naltirib turadilar.


Mahalliy byudjetlarni shakllantirish hamda hududlar ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta‘minlashda mahalliy byudjetlardan foydalanish jarayonlari O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O’zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksi, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining ―O’zbekiston Respublikasining asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari prognozlari va davlat byudjeti parametrlari to’g’risidagi qarorlari va boshqa qonun hujjatlari asosida belgilanadi.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga ko’ra, mahalliy hokimiyat organlari ixtiyoriga ―mahalliy byudjetni shakllantirish va uni ijro etish, mahalliy soliqlar, yig’imlarni belgilash, byudjetdan tashqari jamg’armalarni hosil qilish‖1 vakolati berilgan. Shu bilan mahalliy hokimiyat organlarining byudjet sohasidagi faoliyatining konstitutsiyaviy asosi o’rnatilgan. Joylardagi mahalliy vakillik hokimiyati va ijro hokimiyati organlarining bu sohadagi vazifalari, vakolatlari turlicha bo’lib, ular avvalo ―Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risidagi Qonunda belgilangan.
O’zbekistonda olib borilayotgan islohotlarning chuqurlashuvi mahalliy hokimiyat organlarining ularga tegishli hududlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi rolini yanada oshirib, moliya-byudjet sohasidagi huquqlarini kengaytirish va ularning moliyaviy bazasini mustahkamlashni talab qiladi. Mahalliy byudjetlarning salmog’i oshishi ustun ravishda xarajatlarning oshib borishi bilan bog’liq, ya‘ni markaziy hokimiyat hududiy iqtisodiyotni rivojlantirish, ijtimoiy infratuzilmani saqlash, ishchi kuchini qayta tayyorlash bilan bog’liq vakolatlarni joylarga berib bormoqda. Mahalliy byudjetlardan davlat takror ishlab chiqarish jarayoniga ta‘sir etishda keng foydalanmoqda, mahalliy boshqaruv organlari hududiy darajada davlatning maqsadga muvofiq vazifalarini tobora ko’proq bajarmoqda.
O’zbekiston Respublikasining ―Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risidagi Qonunining 7-moddasiga muvofiq, ―Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi va viloyat, tuman, shahar hokimi faoliyatining iqtisodiy asosini ma‘muriy-hududiy tuzilmalarning davlat mulki (kommunal mulk) hamda viloyat, tuman va shaharda mavjud bo’lib, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishga xizmat qiluvchi boshqa mulk tashkil etadi. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi va viloyat, tuman, shahar hokimi mutloq O’zbekiston Respublikasi mulkida bo’lgan davlat mulki obyektlariga nisbatan ishlab chiqarish va ijtimoiy obyektlarni samarali joylashtirish, tabiiy va mehnat resurslaridan oqilona foydalanish, atrof-muhitni muhofaza etish, aholini ijtimoiy himoya qilish sohasida nazoratni amalga oshiradilar. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi, viloyat, tuman, shahar hokimi o’zlari idora qilayotgan hududdagi mulkchilikning turli shakliga asoslangan korxonalar uchun O’zbekiston Respublikasining qonunlarida nazarda tutilmagan, tadbirkorlik va xo’jalik faoliyatini erkin yuritishga to’siqinlik qiladigan cheklovlarni joriy etishga haqli emaslar‖.
Yuqoridagi Qonunning 8-moddasiga muvofiq esa ―Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi davlat mulkini chegaralash natijasida o’ziga berilgan yoki qonunlarga muvofiq o’zi sotib olgan obyektlarga nisbatan mulkdor vakolatlarini to’liq amalga oshiradi. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining mol- mulki, mahalliy byudjetlarning mablag’lari va byudjetdan tashqari jamg’armalarning mablag’lari viloyat, tuman, shahar mulkidir. Viloyat, tuman, shahar ahamiyatiga ega bo’lgan muhandislik infratuzilmasi obyektlari va boshqa obyektlar, korxonalar va birlashmalar, xalq ta‘limi, sog’liqni saqlash, ijtimoiy ta‘minot, fan va madaniyat muassasalari, viloyat, tuman, shahar mablag’lari hisobidan tashkil etilgan yoki sotib olingan, shuningdek ulushbay asoslarda tashkil etilgan yoki sotib olingan yoxud xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashiga boshqa manbalardan bepul berilgan qimmatli qog’ozlar va moliya aktivlari viloyat, tuman, shahar mulki bo’lishi mumkin‖1.
Mahalliy byudjetlar orqali xalq ta‘limi, sog’liqni saqlash, madaniyat va sport muasassalari, mahalliy hokimiyat boshqaruv organlari, kam ta‘minlangan oilalarga nafaqalar berish xarajatlari moliyalashtirib boriladi.
―Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risidagi Qonunning 81-moddasida2Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi byudjetdan tashqari jamg’armalar tashkil etishi mumkinligi belgilab qo’yilgan, ularga quyidagilar kiritiladi:

    • fuqarolar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning (bundan byudjet tashkilotlari mustasno) ixtiyoriy badallari va xayriyalari;

    • qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa byudjetdan tashqari mablag’lar.

Mahalliy hokimiyat organlari viloyat, tuman, shahar byudjetdan tashqari
jamg’armalarining mablag’lari shaxsiy g’azna hisobvaraqlarida turadi, olib qo’yilmaydi hamda tegishli xalq deputatlari Kengashi va hokimning qaroriga ko’ra sarflanadi.
Shuni alohida ta‘kidlash lozimki, amaldagi ―Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi Qonuni 1993-yil 2-sentyabrda qabul qilingan bo’lib, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida yuzaga keladigan dolzarb muammolarni hal qilishda ijobiy rol o’ynadi. Shu bilan birga, ushbu qonun qabul qilingandan davrdan beri markaziy va mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatining ham normativ-huquqiy, ham tashkiliy-amaliy jihatlari tubdan o’zgartirildi va qayta tashkil etildi. Shu sababli ushbu qonunga bir qator o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritish va uni takomillashtirish zarurati yuzaga keldi. Yangi qonun loyihasining asosiy maqsadi mahalliy davlat hokimiyati organlari vakolatlarini O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va boshqa qonunlariga mos ravishda muvofiqlashtirishdan iborat. Umuman olganda, qonun loyihasida quyidagi yo’nalishlarda o’zgartish va qo’shimchalar kiritilishi ko’zda tutilgan:

  • Mahalliy davlat hokimiyati organlarining asosiy vazifalari va vakolatlari;

  • Toshkent shahri va viloyat hokimlarining aholi tomonidan saylanishi tizimi;

  • Mahalliy davlat hokimiyati organlarining moliyaviy imkoniyatlarini kengaytirish;

  • Hokimlarning aholi oldida hisobdorligi va hokimlarning faoliyatini baholash;

  • Xalq deputatlari tomonidan hokim, prokuror, sud raislari, ichki ishlar organlari rahbarlarining hisobotlarining eshitilishi;

  • Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatining iqtisodiy asoslari, jumladan,hududning rivojlanish strategiyasi, mahalliy byudjet, fiskal nomarkazlashtirish mexanizmlarini joriy etish;

  • Mahalliy davlat hokimiyati organlarining boshqa davlat organlari (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, Vazirlar Mahkamasi, davlat boshqaruvi organlari, o’zini-o’zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari) bilan o’zaro munosabatlari.

Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksining 4-bob, 27- moddasi bilan Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlarining, 28-moddasi bilan Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlarining, 30-moddasi bilan esa hududiy moliya organlarining byudjet sohasidagi vakolatlari belgilab qo’yilgan.
Kodeksning tegishli moddasiga ko’ra, Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlari1:

  • Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjetini, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarini, tumanlar va shaharlar byudjetlarini tegishincha Qoraqalpog‗iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlarining taqdimnomasiga muvofiq ko’rib chiqadi va qabul qiladi;

  • Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari, tumanlar va shaharlar byudjetlarining tegishli davrdagi ijrosi to’g’risidagi hisobotlarni tegishincha Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlarining taqdimnomasiga muvofiq har chorakda ko’rib chiqadi va tasdiqlaydi;

  • mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning stavkalarini qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlar doirasida belgilaydi.

Byudjet Kodeksining tegishli bob va moddalarida hududiymoliyaorganlariningbyudjetsohasidagivakolatlari (30-modda), mahalliy byudjetlarning daromadlari va xarajatlari tarkibi va ularning byudjet tizimi bo’g’inlari o’rtasida taqsimlash tartiblari belgilab berilgan.
Xulosa qilib aytganda, keyingi yillarda byudjet amaliyotidagi o’zgarishlar, O’zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksining qabul qilinishi, ―Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risidagi 913-XII-sonli Qonunga qator o’zgartirishlar kiritilishi, har moliyaviy yil uchun O’zbekiston Respublikasi Prezidentining ―O’zbekiston Respublikasining asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari prognozlari va davlat byudjeti parametrlari to’g’risidagi Qarorlarida davlat byudjetining shakllanishi va ijro etilishi bo’yicha norma va tartib-taomillarning o’zgarishi bilan davlat byudjeti va byudjet munosabatlarini tashkil etishninghuquqiyasoslari takomillashib bormoqda. Bu holatlar davlat byudjeti amal qilishini yangi sifat pog’onasiga ko’tardi va byudjet resurslarining chegaralanganligi sharoitida butun mamlakatni va uning alohida hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda davlat byudjetidan samarali foydalanish, barcha darajadagi byudjetlar daromadlarining barqarorligini va xarajatlarining oqilona ijrosini ta‘minlash masalalariga yangicha talablarni qo’ymoqda.


Download 96.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling