Reja: chiziqli avtomatik sistemalarning turg’unligini ta’minlash


Download 370.09 Kb.
bet1/2
Sana06.04.2023
Hajmi370.09 Kb.
#1332235
  1   2
Bog'liq
mavzu15


Korrekstiyalovchi qurilmalarni sintez qilish.


Reja:
1. CHiziqli avtomatik sistemalarning turg’unligini ta’minlash.
2. CHiziqli avtomatik sistemalarning rostlash sifatini oshirish.
3. Muvozanatlashgan rejimlarda aniqilkni oshirish.

Chiziqli avtomatik sistemalarning zarur xossalarini ta’minlash juda qiyin muammo hisoblanadi. Bunda quyidagi xususiy masalalarni ko’rsatish mumkin.



  1. Turg’unlikni ta’minlash(stabillashtirish)

  2. Turg’unlik zahirasini ko’paytirish (dempfirlash)

  3. Muvozanat rejimlarda rostlash aniqligini oshirish (topshiriq berilishidagi statik xatoni kamaytirish yoki yo’qotish)

  4. O’tish jarayonlarini yaxshilash (tezkorlikni oshirish, dinamik xatoni maksimal kamaytirish)

Har qanday ARS turg’un bo’lishi kerak. Lekin stabillovchi sistemalarda (topshiriq o’zgarmas) turg’unlik zahirasi kuzatuvchi sistemadagiga (topshiriq uzluksiz o’zgaruvchi) nisbatan kichik bo’lishi mumkin.
Rostlovchi o’byekt parametrlari texminan aniqlangan yoki sistemaning eksplutatsiyasi jarayonida o’zgarsa, kattaroq, ko’proq turg’un zahirasi bo’lishi zarur (aniq belgilangan o’zgarmas parametrli o’byektlarga nisbatan)
Stabillovchi sistemalarda g’alayonlovchi ta’sirlarni maksimal kamaytirish ta’minlanadi.
Kuzatuvchi sistemalarda bundan tashqari maksimal mumkin bo’lgan yoki zarur bo’lgan tezkorlik va stadik, dinamik xatolarni kamaytirish ta’minlanadi.
Tezkirlikka nisbatan talabalar ijrochi element quvvatiga muvofiq bo’lishi kerak.
Ba’zan regulyatorning asosiy elementlarini mos ravishda tanlash orqali sistemaning turg’unligini va zarur rostlash sifatini ta’minlash mumkin, bunda ijrochi element va kuchaytirgich sifatida inersionligi kichik qurilmalardan foydalaniladi.
Regulyatorning asosiy elementlarining dinamik xossalari mahalliy teskari alokalar yordamida o’zgartiriladi. Alohida holatlarda ular OR ichida ham tuzilishi mumkin.

Zvenoning uzatish funksiyasi W, zveno W ta teskari aloqaga ega


Aperiodik zveno qattiq teskari aloqa bilan bog’langan.
Qattiq teskari aloqa kuchaytiruvchi zveno.
va


bunda

Shunday qilib qattiq teskari aloqa operiadik zvenoning strukturasini o’zgartirmaydi, lekin inersinlikni ya’ni vaqt doimiysini kamaytiradi. Shu bilan birga uzatish koeffitsenti ham kamayadi. Agar teskari aloqa moslashuvchan bo’lsa

bunda
Moslashuvchan teskari aloqa zveno strukturasini o’zgartirmaydi, uzatish koeffitsentiga ta’sir ko’rsatmaydi u faqat zvenoning inersionligini - vaqt doimiysini ko’paytiradi.
Integrallovchi zveno qattiq teskari aloqaga ega.
va

Qattiq teskari aloqa integrallovchi zvenoni operiadik zvenoga aylantirdi.
Moslanuvchan teskari aloqa bo’lsa

Moslanuvchan teskari aloqa integrallovchi zveno strukturasini o’zgartirmaydi, uzatish koeffitsentini kamaytiradi (integrallash vaqt doimiysini oshiradi)
Demak, oddiy manfiy teskari aloqa dinamik zvenolar xossalarini o’zgartira oladi.
Agar rostlagichning asosiy elementlari o’zining fizik tabiatiga ko’ra teskari aloqani tashkil qila olsa, bu elementlarning dinamik xossalari kerakli yo’nlaishda o’zgartirilishi mumkin.



Download 370.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling