Reja: Dars mashgʻulotlari jarayonida hamkorlikdagi faoliyatning shakllanishi


Download 35.9 Kb.
bet1/3
Sana31.01.2024
Hajmi35.9 Kb.
#1819205
  1   2   3
Bog'liq
Mavzu jismoniy tarbiya oʻqituvchisi faoliyatida nizo psixologo--fayllar.org



MAVZU: JISMONIY TARBIYA OʻQITUVCHISI FAOLIYATIDA NIZO PSIXOLOGO-PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA.
Reja:

1. Dars mashgʻulotlari jarayonida hamkorlikdagi faoliyatning shakllanishi.


2. Kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish.
3. Pedagogik muloqotni tashkil etishda xalqaro tajribalar
4. Ta'lim tizimiga ilgʻor texnologiyalar joriy etish.

Dars mashgʻulotlari jarayonida hamkorlikdagi faoliyatning shakllanishi, uning ijtimoiy-psixologik jihatini tashkil qilish, har qanday faoliyatni, shu jumladan, oʻquv faoliyatini tashkil qiluvchi tarkibiy qismlarni oʻrganish soʻnggi oʻn yillarda amalga oshirila boshlandi. Hamkorlikdagi oʻquv faoliyatining maqsadi oʻzlashtiriladigan faoliyat va birgalikdagi harakatlar, munosabat va muloqotning boshqarish mexanizmini yaratishdir… Hamkorlikdagi faoliyat usuli deganda, oʻqituvchi bilan talabaning birgalikdagi xatti-harakatlarining sistemasini tushunish kerak. Bunday xatti-harakatlar oʻqituvchining talabaga koʻrsatadigan yordamidan boshlanadi, talabalarning faolligi asta-sekin oʻsa borib, butunlay ularning oʻzi boshqaradigan amaliy va aqliy harakatiga aylanadi, oʻqituvchi bilan talaba oʻrtasidagi munosabat esa sheriklik pozitsiyasi xususiyatiga ega boʻladi.

Mahlumki, har qanday pedagogik jarayonning asosiy maqsadi – tahlim oluvchida bilim, malaka va koʻnikmalarni hosil qilishdir. Bu narsa mahlumotlar almashinuvi orqali roʻy beradi. Pedagogik muloqot jarayonidagi axborot almashinuvi asosan uch shaklda amalga oshiriladi.

1. Monolog; 2. Dialog; 3. Polilog.

Monolog – mahruzachi yoki oʻqituvchining tinglovchilar qarshisida nutq soʻzlashi, mahruza qilishidir. Ayni shu usul tahlim-tarbiya jarayonidagi asosiy vosita ekanligi toʻgʻrisida ongimizga oʻrnashib qolgan tasavvur mavjud. Bu holatda gapiruvchi mahlumotlarning asosiy tayanch manbai boʻlib hisoblanadi va faqat undangina faollik talab qilinadi. Lekin auditoriya, yahni tinglovchilar undan koʻra passiv mavqeda boʻladilar va bu narsa mahlumotning faqat bir qisminigina idrok qilish va eslab qolishga sabab boʻladi.

Dialogmavzu yoki muammoni guruh sharoitida oʻqituvchi bilan birgalikda va hamkorlikda muhokama qilish yoʻlidir. Bu usul tinglovchilarni nafaqat faollashtiradi, balki ijodiy muhitning boʻlishi va fikrlar almashinuvidan har bir tinglovchining manfaatdorligini tahminlaydi. Tinglovchi oʻquv jarayonining obhektidan uning subhektiga aylanadi.

Polilog – guruh ichidagi munozaradir. Polilog jarayonida guruh ahzolarining har biri muhokama qilinayotgan masala yuzasidan oʻz fikrini bildirish imkoniyatiga ega boʻladi, oʻqituvchi esa faqat ushbu jarayonnning tashkilotchisi rolini oʻynaydi. Bu usul mashgʻulotlar yoki muloqot darslari endi boshlanganda oʻtkazilishi maqsadga muvofiq emas, chunki polilog uchun oʻqituvchi bilan hamkorlikda ishlash tajribasidan tashqari yoshlarga oʻsha soha yuzasidan mahlum bilimlar majmui hamda hamkorlikda ishlash tajribasi zarur.

Kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish jarayonida yangi pedagogik-psixologik texnologiyalarga oid usullar AQSH va Yevropaning rivojlangan mamlakatlari oʻquv muassasalarida joriy etilib, sinovdan oʻtkazilgan.

Hozirgi davrda yurtimizda bir qator oʻquv muassasalarida oʻqitishning yangi pedagogik-psixologik texnologiyalaridan unumli foydalanilmoqda, ammo dars mashgʻulotlarida baribir asosiy anhanaviy usul «oʻqituvchi monologi» tarzida olib boriladigan muloqotga asoslanadigan uslub yetakchi oʻrin egallaydi.

Dars mashgʻulotlarida samarali muloqotni tashkil etishda quyidagi usullardan foydalanish maqsadga muvofiq boʻladi deb, oʻylaymiz:


aqliy hujum (Brainstorming): tinglovchilarda hozirjavoblik (ogʻzaki yozma) sifatlarini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan usul (amerikalik olim A. Osborn 30-yillarda taklif etgan). Metodning psixologik mohiyati shundaki, oddiy munozara bahslashuvlar koʻproq ongli, asosli fikrlarni bayon etishga harakat qiladilar. Bunda bahslashuvchilarga miyaga qanday fikr quyilib kelsa, uni tanqidsiz asoslamay erkin, «tilga nima kelsa», lekin navbatma-navbat aytish imkoniyati beriladi. Bu narsa koʻproq muammo ancha notanish, savol murakkab va noaniq boʻlgan sharoitlarda qoʻl keladi. Yahni bunda «erkin assosatsiyalar»ga imkon beriladi va oxir-oqibat guruhning oʻzi mahlum ratsional «magʻzni» ajratib oladi;


bahs-munozara (Debate): alohida dars koʻrinishida boʻlib, oʻtilgan mavzuga doir bahsli, tortishuvli muammolarni ikki guruhga boʻlinib hal etish. Bu usulni qoʻllagan oʻqituvchi tinglovchilarni ikki guruhga – «tarafdorlar» va


«qarshilar» guruhlariga boʻladi. Oʻrtaga tayinlangan boshlovchi bahsni muvozanatga solib turadi;


guruhlarga


Download 35.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling