Reja: Darsdan tashqari o’ynaladigan harakatli o’yinlarni o’tkazish metodikasi


Maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasi


Download 100.44 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/10
Sana05.04.2023
Hajmi100.44 Kb.
#1275505
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1. Darsdan tashqari o’ynaladigan harakatli o’yinlarni o’tkazish -fayllar.org

2. Maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasi.
O‘g‘il bolalarda (12 yosh) jinsiy yetilishning boshlanishi bilan bo‘yning oshishi yiliga 6-10 sm, 
gavda og‘irligi 4,0 kg, ko‘krak qafasining aylanasi esa 3-5 sm ga yetadi. Tana uzunligining 
o‘sishi, ayniqsa, 12 yoshdan 16 yoshgacha jadal rivojlanadi, gavda vazni o‘rtacha 25-35 kg ni 
tashkil qiladi. Shunday qilib, o‘smirlar va yoshlarning notekis jismoniy rivojlanishi ro‘y beradi. 
Gavda vazni, bo‘yning va ko‘krak qafasi aylanasining o‘sishi tengsiz proporsiyalarda namoyon 
bo‘ladi. Barcha yoshdagi guruhlarda vaznning o‘sishi, ko‘krak qafasining o‘sishidan ko‘ra ancha 
yuqori. O‘g‘il bolalarda mushaklarning ko‘ndalang hajmlari va og‘irligining o‘sishidan gavda 
uzunligining oshish ustunligi ko‘proq. Mushaklar massasi tana massasiga nisbati bo‘yicha 15 
yoshda taxminan 33% ga yetadi, 17-18 yoshda esa 44% ni tashkil qiladi. Maktab yoshida 
tezkorlik sakrab-sakrab sentitiv o‘sishning ikki davri orqali o‘tadi: birinchisi -8-10 yoshda, 
ikkinchisi 13- 15 yoshda, 15-17 yoshda yugurishning tezkorlik darajasi hatto birmuncha 
pasayishi, masofadan o‘tish tezligi faqat qadamlar uzunligi va oyoqlar kuchining ko‘payishi 
hisobidan o‘sishi mumkin. Bunday tabiiy qonuniyat aynan o‘xshash yoshda uslublar va 
vositalarni tanlashni talab qiladi. Qizlarda mushak kuchining sakrab-sakrab o‘sishi 10 dan 13 
yoshgacha davrda kuzatiladi. 14 yoshda kuchning tabiiy o‘sishi ularda sekinlashadi, 14-16 


yoshlar o‘rtasida esa hatto pasayishi mumkin. 17 yoshda qizlarda kuchning ko‘rsatkichlari yana 
ko‘payadi, ammo nihoyatda kam. 
O‘g‘il bolalarda 8 dan to 15 yoshgacha kuchning ravon o‘sishi ro‘y beradi. 15 dan 17 yoshgacha 
esa barcha mushak guruhlarining absolut kuch ko‘rsatkichlari keskin sakrashi ta’kidlanadi, 18 
yoshda mushak kuchning jadal o‘sishi ancha pasayadi, ba’zida esa batamom to‘xtaydi.. 
Chaqqonlikni (yoki koordinatsion qobiliyat) tarbiya 7 dan to 12-13 yoshgacha eng ko‘p darajada 
e’tibor beriladi. Shunga qaramasdan, koordinatsiyaga ega, lapashang o‘smirlar chaqqon yuqori 
koordinatsiyaga ega bo‘lgan tengqurlari bilan unchalik teng emas. Maktab yoshidagi bolalarning 
organizmi ikki muhim xususiyatga ega, ularni bilish maktab o‘qituvchisiga jismoniy sifatlarni 
tarbiyalash masalalarini muvafaqqiyatli yechishga imkon beradi:
Ilmiylik vazifalari boshlang‘ich ta’lim yoshida harakat ko‘nikma va malakalarini egallash 
bilimining tashkil topishi, shuningdek, chiniqish, shaxsiy gigiyena, harakat tartibi to‘g‘risida, 
inson salomatligi uchun jismoniy mashqlar ahamiyati haqida bilimlarni egallash bilan bog‘liq. 
Bu yoshda vujudga kelgan shartli aloqalar tizimi ancha mustahkamligi bilan farq qiladi va 
kelajak hayotida harakat sifatlariga ta’sir ko‘rsatadi. Jismoniy sifatlarning rivojlanishi – 
boshlang‘ich ta’limda jismoniy tarbiyaning oldida turgan muhim vazifalardan biridir. Eng ko‘p 
darajada bu tezkorlik va chaqqonlik sifatlariga tegishlidir, chunki kichik sinflarda o‘rgatish 
aynan shu sifatlar jadal rivojlanishi uchun eng kulay bo‘lgan davr bilan mos keladi. 
Chidamlilikni rivojlantirishda asosiy vazifa bolalar organizmining aerobli imkoniyatlarini 
oshirishga ko‘maklashish va shu asosida umumiy chidamlilikni ta’minlashdan iboratdir. Kuchni 
rivojlantirish vazifasi eng avvalo gavdani shakllantirish va rivojlantirishida qoloq mushak 
guruhlarini mustahkamlash bilan bog‘liq. Kichik yoshdagi maktab o‘quvchilarida 
egiluvchanlikni yoshning tabiiyligi bilan muvofiqlikda to‘qimalar elastikligining kamayishi va 
mushaklar massasining oshishi ko‘rsatkichlari pasaymasligi uchun optimal chegaralarda saqlab 
turish kerak. Jismoniy tarbiya va sportga qiziqish uyg‘otish vazifasini boshlang‘ich ta’limda 
yechish kerak. Chunki bolalikda o‘rganilgan odat, juda mustahkamdir. Bolalarda jismoniy 
mashqlarga turg‘un qiziqish faqat ularga quvonch olib kelgan mashg‘ulotlardagina bo‘lishi 
mumkin. 7.3. Uslublarning xususiyatlari Boshlang‘ich ta’lim yoshidagi o‘quvchilar bilan 
ishlashda mashq usulini jalb qilishning ba’zi bir xususiyatlari: – o‘rgatish vaqtida afzal ko‘rishni 
amaliy mashqqa berish kerak, uni unsurlarga bo‘lib yuborish bajarishga qiziqishni pasaytiradi; – 
ayni bir xil mashqni ko‘p marta takrorlash bolalarni charchatadi, ammo busiz harakat 
ko‘nikmasini shakllantirib bo‘lmaydi. Boshlang‘ich ta’lim yoshidagi o‘quvchilarni 
muvafaqqiyatli o‘rgatish uchun mashqni o‘zgartirish, bajarilish sharoitini yaxshilash, dastlabki 
holatini, harakatning yo‘nalishini va hokazolarni o‘zgartirish zarur; – metodik usul sifatida 
bevosita yordam (yoki o‘tkazish) dan foydalanish kerak. Bu usul 6 yoshdagi bolalarni o‘rgatish 
uchun zarur; 49 – mashg‘ulotlarda uzoq davom etgan tanaffuslar ta’lim jarayoniga salbiy ta’sir 
qiladi, yangi mashqni ketma-ket 3-4 darslarda o‘rganish kerak, so‘ngra esa ayrim unsurlarini 
aniqlash bilan keyingi mashg‘ulotlarda vaqti-vaqti bilan takrorlash; – boshlang‘ich ta’lim maktab 
o‘quvchilarini o‘rgatish vaqtida ko‘rgazmali qurollar bilan ta’minlash uslublaridan foydalanish 
xususiyatlari; – ko‘rsatishni nafaqat pedagogning o‘zi bajarishi, balki ta’limning borishida 
namoyish qiluvchi sifatida mashqni yaxshi bajargan bolani tanlash maqsadga muvofiqdir. Bu 
boshqa bolalarni mashqning yengilligiga ishontiradi, ularning faoliyatini faollashtiradi, harakatni 
uzlashtirish jarayonini jadallashtiradi; – tabiiy ko‘rsatishdan tashqari ko‘rgazmali qurollardan 
ham foydalanilsa bo‘ladi. Bunda bolalar bajara oladigan mashqlar yoki maketlar, diafilmlar va 
boshqalar, buyoqli rangli tasvirlangan bo‘lishi kerak. Ko‘rgazmali qurolning aniqligi, barchaga 
jozibadorligi bilan mashqning tuzilish asosini, uning asosiy unsurlarini ajratib ta’kidlash kerak; – 
kattaroq ko‘rgazmalikka ko‘maklashuvchi metodik usul – predmetli mo‘ljallardan foydalanish. 


Bolalar bilan ishlash vaqtida quyidagi predmetlarni qo‘llash maqsadga muvofiqdir: 
bayroqchalar, rangli fishkalar, tayoqchalar, chambaraklar, osib qo‘yilgan koptokchalar, xalqalar, 
shuningdek, polga, devorga, asfaltga, yulakchalarda bo‘yoq yoki bo‘r bilan yozilgan 
ko‘rsatkichlar. Masalan, tog‘li joylarda chang‘ida yurishni o‘rgatish vaqtida an’anaviy bayroqlar 
o‘rnida g‘aroyib jonivorcha ko‘rinishida belgisi qo‘llaniladi. Jismoniy tarbiya amaliyotida qattiq 
gapirish nutqi bilan mashqning bajarilishini birga olib borish usulidan muvafaqkiyatli 
foydalaniladi. Ayniqsa, u guruhli mashg‘ulotlarda tez-tez foydalaniladi. 50 – Faoliyatni baholash 
– muhim metodik usuldir. U bolalar faolligiga ko‘maklashadi. Bolalar mashqlarni bajarayotib 
dadil bo‘lishi kerak, bunda urinishi va muvaffaqiyati baholangan bo‘ladi. Boshlang‘ich ta’lim 
o‘quvchilarini jismoniy tarbiyalash jarayonida chaqqonlikni rivojlantirish uchun 
foydalaniladigan metodik usullar qatoriga quyidagilarni tavsiya etish mumkin. A) mashqlar 
bajarilishi vaqtida noan’anaviy boshlang‘ich va oxirgi holatlarni qo‘llash; b) mashqlarni 
«oynali» tarzda bajarish; v) muvozanat mashqlarini bajarish. Boshlang‘ich ta’lim yoshidagi 
o‘quvchilarda egiluvchanlikni tarbiyalash odatdagidek, baquvvat muskullar yo‘qligi, to‘qimalar 
muloyimligining yuqori darajasi va boshqa omillar munosabati bilan qiyinchilik tug‘dirmaydi. 
Madomiki, chidamlilikni tarbiyalash charchash fonida mashqlarni bajarish bilan bog‘liq ekan, u 
holda ular yangi materialni o‘rgangandan keyin darsning oxirida yoki tezlik va chaqqonlik 
mashqlarini bajargandan keyin shug‘ullanishlari kerak. Chidamlilikni tarbiyalash maqsadida 
mashqni ko‘p marta va bir xil tarzda takrorlash kichik yoshdagi maktab o‘quvchilarini 
qiziqtirmaydi, bunda shug‘ullanishga ehtiyojni rag‘batlantiruvchi usullar qo‘llash zarur, buning 
uchun o‘yin va musobaqa uslublarini qo‘llash o‘rinlidir. 7.4. Umumiy o‘rta ta’lim o‘quvchilari 
bilan o‘tkaziladigan jismoniy tarbiya 7.4.1. Vazifalari O‘smirlarni har xil hayotiy vaziyatlarda 
malakani qo‘llashga, ya’ni ularni amaliy bajarishga o‘rgatish zarur. O‘smirlar harakatlarni 
bajarish vaqtida zo‘r berib ongli boshqarishni bilishlari kerak. 51 Jismoniy tarbiya sohasidagi 
bilimlar jismoniy mashqlar bajarilishi vaqtida xavfsizlikni ta’minlash va mashg‘ulotlar vaqtida 
gigiyenik qoidalarga rioya qilish, organizm uchun jismoniy mashqlarning ahamiyatini tushunish, 
jarohatlanganda birinchi yordam ko‘rsatish va o‘z-o‘zini nazorat qilishning asosi bilan 
tanishtirish va boshqalardan iborat. Jismoniy sifatlarni rivojlantirishida jismoniy tarbiyaning 
vazifasi o‘smirlarning sensitiv davrlari mavjudligiga mo‘ljallangan bo‘lishi kerak, ular 
ta’limning 4-8 sinflar davriga to‘g‘ri keladi. Bir xil hollarda erishilganni to‘xtatib turish talab 
qilinsa, boshqalarida esa jadal o‘sishga ko‘maklashishdir. Qarab chiqilayotgan yoshda 
tarbiyalovchi vazifasi jismoniy mashqlar mashg‘ulotlariga tegishlicha motevatsiyasini 
ta’minlashning axloqiy asoslari va ehtiyojlari shakllanishi, qiziqishni mustahkamlash, 
o‘smirlarda maktab jamoasi, sinf oldidagi burchini his etishni tarbiyalaydi. 7.5. Uslublarning 
xususiyatlari O‘smirlar jismoniy tarbiyasida qo‘llaniladigan ogzaki va ko‘rgazmali uslublarni, 
kichik yoshdagi maktab o‘quvchilarida ishlatiladigan uslublar bilan taqqoslash kelajakda o‘z 
rivojini topadi. Bolalar qancha katta bo‘lsa (qarab chiqilayotgan o‘rtacha maktab yoshi 
chegarasida), texnikani ko‘prok mufassal o‘zlashtirishga imkon beradi va ta’lim jarayonini 
jadallashtiradi. Harakatni mukammallashtirish maqsadida va o‘zgaruvchan vaziyatda ularni 
qo‘llashni o‘rganish uchun o‘yin uslubi keng qo‘llaniladi. O‘smirlar uchun musobaqaga intilish 
xarakterlidir. Shu bilan birga, ular ko‘pincha, o‘zining imkoniyatini ortiqcha baholashga 
moyildir. Ta’lim jarayonida bu intilish o‘rganilgan texnikaning bajarilishi musobaqaga 
yo‘naltirilgan bo‘lishi va albatta, natijani aniqlashi mumkin. 52 5-9-sinflardagi darslarda tezlik 
o‘quv materialini egallashning borishida ham, qo‘shimcha mashqlar yo‘li bilan ham rivojlanadi. 
Dastur materialini taqsimlash vaqtida birinchi chorak uchun odatdagidek, yengil atletika va sport 
o‘yinlari bo‘limiga ajratiladi. Bu yerda o‘rganilanadigan materialning o‘zi tezlikni rivojlantirish 
vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Ikkinchi chorakda kurashning unsurlari va gimnastika bo‘limidagi 
materiallar o‘rganiladiki, ular tezlik imkoniyatlarining o‘sishiga teskari ko‘maklashadi. Bu yerda 
tezkorlik kuch xarakterining sakrab o‘tish turidagi mashqlar seriyasi, estafetalar, arg‘amchi bilan 
mashqlar va milliy o‘yinlarni darsga kiritish maqsadga muvofiqdir. Maktab o‘quvchilarida 
tezkorlik qobiliyatini rivojlantirishning katta zaxirasi jismoniy mashq va o‘yinlar mustaqil 
mashg‘ulotlar xizmat qilishi mumkin. O‘yinlar zaxirasining ko‘payishi ularning uyushtirish 


unsurlarini o‘rgatish –jismoniy tarbiya o‘qituvchisining ishidir. O‘smirlar kuchining rivojlanishi 
uchun maksimal takrorlash mashqini 6-8 marta tavsiya qilish mumkin. Kuch mashqini 
egiluvchanlik mashqi bilan navbatma-navbat almashtirib turish maqsadga muvofiqdir. 
Egiluvchanlikni tarbiyalash yangilikning unsurlari mavjud bo‘lishining majburiy shartidir. Yangi 
harakatlar o‘zlashtiriladigan bo‘lsa, ular uzluksiz bo‘lishi kerak. Bu esa o‘rgatish qobiliyatning 
yuqori darajada ta’minlanganligini bildiradi. Chaqqonlik rivojlantirishning muqarrar shartidir. 
Umumiy chidamlilikni oshirish maqsadida mashqning o‘zgaruvchan va bir xil tekisligi 
uslublaridan foydalanish kerak. Yuqori sinflardagi yigit va qizlarda jismoniy sifatlarni 
tarbiyalash vazifasi ularning rivojlanishidagi biologik qonuniyatlar munosabatidan farq qiladi. 
Ilgari ta’kidlab o‘tilganidek, qizlarda chidamlilik va kuchning ijobiy o‘sishi 14 53 yoshda 
to‘xtaydi, ayni vaqtda yigitlarda bu sifatlar bir necha yillar davomida rivojlanadi. Bo‘g‘imlarda 
harakatchanlik qizlarda yigitlarnikidan ko‘ra yuqori. Bundan tashqari yigitlar katta kuchga ega 
bo‘lgan mashqlardan ko‘p foydalansa, egiluvchanlikka salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin

Download 100.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling