4. O’rta yoshdagi bolalarga beriladigan harakatli o’yinlar.
O‘rta maktab yoshidagi o‘quvchilar bilan o‘tkaziladigan darslarda xarakatli o‘yinlar jismoniy
tarbiyaning boshqa vositalariga o‘rin bera boshlaydi. Ammo ana shu yoshdagi bolalarga mos xar
xil xarakatli o‘yinlar xam uyushtirib turiladi. O‘qituvchi xarakatli o‘yinlarini o‘tkazishda V-VII
sinf o‘quvchilarining yosh xususiyatlari ularning organizmi tezroq o‘sishi bilan ifodlanishi
unutilmasligi va shuning uchun darslarda o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar vaqtida uyushtiriladigan
mashg‘ulotlarni o‘yinlarni asta-sekin murakkablashtirib, maqsadga muvofiklashtirib berishi
lozim. O‘yin jarayonida mazkur yoshdagi o‘quvchilar xaddan tashqari og‘ir jismoniy harakat
qilmasligi va o‘qituvchi ularning xar biriga tegishlicha munosabatda bo‘lishi zarur. V-VII
sinflarda foydalaniladigan xarakatli o‘yinlar miqdori ancha kam bo‘lib, ularning materiallari
xajmi ta'lim tarbiyaviy vazifalardan kelib chiqadi. Mazkur sinflarda o‘tkaziladiigan xarakatli
o‘yinlar tashkiliy jixatdan xam harakatlarning mazmuni jixatdan xam bir muncha murakkabroq
bo‘ladi. Bunda sport elementlarini o‘z ichiga olgan o‘yinlarga shuningdek sport o‘yinlariga
kengrok o‘rin beriladi. V-VII sinflarda xarakatli o‘yinlarni darsning ikkinchi va uchunchi
qismlarida o‘tkazish tavsiya etiladi. Darsning asosiy qismida o‘quvchilarni bironta murakkab
sport o‘yinini o‘rgatishga tayyorlash uchun darsning tayyorgarlik qismiga ba'zi o‘yinlarni kiritish
mumkin. Xarakatli o‘yinlar orqali sport o‘yinlariga tayyorlashdir, bunday o‘yinlarda bironta
sport o‘yinni texnikasi va taktikasining elementlari takomillashtiriladi. Ishlab chiqilgan
metodikaga asosan xarakatli o‘yinlardan foydalaniladigan darslar chorak oxirida kaniqo‘l
oldidan tekshirish me'yorlariga baxo qo‘yilganidan keyin o‘tkaziladi. Darsning puxtaroq
bo‘lishiga erishish shuningdek, orttirilgan ko‘nikmalarni mustaxkamlash va o‘quvchilarga
beriladigan nagruzkani oshirish maqsadida o‘yinlardan darsning asosiy qismi so‘ngida
foydalanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |