Режа. Давлат бюджетининг моҳияти. Давлат бюджетининг функциялари. Давлат бюджетининг аҳамияти
Download 57.23 Kb.
|
davlar budjeti
II. ASOSIY QISM:
a) DAVLAT HOKIMIYATINING MOHIYATI VA ASOSLARI. Davlat hokimyati-bu zo’rlikka asoslangan siyosiy hokimiyat bo’lib u jamiyatda turli millat va guruhlar o’rtasidagi iqtisodiy, siyosiy va madaniy sohalarga rahbarlik qilishni amalga oshiradi. Davlat hokimyati bu ijtimoiy hodisa bo’lib, u davlat hududida kishilar o’rtasida turli ijtimoiy munosabatlarni tartibga solib, uning vazifalarini amalga oshirib, davlatni ichki va tashqi hujumlardan himoya qiladi. Davlat vazifalarini amalga oshirishda halqning irodasini huquq va huquqiy normallarda ifodalab, ularning bajarilishi barcha uchun umummajburiy bo’ladi. Bu normallar davlatning zo’rlik kuchi bilan amalga oshiriladi. Jamiyatda iqtisodiy, siyosiy va madaniy rahbarlik qilish jarayoni murakkab bo’lib davlat hokimyati davlat mehanizmi unga kiruvchi davlat apparati (davlat organlarining yig’indisi) va korhonalari orqali amalga oshiriladi. Davlat hokimiyati munosabatlarining tuzilishi quyidagilardan iborat: 1) Davlat hokimiyatining sub’ektlari (turli sinflar, millat, guruh, tabaqalar va fuqarolar). 2) Davlat hokimiyat munosabtlarining ob’ekti (xalqning birlashmalari, davlat organlari, tashkilot, muassasa va korxonalar). 3) Davlat hokimiyat munosabatlarining mazmun-sub’ektlarini davlatni idora etish majburiy va ishontirish usullari. Davlat hokimyati siyosiy hokimyat bo’lib, quyidagi belgilarga ega. 1. Davlat hokimyati bu- zo’rlikka asoslangan bo’lib maxsus kishilar davlatni boshqarish bilan shug’ullanadi. Bu hokimiyat kishilar o’rtasida turli iqtisodiy, siyosiy, madaniy va ma’rifiy ijtimoiy munosabatlarni amalaga oshiradi. 2. Davlat hokimiyati davlat mexanizmidan iborat bo’lib, bu murakkab tuzilishga ega. Chunki bu mexanizm barcha davlat organlari muassasalari va korhonalarni o’zida birlashtiradi. Bular bir-biri bilan uzviy bog’liq bo’lib, hokimiyatni amalga oshirib, davlat zo’rlik kuchiga asoslanadi. 3.Davlat mexanizmiga kiruvchi tarkibiy qismlar –davlat organlari muassasalari va korxonalari ma'muriy va hududiy belgilarga qarab tuziladi. 4.Davlat mexanizmiga kiruvchi bu tarkibiy qismlar o’z a'zolarini – ya'ni fuqarolarning huquq va burchlarini amalga oshiradi va kafolatlaydi. Davlat hokimiyatining mohiyati va xususiyatlari uning siyosiy va sinfiy tabiatida ko’rinadi. Shuning uchun yuridik adabiyotda «davlat hokimiyati» va «siyosiy hokimiyat» iboralari bir xil ma'noni bildiradi. Davlat hokimiyati-bu siyosiy va sinfiy harakterga egadir. Uning sinfiyligi qarama-qarshi sinflarga bo’lingan jamiyatlarga (quldorlik, feodal) xosdir. Davlat hokimiyati iqtisodiy va siyosiy jixatdan xukmron sinf qo’lida edi. Davlat hokimiyati – xukmron sinf quldorlar, feodallar manfaati uchun xizmat qiladi. Demokratik jamiyatda davlat hokimiyati xukmron sinf manfaatlarini ifodalamasdan, barcha sinf millat, elat, tabaqalarlar va xalq manfaatlari uchun xizmat qiladi. Davlat hokimiyati moxiyatiga ko’ra demokratik (xalq hokimiyati) va g’ayri demokratik hokimiyatlarga bo’linadi. Demokratik hokimiyat-bu xalqning barcha millat, elat, tabaqalar va guruhlarning davlat vakolati organiga deputat saylab, ular barcha ishlarni sessiyada ko’rib, ishlar orqali ularning manfaatlarini ifodalaydi. Masalan: O’zbekiston Respublikasi – mustaqil demokratik huquqiy davlatdir. Bu konstitutsiyaga asosan insonparvarlik qoidalariga asoslangan, millati, dini, ijtimoiy axvolidan qat'i nazar fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini ta'minlaydigan davlatdir. O’zbekistonda Demokratik hokimiyat asosida bozor iqtisodiga o’tilmoqda. Prezident I.A.Karimov ko’rsatadiki, O’zbekistonning yangilanish va rivojlantirishning o’z yo’li 4 ta asosiy negiziga asoslanadi. Umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik, xalqimizning ma'naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish. Insonning o’z imkoniyatlarini erkin namoyon qilish va vatanparvarlikdir. G’ayri demokratik hokimiyat – bu ozchilikning ko’pchilik kishilar ustidan hukmronligidir. Bu hokimiyat jazolash, majbur qilish organlarini kuchaytiradi. Fuqarolarning huquq va erkinliklarini cheklaydi. Davlat organi - bu davlat apparatining mustaqil bo’linmalaridan biri bo’lib, qonunda belgilangan tartibda yaratiladi, tuzilishiga hamda ma'lum vakolatlarga ega. Bu organlarning tushunchasi va belgilarini ochib berish davlat mexanizmi to’g’risidagi bo’linmalarni chuqurroq o’rganishga yordam beradi. Hech qaysi davlat organi nisbiy mustaqillikka ega bo’lgan davlat apparatining bir qismi hamda tuzilishi jixatidan o’ziga xos bo’linma bo’lib quyidagi asosiy belgilarga egadir: - ma'lum sohalarda davlatning nomidan uning vazifalari va funksiyalarini amalga oshiradi, davlat apparatida o’zining o’rniga ega va uning boshqa qismlari (bo’linmalari) bilan mustahkam bog’langandir; - davlat organi davlat xizmatlari tarkibidan iborat bo’lib, o’z navbatida ular o’zaro va davlat organi bilan huquqiy munosabatda bo’ladilar, ya'ni davlat va shaxsiy tarkibning huquqiy aloqasini o’rnatadi. Davlat xizmatchilarining huquq va vazifalari qonun tomonidan belgilanadi va ularning huquqiy status (vakolat)lari ta'minlanadi. Ular tomonidan foydalaniladigan vakolat doirasi hajmi va tartibi ham qonun tomonidan o’rnatiladi hamda lavozimlik qoidalari (instruktsiya), shtat jadavallarida konkretlashtiriladi; - xizmat turlariga va shaxsiy tarkib soniga qarab ma'lum ichki tuzilishga ega; davlat organining muhim belgilaridan biri, uning ma'lum mazmun va hajmga ega bo’lgan vakolatli (hokimlik) kompetentsiyasining mavjudligi, ya'ni ma'lum vazifalarga, funksiyalarga, huquq va majburiyatlarga egaligi; - uni davlat korxonalari va muassasalaridan ajratib turadigan hokimlik vakolatlariga ega ekanligi. Bu vakolatlar quyidagilarda o’z aksini topadi: bajarilishi shart bo’lgan huquqiy aktlarni chiqarish mumkinligi; - turlicha usullar yordamida, jumladan majburlov usuliga asoslanib, davlat organlari huquqiy aktlarining bajarilishini ta'minlash; - ularning qonunlarda belgilangan tartibda tashkil etilishi, o’z kompetensiyalarini amalga oshirish uchun moddiy bazaga (iqtisodiy) ega ekanligi; - faoliyatining hududiy masshtab (ma'lum doira) ga egaligi va boshqalar; - davlat organlarining (apparatining) ajralib turadigan xususiyatlaridan biri shundaki, ijro etuvchiga qaratilgan yuridik aktlarni qabul qilishi, ishontirish, majburlov va tarbiya choralarini ko’rish; - bu aktlarni bajarishni ta'minlashga qaratilgan ragbatlantirish yo’llarini qo’llashi; - ularning tadbiqi bo’yicha nazoratni amalga oshirishidadir. Davlat organlari bir-biridan shakllanish manbalariga qarab (boshlangich, hosilaviy); - faoliyatning hududiy doirsiga qarab (respublika, viloyat, mahalliy o’z-o’zini boshqarish); - kompetentsiya xarakteriga qarab (umumiy va maxsus kompetentsiyalariga ega organlar); - hokimiyatni tadbiq etishiga qarab; Davlat organlari tashkiliy - hududiy faoliyati bo’yicha qonunchilik, ijrochilik, huquqni muhofaza etuvchi organlarga, nazorat va farmoyish beruvchi organlarga bo’linadi. Yana bir narsaga e'tibor berish lozimki, ya'ni davlat organlarining faoliyatini hokimlik xarakteriga egaligini ikki tomonning mavjudligi - bular siyosiy va ma'muriy tomonlardir. Ba'zi bir davlatlarda davlat apparati butunligicha siyosiylashgan bo’lishi mumkin, ya'ni yuqoridagilarni erkini amalga oshiruvchi bo’lsa (monarx, boshqaruvchi qatlam), demokratik davlatlarda siyosat bilan davlat apparatining ma'lum qismi (bo’linmasi), ya'ni jamiyatning siyosatini shakllantiruvchi va amalga oshiruvchilar shug’ullanadilar. Lekin tashkiliy demokratik davlat apparatida davlat organlarining siyosatga bog’liq bo’lmagan (siyosatlashmagan) bir qismi doimo amalda bo’lib, ular jamiyatning kundalik boshqaruv ishlari bilan, o’zlarining hokimlik vakolatiga ega vazifalarni amalga oshirish bilan mashg’ul bo’ladilar. Bu organlarning faoliyati asosan konstitutsiyada ko’zda tutiladi. Ular insonlarning huquqlarini, har qanday fizik shaxslarning qonuniy manfaatlarini (davlat himoyasidagi) qo’riqlashga qaratilgan bo’lib, imkon doirasida siyosatga bog’liq bo’lmasliklari zarur. Download 57.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling