Режа. Давлат бюджетининг моҳияти. Давлат бюджетининг функциялари. Давлат бюджетининг аҳамияти


Download 57.23 Kb.
bet9/14
Sana19.06.2023
Hajmi57.23 Kb.
#1603237
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
davlar budjeti

Davlat organlarining turlari: Oliy, markaziy va mahalliy boshqaruv organlari.
Davlat organlari turli xil asoslarga ko’ra tasniflanadi, jumladan:
- paydo bo’lish uslublariga ko’ra;
- hokimlik vakolatlarining hajmiga ko’ra;
-  kompetentsiyalarining kengligiga ko’ra va hakozolar.
Paydo bo’lish uslublariga ko’ra davlat organlari boshlang’ich va hosilaviy organlarga bo’linadi, ya'ni birinchisi boshqa hech qanday organlar tomonidan yaratilmaydi, ular faqat meros yo’li bilan (monarx) yoki o’rnatilgan tartib bo’yicha saylovchilardan hokimlik vakolatlarini oladilar. Ikkinchisi esa, boshlang’ich organlar tomonidan yaratiladi va tegishli vakolatlarni oladilar;
Hokimlik vakolatlarini hajmiga ko’ra davlat organlari oliy va mahaliy organlarga tasniflanadi. Davlatning oliy organlari davlat hokimiyatini bir muncha to’la ravishda ifodalab uni butun hududga yoyishadi (amalga oshirishadi). Davlatning mahalliy organlari ma'muriy - hududiy birikmalarda o’z funksiyalarini amalga oshirishadi, va ularning vakolatlari ham ushbu hududlarga nisbatan bo’ladi.
Kompetensiyalarning kengligiga ko’ra, davlat organlari umumiy hamda maxsus kompetensiyalarga ega bo’lgan organlarga bo’linadi. Birinchisi, keng doiradagi masalalarni yechish vakolatiga ega bo’lsa, ikkinchisi esa, ma'lum bir funksiya yoki faoliyatni bajarishga ixtisoslashgan bo’ladi. Masalan: birinchisiga - funksiya qonunlarni bajara turib, davlat funksiyalarining barchasini amalga oshirishda faol ishtirok etadi, ikkinchisiga - moliya, vazirliklarini aytish mumkin.
Vakillik davlat organlariga qonunchilik va mahalliy hokimiyat organlari kiradi. Ular aholi tomonidan saylanish orqali shakllanadi va ularning nomidan ish ko’radi hamda ular oldida javobgardirlar (ma'suldir).
Qonunchilik hokimiyatining funksiyalarini davlatning oliy vakillik organlari amalga oshiradilar.
Qonunchilik organi davlat mexanizmida bosh o’rinni egallaydi, chunki hokimiyatning taqsimlanish prinsipiga ko’ra qonunchilik hokimiyati bir muncha muhimrog’i bo’lib hisoblanadi. U umummajburiy talablarni o’rnatadi, o’z navbatida bu talablar ijro hokimiyati tomonidan xalqqa tadbiq etiladi, jumladan ular sud hokimiyatining faoliyati uchun ham qonunchilik bazasi (asosi) bo’lib xizmat qiladi.
Davlat hokimiyatning mahaliy organlari va o’z-o’zini boshqaruv organlari vakillik harakateriga ega bo’lib, tegishli ma'muriy-hududiy birikmalarda harakat qiladilar.
Davlat hokimiyatini tashkil etilishi masalasi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining beshinchi bo’limi XVIII bobida o’z ifodasini topgan bo’lib, uning 76-moddasida ko’rsatilishicha, " O’zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi oliy davlat vakillik organi bo’lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi", deyilgan. Konstitutsiyaning 78 - moddasida davlat hokimiyati oliy organining 24 ta banddan iborat kompetensiyalari ko’rsatib berilgan.
Konstitutsiyaning 100-moddasida mahaliy davlat hokimiyati organining vakolat doiralari ixtiyoriga kiruvchi masalalar sanab o’tilgan, jumladan ularga quyidagilar kiradi:
- qonuniylikni, huquq tartibotni va fuqarolarning xavfsizligini ta'minlash;
- hududlarni ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy rivojlantirish;
- mahalliy budjetni shakllantirish va uni ijro etish, mahalliy soliqlar, yig’imlarni belgilash, budjetdan tashqari jamg’armalarni hosil qilish;
- mahalliy kommunal xo’jalikka rahbarlik qilish;
- atrof-muhitni muhofaza qilish;
- fuqarolik holati aktlarini qayd etishni ta'minlash;
- normativ xujjatlarni qabul qilish hamda O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va O’zbekiston Respublikasi qonunlariga zid kelmaydigan boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
Vakillik hamda ijrochilik hokimiyatni tegishli hududlar ( viloyat, tuman, shahar) hokimlari boshqaradilar. Jumladan, qonunchilik hokimiyati - bu kollegial hokimiyat bo’lib, hokimiyat bir kishining emas, balki ko’pchilik (kollektiv) ning qo’lida mujassamlanadi. Bu hokimiyat nafaqat qonunchilik faoliyati bilan shug’ullanadi, balki moliyaviy masalalar (budjet) va ularning bajarilishi ustidan nazorat, soliqlari o’rnatish va boshqalar ham kiradi. Yoki boshqa muhim funksiyalardan biri bo’lgan - oliy ijrochilik va sud organlarini shakllantirish masalalari, mudofaa masalalari, tashqi siyosiy jarayonlarda qatnashish va boshqalar.
Ijro hokimiyati funksiyaga qarashli bo’lib, bevosita mamlakatni boshqaradi. Funksiya asosan funksiya boshlig’i - (bosh vazir, vazirlar mahkamasi raisi, birinchi vazir, kansler)dan, uning o’rinbosarlaridan va funksiya a'zolaridan, vazirlardan tashkil topadi.
Unitar davlatlarda bitta funksiya tashkil etiladi. Fedirativ davlatlarda umumfedirativ funksiya va federatsiya a'zolarining funksiyasiga amal qiladi. Funksiya bir partiyali bo’lishi mumkin, u o’zining ko’p qirrali faoliyatini ko’pchilik organlar, ya'ni vazirliklar, boshqarma (muassasa), komissiyalar va hokazolar orqali amalga oshiradi.
Ular o’z navbatida davlat mexanizmining asosini ifodalovchi va tashkil etuvchi murakkab, tarmoqlararo davlat apparatiga bo’linib ketadi.

Download 57.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling