Reja: Davlat hokimyatining mohiyati va asosiy belgilari O’zbekistonda qonun chiqaruvchi hokimiyat organi O’zbekistonda ijro etuvchi hokimiyat organi O’zbekistonda sud organlari Davlat hokimyatining mohiyati va asosiy belgilari


Sud hokimiyati organlarining konstitutsiyaviy maqomi


Download 145 Kb.
bet15/24
Sana09.01.2022
Hajmi145 Kb.
#265959
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   24
Bog'liq
Reja Davlat hokimyatining mohiyati va asosiy belgilari O’zbekis

2. Sud hokimiyati organlarining konstitutsiyaviy maqomi
Umumiy yurisdiksiya sudlari O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi; Qoraqalpog’iston Respublikasi Oliy sudi, viloyat sudi, Toshkent shaxar sudi; Fuqarolik ishlari bo'yicha tumanlararo, tuman (shaxar) sudi. Jinoyat ishlari bo'yicha tuman (shaxar) sudi; Xarbiy sudlardan tashkil topadi.

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY SUDI

O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi fuqarolik, jinoiy va ma'muriy sud ishlarini yuritish sohasida sud hokimiyatining oliy organidir. O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Qoraqalpog’iston Respublikasi oliy sudlari, viloyat, shahar, tumanlararo, tuman sudlari va harbiy sudlarning sudlov faoliyati ustidan nazorat olib borish huquqiga ega. O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi ishlarni birinchi instansiya sudi sifatida va nazorat tartibida ko'radi. U o'zi birinchi instansiya sifatida ko'rgan ishlarni apellatsiya yoki kassatsiya tartibida shikoyat berish (protest bildirish) huquqiga ega bo'lgan shaxslarning xohishiga ko'ra apellatsiya yoki kassatsiya tartibida ko'rishi mumkin. Apellatsiya tartibida ko'rilgan ish kassatsiya tartibida ko'rilmasligi kerak.

O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi:

O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining tushuntirishlari sudlar tomonidan bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;

sud amaliyoti va sud statistikasining tizimli tahlilini amalga oshiradi;

sudlarning kadrlari malakasi oshirilishini tashkil qiladi.

O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibi O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi rais, uning birinchi o'rinbosari va o'rinbosarlari, sudlov hay'atlari raislari, O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyalaridan iborat bo'lib, quyidagi tarkibda ish olib boradi:

O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi;

O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosati;

Fuqarolik ishlari bo'yicha sudlov hay'ati;

Jinoyat ishlari bo'yicha sudlov hay'ati;

Harbiy hay'at.




Download 145 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling