Reja: Davlat tuzumi


Download 45.38 Kb.
bet2/3
Sana31.05.2020
Hajmi45.38 Kb.
#112429
1   2   3
Bog'liq
Franciya referat

Adabiyoti

Eng qad. adabiyot namunalari 9-a.ning 2yarmiga toʻgʻri keladi. Ular, asosan, diniy mavzuda boʻlgan (mas, "Avliyo Yevlaliya haqida kantilena"). 10—11-a.larda birinchi epik afsonalar paydo boʻlgan. "Roland haqida qoʻshiq" asari Buyuk Karl nomi bilan bogʻliq. "Russilonli Jirar" asari ham oʻsha davrga mansub. Epik afsonalar 11-a.dan 13-a.

gacha yozib kelingan. Bu davrning mashhur yozuvchilari: Gas Bryule va shampanlik Tibo (1201—53). 12-a. oʻrtalaridan ritsarlik romanlari paydo boʻla boshladi. Dastlabki romanlar tarixiy afsonalarning qayta ishlanishi maqsulidir. Ularga Benua de SentMoraning "Aleksandr haqida roman", "Fiva haqida roman", "Eney", "Troya haqida roman" (barchasi 1140—65 y.larda yaratilgan), Kretyen de Truaning (taxm. IZO—taxm. 1191) "Erek va Enida", "Iveyn", "Perseval" va b. romanlari kiradi. 12-a.ning oxirlarida"Tristan va Izolda" afsonasi, "Fluar va Blansheflor", "Okassen va Nikolet" kabi sevgi romanlari yozilgan. 14—15-a.lar F. adabiyoti uchun oʻtish davri hisoblanadi. Oʻsha davrning mashhur yozuvchilari Gilom de Masho (taxm. 1300—77), Estash Deshan (taxm. 1346— taxm. 1407), Kristina Pizanskaya (1363—taxm. 1431), Alen Shartye (1385— taxm. 1434), orleanlik Karl (1394—1465)lar oʻz asarlarida davr ruhiyatini — 1337—1453 y.gi 100 y.lik urush fojeasini aks ettirdilar.

15-a. oxirlarida F.da uygʻonish davri boshlandi. Italiya bilan aloqalar kuchaydi, matbaa rivojlandi, antik va gumanitar fanlarga qiziqish ortdi. Uygʻonish davri adabiyotining F.dagi yirik vakili F. Rable (1494—1553) "Gargantyua va Pantagryuel" asari bilan mashhur boʻldi. 16-a. 1yarmida F. lirikasi italyan neopetrarkizmi taʼsiri ostiga tushib qoldi va asr oʻrtalariga kelib, fransuz adabiyotida islohot oʻtkazildi. "Pleyada" deb nomlangan fransuz sheʼriy maktab shoirlari adabiyetda gumanizm gʻoyalarini olgʻa surdi, uni yangi shakllar (sonet, oda, epik asar va b.) bilan boyitdi. Bu esa milliy adabiy tilning shaklanishiga olib keldi. "Pleyada" sheʼriy maktabining mashhur shoirlari P. de Ronsar (152485), J. Dyu Belle (1522— 60), R. Bello (152877), E. Jodel (1532—73) va b.dir. 16-a.ning oxirida shoirlar T. A. d’Obinye (1552— 1630), J. Voklen de la Frene (1535— 1606), F. Deport (1546—1606) "Pleyada"ning ijobiy uslublari kridalariga amal qilgan holda barokko unsurlarini ham qoʻlladilar. 17-a. boshida fransuz adabiyoti realistik, klassik va barokko janrlarining qayta ishlanishi kabi jarayonni boshdan kechirdi. Klassitsizm estetikasi J. Shaplen (15951674), K. Vojl (15851650), G. de Balzak (1597—1654), F. d’Obinyak (1604—76) nazariy asarlarida aks etdi. 1635 y. tashkil topgan Fransiya akademiyasi faoliyati va R. Dekart (1596— 1650)ning ratsionalistik falsafasi klassitsizm doktrinasining shakllanishiga olib keldi. Klassitsizm teatrning tragediya janriga koʻproq taʼsir oʻtkazdi. Klassitsizm komediyasining asoschisi va uning buyuk vakili Molyer hisoblanadi. U oʻzining "Tartyuf", "Mizantrop", "Xasis", "Don Juan" va b. asarlarida jamiyatning salbiy tomonlarini, aristokratiyaning munofikligini, tekinxoʻrligini zoʻr isteʼdod bilan aks ettirdi. Jan de Lafonten masallari jaxrn adabiyotida masal janri rivojiga samarali taʼsir kursatdi.

17-a. 2yarmida klassitsizmning yangi qirralari ochildi. Bu davrda F. Fenelonning "Telemakning sarguzashtlari" romani, Sh. SentEvremonning makrlalari, dramaturg J. Rasin (1639— 99)ning "Andromaxa", "Britannik", "Fedra" asarlari yaratildi. 18-a.ning boshida rokoko adabiyoti paydo boʻldi. U oʻzining geodenizmi, skeptizmi va juda erkin fikri bilan ajralib turgan. J. B. Russo oʻynoqi rokokoni klassitsizm meʼyorlari bilan uygunlashtirishga harakat qilgan. Monteskye, Volter, Didro kabi maʼrifatparvarlar ham rokoko usullaridan keng foydalanishgan. 18-a. 1yarmida komediya va roman janri rivojlandi. Molyer, A.R. Lesaj, P.K. Marivo, F.N. Detush, Sh. L. Monteskye ("Fors maktublari") bu janrning yetuk namoyandalari boʻlsa, unda Volter yetakchi rol oʻynadi. 1751 y.dan D. Didro, J.L. D’Alamber va b. maʼrifatparvarlar tomonidan Ensiklopediya nashr etila boshlandi.

18-a. 2yarmi — 19-a. boshida F. adabiyotida sentimentalizm oqimi paydo boʻldi. Buyuk Fransuz inqilobi arafasida sentimentalizm bilan bir qatorda romantizm kurtaklari koʻrina boshladi. Bu J. Kazot, E. Parni, J.B. Luve de Kuvre asarlarida va, ayniksa, P.A. F. Shoderlo de Lakloning "Xavfli aloqalar" romani, Bomarshening "Figaroning uylanishi" komediyasida namoyon boʻldi. K.J. Ruje de Lillning "Marselyeza" qoʻshigʻi, Robespyer, Maratlarning publitsistik maqolalari oʻsha davrda keng tarqaddi. 19a. boshlarida F. adabiyotida romantizm yetakchi oqim boʻldi, uning 2bosqichida inqilob shabadasi esa boshladi. Bu davr V. Gyugo asarlarida oʻzining yorqin aksini topdi. Shuningdek, Jorj Sand, A. Dyuma, E. Syu asarlarida ham yorqin ifoda etildi. Stendal va O. de Balzakning jamiyatda mehnatkash inson fojiasi katta mahorat bilan koʻrsatilgan romanlarida, P.J. Beranje (1780—1857)ning satirik sheʼr va qoʻshiklarida realizm tamoyillari oʻzining yuksak ifodasini topdi. 60—70-y.lardagi ilmiy texnika taraqqiyoti sharoitida J. Vernning ilmiy fantastik asarlari keng tarqaldi. 1870—71 y. F.Prussiya urushi va Parij Kommunasi davrida adabiyotning yangi rivojlanish davri boshlandi. E. Potye 1871 y. iyunda "Internatsional" sheʼri va 1876 y. "Parij Kommunasi" dostonini yezdi. E. Zolya ijodida, Gi de Mopassan novellalarida jamiyat muhitining oʻta tubanligi, mehnatkash insonning ogʻir qismati oʻz badiiy ifodasini topdi. 19-a. oxirida nazmda koʻproq simvolizm asosiy yoʻnalish boʻlib qoldi. 1-jahon urushi davrida A. Barbyus asarlari fransuz adabiyotida oʻchmas iz qoldirdi. Barbyus 1919 y. "Klarte" Xalqaro yozuvchilar tashkilotini tuzdi. 20—30-y.lar adabiyotida Alen, P. Valeri, B. Sandrar, P. Reverdi, J. Kokto, T. Tsara, A. Breton, P. Elyuar, L. Aragon, F. Supo kabi shoir va yozuvchilar ijodi salmokli oʻrin egalladi. 2jaqon urushi davrida antifashistik ruxdagi adabiy asarlar yozila boshladi. P. Elyuar, L. Aragon, E. Gilvik, M. Riffo, A. SentEkzyuperi kabi yozuvchilar asarlarida urush voqealari aks etdi. 50—60-y.larda fransuz adabiyotida ekzistensializm oqimi vujudga keldi. J.P. Sartr, A. Kamyu, E. Ionesko, S. Bekket, N. Sarrot, M. Byutor, K. Simon (1985 y. Nobel mukofoti laureata boʻlgan) va b. bu oqimning namoyandalaridir. Margerit Yursenar (1903— 87), Margerit Dyura (1914—96) kabi yozuvchilar F. adabiyotida beqiyos iz qoldirdilar. Zamonaviy yozuvchilardan Mishel Turnye, Filipp Sollers, JanMari LeKlezio, Patrik Modiano, Patrik Grenvil, Paskal Kinyar mashhur.

F. yozuvchilaridan O. de Balzak, V. Gyugo, Mopassan, A. SentEkzyuperi, J. Bern, A. Dyuma, Stendal, Volter, Fransua Moriak, Sharl Perro, Monteskye, L. Argon kabi adiblarning asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan.

Meʼmorligi

F. hududidagi eng qad. sanʼat yodgorliklari paleolit davriga mansub. Temir davrida Rim tomonidan kelt (gall)lar shaharlari zabt etilgach, bu yerda gallrim sanʼati rivojlandi: toshdan makbara, teatr, zafar darvoza, akveduklar kurila boshladi, tobut, sarkofaglar tayyorlandi. 5-a.dan varvarlar davlati tashkil topgandan soʻng oʻrta asrlar sanʼati shakllana boshladi. Karolinglar sanʼati roman uslubining vujudga kelishi uchun asos boʻldi (10—12-a.

lar), ibodatxona va monastirlar koʻproq qurildi (Akvitaniyadagi Klyuni cherkovi, 3-a., Perigyodagi SenFron, 1120 y.dan keyin, Langedokdagi cherkovqoʻrgʻonlar).

12-a.da Shimoliy F. shaharlarida gotika vujudga keldi. Bu davrda shaqarlar soni ortdi, shaharlarda soborlar koʻplab qurila boshladi. Ularning eng yiriklari: SenDeni abbatligidagi cherkov (1137—44), Sane (taxm. 1140) va Lan, Shartr, Reyms, Amyendagi soborlar, Parijdagi Bibi Maryam ibodatxonasi (1163—1257). 15-a.ning 2yarmidan meʼmorlikda fransuz Uygʻonish davrining hashamdor va goʻzal uslubi shakllana boshladi. Shu davrda vujudga kelgan Ambuaz (1492—98), Gayon (1501 — 10) qirol va dvoryanlar qoʻrgʻonlari oʻzining qulayligi hamda hashamatliligi bilan ajralib turadi. Qirol Fransisk I tomonidan Italiyadan taklif qilingan mashhur meʼmorlardan (jumladan, Leonardo da Vinchi) tashqari, F.ning oʻzida ham N. Bashelye, F. Delorm, P. Lesko, J. A. Dyuserso kabi isteʼdodli meʼmorlar yetishib chiqa boshladi. Fransuz Uygʻonish davri meʼmorligining eng yuksak milliy durdonalari qatoriga Bluadagi Fransisk I qasrining qanotlari, Luara vodiysidagi AzeleRido, Shenonso, Shambor kabi qoʻrgʻonqarorgohlar, Fontenblo saroyi va Parijdagi Yangi Luvr binosini (meʼmor P. Lesko, haykaltarosh J. Gujon) kiritish mumkin.

17-a.da absolyutizm kuchayishi bilan sanʼatda monarx shaxsi va hokimiyatini ulugʻlash kuchaydi. Qirollik rassomlik va haykaltaroshlik (1648) hamda meʼmorlik (1671) akademiyalari tashkil topdi. Klassitsizmning sipo va vazminligi bilan kenglik kulamini uygʻunlashtirgan absolyut monarxiya deb atalgan uslub shakllandi. U klassitsizmning ulugʻvorligi, mantiqiy tuzilishini aks ettirgan edi. Bu shahar va shahar tashqarisidagi ansambllar, qirol qarorgohlari va zodagonlar uylari kurilishida namoyon boʻldi. Parij geometrik jihatdan toʻgʻri, uslubiy yaxlit Dofina, Vogezov, Gʻalaba, Vandom maydonlari bilan bezaldi. PaleRuayal saroyi (1629—36), Nogironlar uyi (1671 — 76), Sorbonna binosi (cherkov bn, 1629—54), Versal saroyi (1661—89), zafar darvozalar va koʻpriklar kurildi.

Saroy va binolar plastik naqshlari hamda ixchamligi bilan ajralib turadi. 18-a.ning 1yarmida hashamatli reja uslubi qoʻllanildi. Bordodagi maydon va koʻchalar tarmogi, Nansidagi maydonlar, Lyudovik XV maydoni shular jumlasidandir.

18-a. 2yarmida absolyutizmning inqirozi munosabati bilan maʼrifatparvarlik klassitsizmi yoʻnalishi vujudga keldi. Klassitsizm ruxida cherkovlar (SentJenevyev, hozirgi Parijdagi Panteon), saroylar (Versaldagi Kichik Trianon), teatrlar (Bordodagi Katta teatr) va b. jamoat inshootlari (Parijdagi harbiy maktab) qurildi. 19-a. boshlarida yangi meʼmoriy uslub — ampir uslubida ulugʻvor, mahobatli inshootlar kurildi (La Madlen cherkovi, Vandom kolonnasi). 19-a. oʻrtalarida Parijda yirik kurilish ishlari amalga oshirildi, 19-a. oxiri — 20-a. boshlarida Amyen, Nant, Orlean,Tuluza va b. shaharlar qisman rekonstruksiya qilindi. 19-a. 2yarmida kurilishlar eklektizm ruhida olib borildi ("GrandOpera" teatri, SakreKyor bazilikasi). Yopiq bozor, universal magazin, passaj, vokzal, kutubxona (Parijdagi SentJenevyev kutubxonasi va Milliy kutubxona), elevator, depo va b.lar kurildi. Mashhur Eyfel minorasi ham shu davrda kurildi. 19-a. oxiri — 20-a. boshlarida modern uslubida inshootlar yaratildi (Parij metrosining bekatlari, Parijdagi "Kastel Beranja" mehmonxonasi). 1860 y.dan qurilishda temirbeton ishlatila boshlandi. 1920—30 y.larda zamonaviy meʼmorlikning asosiy qirralarini shakllantirishga kirishildi. Meʼmor Le Korbyuzye shakllarning funksional va konstruktivligini, beton, oyna va poʻlatning keng qoʻllanilishini zamonaviy meʼmorlikning 5 asosiy prinsipiga aylantirishga harakat qildi. 1960—70-y.larda Parij va uning atroflarida kurilishlar avj oldi. Bu davrning mashhur meʼmorlari R. Kamelo, J. de Mayi, B. Zerfyuss va muhandis N. Eskvillan meʼmorlikda ajoyib inshootlar yaratdilar. Bunga misol qilib, Parijdagi sanoat va texnika milliy markazi zali, YUNESKO binosi va Radio uyini koʻrsatish mumkin.

1980-y.lardan F. meʼmorligida keng koʻlamli ishlar amalga oshirildi. Xususan, xorijiy meʼmorlarning gʻoyalariga keng yoʻl ochib berildi. Luvr muzeyi amerikalik meʼmor Mario Pey tomonidan toʻliq qayta rekonstruksiya qilindi. Shishadan yasalgan piramida Luvrning ramziga aylandi. Keyingi yillarda yaratilgan meʼmoriy inshootlardan Parij sh.dagi SenLazar vokzali perronidagi Arman kompozitsiyasi (1985), P. Pikasso sharafiga qurilgan Sezar kompozitsiyasi (1985), SenJermen o.dagi Jan Dyubyuffe haykallari bilan bezalgan minora (1988), "Ateney" teatridagi rassom JanPyer Shamba tomonidan chizilgan asarlar (1989)ni koʻrsatish mumkin.

Tasviriy sanʼati

F. hududidagi eng qad. sanʼat asarlari paleolit davriga mansub. Polixrom rasmlar (Lasko, FondeGom), hayvonlar tasviri va haykallari (LaMadlen, Tyukd’Odeber) saqlanib qolgan. Temir davri galiitat madaniyati va laten madaniyati yodgorliklari bilan namoyon buldi. 5-a.dan varvarlar davlati tashkil topishi bilan oʻrta asrlar sanʼati (merovinglar sanʼati) vujudga kelgan.

10—12-a.larda karoling sanʼati roman uslubining vujudga kelishi uchun asos boʻldi. Bu davrdan har xil taqinchoklar, Limoj emallari, mato va kashtalar, gilamlar saklanib krlgan. F.ning gotik haykaltaroshligida insonning jismoniy goʻzalligi va hislariga, real tabiiy shakllarga qiziqish ortdi. Bu Parij Bibi Maryam ibodatxonasidagi haykallar, Amyen soborining haykal va obrazlarida namoyon boʻldi. 14-a.da haykaltaroshlik majmualari kamroq yaratildi, interyerlarda koʻproq tasviriy sanʼat asarlari va boʻyalgan yogʻoch haykallar paydo boʻldi. Gotika tasviriy sanʼatida interyerni rangli bezatishda vitraj eng asosiy unsur boʻlib qoldi (Parijdagi SentShapel ibodatxonasi va Shartr sobori vitrajlari). 13-a. 2yarmidan vitrajlarda koʻproq yorugʻ ranglar qoʻllanila boshladi. Freska saroy va qasrlar devorlarida koʻproq uchraydi. 14—15-a.larda niderland va italyan sanʼati taʼsiri ostida dastgoxli kartina va portretlar paydo boʻla boshladi. Tevarak atrofii real tasvirlash akauka Limburglar ijodidan boshlandi. Ularning "Berriy gersogining eng boy chasoslovi" (taxm. 1411 — 16) asari saklanib qrlgan. 15-a. urtalarida qirol saroyi qoshida fransuz Uygʻonish davri kurtaklari boʻlgan maktablar tashkil topgan. Uning eng mashhur vakili J. Fuke boʻlgan. Uygʻonish davri haykaltaroshligini M. Kolomb boshlab bergan. 15-a. 2yarmida Uygonish davri uslubi yogochdan ishlanadigan gravyuralarga ham taʼsir qildi. 16-a. boshlarida qirol saroyi tasviriy sanʼat markaziga aylandi.

Inson shaxsiyatiga boʻlgan qiziqish qalam va rangli portretlarda ham oʻz aksini togshi. Bu davr sanʼatiga kenja J. Klue, Kornel de Lion, Etyenn va Pyer Dyumustyelar kabi rassomlar uzlarining hissalarini qoʻshdilar. 17-a.ga kelib, klassitsizm uslubi maydonga chikdi. Rasmiy tasviriy sanʼatning rahbari S. Vue Rim barokkosi, Bolonya maktabi akademizmi va Fontenblo maktabi manyerizmini uygunlashtirdi. 17-a. 2-choragida tasviriy sanʼatda klassitsizm yetakchi rol oʻynay boshladi. Bu davr sanʼat asarlari plastik shakllari aniq boʻlishi, tabiat manzaralarining chuqur lirizmi bilan ajralib turadi. 17-a. oʻrtalarida F. sanʼat hayotining peshqadami Sh. Lebren Parij va Versal saroylarini bezashga rahbarlik qildi. Bu davrdagi G. Rigo, N. Larjilyer, R. Nanteyl, J. Odran, J. Edelink, F. Jirardon, A. Kuazevoks kabi rassom va haykaltaroshlarning koʻp asarlari hozirgacha yetib kelgan. Portret, gravyura, haykaltaroshlik, amaliy sanʼat, zargarlik rivojlandi. 18-a. tasviriy sanʼatida A. Vatto asarlari rokoko uslubiga asos boʻldi. Rokoko uslubi manzarali naqshin pannolarda, gilamlar, afsonaviy sahnalarga ega boʻlgan desyudeportlarda, allegoriyalarda aks etdi. F. Bushe, K. Vanloo, N. Lankrelar rokoko uslubi namoyandalaridir. 18-a. 1yarmida bezak plastika ham rivojlana bordi. M.K. Latura, J.B. Lemuan, J. B. Perronno kabi rassomlar ijodida analitik aniklik, emotsional jozibadorlikkoʻrinadi. 18a. oʻrtalariga kelib tabiatga boʻlgan qiziqish peyzajning vujudga kelishiga turtki berdi. J. Berne, L. G. Moro, Yu. Rober, O. Fragonar, J. A. Gudon, J. L. David bu davrning mashhur rassomlari qatoriga kiradilar. 19-a. boshida baʼzi rassomlarning asarlarida avvalgi qahramonlik obrazlari oʻrnini Napoleon I ni ulugʻlaydigan asarlar egalladi. Restavratsiya va Iyul monarxiyasi davrida romantik maktab tashkil topdi. T. Jeriko, E. Delakrua asarlarida romantizm yaqqol namoyon boʻldi. Haykaltaroshlikda romantizm tamoyillari F. Ryudaning "Marselyeza" asarida, P.J. David d’Anje portretlarida va A. L. Bari asarlarida aks etdi. 1848 y.gi inqilob F. sanʼatiga demokratlashtiruvchi taʼsir koʻrsatdi. 1851 y. toʻntarishdan soʻng reaksiya kuchlari qukmronligi sharoitida demokratik sanʼat koʻp jihatdan oʻzining ommaviyligini yoʻqotdi. 1860y.larda mamlakat tasviriy sanʼatida E. Manening realistik izlanishlari markaziy oʻrinni egallaydi. Mane ijodi impressionizm yoʻnalishi bilan yaqinlashdi. Bu yoʻnalishda Manedan tashqari K. Pissarro, A. Sisley, O. Renuar va E. Degalar ham ijod qilishgan. 1850—60-y.

lar x,aykaltaroshlikda J.B. Karloning dekorativ, aniq va quvnoq asarlari, J. Daluning mehnat odamlarining xayratli va jiddiy obrazlari, O. Domyening ekspressivgrotesk plastikasi alohida oʻrin tutadi. 19-a. soʻnggi choragida fransuz xaykaltaroshligining eng yorqin namoyandasi O. Roden hisoblanadi.

19-a. oxiri — 20-a. boshlarida impressionizm bilan birgalikda "modern" uslubining paydo boʻlishiga taʼsir etgan simvolizmnnng turli variantlari ham rivojlandi. 19-a. oxirida tasviriy sanʼatda ijtimoiy mavzulardan birmuncha chekinish seziladi. 20-a. boshidan Parijga koʻplab chet el rassomlari kela boshladi va ularning ijodi fransuz sanʼatining ajralmas qismiga aylandi. 1905 y.da A. Matiss boshchiligida fovizm (A. Marke, J. Ruo, A. Deren, M. Vlamink, R. Dyufi va b.), 1907 y.da esa kubizm okimi (P. Pikasso, J. Brak, X. Gris) vujudga keldi. 1-jahon urushidan soʻng syurrealizm, 2-jahon urushidan keyin abstrakt sanʼatning turli yunalishlari vujudga keddi. 1970-y.larda sanʼatda abstraksionizmdan chekinish va sanʼatning turli xil figurativ turlari (gipperrealizm)ga oʻtish kuzatiddi. Umuman olganda, F. tasviriy sanʼatida gumanizm koyalari saklanib qolgan. P. Pikasso va F. Leje asarlarida urush va fashizmga qarshi alangali gʻalayon, xalqlarning tinchlik uchun kurashi mavzulari koʻp aks etgan. 1945 y.dan soʻng neorealizm okimi paydo boʻldi, karikatura sanʼati rivojlandi, qoniqmaslik va tushkunlik kayfiyati asketik rassomchilikda aks etdi. Gumanistik sanʼat anʼanalari haykaltaroshlikda ham yetakchi rolni egallaydi. A. Burdelning qahramonona dramatik obrazlarida, A. Mayolning garmonik haykallarida, J. Bernarning oʻtkir psixologik portretlarida bu narsa oʻz aksini topdi. Umuman, F. 21-a.da ham jahon badiiy sanʼatining eng yirik markazlaridan biri xisoblanadi.

Musiqasi

F. milliy musiqasi qad. kelt, gall va frank qabilalari folkloridan boshlanadi. 11 — 13-a.larda trubadur va truver (shoirxonandalar) musiqa sanʼati rivojlangan. 14-a.dagi ilk Uygʻonish davrida cherkov ijrochiligi rivoj topdi. Oʻsha davr mashhur kompozitorlari Gilom de Masho, Filipp de Vitri Are nova (yangi sanʼat) musiqa harakatining eng yetuk namoyandalari edilar. Musiqaning keyingi rivoji G. Dyufai, Josken Depre, I. Okegem, xor polifoniyasi ustasi K. Janeken, gugenot xorali asoschisi K.Gudimel, buyuk polifonist, niderland maktabi vakili O. Lasso ijodi bilan bogʻliq. 1672—87 y.lar "Grand opera" teatrini milliy opera maktabi hamda lirik tragediya janri asoschisi Lyulli boshqargan. 17-a.



dan cholgʻu musiqa — lyutnya (D. Gotye), klavesin (J. Shambonyer, L. Kuperen), viola (M. Mare) maktablari tashkil topdi. Cholgʻu syuita janrida ijod qilgan F. Kuperenning badiiy merosi — fransuz musiqiy klassitsizmi choʻqqisidir. 18-a.ning eng yirik kompozitori J.R. Ramo K.V. Glyukning opera islohotiga zamin yaratgan, garmoniya faniga asos solgan. 18-a. oʻrtalarida milliy simfoniya paydo boʻldi (F. Gossek). Bu davrda yangi janr — komik opera ham paydo boʻla boshladi. Uning yetuk mualliflari qatoriga E. Duni, F. Filidor, kompozitorlardan P. A. Monsini ("Dezertir", 1769), A.E. M. Gretri ("Lyusil", 1769) kiradi. Komik operalar "Opera komik" teatri (1715 y. SenJermen yarmarkasida teatr sifatida tashkil topgan, 1801 y.dan yuqoridagi nom)da qoʻyilgan. 1792 y. J. Ruje de Lil tomonidan "Marselyeza" yoziddi va u keyinchalik F. milliy madhiyasiga aylandi. 1793 y. Parijda Milliy musika in-ti (1795 y.dan Musiqa va deklamatsiya konservatoriyasi) ochildi. 19-a. boshlarida Parij jaxrn musika madaniyatining markazlaridan biriga aylandi. Fransuz musiqasidagi romantizm G. Berlioz asarlarida, 19-a. 2yarmida esa lirik opera janri paydo boʻlgach, Sh. Guno, J. Masne, A. Toma, L. Delib asarlarida oʻz aksini topdi. J. Bize ijodi fransuz musiqasida opera realizmining choʻqqisiga aylandi ("Karmen", 1874). 19-a. 80-y.larida F. buyuk R. Vagnerni qarshi oldi. 19-a. 2yarmida operetta janri rivoj topdi (J. Offenbax, F. Erve, Sh. Lekok, R. Planket). 19-a. oxiri — 20-a. boshida S. Frank, K. SenSane, E. Lalo, E. Shosson turli janrlarda samarali ijod qilishdi. F.da shanson (ommabop qoʻshiq) janri gullab yashnadi. 20-a. musiqasida impressionizm yaratildi (K. Debyussi, M. Ravel). 1-jahon urushidan soʻng F. musiqa sanʼatida neoklassitsizm, ekspressionizm, konstruktivizm tobora rivojlandi ("Oltilik" kompozitorlari D. Dyurey, D. Miyo, J. Orik, A. Onegger, F. Pulenk, J. Tayfer va b.). 2-jahon urushidan soʻng F. musiqa hayoti jonlandi. O. Messian, F. Pulenk, D. Miyo, A. Jolive, A. Core, J. Orik, J. Franse, M. Landovski kabi kompozitorlar ijodi faollashdi. 1950-y.lardan dodekafoniya, aleatorika, elektron muyesha, sonorizm, konkret musisha kabi yangi musiqa yoʻnalishlari rivoj topdi (P. Bulez, Ya. Ksenakis, P. Sheffer va b.). 20a. fransuz yirik ijrochilari: dirijyorlar — P. Montyo, I. Markevich, A. Klyuitens, Sh. Myunsh, L. Forestye, P. Pare, Sh. Bryuk, S. Bodo, J. Martinon, P. Bulez; pianinochilar — A. Korto, M. Long , R. Kazadezyus, I. Nat; skripkachilar — J. Tibo, 3. Francheskatti, J. Neve; violonchelchilar — M. Mareshal, P. Furnye, P. Tortelye; organchilar — Sh. Turnsmir, Sh. Vidor, M. Dyupre, M. Dyurufle; xonandalar — D. Dyuval, J. Krespen, L. Pens; shansonyelar — M. Shevalye, E. Piaf, Sh. Aznavur, J. Beko, J. Dassen, J. Brassens, M. Matyo va b. Parij, Avinon, EksanProvans, Strasburg , Bezanson, Bordo, Tur, Ruan, LaRoshelda musiqa tanlov va festivallari oʻtkazib turiladi. Parijda eng muhim musiqa oʻquv yurtlari — konservatoriya, "Sxola kantorum" (1894 y. asos solingan), "Ekol normal de myuzik" (1919) hamda grammofon firmalari, musiqa jamiyatlari, F. Milliy musika qoʻmitasi joylashgan. Bir qancha musika jur.lari chop etiladi.

Teatri


F. teatr sanʼati oʻrta asrlardagi sayyor aktyor va sozandalar, jonglyorlar tomoshalaridan boshlanadi. 9—10-a.

lardayoq oʻrta asr teatrida diniy drama vujudga keldi. Ulardan eng mashhuri 15 a. oʻrtalaridagi A. Grebanning "Xudo ehtiroslari misteriyasi"dir. 1599 y.dan professional artistlar truppasi ishlay boshladi. Bu birinchi doimiy akterlar jamoasi edi. Ular tragediya, tragikomediya va pastorallar qoʻyar edilar. 17-a.dan J. Rotru, M. Skyuderi pyesalari qoʻyila boshladi. 1634 y. "Mars" teatri ochildi. P. Kornel, J. Rasin tragediyalari va Molyer komediyalari teatr sanʼati rivojiga katta hissa qoʻshdi. Molyer vafotidan soʻng tashkil etilgan "Komedi Fransez" teatrida (1680) aktyor M. Baron va tragik aktrisa A. Lekuvryor uning sahna prinsiplarini davom ettirdilar. Fransuz maʼrifatparvarlari teatrni xalqni tarbiyalash vositasi deb bildilar. Maʼrifatparvar klassitsizmning eng yirik aktyorlari J. Brizar, F. Mole, J. Ofren va J. Dyugazondir. Buyuk fransuz inqilobi qahramonlik sanʼatini vujudga keltirdi. 1791 y. "Teatrlar erkinligi haqida dekret"dan soʻng , Parijda 19 teatr tashkil topdi. "Komedi Fransez" teatrida V. Gyugo, A. Vini, A. Dyuma asarlari koʻrsatildi. Gyugoning "Ernani" dramasining qoʻyilishi (1830) fransuz teatrida muhim voqea boʻldi. 19-a. 1yarmida bulvar teatrlari paydo boʻldi. 1848 y.dan qahramonlik mavzusi yana oldinga chiqdi. 19-a. oxirida E. Zolya yangi realistik dramaturgiyani yaratish va teatrlarni isloh etishni talab qilib chiqdi. Fransuz sahnasidagi chuqur oʻzgarishlar A. Antuan nomi bilan bogʻliq. "Erkin teatr" va "Antuan teatri" asoschisi, "Odeon" teatri boshqaruvchisi boʻlgan Antuan oʻz davrining dolzarb muammolarini sahnaga olib chikdi. 1910 y. J. Rushe tomonidan "Teatr dez Ar" tashkil etildi. 1926 y. toʻrt buyuk rej.: G. Bati, Sh. Dyullen, L. Juve va J. Pitolar ittifoqi — "Kartel" tuzildi. Ular koʻproq klassikaga — Molyer, Shekspir, A. P. Chexov, B. Shou, L. Pirandello, P. Klodel, J. Dyuamel, J. Romen, J. Jirodu, J. Anuya, A. Salakru asarlariga murojaat etishdi. 1930-y.lar boshida demokratik va antifashistik harakat rivojlandi, xalq teatri katga rol oʻynadi. 2-jahon urushi yillari — nemisfashist okkupatsiyasi davrida fransuz teatrlari deyarli ishlamadi. Ilgʻor jamoatchilik F.ning qadimiy teatrlaridan boʻlgan "Komedi Fransez"ni qoʻllabquvvatladi. Unda yirik aktyor va rej.lardan J. L. Barro, M. Reno, P. Dyuks, J. Rusiyon va b.lar voyaga yetdilar. 40-y.lar 2yarmi — 50-y.lar 1yarmida mamlakatda drama markazlarining keng tarmoklari tashkil topdi. Lion, Grenobl, Tuluza, Kann, Bordo, Strasburg va b. shaharlarda teatrlar paydo boʻldi. Milliy xalq teatri teatr sanʼatining yetakchi markaziga aylandi. Unda buyuk fransuz aktyorlari J. Filipp, M. Kazares, J. Vilson, D. Sorano, S. Monforlar faoliyat olib bordi. 1970-y.larda Buyuk fransuz inkilobiga bagʻishlangan "1789" va "1793" teatrlarining tashkil topishi F. teatri hayotida katta voqea boʻddi.


Download 45.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling