Reja: Davlat tuzumi


Download 45.38 Kb.
bet3/3
Sana31.05.2020
Hajmi45.38 Kb.
#112429
1   2   3
Bog'liq
Franciya referat

Fransuz sahna sanʼatining rivojiga aktyor va rej. J.L. Barro katta hissa koʻshdi. Turmush oʻrtogʻi M. Reno bilan birgalikda "Kompani Reno—Barro" truppasi yaratildi va u 20-a.da fransuz dramaturgiyasini targib etdi. 1950 — 60-y.

larda teatr hayotida "absurd teatri" katta oʻrin egalladi. 20-a. 2yarmidan F. teatr sanʼati yanada rivojlandi. Bunga 1981 —86 va 1988—93 ylarda F. madaniyat vaziri boʻlib ishlagan J. Lang katta hissa qoʻshdi. Parijning koʻp teatrlari, jumladan, "Grandopera", "Komedi Fransez", "Odeon" va "Shayo" milliy teatrlari hukumat tomonidan qoʻllab quvvatlandi. J.L. Barro, A. Vite, A. Mnushkin, P. Bruk, R. Blen, R. Planshon, J. Savari kabi rej.lar mashxur. F.da 42 milliy dramatik markaz mavjud; 170 teatr guruhi shartnoma asosida, 398 guruh dotatsiya asosida faoliyat yuritadi. "Komedi Fransez" teatri milliy teatr anʼanalarini davom ettirmoqda. 1954 y. tashkil etilgan "Xalklar teatri"da xalqaro teatr festivallari oʻtkaziladi.



Kinosi

Akauka L. va O. Lyumyerlar tomonidan qoʻyilgan kinematografiyaning dastlabki asarlari (xronikal syujetli "Poyezdning kelishi", "Bolani emizish", "Shalabbo boʻlgan suv sepuvchi" filmlari) 1895 y. 28 dek.da Parijda namoyish etilgan. F. kinosining ilk davrdagi rivoji kinotryuklarni suratga olish ixtirochisi J. Melyesu nomi bilan bogʻliq. Uning "Film d’ar" firmasi kinoga mashxur dramaturg , aktyor va kompozitorlarni jalb etdi. 1919 y.da rej. A. Gans urushga qarshi ruhdagi "Men ayblayman" pamfletini, rej. A. Antuan esa bir qancha filmlar ("Yer", 1921; "Arlezianlik ayol", 1922)ni yaratdi. 1-jahon urushidan keyingi yillarda kinodan tijorat yoʻlida foydalanishga qarshi chiqqan va kinoni badiiy jihatdan yangilashni talab qilgan kino nazariyachilari va amaliyotchilaridan L. Dellyuk, A. Gans, M.L. Erbye, J. Epshteyn, J. Dyulak "Avangard" harakatiga birlashdilar. Bu harakatdagi bir qancha realist rej.lar qad. anʼanalarga tayangan holda koʻpgina asarlarni yaratdilar ["Krenkebil" (1922) va "Yangi janoblar" (1928, rej. J. Feyder), "Nana" (1926) va "Kichik gugurt sotuvchi" (1927, rej. J. Renuar), "Somon shlyapa" (1927, rej. R. Kler)].



30-y.lardan fransuz kino sanoati ovozli filmlar chiqara boshladi. 30-y.

lar oʻrtalarida F. kinematografiyasining ijtimoiy yoʻnalishi Milliy front harakati bilan bogʻliq; "Oktyabr" va "Erkin kino" uyushmalari tashkil topdi. Bu davr uchun "Marselyeza" (1938, rej. R. Renuar), "Buyuk sarob" (1937, rej. R. Renuar), "Oxirgi milliarder" siyosiy satirasi (1934, rej. R. Kler), "Ahil kompaniya" (1936, rej. J.Dyuvivye) kabi filmlar xarakterlidir. 2-jahon urushi va natsistlar okkupatsiyasi davrida fransuz kinematograflari kurash va jasoratga chorlovchi "Kechki mehmonlar", "Osmon sizlarga tegishli" kabi filmlarni yaratdilar. 1944 y. "Parijni ozod etish" filmi chiqarildi. "Rayka bolalari" filmi (1945) milliy madaniyatning eng yaxshi gumanistik anʼanalarini oʻzida aks ettirgan, fashizmga qarshi ruhsagi film boʻldi. Rej. R. Klemanning "Relslar ustidagi jang" filmi ozod etilgan F.ning birinchi kartinalaridan hisoblanadi. Shu davrda yaratilgan mashxur filmlar: "Parma ibodatxonasi" (1948, rej. KristianJak), "Qizil va kora" (1954, rej. K. OtanLara, ikkisi ham Stendal asarlari asosida), "Tereza Raken" (1953, rej. M. Karne), "Jerveza" (1956, rej. R. Kleman, ikkisi ham Zolya asarlari asosida), "Oʻlimga mahkum qilingan qochdi" (1956, rej. R. Bresson). 1940 —50-y.lar boshlaridaJ. Filipp, Burvil, J. Mare, M. Kazares, L. de Fyunes, S. Rejani va b. aktyorlar mashxur. 50-y.larning 2yarmida yaratilgan filmlarning kupi koʻngil ochar filmlar boʻldi. F. kinematografiyachilari kuchli ijtimoiy qahramonni fashistlarga qarshi kurash mavzusidan topdilar. "Kun va soat" (1963), "Parij yonyaptimi?" (1966) filmlari fashizmga qarshi ruhda yaratildi. 1968 y.dan keyin asosan siyosiy mavzuda, fransuz mehnatkashlarining hayoti haqida filmlar yaratila boshladi. J. Tatining "Bayram kuni" (1949), "Mening amakim" (1958), Kristian Jakning "FanfanTyulpan" (1952), "Qonun — bu qonun" (1958), P. Eteksning "Ohtortuvchi" (1963), "Yoyo" (1965) filmlari komediya janriga mansub. F. kiska metrajli filmlari (rej. A. Lamorisning "Qizil shar"), P. Grimoning multiplikatsiyalari, J. Rushaning ijtimoiy filmlari mashxur. 70ylar oʻrtalariga kelib, fransuz kinosida oʻtkir mavzulardan chekinish kuzatiladi, bu davrda koʻngil ochar kinolarni i.ch. keng rivojlandi. 60 —70-y.lardagi eng mashxur aktyorlar sirasiga: J. Gaben, J. Moro, J.L. Trentinyan, J.P. Belmondo, K. Denyov, A. Delon, A. Jirardo va b. kiradi. Eng yaxshi fransuz tasvirchilari: R. Yuber, A. Tirar, R. Kutar, A. Alekan, A. Deke. Fransuz va jahon kinosi tarixi va nazariyasiga oʻzlarining fikr va goyalari bilan katta xissa qoʻshgan kishilar: L. Mussinak, J. Sadul, A. Bazen, J. Mitri, A. Ajel, K. Mets va b. 1943 y. tuzilgan Oliy kino taʼlimi instituti rej., tasvirchi, montajchilarni tayyorlaydi. 1946 y.dan Kannda har yili Xalqaro kinofestival oʻtkaziladi. 1936 y. "Sinematika", 1972 y. Kino tarixi muzeyi ochilgan. 1976 y.da Amerikaning "Oskar" mukofotiga oʻxshash "Sezar" milliy kino mukofoti taʼsis etilgan. 1970 —90-y.larda rej.lar J.Sh. Takell ("Jiyanlar", 1975), D. Vin ("Martin Gerrning qaytishi", 1984), D. Kyuri ("Oramizda", 1985), K. Berri ("Jan de Florett", 1987), J. Rivett ("Maftunkor yongʻoq daraxti", 1991), R. Varnyer ("Hindixitoy", 1992) hishayajonli hamda anʼanaviy mavzularda filmlar yaratishdi. F.da 4400 kinoteatr mavjud, yiliga 130 ga yaqin toʻliq metrajli film yaratiladi (2003).

Oʻzbekiston — Fransiya munosabatlari

Ikki davlat oʻrtasidagi diplomatiya munosabatlari 1992 y. fevralda oʻrnatilgan boʻlsada, mamlakatlar orasidagi aloqalar uzoq tarixga borib taqaladi. F. qiroli Karl VI de Valua (1368 — 1422) va Amir Temur davridagi oʻzaro savdo-sotiq va doʻstona munosabatlarga oid yozishmalar bizga maʼlum.

1992 y. F.ning Oʻzbekistondagi elchixonasi, 1995 y. Oʻzbekistonning F.dagi elchixonasi oʻz faoliyatini boshlagach, oʻzaro aloqalar, delegatsiyalarning tashriflari yoʻlga qoʻyildi. Ikki tomonlama aloqalar rivojlanishining tamal toshlari OʻzR Prezidenti I. Karimovning 1993 y. okt.da F.ga davlat tashrifi paytida qoʻyilgan boʻlib, unda bir qator shartnomalarga imzo chekildi. Oʻzbekiston Respublikasi va F. Respublikasi oʻrtasidagi doʻstlik va hamkorlik toʻgʻrisidagi "shartnoma, hukumatlar oʻrtasida investitsiyani himoyalash va oʻzaro ragʻbatlantirish haqidagi bitim, hukumatlarning madaniy va ilmiytexnikaviy hamkorlik toʻgʻrisidagi bitimi shular jumlasiga kiradi. 1994 y. apr.da F.ning sobiq prezidenti F. Mitteran eng rivojlangan yetti davlat rahbarlari orasida birinchi boʻlib, OʻzRga davlat tashrifi bilan keldi. Prezident I. Karimovning F.ga 1996 y. apr.dagi ikkinchi tashrifi va OʻzR Prezidenti I. Karimov hamda F. prezidenti J. Shirakning 1996 y. iyunda Florensiya da Yevropa Ittifoqi rahbarlarining sammitidagi, 2002 y. davlat rahbarlarining NATOga aʼzo davlatlar rahbarlarining Pragadagi sammitida uchrashuvlari ikki tomonlama aloqalarni yangi darajaga koʻtarish imkoniyatini berdi. OʻzR Prezidenti I. Karimovning 1996 y. 21—24 apr.dagi ikkinchi tashrifi ikki tomonlama munosabatlarni yangi poyunaga koʻtardi. I. Karimovning F. Respublikasi Prezidenti J. Shirak bilan uchrashuvi chogʻida ikki mamlakat oʻrtasidagi iqtisodiy, siyosiy va madaniy aloqalarni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama etildi. Ushbu tashrif davomida I. Karimov YUNESKO qarorgoxdsa tashkil kilingan "Temuriylar davrida fan, madaniyat va taʼlimning rivoji" mavzusidagi koʻrgazmada ishtirok etdi.

Oʻzbekiston va F. oʻrtasida oʻzaro tovar aylanmasi 2003 y. 72,3 mln. AQSH dollari, shundan eksport 24 mln., import 48,3 mln. dollarni tashkil etdi. Eksportda paxta tolasi 74,4%, toʻqimachilik mahsuloti 13,4%, kimyo mahsulotlari 8,8%, agrosanoat majmuasi mahsulotlari 2,9%ni, importda esa elektronika va elektr uskunalar 26,2%, kimyo mahsulotlari 23,3%, mexanika uskunalari 13,7%, farmatsevtika va parfyumeriya mahsulotlari 13,6%, maishiy texnika 7,9%, transport vositalari 5,5%, oziq-ovqat mahsulotlari 3,6%ni tashkil etdi.

2003 y.da Oʻzbekistonda F.ning 14 kompaniyasi va 2 banki ("Kredi Kommersial de Frans" va "Sosiyete Jeneral") ishladi. Bundan tashqari, Oʻzbekistonda 15 qoʻshma korxona, 100% fransuz sarmoyasi bilan 2 korxona faoliyat olib boradi. 2004 y. 14 —16 yanvar daOʻzbekiston — F. savdoiqtisodiy hamkorlik hukumatlararo komissiyasining 2majlisi boʻlib oʻtdi. Ikki davlat hamkorligi rejalariga muvofiq, "Sosiyete Jeneral" bankining krediti hisobiga "Buxoro viloyatida suv taʼminotini yaxshilash" dasturi (8,1 mln. AQSH dollari) amalga oshiriladi va 2 ta "Boing—767300 ER" samolyota (187,9 mln. AQSH dollari) sotib olinadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi "Rom Pulek" fransuz kimyo korxonasi bilan rasmiy aloqa oʻrnatgan. Toshkentda bu korxonaning vakolatxonasi ochilgan. OʻzR Pochta va telekommunikatsiya agentligi bilan F.ning pochta va telekommunikatsiya vazirligi oʻrtasida telekommunikatsiya jihozlarini i.ch. va ulardan foydalanish soxasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish haqida bayonnoma imzolangan. Fransuz mutaxassislari yordamida "Sprint" elektron pochta tizimining faoliyati yoʻlga koʻyildi. "Oʻzbekneftegaz" milliy korporatsiyasi F.ning "ElfAkiten" korxonasi bilan xamkorlikda Buxoroda neftni qayta ishlash zavodini qurish haqida shartnoma tuzdi. OʻzR Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bir qator fransuz banklari ("Kredi Leone", "Sosiyete Jyuzi", "Bank Nasional de Pari", "Pariba", "Kredi Kommersial de Frans") bilan vakillik aloqalarini oʻrnatgan. Oʻzbekistonda "Bofur Ispen Interneyshnl", "Ronpulenk" fransuz korxonalari faoliyat olib bormokda. Shuningdek, F.ning "Er Frans" va Oʻzbekistonning "Oʻzbekiston havo yoʻllari" aviakompaniyalari Toshkent — Parij — Toshkent marshruti boʻylab reyslarni amalga oshirmokda.

Oʻzbekiston va F. oʻrtasidagi ilmiytexnikaviy aloqalar ham rivojlanmoqda. Bu aloqalar 1993 y. okt.da imzolangan madaniy, ilmiy va texnikaviy hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim asosida olib borilmoqda. Har yili yuzdan ortiq Oʻzbekiston fuqarosi F.ning turli oʻquv yurtlarida malaka oshirib kelmokda. Ikki mamlakat oliy oʻquv yurtlari oʻrtasida talaba va prof.

oʻqituvchilar almashish, stajirovka, oʻqituvchilar malakasini oshirish kurslari, birgalikdagi seminarlar tashkil etish rivojlangan. Oʻz navbatida, Parij, Tuluza, Lion, Eks/Marsel, "Parijsyud" va "Parij IV" universitetlari bilan Toshkent, Samarqand, Buxoro universitetlari, Toshkent iqtisodiyot universiteti, "Bretansyud" universiteti bilan Oʻzbekiston jahon tillari universiteti oʻrtasidagi hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan. F. Oʻzbekistonga Yevropa Ittifoqining TASIS dasturi doirasida ham kadrlar tayyorlash sohasida texnikaviy yordam koʻrsatyapti. F. Bosh vaziri huzuridagi Davlat boshqaruvi xalqaro instituta (DBXI) OʻzR Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasiga texnikaviy yordam koʻrsatish boʻyicha 1 mln. 400 ming ekyu kiymatidagi dastur muvaffaqiyat bilan amalga oshiriddi, fransuz mutaxassislari akademiya tinglovchilariga maʼruzalar oʻqishdi. Shuningdek, OʻzR vazirliklarining xodimlari har yili DBXI ning qisqa muddatli malaka oshirish kurslarida oʻqib kelayotir.

Oʻzbek va fransuz olimlari oʻrtasidagi ilmiy hamkorlik ham muvaffaqiyat bilan davom etmokda. Bunda OʻzR Fanlar akademiyasi va F. ilmiy tadqiqotlar milliy markazi oʻrtasidagi samarali hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan. Ayniqsa, arxeol., astronomiya, oʻsimliklarni himoya qilish sohalaridagi hamkorlik yaxshi natija bermoqda.

1998 y. okt.da OʻzR Fanlar akademiyasi delegatsiyasi F.ning Atrof muhit va energiyani boshqarish markaziga tashrif buyurdi. Kuyosh energiyasidan foydalanish boʻyicha oʻzbek olimlari tomonidan taklif qilingan loyiha Yevropa hamjamiyati doirasida SOR ERNICUS fantini olishga muvaffaq boʻldi. Tashrif davomida mazkur loyihaning tashkiliy masalalari muhokama qilindi. F. bilan madaniy va ilmiytexnikaviy hamkorlikda 1995 y.dan Toshkentda faoliyat yuritayotgan F. Tashki ishlar vazirligi qoshida tuzilgan Markaziy Osiyoni oʻrganish fransuz in-ti katta rol oʻynayapti. Institut fransuz va oʻzbek olimlari hamda tadqiqotchilari hamkorligida gumanitar va ijtimoiy sohalarda turli tadkiqotlar olib boradi, ilmiy asarlar chop etadi. Institut arxeol., sanʼat, musiqashunoslik, Markaziy Osiyoning qad. va zamonaviy tarixi buiicha boy kutubxonaga ega boʻlib, dunyoning barcha mamlakatlarida Markaziy Osiyoga oid chop etilgan asarlarni yigʻishga kirishgan. Int kisqa vaqtda "19-a.dan beri Markaziy Osiyodagi islomiy islohotlar", "Hindiston — Markaziy Osiyo: savdo va fikr yoʻllari", "Rossiyada islom", "Temuriylar merosi", "Qoʻlyozmalarni saklash", "Islom va musiqa" mavzularida xalqaro konferensiyalar tashkil kildi va ularning materiallarini chop etdi.

OʻzR Fanlar akademiyasi bilan F.ning ilmiy tadqiqotlar ilmiy markazi oʻrtasida tuzilgan shartnoma doirasida arxeol. sohasida samarali hamkorlik olib borilmoqda. 1995 y. yanvarda OʻzR Fanlar akademiyasining geol. va geofizika instituta bilan J. Furye hamda Grenobl universitetlari oʻrtasida seysmologiya sohasida shartnoma tuzilgan. OʻzR Fanlar akademiyasi Kime va oʻsimlik moddalari in-ti F.ning "Lotoksan" tashkiloti bilan birgalikda uzoq muddatli shartnomalar asosida kosmetika mahsulotlari ishlab chiqarmoqda.

Hoz. paytda F. ilmiy tadqiqotlar markazi bir qator sohalarda, xususan, chorvachilik, vinochilik, nodir metallar, oʻsimliklar asosidagi yangi doridarmonlar, neft va gaz mahsulotlari va b. sohalarda hamkorlik oʻrnatish imkoniyatlarini oʻrganmoqda. Toshkent texnika universiteti bilan Parij universiteti oʻrtasidagi hamkorlik haqidagi shartnoma koinotdan olinadigan agrosuratlarni oʻrganuvchi oʻzbekfransuz ilmiy markaziga asos boʻldi.

Fransuz sanʼat muxlislarini oʻzbek sanʼati bilan tanishtirish Oʻzbekiston mustaqilligining dastlabki yillaridan boshlangan. 1994 y.da tanikdi oʻzbek sanʼatkorlari Turgʻun Alimatov va Munojot Yulchiyeva Parij sahnalarida konsert berib, fransuz sanʼat muxlislari olqishlariga sazovor buldi, Parijda ularning bir necha lazer disklari chiqaridsi. "Soʻgʻdiyona" ansambli Liondagi milliy konservatoriyada uz repertuarini ijro etdi. Oʻzbek xonandasi Matluba Dadaboyeva 1996 y. birinchi marta uz qushiqlarini fransuz tomoshabinlariga havola etgan bulsa, 1997 y.da xalq qoʻshiqlari festivalida qatnashdi. 1998 y.da esa Xorazm xalq qoʻshiklari ijrochisi Zuhra Jumaniyozova bilan birgalikda Parijda boʻlib oʻtgan "Ijodiy fantaziya festivali"da muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Konsert kunlari "Musavvir" va "Us to" birlashmalari oʻzbek xalq xunarmandchiligi kurgazmasini tashkil etishdi. 2004 y. davomida Oʻzbekiston BA F.ning yirik shaharlarida oʻzbek zamonaviy tasviriy va amaliy sanʼati koʻrgazmalarini oʻtkazdi. 1996 y. Parijning "Katta saroy" muzeyidagi "Buyuk ipak yulida buddaviylik sanʼati" koʻrgazmasida Oʻzbekiston tarixi muzeyi kolleksiyasidan oʻrin olgan Buddaning loydan yasalgan haykali namoyish etildi. 1994 y. Mirzo Ulugʻbekning 600 yillik yubileyini nishonlash doirasida olimning ilmiy merosiga bagʻishlangan ilmiy anjuman, Oʻzbekiston sanʼat ustalarining konserti utkaziddi. "Temuriylar sanʼati va tarixini urganish hamda uzbekfransuz madaniy aloqalari" assotsiatsiyasining "Temurid" jur. ning maxsus soni Mirzo Ulugʻbekka bagʻishlab chiqarildi. 1996 y. Parijda Amir Temur tavalludining 660 yilligi, 1997 y. esa, YUNESKO rahbarligida Buxoro va Xiva sh.larining 2500 yilligi munosabati bilan bayram tadbirlari utkazildi. Buxoro va Xiva sh.lari yubileyi tantanalariga "Oʻzbekiston madaniyati kunlari" ulanib ketdi. Shuningdek, F.da oʻzbek yozuvchilarining , Oʻzbekistonda fransuz yozuvchilari asarlarining tarjimalari amalga oshirilib kitoblari nashr etilmoqda. Bu ishlarni amalga oshirish uchun F. Tashki ishlar vazirligi Alisher Navoiy nomidagi dasturni ishlab chiqdi. 2003 y. fransuz yozuvchisi F. Bressanning F.da fransuz tilida nashr etilgan "Maftunkor Samarkand" kitobining takdimoti bulib utdi. Toshkentdagi F. elchixonasida 2002 y.dan V. Gyugo nomidagi fransuz madaniy markazi ishlamoqda. 2004 y. fevralda Parijda "Ibn Sino" uyushmasi tuzildi. 1998 y. apr.dan Oʻzbekistonda "Oʻzbekiston — Fransiya" dustlik jamiyati faoliyat yuritmoqda. Samarkand va Lion, Buxoro va RyuelMalmezon sh.lari oʻrtasida toʻgʻridantoʻgʻri hamkorlik aloqalari urnatilgan. Malika Sharipova, Mirshohid Aslanov.



Fransiya, Farangiston (Fransuz Respublikasi, fransuzcha République française) G‘arbiy Yevropadagi mamlakatdir. Hududiga Dunyo okeanidagi ba’zi orollar va boshqa qit’alardagi yerlar ham kiradi. Poytaxti - Parij shahri. Davlat nomi frank qabilalari nomidan kelib chiqqan.

Aholisi 64,5 mln kishi( shu jumladan 90 % dan ortig'i — fransuzlar). Administrativ-hududiy bo'linishi:100 departamentni (96 tasi metropoliyalarda и 4 tasi dengizorti departament) o'z ichiga oluvchi 26 region, (22 tasi metropoliyalarda va 4 tasi dengizorti regionlar)
Download 45.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling