Reja: Davlatning din bilan munosabatlarini tasdiqlovchi tamoyillar


Download 0.74 Mb.
bet3/3
Sana16.06.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1518659
1   2   3
Bog'liq
FALSAFA

Vijdon erkinligi - ijtimoiy-falsafiy tushuncha; har kimning oʻz eʼtiqodiga koʻra, mazkur jamiyatda mavjud ijtimoiy meʼyorlarni buzmagan holda vijdoni buyurgani boʻyicha yashash, ishlash imkoniyatiga ega. Bunda dinga munosabat masalaning bir tomoni hisoblanadi. Siyosiy jihatdan Vijdon erkinligiga demokratiya koʻrinishlaridan biri sifatida qaraladi. Yuridik nuqtai nazardan Vijdon erkinligi insonning asosiy shaxsiy huquqlari sirasiga kiradi va demokratik erkinliklardan biri hisoblanadi. Oʻzbekistonda u Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida, "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida"gi qonunda (1991 yil 14 iyunda qabul qilingan, 1998- yil 1- mayda yangi tahriri tasdiqlangan) nazarda tutilgan. Konstitutsiyaga koʻra, "hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga eʼtiqod qilish yoki hech qaysi dinga eʼtiqod qilmaslik huquqiga ega" (31-modda). Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi boʻyicha, diniy qarashlarni majburan singdirishga yoʻl qoʻyilmaydi. 
Ayni vaqtda yangi tahrirdagi "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida"gi qonunga koʻra, dinga munosabatidan qatʼi nazar fuqarolarning tengligi taʼminlanadi (4-modda). Ushbu qonunda taʼkidlanishicha, hech bir dinga yoki diniy eʼtiqodga boshqalariga nisbatan biron-bir imtiyoz yoki cheklashlar belgilanishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Qonun muayyan yoshga yetgan fuqarolarning oʻz diniy ehtiyojlarini qondirish uchun diniy tashkilot tuzish, oliy va oʻrta diniy oʻquv yurtlarida taʼlim olish tartib-qoidalarini ham belgilab bergan. Ayni vaqtda dindan davlat va Konstitutsiyaga qarshi targʻibot olib borishda, millatlararo adovat uygʻotishda, vaziyatni beqarorlashtiruvchi uydirmalarni tarqatishda, aholi oʻrtasida vahima chiqarishda hamda davlat, jamiyat va shaxsga qarshi qaratilgan boshqa gʻarazli maqsadlarda foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi (5-modda).
O‘zbekiston dunyoviy davlat bo‘lib, mamlaktimizda din davlatdan alohida bo‘lib, bu haqda mamlakatimiz Konstitutsiyasining 61-moddasida shunday deyiladi: «Diniy tashkilotlar va birlashmalar davlatdan ajratilgan hamda qonun oldida tengdirlar. Davlat diniy birlashmalarning faoliyatiga aralashmaydi».
Bu g‘oya «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi Qonunning 5-moddasida ham mustahkamlangan bo‘lib, unda ham dinning davlatdan ajratilganligi, hech bir dinga yoki diniy e’tiqodga boshqalariga nisbatan biron-bir imtiyoz yoki cheklashlar belgilanishiga yo‘l qo‘yilmasligi belgilab qo‘yilgan. Bu esa mamlakatimizda davlatning diniy ishlarga, dinning esa davlat ishlariga (qonun hujjatlarida ko‘rsatilgan holatlar bundan mustasno, albatta) aralashmasligini anglatadi.
O‘zbekistonda vijdon erkinligini ta’minlanishi. Vijdon erkinligi tabiiy huquq va erkinliklar sirasiga kiruvchi, har bir shaxsning ajralmas huquqlaridan biridir. SHaxsning tabiiy huquqlari davlatning insonga bergan «tuhfasi» emas, balki insonning munosib turmush va hayot tarzini tanlash bilan bog‘liq real imkoniyati hisoblanadi.
SHu bilan birga, tabiiy huquqlar jumlasiga kiruvchi erkinliklarni qonun chiqaruvchi o‘zi xohlaganda qisqartirishi yoki cheklashga ham haqli emas. CHunki bu huquqlar insonlarga tabiatan (Xudo tomonidan) berilgan in’om sanaladi. Vijdon erkinligi ham xuddi shunday. Vijdon erkinligi to’g’risada O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ham qonunlar belgilab qo’yilgan.
Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling