Reja: Davlatning din bilan munosabatlarini tasdiqlovchi tamoyillar


Davlat va huquq nazariyasi fanining o‘ziga xos xususiyatlari


Download 0.74 Mb.
bet2/3
Sana16.06.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1518659
1   2   3
Bog'liq
FALSAFA

Davlat va huquq nazariyasi fanining o‘ziga xos xususiyatlari:
- davlat va huquq nazariyasi - ijtimoiy fan. Uning o‘rganadigan sohasi muhim ijtimoiy hodisalar bo‘lmish davlat va huquqdir;
- davlat va huquq nazariyasi - nazariy fan. U davlat va huquq taraqqiyotining umumiy qonuniyatlarini ochib beradi; - davlat va huquq nazariyasi - falsafiy xususiyatga ega bo‘lgan fan;
- davlat va huquq nazariyasi - metodologik fan. Yurisprudensiyaning barcha sohalarini huquqiy metodologiya bilan qurollantiradi;
- davlat va huquq nazariyasi - amaliyotga yo‘naltirilgan fan. Yuridik amaliyotdagi bo‘shliqlar, muammolar, ziddiyatlarni aniqlash va bartaraf etish usullarini ishlab chiqadi, davlat va huquq rivojining yo‘nalishlarini belgilab beradi;
- davlat va huquq nazariyasi - o‘quv-tarbiyaviy ahamiyatga molik fan.
Davlat va huquq tizimida din omili.
Din va davlat o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solishning tiplari. Rivojlangan demokratik yo‘ldan ketayotgan davlatlarning hozirgi zamonda dinga munosabati asosan vijdon erkinligini ta’minlash va diniy bag‘rikenglikka asoslangan. SHunga qaramay, bugungi kunda davlat va din o‘rtasidagi munosabatlar o‘z mazmuni, mohiyati, shakllari va usullariga ko‘ra turli davlatlarda o‘ziga xoslikka ega. SHu munosabat bilan din va davlat o‘rtasidagi munosabatning tiplari, modellari haqida fikr yuritish mumkin. Hozirda davlat bilan din (diniy tashkilotlar) o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solishning turli shakllari mavjud bo‘lib, ular bugunga kelib quyidagi uchta asosiy turkumga ajratiladi:
. Davlat-diniy tashkilot modeli – identifikatsion model. Bunday modelni biz, misol uchun, Daniya, Angliya, Gretsiya, SHvetsiya, Finlyandiya, Norvegiyada (ya’ni Evropa ittifoqining deyarli uchdan bir qismida), Saudiya Arabistoni, Bruney qirolligi, Qatar, Eron islom respublikasida kuzatishimiz mumkin.
2. Separatsion, ya’ni davlat dindan ajratilganligiga asoslangan model. Davlat bilan din o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solishning bu turiga AQSH, Fransiya, Niderlandiya, Turkiya, MDH davlatlari, jumladan O‘zbekiston Respublikasi kabi davlatlarni misol sifatida keltirish mumkin.
3. Kooperatsion – neytralitet modeli. Germaniya, Ispaniya, Italiya, Belgiya, Lyuksemburg, Avstriya kabi mamlakatlarida o‘z aksini topgan
O’zbekiston hududi qadimdan turli dinlarga e’tiqod qiluvchi ko’p millatli mamlakat sifatida ajralib turgan. Yurtimizda zardushtiylik, yahudiylik, xrisitianlik va islom diniga e’tiqod qiluvchi aholi emin erkin yashab kelgan. Tarixiy manbalarda ta’kidlanishicha, yurtimiz hududida diniy sabab bois birorta nizolar bo’lmaganligi xalqimizning diniy bag`rikenglik borasida katta tajriba to’plaganidan dalolat beradi. Tarixiy sharoit, jarayonlar bu zaminda tom ma’nodagi bag`rikenglik tamoyillarining barqaror shakllanganligi, uning natijasida tinch, osuda hayot, ilmiy ma’rifiy yuksalish, taraqqiyot ta’minlanganligini ko’rsatadi.
Diyorimizdan yetishib chiqqan allomalarning asarlarida ham diniy bag`rikenglik targ`ib qilingan g`oyalarni uchratamiz. Jumladan, alloma Abu Mansur al-Moturudiyning “Tilovat ahli sunna” asarida Qur’oni karim oyatlaridan birini tafsir etib, “Cherkov va sinogoglarni vayron etish man etiladi. Shuning uchun ham musulmon o’lkalarda shu davrgacha ular saqlanib qolgan. Bu masalada ilm ahli orasida ixtilof yo’qdir”, degan fikrni bildirgan. 
Mustaqillik sharofati bilan 130 dan ortiq millat va elat vakillari yashaydigan O’zbekistonda turli din, millat va elat vakillari farovon yashashi uchun qulay sharoitlar yaratilgan bo’lib, islom, xristianlik, yahudiylik, bahoi jamoalari va krishnani anglash jamiyati, bular bilan birgalikda ularning turli oqimlari va yo’nalishlari vakillari tinch, osoyishta va farovon hayot kechirib kelmoqda. Mustaqillik sharoitida etnik munosobatlar va din sohasida olib borilayotgan izchil va qat’iy siyosat tufayli mamlakatimizda millatlararo totuvlik va konfessiyalararo hamkorlik qaror topdi.
Konstitustiyamizda «O’zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo’lib, jinsi, irqi, millati, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar», degan tamoyilning mustahkamlab qo’yilishi esa, bu boradagi ishlarning qonuniy asosi bo’lib xizmat qilmoqda.

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling