Reja: Davr o‘qituvchisi qanday bo‘lishi kerak
Download 16.33 Kb.
|
mohichehra 2 amaliy mashg‘ulot
Davr o‘qituvchisi va unga qo‘yilgan, pedagogik -psixologik talablar Reja:
Davr o‘qituvchisi qanday bo‘lishi kerak. Pedagogik- psixologik talablar nimadan iborat. Bu mavzuda prezidentimizning fikrlari. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" g‘oyalarini amalda tadbiq etish Respublika ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar muvaffaqiyatini ta’minlash , ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan o‘qituvchi, tarbiyachi , ishlab chiqarish ustalarining ma’naviy qiyofasi va mahoratiga ham bog‘liqdir.O‘zbekiston Respublikasi “ Ta’lim to‘g‘risidagi “ qonuning 5-moddasi 3- bandiga binoan , sudlangan fuqarolarning ta’lim muassasalarida faoliyat yuritishiga yo‘l qo‘yilmaydi.Bizning nazarimizda,zamonaviy o‘qituvchi bakalavr qiyofasida quyidagi fazilatlar namoyon bo‘lishi kerak(so‘z yuritilayotgan sifatlar mohiyatan o‘qituvchi bakalavr tomonidan amalga oshirilishi zarur bo‘lgan vazifa burch va mas’uliyatni ifodalaydi. 1 O‘qituvchi jamiyat ijtimoiy hayotda ro‘y berayotgan o‘zgarishlar,olib borayotgan ijtimoiy islohotlar mohiyatini chuqur anglab yetishi hamda bu borada o‘quvchilarga to‘g‘ri tarbiya bera olish kerak. 2.Zamonaviy o‘qituvchining ilm- fan texnika texnologiya yangiliklari va yutuqlaridan xabardor bo‘lish zarur. 3.O‘qtuvchi o‘z mutaxassisligi yuzasidan chuqur , puxta bilimga ega bo‘lishi o‘z ustida tinimsiz izlanish lozim. 4. O‘qituvchi ijodkor tashabbuskor, tashkilotchilik qobiliyatlari ega bo‘lishi kerak. 5.O‘qituvchi pedagogika psixologiya fanlari yuzasidan puxta bilishi ta’lim tarbiya jarayonida , o‘quvchining yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda faoliyatni to‘gri tashkil qilishi lozim. 6 O‘qituvchi nutq madaniyatiga ega bo‘lishi lozim uning nutqida quyidagi xususiyatlari aks etishi kerak: a nutqning to‘g‘riligi b nutqning aniqligi c nutqning sofligi. d.nutqning ravonligi. f.nutqning boyligi. 7.O‘qituvchi shaxsiy hayotda pok hammaga o‘rnak bo‘lishi lozim. O‘qituvchi shaxsining mazkur talablarga muvofiq keluvchi qiyofasi uning o‘quvchilar hamkasblar va ota onalar o‘rtasida obro‘ e’tibor qozonishini ta’minlaydi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I A Karimov quyidagilarni qayt etadi: “Tarbiyachi ustoz bo‘lishi uchun boshqalarning aql idrokini o‘stirish ma’rifat ziyosidan bahramand qilsh ,haqiqiy vatanparvar , haqiqiy fuqaro etib yetishtirish uchun, eng avvalo, tarbiyachining ana shunday yuksak fazilatlarga ega bo‘lishi ana shunday buyuk fazilatlarga javob berishi kerak”. Prezident Islom Karimov milliy istiqlol mafkurasining bosh maqsadini shunday ifodalaydi: “ Xalqni buyuk kelajak va ulug‘ maqsadlar sari birlashtirish mamlakatimizda yashaydigan tili dini millatidan qat’iy nazar har bir fuqaroning yagona Vatan baxt saodati uchun doimo mas’uliyatni sezib yashashga chorlash ajdodlarimizning bebaho merosi milliy qadriyat va an’analariga munosib bo‘lishga erishish, yuksak fazilatli komil insonlarni tarbiyalash , ularni yaratuvchanlik ishlariga da’vat etish shu muqaddas zamin uchun fidoyilikni hayot mezoniga aylantirish – milliy istiqlol mafkurasining bosh maqsadidir. Download 16.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling