Reja: Deshivrovka tushunchasi


IX-XII asrlar epigrafikasi


Download 44.24 Kb.
bet11/11
Sana25.01.2023
Hajmi44.24 Kb.
#1122422
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
MAYA XALQLARI EPIGRAFIKASI

IX-XII asrlar epigrafikasi
XI asrda arablarda shakllangan fikrga ko’ra, arab yozuvining dastlabki bosqichida faqat kufiy yozuvi mavjud bo’lgan. “Qur'oni Karim” dastlabki nusxalari shu yozuvda ko’chirilgan. Bu yozuv 4 - xalifa Ali ibn Tolib tomonidan takomiliga etkazilgan. Arab grafikasidagi boshqa xat turlari shu kufiy Yozuvi asosida keyinchalik shakllangan xat turlaridir.
X asrga kelib arab yozuvi yana islox qilingan. Bu islox Ali Muhammad ibn Ali ibn Muqla (272 — 328) — (886 — 940) nomi bilan bog’liq. Bu kishi uch abbosiy xalifa qo’Iida vazirlik lavozimida ishlagan. U kufiy xati asosida sharq olamida keyinchalik mashhur bo’lib ketgan olti xat turini yaratgan olimdir: muxaqqaq, suls, riqo, nasx, tavqi' va rayhoniy xat turlari. Ibn Muqlaning bu ishini Eronlik olim Ali ibn Hiloi davom ettirgan. Uning taxallusi Ibn Bavvob bo’lgan va u 413-1022 yilda vafot etgan. U Sherozdagi mashxur kutubxonada xodim bo’lib ishlagan. Isloxot ishini undan keyin davotn ettirgan shaxs so’nggi abbosiy xalifa saroyida xattot bo’lib ishlagan Yoqut Musta'simiydir (640-696)-(1242-1298 yy.)
Umuman, xattotlar va qalam sohiblari orasida eng ko’p tarqalgan va eng e'tiborli sanalgan xat turlari quyidagilardan iboratdir:
1. Kufiy yozuvi yoki xatti kufiy - Kufiy yozuvi nabatiy yozuvi asosida shakllangan dastlabki arab yozuvidir. U birinchi marta Kufa shahrida ishlatilib, u erda rivoj topgani uchun «kufiy» deb nom olgan. Arab olimlarining fikricha, (bu olimlar XI asrga mansubdirlar) “Qur'oni Karim” birinchi qo’lyozma nusxasi yozilgan bu yozuv turi 4 - xalifa xisoblangan Ati ibn Abu Tolib tomonidan takomillashtirilgan. Xatti kufiyning bu turi kufiyyi bannoiy — binokorlik kufiy xati deb nom olgan.
2.Muhaqqaq Yozuvi yoki xatti muhaqqaq – bu yozuv turi abbosiylar hukmronligining boshlanishida — VII asrning ikkinchi yarmida vujudga kelgan.
3. Rayhoniy yozuvi yoki xatti rayhoniy – Hozirgacha Sharq paleografiyasida bu yozuv turiga aniq ta'rif berilmagan.
4. Suls yozuvi yoki xatti suls — o’rta asrlarda bu yozuv musulmon olamining barcha hududlarida eng keng tarqalgan yozuv turlaridan edi. Me'moriy yodgorliklarda bezak o’rnida ishlatilgan suls yozuvlarini ham uchratish mumkin.
5. Tavqi' yozuvi yoki xatti tavqi' — bu yozuv turi xatni tez yozishga mo’ljallangan, xarflarning shakli dumaloq bo’lgan yozuvdir, o’rta asr xattotlarining fikricha, bu yozuv suls yozuvidan kelib chiqqan va uning modifikatsiyasidir.
6. Riqo yozuvi yoki xatti riqo – bu yozuv turi tavqi' yozuvining kichraygan shakli bo’Iib, u ham suls Yozuvi bazasida vujudga kelgan. U ham hukmronlarning farmon va yorliqlarini yozishda qo’llanilgan.


1 Akurgal, Ekrem (2001) The Hattian and Hittite Civilizations, Publications of the Republic of Turkey, Ministry of Culture

2 Berthin, Gordon; Michael Berthin. Astronomical Utility and Poetic Metaphor in the Rongorongo Lunar Calendar (англ.) // Applied Semiotics : journal. — 2006. — Vol. 8, no. 18. — P. 85—98.

Download 44.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling