Reja: Deshivrovka tushunchasi
Maya xalqlari epigrafikasi
Download 44.24 Kb.
|
MAYA XALQLARI EPIGRAFIKASI
Maya xalqlari epigrafikasi
Mayya afsonalari. Markaziy Amerikaning Yukatan yarim orolida (hozirgi Meksika) chakalakzorlar bilan qoplangan tog’ oldi hududlarida qadimdan mayya xalqlari yashab kelgan. Mayyalarda yer jamoa mulki hisoblangan. Qishloq jamoasi ekin maydonlari har bir oilaga taqsimlangan. Jamoa a’zolari yetishtirgan hosilning bir qismi zodagonlar va kohinlarga berilgan. Dehqonlar soliq to’lashdan tashqari, zodagonlarning yerlarini ishlab berishda, ibodatxonalar va yo’llar qurilishida qatnashganlar. Eng og’ir ishlarni qullar bajargan. Qullar tabaqasi esa asir olingan jangchilar, jinoyatchilar, qarzdorlar va yetimlardan tashkil topgan. Mayyalarda davlat vujudga kelsada, jamiyatda urug’chilik tuzumiga xos xususiyatlar saqlanib qolgan. Dehqonlar makkajo’xori, qovoq, kakao, paxta, qalampir, tamaki, dukkakli ekinlar yetishtirganlar. Aholi mevali daraxtlarni parvarishlash, asalari boqish bilan ham shug’ullangan. Milodiy I ming yillikda mayyalarda shahar-davlatlar vujudga keladi. Ularning har birini "buyuk kishi" - hukmdor boshqarib, uning hokimiyati merosiy bo’lgan. Hukmdorlar va zodagonlar shahar markazida bunyod etilgan saroy-qasrlarda yashaganlar. Shahar cheti va atroflarida esa dehqonlar va hunarmandlarning tomi qamish bilan yopilgan, polsiz kulbalari joylashgan. Mayyalarning iqtisodiy-madaniy taraqqiyoti milodiy asr boshlarida yozuvni yaratish imkonini beradi. Kohinlar qilqalam bilan iyerogliflarni bitib, u rasmlar bilan bezatilgan. Ibodatxonalar devorlarida va baland tosh ustunlarda duolar, afsonalar, rivoyatlar, jangnomalar, tarixiy yilnomalar o’yib yozilgan. Mayyalar hayotida kohinlar muhim o’rin tutgan. Ular jamoa a’zolariga dehqonchilik ishlarini bajarish muddatlarini belgilab berganlar. Mayyalar eng aniq taqvimlardan birini yaratganlar. Uning ixtirosi qishloq xo’jalik ehtiyojlari bilan bog’liq bo’lib, matematika sohasidagi muvaffaqiyatlarga asoslangan edi. Matematikaga "nol"ni anglatuvchi belgi ham, mayyalar tomonidan hindlardan ham avval kiritilgan. Mamlakat poytaxti - Chichen-Itsada rasadxona ham qurilgan. Unda kohinlar sayyoralarning Quyosh tevaragida aylanishi vaqtini hisoblab chiqqanlar, Quyosh va Oyning tutilishini oldindan aytib bera olganlar. Mayyalar maxsus tepaliklar yasab, baland poydevorlar ustida o’zlarining zinapoyali ehromlarini, saroy va ibodatxonalarini barpo etganlar. Binolar bo’rtma tasvirlar, ma’budlar haykallari, devoriy suratlar bilan bezatilgan. Saroy va ibodatxonalarning derazalari bo’lmasdan, ular eshiklar orqali yoritilgan. Shahar ko’chalari tekis va ravon, bir-birlari bilan to’g’ri burchakda kesishgan holda bunyod etilgan. Yo’llar ustiga yo’nilgan toshlar qoplangan. Mayyalar shaharlarini ham tosh yo’llar bog’lab turgan. Download 44.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling