inson hayotiy faoliyatining sotsial sharoitlardagi tafovutlar belgilamaydi. Har qanday inson individi o‘ziga xos salohiyati bilan dunyoga keladi. Hammaga gap bu salohiyatni qay tarzda ruyobga chiqarishdan iboratdir. Inson rivojlanishining individ bosqichi eng uzoq davom etadigan, izchillikni taqozo qiladigan davrdir. Bu bosqichda uning asta-sekin shaxsga aylanish jarayoni boshlanadi. Individning shaxsga aylanishida, boshqacha aytganda, insonning individ bosqichidan shaxs bosqichiga o‘tish jarayonida sotsiumning u yoki bu darajasida olingan jamoa a’zosi sifatida uning imkoniyatlari, ijtimoiy-ahamiyatli belgilari kat’iy tizim shaklida karor topadi. Ya’ni fe’l-atvori shakllandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |