Reja deviant xulq-atvorli bolalar bilan ijtimoiy-pedagogik amaliyot yuritish


Download 219.51 Kb.
bet2/3
Sana12.01.2023
Hajmi219.51 Kb.
#1089659
1   2   3
Bog'liq
bolalarda deviant

shaxsning o‘zi nima? Bu savolga javob berish uchun, avvalo, «inson», «individ», «shaxs» tushunchalarini bir-biridan farqlab olish kerak. «Inson» tushunchasi, umumiy, hamma uchun xos bo‘lgan sifat va qobiliyatini izohlash uchun qo‘llaniladi. Bu tushuncha dunyoda mavjud bo‘lgan, tarixan o‘ziga xos shunday rivojlanayotgan birlikki, insoniyatni anglatib, u boshqa hamma moddiy tizimlardan farqli o‘laroq o‘ziga xos ijtimoiy faoliyat usullari bilan farq qiladi.
Ushbu hayotiy faoliyat usuli tufayli inson tarixiy rivojlanishning hamma bosqichlarida, dunyoning barcha nuqtalarida o‘ziga o‘xshash bo‘lgan antologiyaga oid holatni saqlab qoladi. Inson tushunchasi bioijtimoiy-ruhiy mavjudlikni ifodalaydigan tushuncha. Unda insonning zohiriy va botiniy sifatlari o‘z aksini topadi. Insonning umumiy sifatlari uning konkret holat va murakkab hayot sharoitlari namoyon bo‘ladigan xilma-xil kayfiyat, ruhiyat va munosabatlarning yig‘indisidir. Har bir insondagi alohida bu hususiyatlar betakror, o‘ziga xos holatlarda namoyon bo‘lishi mumkin. Demak, insoniyat o‘ziga xos moddiy voqelik sifatida mavjud bo‘ladi. Ammo, insoniyat o‘z holicha mustaqil mavjud bo‘lmaydi. Aniq insonlar yashaydilar va harakat qiladilar. Insoniyat alohida vakillarining mavjud bo‘lishi «individ» tushunchasi bilan ifodalanadi.
Boshkacha aytganda, alohida insonning o‘ziga xos tabiiy-biologik va ijtimoiy ehtiyojlari, manfaatlari, aqli, irodasi va hakozolar yig‘indisi ekanligi nazarda tutib, «individ» tushunchasi qo‘llaniladi. Individ «mohir odam» turiga mansub yaxlitlikni o‘zida gavdalantirgan alohida insondir. Individ - bu insoniyat zotining yakka vakili, insoniyatning hamma sotsial va ruhiy jihatlarini idrokiy, irodasi, ehtiyojlari, manfaatlari va hokazolarning sohibi hisoblanadi. «Individ» tushunchasi bu vaziyatda «aniq inson» sifatida foydalaniladi.
«Individ» tushunchasini ayrim olimlar insonning tarixi ibtidoiy jamoa tuzumi davriga to‘g‘ri kelishini bayon etgan. Ikkinchi xil fikrga ko‘ra, individ sifatida inson o‘zining jismoniy mavjudligini ta’minlashni birinchi o‘ringa qo‘yadi. Masalaning bunday qo‘yilishida turli biologik omillar (yosh jihatlari, jinsiy mijozlarining o‘ziga xos tomonlari), shuningdek, 
Download 219.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling