Reja: Diagramma haqida ma’lumot; Diagramma turlari va joylashtirish usullari
Download 1.33 Mb.
|
5-maruza-2
- Bu sahifa navigatsiya:
- E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
4-MA’RUZA MAVZU:MS Excel elektron jadvalida grafik imkoniyatlar. Diagrammalar bilan ishlash. REJA:1. Diagramma haqida ma’lumot;2. Diagramma turlari va joylashtirish usullari;3. Diagrammani hosil qilish bosqichlari;4. Diagramma elementlari bilan tanishish.1. Diagramma haqida ma’lumot. MS Excel dasturida berilgan ma’lumotlarni diagrammalar ko’rinishida ifodalash elеktron jadvallarning ajralmas qismi boʻlib, ular grafikar deb ham yuritiladi. Ma’lumotlarni diagrammalar ko’rinishida ifodalash orqali bajarilayotgan ishni tеz tushunish va hal qilish mumkin. Jumladan, diagrammalar juda katta xajmdagi sonlarni ko‘rgazmali tasvirlash va ular orasidagi aloqadorlikni aniqlashda juda qulay hisoblanadi.
Diagrammalar asosan sonli qiymatlar asosida quriladi. Buning uchun ishchi jadval varag‘iga bir nеcha son kiritiladi, so‘ng diagramma tuzishga kirishiladi. Odatda, diagrammalar uchun foydalanilayotgan ma’lumotlar bir joyda joylashgan boʻlib, bitta diagramma ma’lumotlarni ko‘p sonli ishchi varaqlar va hatto ishchi kitoblardan ham olishi mumkin. 2. Diagramma turlari va joylashtirish usullari MS Excel dasturining oxirgi versiyalarida diagrammalar hosil qilish Вставка menyusi orqali amalga oshiriladi (5.1-rasm). Ushbu diagrammalarning quyidagi turlari mavjud:
5.1-rasm. MS Excel dasturida diagrammalar qurish oynasi. Excelda tuzilgan diagrammalarni joylashtirishning ikki xil usuli mavjud: 1. Qurilgan diagrammani varaqning ichki elеmеnti sifatida bеvosita varaqqa qo’yish (joriy varaq) (5.2-rasm); 5.2-rasm. Diagrammalarni joriy varaqda tasvirlash 2. Ishchi kitobning yangi varag‘ida diagramma qo‘yish. Diagramma varag‘i ishchi kitobning varaqidan bitta diagrammani saqlashi va yachеykalari bo‘lmaganligi bilan farq qiladi (diagrammalar varag‘i) (5.3-rasm). Agar diagramma varag‘i faollashtirilsa, unda Excel mеnyusi u bilan ishlash uchun mos xolda o‘zgaradi. Alohida varaqda joylashtirilgan diagrammalar butun varaqni egallaydi (5.3 -rasm). 5.3-rasm. Diagrammalarni alohida varaqda tasvirlash 3. Diagrammani hosil qilish bosqichlari 1. Microsoft Office paketi tarkibiga kiruvchi Microsoft Excel dasturi ishga tushiriladi (5.4-rasm): 5.4-rasm. MS Excel dasturini ishga tushirish. 2. MS Excel dasturi ishga tushirilgandan soʻng, jadval yoki diagramma hosil qilish uchun Elektron jadvalda kerakli ma’lumotlar tuzib olinadi. Masalan (5.5-rasm): 5.6-rasm. Ma’lumotlarni tuzib olish 3. Jadval yoki diagramma hosil qilish uchun kerakli ma’lumotlar belgilab olinadi (Elektron jadvalda belgilangan ma’lumotlarning katakchalari boshqa katakchalarga nisbatan ajralib turadi. Alohida belgilab olish uchun klaviaturaning Ctrl tugmasi bosib turiladi). Masalan (5.7-rasm): 5.7-rasm. Kerakli ma’lumotlarni belgilab olish 4. Belgilangan ma’lumotlar asosida MS Excel dasturining Menyular qatoridagi Вставка boʻlimida Диаграммы panel yorligʻida joylashgan grafik yoki diagrammalar ushbu ma’lumotlar uchun mos keladigan turi tanlab olinadi va ma’lumotlar diagrammasi hosil qilinadi. Masalan (5.8-rasm): 5.8-rasm. Diagramma hosil qilish 4. Diagramma elementlari bilan tanishish. Diagramma turli elementlardan tashkil topgan bo’lib, ularning bir nechtasi standart holatda diagramma qurilgan paytda mavjud bo’ladi, qolganlari esa foydalanuvchining istagiga ko’ra qo’shiladi. Diagramma elementlarini ko’rinishini o’zgartirish, bir joydan ikkinchi joyga ko’chirish, o’lchami yoki ko’rinishini o’zgartirsih mumkin. Shuningdek, kerak bo’lmagan elementlarni o’chirish imkoniyatlari mavjud (5.9-rasm). 5.9-rasm. Diagrammalar elementlari MS Excel dasturida diagramma odatda quyidagi elementlardan tashkil topgan bo’ladi: 1. Umumiy diagramma sohasi; 6.Ma’lum bir qiymatlarni izohlash maydoni; 2. Diagramma nomi; 7. Diagrammadagi qiymatlar guruhlari (legenda). 3. Berilgan ma’lumotlarning ifodalanish sohasi; 4. Kategoriyalar (gorizontal) va qiymatlar (vertikal); 5. Qiymatlar; E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMATDownload 1.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling