Reja: Didaktik o’yin tushunchasi va uni qo’llashdan maqsad
Download 107.5 Kb.
|
2-DIDAKTIK O\'YIN
- Bu sahifa navigatsiya:
- OQ TERAKMI, KO’K TERAK” O’YINI.
«So’zdan-so’z» o’yini.
Bu o’yin ta’lim jarayonida bir necha yillardan beri qo’llanib kelmoqda. Bu o’yinda bir so’zdan bir necha so’zlar keltirib chiqarish talab qilinadi. Bu o’yin turi o’quvchilarni fikrlashga, izlanishga undaydi, ularda topqirlik qobiliyatini yuzaga chiqaradi. Biz bu o’yinni aynan takrorlamoqchi emasmiz, balki uni ma’lum bir mavzuga bog’liq holda o’tkazish yo’llari xususida fikr yuritmoqchimiz. Berilgan so’z tarkibidagi harflarning turli kombinasiyasidan foydalanib, bir necha so’zlar hosil qilish mumkin. Demak, bu o’yinni ma’lum bir mavzu bilan bog’liq xolda o’tkazsa ham bo’ladi. «So’zdan-so’z» o’yinidan tilning barcha sathlarini o’qitishda foydalanish mumkin. Leksikologiya bo’limida shakldosh, zid ma’noli so’zlar mavzularini o’rganishda bu o’yindan foydalanish mumkin. Buning uchun o’qituvchi shakldosh yoki zid ma’noli so’zlarni keltirib chiqarish mumkin bo’lgan so’zlarni tanlay bilishi va shunday keyin uii o’quvchilar e’tiboriga xavola qilishi lozim. Omonim (shakldosh) so’zlar mavzusi o’rganilgach, o’quvchilarga quyidagi so’zlarni berish va ulardan shakldosh so’zlarni keltirib chiqarish vazifasi topshiriladi.Mustaqil so’zidan qil (qilmoq fe’li, sochning qili), til (tilmoq fe’li, tana a’zosi nomi), ishtirokida so’zidan tor (cholg’u asbobi, sifat turkumiga xos so’z), kir (kirmoq fe’li, sifat turkumiga xos so’z), ot (ism, hayvon nomi, otmoq fe’li), osh (taom nomi, oshmoq fe’li) shakldosh so’zlari keltirib chiqariladi. Zid ma’noli so’zlar mavzusida bu o’yindan qisman foydalanish mumkin. Mavzu yuzasidan mashqlar ishlanib, kerakli tushunchalar berilgandan so’ng o’quvchilarga qarag’ayzorlar, ko’z munchoq so’zlarini berib, antonim so’zlari keltirib chiqarish topshiriladi. Qarag’ayzorlar so’zidan oq-qora, ko’z, munchoq so’zidan och-ko’k so’zlarini hosil qilish mumkin. Bu o’yindan morfologiya bo’limida ham keng foydalanish mumkin. Ot so’z turkumida berilgan so’zlardan atoqli otlar hosil qilish topshirig’i beriladi. Bilimdonlarga so’zidan quyidagicha otlar hosil qilish mumkin: Atoqli otlar. Nodir, Rim, Ali, Dilbar, Lola, Nil, Narimon. Turdosh otlar. a) qavm-qarindoshlik otlari: aka, ona, bola; b) mahsulot nomlari: don, limon, in, bino, bol; v) mavhum otlar: darmon, ilm, imon. Qolgan so’z turkumlarida ham o’yinni shu tarzda o’tkazish mumkin. Sintaksis bo’limiga xos bilimlarni mustahkamlashda ham o’yindan foydalanish imkoniyati bor. Faqat bu bo’limda «So’zdan-gap» tarzida o’tkaziladi. 5-sinfda «Sodda yig’iq gap», «Sodda yoyiq gap» mavzulari o’rganilganda, shu o’yindan foydalanish mumkin. Buning uchun o’quvchilarga bilimdonlarimizga so’zi beriladi va undan sodda gaplar keltirib chiqarish topshiriladi. O’quvchilar quyidagicha sodda yig’iq gap va sodda yoyik gaplar tuzishp mumkip: Nodir oldi. Ona bo’ldi. Ona Rimga bordi. Bolalar Lolani izladi va hokazo. Umuman olganda. “So’zdan-so’z” o’yini kiziqarli o’yinlardan bo’lib, undan qay darajada foydalanish o’qituvchining mahoratiga bog’liq. “OQ TERAKMI, KO’K TERAK” O’YINI. Bu o’yin bolalar sevib o’ynaydigan o’yinlardan bo’lib, uni ta’lim jarayonida ham qo’llash mumkin. Mazkur o’yin bolalarni tez fikrlashga, topqirlikka o’rgatadi. O’yindan leksikologiya, morfologiya bo’limlariga oid mavzularni o’rgatishda foydalanish mumkin. Omonim so’zlar mavzusi o’rganilgach, mavzuni mustahkamlash uchun shu o’yin o’tkaziladi. O’yin quyidagicha tartibda o’tkaziladi: Sinf ikki guruhga bo’linadi. O’qituvchi oldindan omonim (shakldosh) so’zlar yozilgan karton qog’ozlarini, ularning ma’nosi yozilgan karton qog’ozlarini, shuningdek, boshqa so’zlar yozilgan qogozlarni ham tayyorlab qo’yadi. O’yin qoidalari tushuntirilgach, o’yin boshlanadi. 1-guruhga omonim so’zlar yozilgan qog’ozlar (o’t, ot) beriladi, 2-guruhga esa shu so’zlarning ma’nosi va ayrim boshqa so’zlar yozilgan qog’ozlar beriladi. 1 guruh 1-raqamdagi o’t so’zi yozilgan karton qog’ozini ko’taradi va 2-guruhga qarab «Oq terakmi ko’k terak?» -deydi. 2-guruh esa o’t so’zining ma’nolari yozilgan va ularga aralash holda berilgan so’zlarni (o’t-olov, o’t-maysa, o’t-harakat, o’t-quyosh, o’t-tong, o’t-gul) ko’tarib «Bizdan sizga kim kerak?» -deb javob berishadi. 1-guruh a’zolari bu so’zlar ichidan o’t-olov, o’t-maysa, o’t-harakat so’zlarini ajrata bilishlari va ularni ushlab to’rgan bolalarning nomlarini aytishlari kerak. Masalan, «Sizdan bizga Alijon, Mastura, G’ulomjonlar kerak», -deydi. Agar o’t so’zining ma’nolarini to’g’ri topishsa, o’sha so’zni ushlab to’rgan bolalar 1-guruh tomonga o’tadilar. Ular xatolikka yo’l qo’yishsa, so’zlarni tanlagan bolalar 2-guruh tomonga o’tadilar. Agar omonimik so’zning ma’nosini qisman topishsa, ball to’liq berilmaydi. Shu bilan o’yinning 1-bosqichi yakuilanadi. 2-bosqichda 2-guruh o’quvchilariga yoz, tuz omonim so’zlari yozilgan qog’ozlar beriladi. O’yin yuqoridagi tartibda o’tkaziladi. O’yin tugagach, har ikki guruh to’plagan ballar aytilib, g’olib guruh aniqlanadi va rag’batlantiriladi. «Oq terakmi, ko’k terak?» o’yinidan antonim so’zlar, uyadosh so’zlar, ibora mavzularini o’rgatishda ham foydalanish mumkin. Morfologiya bo’limida fe’l, ot, sifat, son, olmoshlarning ma’noviy guruhlari yuzasidan o’tkaziladigan mustahkamlash dnrslarida ham bu o’yin yaxshi samara beradi. Download 107.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling