Reja: Didaktik o’yinlarning ta’limiy va tarviyaviy


Download 20.86 Kb.
Sana08.01.2022
Hajmi20.86 Kb.
#252272
Bog'liq
Latipova Dono. 3amaliy


Mavzu: sinf va sinfdan tashqari mashg'ulotlarda didaktik o'yinlar qo'llash metodikasi

REJA:

  1. Didaktik o’yinlarning  ta’limiy  va  tarviyaviy 

  2. Didaktik o’yinlarning 

  3. Didaktik o’yinlarni  o’tkazish 

  4. Darslarda o’tkaziladigan  didaktik  o’yinlarning  mazmuni   va  ulardan  fotdalanish 

 

 

 

TARBIYAVIY AHAMIYATI

Bolalarga o’yinni o’rgatishda muayyan ta’limiy maqsad nazarda tutiladi. O’yinning eng muhim axamiyati ham ana shundadir. O’yin o’tgazilish shakllari va usullari ta’limning boshqa turlaridan farq qiladi.

Didaktik o’yin usullari cheksiz, takrorlash va o’zgartirish unga turli yangiliklar kiritish imkoni bor.Masalan. biz “Jimjitlik” o’yinining 5-7xilini butun sinf bilan hamda ayrim bolalar bilan  10 martadan  ko’proq  takrorlab  o’tkazdik  “Nima  o’zgardi ?”  turidagi  o’yin  5  xil  turli  ko’rsatmali  material  bilan  o’tgazildi. Natijada  o’yin  malakalarining  bir  xilda  va  mustahkam  bo’lishiga  hamda  o’yinning  har  bir  qoidasini  tinglay  bilish  va  unga  rioya qilinishiga  erishish  imkonini  berdi. Didaktik  o’yinlar  o’zining  shakli  jihatidan,  asosan,  bog’chada  o’ynaladigan  ijodiy  o’yinlardan  ham  o’qituvchi  o’zi  hikoya  qilib  berish  yo’li  bilan  tushintiradigan   va  o’quvchilarni  birma – bir  so’rab  chiqish  natijasida  mustahkamlanadigan  o’yinlardan  ham  har  tamonlama      farq  qiladi . Didaktik  o’yinlar  o’qitish  vazifasiga  xizmat  qiladi  va  qiziqarli ,  maroqli,  tushunarli  darajada  olib  boriladi.  Bolalar  g’olib  chiqish  maqsadida  jon-  dili  bilan  mashq  qiladilar, berilgan  har  bir  topshiriqni  albatta  bajarishga  odatlanib  qoladilar,  natijada  ularda  didaktik  topshiriqlarni  bajarishga  bo’lgan  qiziqish  orta  boradi.  Didaktik  o’yinlar  har bir  darsning  maqsadini  har  bir mashqning  maqsad  va  vazifalarini  yaxshiroq  tushunib  olishga  yordam  beradi.

Didaktik  o’yinlar  ta’limning  ko’rgazmaliligini,  o’qituvchining  nutqini  va  bolalar  harakatini  o’z  ichiga  oladi, buning  natijasida  idrokda  (ko’rish,  eshitish, teri  sezgisi  belgilarida ) birlik  tug’iladi.  Bu  esa o’qituvchining  aytganlarini  bolalarning  o’ylab  olishiga  va  aytilganlarini  ifodalab  berishlariga,  ya’ni  didaktik  o’yin  qoidalarini  o’zlari  bajarishlariga  undaydi. Didaktik  o’yinlarning  bu tarzda  tuzulish  xususiyatlari   o’quvchilar  faoliyatini  tahlil  qilish  imkonini  beradi.  Shuning  uchun  ham  barcha  bolalar o’yin  vaqtida  zo’r  qiziqish  bilan  harakat  qiladilar.



 

Didaktik  o’yinlar  bolaning  his- tuyg’usiga  ta’sir  etib,  unda  o’qishga  ijobiy  munosabat  va  qiziqish  xislatini  tarkib  toptiradi.  Bolalar  o’yinda  zo’rmamnuniyat  bilan  ishtirok  etadilar.  O’yin  boshlanishini  sabrsizlik  bilan  kutadilar,  ularning  ongida  beixtiyor  ertangi  o’quv  kunining  quvonchli  manzarasi  gavdalanadi.

Har  bir  didaktik  o’yinda  ko’pchilik  bolalar  yoki  butun  bir  sinf  o’quvchilari  ishtirok  etadi.  Masalan,  “Doiraviy  misollar” o’yinida  hamma  bolalar  masala  yechadi. “Zanjircha” da  10 nafar,  “Do’koncha”da

8 – 12 nafar  bola, “Narvoncha”da  esa  hamma  o’quvchilar  masala  yechadilar.

Bundan  tashqari,  o’yin  jarayonida  hatto  bolalardan  ba’zi  birlari  ishtirok  etmasa  ham,  ular  o’yinda  imo-ishoralar  bilan  qatnashadilar. Masalan,  ko’larini  yumib,  kim  necha  marta  taqillatganini  tinglaydilar.  “Eng  yaxshi  hisobchi”, “Kim aniqroq  va tezroq  kabi  o’yinlarda  o’z o’rtoqlarining   misolni   qanchalik  to’gri- noto’g’ri  yechayotganlarini  kuzatib  boradilar.  Bu esa  oqituvchiga  o’quvchi  faoliyatiga  individual  munosabatda  bo’lish  imkonini  beradi.

Didaktik  o.yinlar  o’tkazilish  jarayonida  bolalarning  o’zlarini  mustaqil  boshqara  olishda  o’rganishlarini  ta’kidlab  o’tish  lozim.

Didaktik  o’yinlarning  tarbiyaviy  ahamiyati  nimalardan  iborat?

Tajribada  shuni  ko’rsatadiki,  didaktik  o’yinlar  hamjihatlik  va  intizomlikni  tarbiyalashga  yordam  beradi,  chunki  har  bir  o’yin  g’alaba  qozonishga  intilish  bilan  bog’liq  bo’lib, o’yin  shartlari va  qoidalariga  qat’iy  va izchil  rioya  qilishni talab  etadi. “Eng  yaxshi  hisobchi”,  “Ko’rganni  eslab  qolish”  kabi  o’yinlarni  o’tkazish  paytida  o’quvchilar  sinf  xonasida  jimjitlik  bo’lishiga  o’quvchilarning  o’zlarini  tuta  bilishlariga, partadan  tovusn  chiqarmay  turib,  oyoq  uchida  doskada  chiqa  olishlariga,  joylariga  osoyishtalik  bilan  qaytib  kelib  o’tkazishlariga,  tovushlarni  diqqat  bilan  tinglashlariga,  raqamlarga zehn bilan  qarashlariga  erishadilar.

Darsda  o’yinqaroqlik  qilib  o’tiradigan  va  o’qituvchini  bitta  dars  davomida  10-15 martagacha  tanbeh  berishga  majbur  etadigan  bolalar  ham  uchrab  turadi. Biroq  o’yin  o’tkazilayotgan  vaqtda  bunday  bolalarning  xulq –atvori  tamoman  o’zgarib  ketadi.  Ular  darhol  o’zlarini  tutib  oladilar,  o’qituvchining  o’yin  qoidalarini  ko’rsatib  berishini  kutib  o’tirmaydilar  ham,  qoidalarini  o’zlari  mustaqil  bajaradilar.

 

Didaktik  o’yinlar  jarayonida  bolalarda  uyushqoqlik,  vaqtni  iloji  boricha  tejay  bilish  xislatlari  tarbiyalanadi.



Didaktik o’yinlarda  tirishqoqlik, matonatlilik,  boshlangan  ishni  ohirigacha  yetkaza  bilish  singari  eng  kerakli  irodaviy  sifatlar  tarbiyalanadi. Masalan  “Doiraviy  misollar “  o’yinida  oltita  misolning  hammasini  yechish  kerak,  aks  holda, oxirgi  sonning  birinchisiga  to’g’ri  kelish- kelmasligini  bilib  bo’lmaydi.  Ana  shuning  o’zi  bolalarni  faollashatirib  yuboradi  va  ular  misolni  yechmay  qo’ymaydilar.

Sinfdan  tashqari  mashg’ulotlarda  o’tkaziladigan  o’yinlar  bolalarning bo’sh  vaqtini  samarali  o’tkazish  vositasidir. O’yinlardan  esa  qo’shimcha  mashg’ukotlarda  unumli  foydalaniladi. Bolalar  jon — dillari  bilan  darsdan  keyin  qolishga  rozi  bo’ladilar. 

Didaktik  o’yin  sifatida  foydalanmoqchi  bo’lsak,  unda  u  bolalardan:  “Har  bir  qatordan  ikkitadan  eng  yaxshi  hisoblovchini  tanlash  kerak.Ular  misollarni yechadi  va javobini  yozadi. Ulardan  qaysi  biri  tez  yechsa,  o’sha  qator  g’olib  bo’ladi.

Avval’  birinchi  qatordagi  partadan  ikki o’quvchi  chiqib,  misollarni  tez  yechadilar  va natijalariga  qarab  chap  yoki o’ng  qatoriga  o’tiradi.

Keyin bu o’yin  takrorlanadi  va  boshqa  qatordagi  partada  o’tirgan o’quvchilar  bajaradi.  Bu  ishni  didaktik  mashq  sifatida  bajarish  mumkin.  Bu  vaqtda faqat  chap  tomonda  yoki  o’ng  tomonda  yozilgan  misollar  ishlanadi.

O’qituvchi  bu  misolni  ( 80 – 15 + 13 – 8 – 40 – 2 ) o’quvchilar  ketma – ket  bajarishga  ulguradigan  tarzda  sekinlik  bilan  o’qiydi, keyin  natijasini  aniqlaydi  va  doskaga  yozib  qo’yadi.

 

DIDAKTIK  O’YINLARNING  TURLARI.



Didaktik  o’yinlar  tuzilishiga  ko’ra  2 asosiy  guruhga  bo’linadi: syujetli- rolli  o’yin  va  o’yin – mashqlar.

Syujetli-rolli  o’yin  biror  syujetga  asoslanadi,  ro’llarga   bo’linadi,  o’yin  harakteri  va  qoidasi  bo’ladi. Masalan: “Kema  marshrutini  aniqla”, “Telefo’n”, “Telegraf”,  “To’p  kimga  beriladi?” kabilar.

O’yin- mashqlarda  faqat  alohida  o’yin  elementi  kiritgan  bo’lib, yoki  topishmoq,  biror  qoida  yoki  o’yinning  biror  harakati  olinadi.  Bunday  o’yinlarga  “Zanjir”, “Jim”,  “Matematik  estafeta”, “Doiraviy  misollar”, “Uychani  to’ldir”  kabilar  kiradi.  Bu  tur  o’yinlarni   tashkil  qilish  oson , uni  o’tgazishga  kamroq  vaqt  ketadi,  lekin  o’quvchilarda  syujetli-rolli  o’yinlar  o’yin-mashqlarga  ko’ra  ko’proq  qiziqish  uyg’otadi.

O’yindagi  o’quvchilarning  o’quv – bilish  faoliyatiga  ko’ra  o’yinlarni  yana  bir necha  turga  ajratish  mumkin:

1.O’quvchi  faqat  ijrochi  sifatida  qatnashadigan  o’yinlar:  bunda  o’quvchilar  namunada  ko’rsatilganidek  harakat  qiladilar.  Masalan:  “Naqsh  tuzamiz”   o’yini  kabi.


  1. O’tilgan bor  mavzuni  esga  olib,  takrorlashni  talab  qiladigan  o’yinlar.  Bunda  masalan  o’quvchilarning  arifmetik  amallarni  bajarish  yuzasidan  olgan  bilim , ko’nikma va  malakalari  mustahkamlanadi. Bunday  o’yinlarga “Matematik  baliqchi”, “Eng  yaxshi  uchuvchi”, “Parashutni  qo’ndir’’ o’yinlar  kiradi.

  2. Biror bir  narsani  o’zgartirish  bilan  bog’liq  bo’lgan  o’yinlar.  Bunday  o’yinlarda  o’quvchilar  berilgan  masala  va  misolni  ularga  mantiqiy  bog’liq  bo’lgfan  boshqa  masala  va  misol  bilan  almashtiradilar. Masalan; “Matematik  estafeta”,  “Zanjir”, “Doiraviy  misollar”,  ya’ni  bunday  o’yinlarga  o’z-o’zini  va  bir-birini  nazorat  qilishga   o’rgatuvchi  o’yinlar  ham  kiradi:  “Nazoratchilar”,  “Bilmasvoyni  tekshir”  va  hokazo.

 

  1. Izlanish va  ijodiy  yondashuvni  talab qiluvchi  o’yinlar  4-guruhga

 

kiritiladi.Bunday o‘yinlarda  o’quvchilardan topqirlik,mustaqillik,  ijod  qilish  kabilar  talab  qilinadi.  Masalan:  “Topishmoqni  top”,  “Samolyotning  yo’lini  aniqla”  kabi  o’yinlar  shular  jumlasidandir.

Matematika  darsloari  xususiyatdan  kelib  chiqib, o’yin- musobaqalarni

va  olimpiada   o’yinlarini  ham  ajratish  mumkin.  Musobaqa-o’yinda  topshiriqlarni  bajarishning  tezligi  va  to’g’riligi  e’tiborga  olinsa,  olimpiada  o’yinlarida  topshiriqning  mazmuni,  bajarilish  sifati  birinchi  o’ringa  qo’yiladi.

Har bir  didaktik  o’yin  o’z  navbatida  quyidagi  komponetlardan  tuziladi:  o’yin  maqsadi,  qoidalari,  jihozi, mazmuni,  natijasi.

1.O’yin  qoidalari  o’yinni  olib  borish  va  unga  qatnashish  tarkibini  aniqlab  beradi.  Qoidalar  o’yin  maqsadidagi  mos  holda  o’quvchilar  faoliyatini  tartibga  solish  uchun  kerak  bo’ladi.



  1. O’yin mazmuni  o’quvchilarning  bajarishi  kerak  bo’lgan  harakatlari  bilan  aniqlanadi,  matematika  darslarida  bu  harakatlar  ko’proq  misol  va  masala  yechishdan  iborat  bo’ladi. O’yin  jihozi  o’yinni  o’tgazish  uchun  kerak  bo’lgan  predmet-modellar,  real  va  shartli  predmetlar,  kartochka  va  ko’rgazmalardan  iborat.

3.O’yin  natijasi  qo’yilgan  vazifaning  bajarilishi  bilan  aniqlanadi. Natija  o’quvchilarni  qoniqtirish  kerak.

 

DIDAKTIK  O’YINLARNI  O’TKAZISH



QOIDALARI.

Didaktik  o’yinlarni  tanlashda  o’quvchilarga  bilim  va  tarbiya  berishning  quyidagi  tartib- qoidalariga  rioya  qilinadi:



  1. Didaktik o’yinlarni  tanlash  va  ulardan  foydalanishda  o’quvchilarning  yosh  xususiyatlari,   pedagogik  jihatdan  tayorgarligi  va  bilim  saviyasi  hisobga  olinadi.

  2. Tanlangan  har  bir  o’yin  o’quvchilarga  sistemali  bilim  berish,  malaka  va  ko’nikmalar  hosil  qilish  bilan  birga  ularning  barkamol  bo’lib  yetishishiga  va  ruhan  tetik  o’sishga  qaratilgan  bo’ladi.

  3. Didaktik  o’yinlarni  tanlashda  ta’limning  aniq  maqsad  va vazifalari  asos  qilib  olinadi.  Didaktik  o’yinlar  ta’lim  mazmunini  aniqlashtirishning  muhim  vositalaridandir.  U  o’quvchilarda  o’qish  motivini,  istagini  rivojlantirishga  xizmat  qiladi.

  4. Izlanish va  ijodiy  yondashuvni  talab qiluvchi  o’yinlar  4-guruhga

 

kiritiladi.Bunday o‘yinlarda  o’quvchilardan topqirlik,mustaqillik,  ijod  qilish  kabilar  talab  qilinadi.  Masalan:  “Topishmoqni  top”,  “Samolyotning  yo’lini  aniqla”  kabi  o’yinlar  shular  jumlasidandir.

Matematika  darsloari  xususiyatdan  kelib  chiqib, o’yin- musobaqalarni

va  olimpiada   o’yinlarini  ham  ajratish  mumkin.  Musobaqa-o’yinda  topshiriqlarni  bajarishning  tezligi  va  to’g’riligi  e’tiborga  olinsa,  olimpiada  o’yinlarida  topshiriqning  mazmuni,  bajarilish  sifati  birinchi  o’ringa  qo’yiladi.

Har bir  didaktik  o’yin  o’z  navbatida  quyidagi  komponetlardan  tuziladi:  o’yin  maqsadi,  qoidalari,  jihozi, mazmuni,  natijasi.

1.O’yin  qoidalari  o’yinni  olib  borish  va  unga  qatnashish  tarkibini  aniqlab  beradi.  Qoidalar  o’yin  maqsadidagi  mos  holda  o’quvchilar  faoliyatini  tartibga  solish  uchun  kerak  bo’ladi.



  1. O’yin mazmuni  o’quvchilarning  bajarishi  kerak  bo’lgan  harakatlari  bilan  aniqlanadi,  matematika  darslarida  bu  harakatlar  ko’proq  misol  va  masala  yechishdan  iborat  bo’ladi. O’yin  jihozi  o’yinni  o’tgazish  uchun  kerak  bo’lgan  predmet-modellar,  real  va  shartli  predmetlar,  kartochka  va  ko’rgazmalardan  iborat.

3.O’yin  natijasi  qo’yilgan  vazifaning  bajarilishi  bilan  aniqlanadi. Natija  o’quvchilarni  qoniqtirish  kerak.

 

DIDAKTIK  O’YINLARNI  O’TKAZISH



QOIDALARI.

Didaktik  o’yinlarni  tanlashda  o’quvchilarga  bilim  va  tarbiya  berishning  quyidagi  tartib- qoidalariga  rioya  qilinadi:



  1. Didaktik o’yinlarni  tanlash  va  ulardan  foydalanishda  o’quvchilarning  yosh  xususiyatlari,   pedagogik  jihatdan  tayorgarligi  va  bilim  saviyasi  hisobga  olinadi.

  2. Tanlangan  har  bir  o’yin  o’quvchilarga  sistemali  bilim  berish,  malaka  va  ko’nikmalar  hosil  qilish  bilan  birga  ularning  barkamol  bo’lib  yetishishiga  va  ruhan  tetik  o’sishga  qaratilgan  bo’ladi.

  3. Didaktik  o’yinlarni  tanlashda  ta’limning  aniq  maqsad  va vazifalari  asos  qilib  olinadi.  Didaktik  o’yinlar  ta’lim  mazmunini  aniqlashtirishning  muhim  vositalaridandir.  U  o’quvchilarda  o’qish  motivini,  istagini  rivojlantirishga  xizmat  qiladi.

Didaktik  o’yin-ta’lim  beruvchi  usul  bo’lib,  bu  usul  muayyan  ta’limiy  maqsadlarga  erishuvga,  ya’ni  o’tilgan  o’quv  materialini  aniqlashga,  mustahkamlashga  va  uni  chuqurlashtirishga  qaratilgan  bo’ladi. Har  bir  didaktik  o’yinni  o’tgazishda  muayyan  bir  vazifa  maqsad  qilib  olinadi. Masalan: “Doiraviy  misollar  o’yinida  esa  ikkinchi  o’nlik  ichida  hisoblash  malakalarini  mustahkamlashdan  iborat  bo’lgan  didaktik  topshiriq  qo’yiladi.

Didaktik  topshiriq  darsga  qo’yiladigan  umumiy  maqsadining  bir  qismini  tashkil  qiladi.

Har  bir  didaktik  o’yinning  ham  har  qanday  o’yindagi  singari  qoidalari  bo’ladi.  O’sha  qoidalarga  aml  qilinmsa, o’yinning  o’yin  sifatidagi  ahamiyatli  binobarin ,  o’yinnig  ta’lim – tarbiyaviy  va  psixologik  ahamiyati  yo’qoladi.  O’yin  qoidalari  o’yin  topshirig;iga  kiritiladi.

O’yin  topshirig’i – o’qituvchining  bolalarga o’yinning  qanday  o’ynalishini,  kim  g’olibligini  aniqlashdan  iborat.

“ Jimjitlik” o’yinida  bolalarga  beriladigan  topshiriq  o’qituvchi  ko’rsatgan  buyumlar  miqdorini  “xayol”da  sanab,  yechish  va  son  natijasini  topishdir.  O’tyin  qoidasi  ovoz  chiqarmasdan  harakat  qilishni  talab  etadi.

Quyidagi  didaktik  materiallardan  foydalaniladi:  suratlar,  jadvallar  abak  (sanoq  asbobi),  o’yinchoqlar,  cho’tlar,  cho’plar,  qo’lda  yasalgan  qog’oz  qayiqcha  va  qalpoqcha,  geometrik   shakllar  solingan  qutichalar.

Qo’llaniladigan  o’yinl;ar  nomi:  “Sanayver”, “Ko’rganni  eslab  qol”,  “Biz  kamayib  qoldik”,  “Nima  o’zgardi”, “Nechta  ekanligini  top”, “Jadvalni  qidirib  top”, “Hisoblashni  kim  bilsa  davom  ettiraversin “, “Uychaga  kim  tez  kiradi”, “Kim  chaqqon”,  “Eng  yaxshi  hisobchi”, “O’z  o’rningni  top”, “Misollar  zanjiri”, ” Sonni  kim  tez  ko’rsatadi”.

 

 



 

 

 



 

Fodalanilgan  adabiyotlar.

 

 



 

 


  1. KARIMOV I. A BARKAMOL AVLOD – O’ZBEKISTON  TARAQIYOTINING

POYDEVORI  TOSHKENT  SHARQ  NASHRIYOT – MATBA  KONSERI.

  1. N. ABDURAHMONOVA, M. JUMAYEV, L. O’RINBOYEVA

BOSHLANG’ICH  SINFLAR  UCHUN  MATEMATIKADAN  DIDAKTIK

MATERIALLAR.



  1. M. E JUMAYEV,  Z. G’ TADJIYEVA,  O. TOSHMETOVA,  Z. YUNOSOVA

“BOSHLAG’ICH  SINFLARDA  MATEMATIKADAN  FAKULTATIV

DARSLARNI  TASHKIL  ETISH  METODIKASI”  TOSHKENT  2005-YIL
Download 20.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling