Reja: Didaktik tamoyillar


Download 45.05 Kb.
Sana21.06.2023
Hajmi45.05 Kb.
#1640281
Bog'liq
Mehnat Indira — копия (2)


Mavzu: Mehnat ta’limining didaktik tamoyillari.

Reja:



  1. Didaktik tamoyillar.

  2. Faollik tamoyili.

  3. Mehnat ta’limini didaktik tamondan o’rganish.

Didaktik tamoyil – bu o’qitish va o’qish jarayonida qo’llaniladigan, darsning samaraligini oshirishga yo’naltirilgan qoidalardir.


Ta’limda ulardan foydalanish darsdan kutilgan maqsadga erishish uchun yaxshi natija beradi.
Quyida ulardan bir nechtasini sanab o’tamiz.
Faollik tamoyili o’quvchi uchun o’zi qatnashgan , yetakchilik qilgan dars jarayoni o’rganish va esda saqlab qolish uchun eng munosib darsdir.
Shu tufyli, o’quv vaziyati bir o’quvchi bir nechta jarayonda ishtirok eta oladigan qilib tashkillashtirilishi kerak. Natijada bu bilim uning xotirasida chuqurroq o’rnashib qoladi.
O’quvchi individual o’zlashtirish qobiliyatiga ham o’zi faol bo’lgan darslarda takror-takror qatnashish orqali erishishi mumkin.
Buning uchun esa, o’qituvchi juda yaxshi uslubiy qobiliyatlarga va ko’nikmalarga ega bo’lishi kerak.
Didaktika tamoyillari deganda ta’limning yagona didaktik aniq asosga ega tamoyillarining ijtimoiy taraqqiyot talablariga javob berishi tushuniladi.
Psixologiyadan olingan tadqiqot ma’lumotlari ilg’or pedogogika tajribalarini hisobga oladi.
Mehnat ta’limi tamoyillarini bayon qilishda ularni juftlab o’rganish tamoyilini to’g’ri deb hisoblash kerak.
Shunday qilinganda mehnat ta’limi didaktikasining ayrim tamoyillari o’rtasidaki muayyan obektiv mavjud aloqani ko’rsatishga imkoniyat tug’iladi.
O’qilayotgan mavzu, albatta, amaliyotga taaluqli bo’lishi shart.
Bu o’quvchilarning ta’lim olishga ishtiyoqini oshiradi. Ular kasb-hunar amaliyotida haqiqatdan ham qo’llaniladigan bilimlarni o’rganayotganliklarini his qiladilar.
Nazariy bilimlar doimo kasb-hunar amaliyoti bilanbog’lanishi lozim.
Mehnat ta’limining onglilik, izchillik, faollik, ta’lim berishning puxtaligi kabi didaktik tamoyillariga alohida ta’rif berganda, ular o’rtasidagi ta’sir qiladigan aloqani belgilab bo’lmaydi.
Aksincha, agar mehnat ta’limining didaktik tamoyillari juft tarzda ularning asosiy qoidalarining birligi nuqtaiy nazaridan ko’rib chiqilsa u holda mazkur tamoyillarning tizimi quyidagicha bo’lishi mumkin: mehnat ta’limining ongliligi va faolligi, muntazamligi va obstrakligi o’quv tarbiya asosida ta’lim berishda mehnat ta’limi o’qituvchisi shuni unutmasligi kerakki, o’quv ustaxonalaridagi amaliy mashg’ulotdagi harakatda yuqorida sanab o’tilgan mehnat tamoyillardan bitta yoki bir nechtasi bo’ladi.
Didaktika grekcha so’z bo’lib, saboq bo’ladigan degan so’zdan kelib chqqan. So’zma-so’z tajriba qilinganda didaktika ta’lim nazariyasi demakdir.
Didaktika hususiy metodikalar bilan bog’langan holda barcha o’quv fanlari uchun umumiy qonun va qoidalarni bbelgilab beradi.
Ma’lumki, har qanday fanni rivojlantirish didaktik tamoyillarga asoslanadi.
Amaliy ta’lim ham o’z navbatida nazariy bilimlarga ega bo’lishi kerak. Maktabda tarbiya ta’lim bilan chambarchas bog’liq ta’lim jarayonini tashkil etishga asos bo’ladigan yetakchi qoidalar didaktik prinsplar hisoblanadi.
Didaktik prinsplarga ta’lim va tarbiyaning birligi, ilmiylik, nazariya bilan amaliyotning bog’liqligi, izchillik sistemalilik, ko’rsatmalilik, onglilik va aktivlik kabilar kiradi.
Didaktik prinsplar o’zaro bog’liqdir. Shu sababli har bir konkret mashg’ulotni o’tkazishda bir yo’la qator didaktik prinsplarning talablarini hisobga olish va ularni kompleks amalga oshishi uchunsharoit yaratish kerak.
Masalan, ta’limda ilmiylik prinspini ta’minlash bilan o’quvchilarning onglilik va aktivligiga oson erishish mumkin va aksincha, agar o’quvchilar ta’limga nisbatan ongli aktiv munosabatda bo’lsalar, ta’limning ilmiylik saviyasini ta’minlash oson bo’ladi.
Agar ta’limda ko’rsatmalilik amalga oshirilsa, nazariyaning amaliyot bilan bog’liqligi prinspi ham amalga oshadi.
Aksincha agar nazariyani o’rganish amaliyot bilan uzviy bog’liq olib borilsa, ta’limda ko’rsatmalilikni ta’minlash uchun sharoitlar yaratiladi.
Hamma o’quv predmetlari uchun didaktik prinsplar umumiydir.
Ammo har bir konkret holda ularni qo’llash o’z hususiyatlarga ega. Didaktika pedogogikaning ta’lim jarayoni umumiy qonuniyatlarini o’rganadigan qismidir.
Didaktika grekcha so’z bo’lib, saboq bo’ladigan degan so’zdan kelib chiqadi.
So’zma so’z tarjima qilinganda didaktika ta’lim nazariyasi demakdir.
Didaktika hususiy metodikalar bilan bog’langan holda barcha o’quv fanlari uchun umumiy qonun va qoidalarni belgilab beradi.
Mehnat va kasb ta’limi o’qitish uslubi fanidan bu tamoyillar mehnat darslari jarayonida amalga oshadi.
Mehnat fanini o’qitishning didaktik tamoyillari va ularning mohiyatini bilish mazkur jarayon borasida aniq tasavvurga ega bo’lishimizga imkon yaratadi.
Mehnat darslarida ilmiylik va tizimlilik tamoyili- o’quvchilarga o’rgatish uchun ilmiy jihatdan asoslangan, amalda sinab ko’rilgan ma’lumotlar berilishini talabetadi.
Ularni tanlab olishda fan va texnikaning eng so’ngi yutuqlari va kashfiyotlaridan foydalanish kerak.
Ilmiy bilimlarni egallash jarayonida o’quvchilarada ilmiy dunyoqarash, tafakkur rivojlanadi.
Har bir darsda o’qitiladigan o’quv materialining ilmiy mazmuni keng va chuqur bo’lishi bilim, balki tafakkur hosil bo’lishi hamda ularning ijodiy qobilayatini shakllantirishi kerak.
Buning uchun esa o’qituvchi o’z ilmiy saviyasini izchil ravishda oshirib borishi zamonaviy pedogogik tehnologiyalar, kashfiyotlar va ilmiy yangiliklardan foydalanmog’i lozim.
Mehnat ta’limi bo’yicha o’quv materiallarining mazmuni fan va tehnika taraqqiyotining hozirgi zamon darajasiga mos, o’quvchilarga tushunarli bo’lishi va bajara oladigan bo’lishi uchun nazariy ma’lumotlargina emas o’quvchilar organizmiga tushadigan jismoniy niogruskalarni ham nazarda tutishi lozim.
Mehnat darslarida o’qituvchi charchashning tashqi alomatlarini kuzatib turishi va shunga ko’ra jismoniy nogruskalarni boshqarib borishi lozim.
O’quvchilarning individual xususiyatlari o’quv materialini, mehnat malaka va ko’nikmalarini o’zlashtirishlaridagina emas, mehnatga munosabatlarida ham namoyon bo’ladi.
O’quv materiallarini o’zlashtirish qobiliyatlari bo’yicha o’quvchilar bir-biridan sezirarli farq qiladi.
Buning sababi o’quvchilarning ba’zilari oilada, ba’zilari tehnik to’garaklarda mehnatga birmuncha tayyorgarlik ko’radi.
Mehnat ta’limi o’qituvchisi topshiriqlar tanlashda ana shularning hammasini xisobga olishi kerak.
Mehnat ta’limi bosqichlari orasidagi izchillik politexnik prinsp uchun kata ahamiyatga ega.
Mehnat darslarini onglilik va faollik tamoyili asosida o’qitish o’quvchilarda ilmiy bilimlarni hamda ularda amalda qo’llash metodlarini ongli va faol egallab oladigan, ularda ijodiy tashabbuskorlik va o’quv faoliyatida mustaqillik, tafakkur, nutqni rivojlanadigan bo’ladi.
O’qitishdagi onglilik tamoyili o’quvchilardagi ta’lim jarayonini aniq maqsadlarini tushunish, o’rganilayotgan dalil, hodisa, jarayonlar va ular o’rtasidagi bog’lanishni tushungan holda o’zlashtirib olish, o’zlashtirilgan bilimlarni amaliy faoliyatga qo’llay bilish kabi me’yorlarnianglatadi.
O’quvchilardagi mavjud bilim va ko’nikmalariga tayanib, obrazli taqqoslash usulidan foydalanib, har bir so’z va gapning tom ma’nosini ochib berish qoidasi.
O’quvchilarning o’zaro o’qitish kuchidan unumli foydalanib, qo’yiladigan savollarga jamoa bo’lib javob toppish qoidasi. Hech qachono’qituvchi aytganlarini qaytarish birovlardan ko’chirish va aytib turish hollari kuzatilmasligi kerak.
O’quvchi o’rganayotgan bilimlar, albatta nazariy tasdiqlangan va amalda sinalgan bo’lishi kerak.
Tizimlilik va izchillik tamoyili asosida o’qitish o’qitishni shunday tashkil etishni talab etadiki, bunda o’quv fanlarini o’qitish qat’iy mantiqiy tartibda olib boriladi.
O’quvchilar bilim ko’nikma va malakalarini izchillik bilan gallab boradilar va ayni paytda amaliy vazifalarni hal qilish uchun ulardan foydalanishni o’rganadilar.
Tizimlilik va izchillilik tamoyili pedogogik jarayonning hamma bo’g’inlarida amalga oshiriladi.
O’quv materialini to’g’ri taqsimlash ya’ni oddiydan murakkabga, oddiy operatsiyalardan bajarishga o’tishni talab qiladi.
Izchillik tamoyili- elementar didaktika qoidalariga amal qilishni talab etadi: Oddiydan murakkabga, ma’lumdan noma’lumga.
Mavzularni o’tishda yoki tehnologik muammolarni yechishda o’qituvchi darsni shunday rejalashtirishi kerakki, o’quvchilarga tushunarli bo’lsin.
Bunda o’quvchilarni yosh individual xususiyatlari hisobga olinishi kerak.
Texnologiya darslarida nazariya bilan amaliyot birligi tamoyili asosida tashkil etish – ilmiy bilimlar kishilarning ishlab chiqarish faoliyati ehtiyojlari asosida paydo bo’ladi.
Ana shu faoliyatga xizmat qilganligi va hayot bilan bog’langanligi sababli, bu bilimlarni egallash uchun mazmunan o’zlashtirish va amalda qo’llash zarur.
O’quvchilar amaliy faoliyatga tayyorlash nazariy bilimlarni egallash jarayonida boshlanadi.
Keyinchalik u tajriba va maliy mashg’ulotlarda davom ettiriladi.
Bu mashg’ulotlarda o’quvchilar o’qituvchi rahbarligida tajriba sharoitida olingan bilimlarni tekshiradilar.
Mustahkamlaydilar, chuqurlashtiradilar ularni amalda qo’llanish ko’nikma va malakalarini hosil qiladilar.
Nazariya bilan amaliyot birligini bog’lshning har xil shakllari mavjuddir:

  • Har qanday bilimning to’g’riligi amaliyotda sinalib, tasdiqlanadi:

  • Amaliyot-haqiqat mezoni, bilishning manbai va tadqiqiot natijalarining qo’llanish ko’lami.

  • Ta’lim-tarbiyaning samaradorligi uning amaliyot bilan qanchalik bog’liqligi bilan belgilanadi.

  • Bilim berishning samaradorligi, uning politexnik ta’lim bilan bog’liqligi bilan belgilanadi.

  • Berilayotgan bilim hayot bilan qanchalik bog’lansa, bolalardagi bilim egallash shunchalik ongli kechadi.

Mustahkamlash va puxta o’zlashtirish tamoyili asosida tashkil etish mustahkam va puhta o’zlashtirish tamoyilida barcha ilg’or o’qituvchilar va pedogog olimlarning ko’p yillik izlanishlari o’z ifodasini topgan.
Unda nazariy bilimlar bilan emperik bilimlar birlashib mustahkamlangan.
Bilimlarni mustahkamlash egallash jarayoni juda murakkab bo’lib, keying yillardagi tadqiqotlar bu jarayonga o’zlashtirish kiritdi.
Politexnik tamoyili asosida tashkil etistexnologiya fani bosqichlari orasidagi izchillik poliexnik tamoyili kata ahamiyatga ega.
Ustaxonalardagi mashg’ulotlarda o’smirlar quyi sinflarda o’zlashtirgan qator politexnik malakalrni qo’llashi va takomillashtirishi juda muhim.
Qog’ozni rejalashfda chizg’ich, go’niya va qalamdan foydalanish malakalari juda foydali bo’ladi.
Texnologiya fanlarini unumli mehnat asosida o’qitish tamoyili ayrim pedogogika nazoratchilari o’qitishni unumli mehnat bilan qo’shib olib borib bo’lmaydi degan fikrni ilgari surgan edilar.
Tehnologiya, mehnat ta’limi darslarida bajariladigan ishlar mashq asosida olib borilsa yetarli bo’ladi degan fikrni ilgari surgan edilar.
Lekin hayot shuni ko’rsatadiki bu fikr noto’g’ri ekanini ya’ni o’quvchi o’z mehnatining yakunini ko’rgandagina unda mehnatga qiziqish hamda mehnat kishisiga humat ortishi isbotlangan.
Shuni uchun hamm tehnologiya darslari unumli mehnat asosida olib boorish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Umumiy ta’lim muassasalarida didaktika nazariyasida bilim tushunchasi quyidagi ikki xil ma’noda izohlanadi:
O’quvchilar o’zlashtirishi lozim bo’lgan blimlar;
Ular tamonidan o’zlashtirilib, amaliy faoliyat jarayonida qo’llaniladigan, shaxsiy tajribaga aylangan bilimlar.
Bilimlar faoliyat yuritish jarayonidagina mustahkamlanadi.
Shu sababli o’quvchilarda nazariy bilimlarni amalda qo’llay olish iqtidorini tarbiyalash lozim.
Amaliyotdagi tajribaga ega bo’lmagan bilimlar tez orada unitiladi. Tehnologiya fanining didakik tamoyillari, ya’ni dastlabki qoidalari ana shulardan iborat.
Ularga amal qilingan holda pedogogik faoliyatni tashkil etish o’qituvchining pedogogik mahoratini oshirib borishi, o’quvchilarning aqliy va axloqiy sifatlarini egallashlari, shuningdek, ularda shaxsiy tajribalarning hosil bo’lishiga zamin yaratadi.
Bugungi kunda ta’limda fikr yuritish eslab qolishdan ustunlik qilishi isbotlangan.
Shuning uchun o’quvchilar aqliy quvvatni tejash maqsadida, ulardan keraksiz va kam e’tiborli narsalarni eslab qolishiga kamroq e’tibor berib uning hisobiga fikr yuritishiga ko’proq kuch sarflashiga yordam brish lozim.
O’quvchilar tushunib yetadigan yoki noto’g’ri tushunib qolgan narsalarni eslab qolmasliklariga e’tibor berish lozim.
Bola faqat yaxshi tushunib yetib, uning to’g’riligiga ishonch hosil qilgan narsasini xotirasida saqlaydi.
Y.A.Komenskiyning – hamma narsa uzluksiz ketma-ketlikda olib borilishi kerak, bugungi aytganlaringiz kechagisini mustahkamlashi va ertangi aytganingizga yo’l ochib berishi kerak degan nasihatini unutmaslik kerak. Har qanday bilimning to’g’riligi amaliyotda sinalib, tasdiqlanadi.
Amaliyot- haqiqat mezoni, bilishning manbai va tadqiot natijalarining qo’llanish ko’lami. Ta’lim tarbiyaning samaradorligi uning amaliyot bilan anchalik bog’liqligi bilan belgilanadi.
Berilayotgan bilim hayot bilan qanchalik bog’lansa, bolalardagi bilim egallash shunchalik ongli kechadi.
Dars maktabdagi ta’limishining asosiy tashkiliy form asosiy tashkiliy formasidir.
Ustaxonalardagi mashg’ulotlarda dars mehnat ta’limining asosiy vazifalarini amalga oshirish, yangi materialni bayon qilishni amaliy topshiriq berish va uni hal qilish bilan yaxshi bog’lash, o’quvchilarni aktivlashtirish, ijtimoiy foydali mehnatga jalb etishni amalga oshirish imkonini beradi.
Mehnat dasrlar boshqa o’quv predmetlariga nisbatan qator xususiyatlarga ega.
Didaktik maqsadning aniqligi. Odatda har bir darsda qator didaktik masalalar xal qilinadi, ko’pincha ularning bittasi ustunroq bo’ladi.
Masalan, O’quvchilarga bilim beriladi, ularda ko’nikma va malakalar shakllanadi, tehnik ijodiyiot qobiliyati va hakozolar rivojlanadi.
Ammo ana shu ta’limiy vazifalar xar qanday darsda birday xal qilimaydi.
Bu ko’p jihatdan dasrning mazmuniga bog’liq. Masalan, modellashtirishga bag’ishlangan darslarda ayniqsa texnik tafakkurni, fazoviy tasavvurni rivojlantirish uchu yaxshi sharoitlar vujudga keladi.
O’quvchilar modellarni tayyorlar ekan, olgari olgan bilim va malakalarini mustahkamlaydilar va takomillashtiradilar, ammo bu mazkur xolda asosiy emas, yo’l-yo’lakay qo’yilmaydigan hal qilinuvchi vazifa hisoblanadi.
Dars sturukturasi, tayyorlash obekti, metodik vositalar – bularning xammasi birinchi navbatda asosiy didaktik vazifaga bo’ysunadi, uni bajarishga yo’naltiradi.
Shu bilan birga boshqa o’quv vazifalarining bajarilishiga to’qinlik qiladigan sharoitlar vujudga kelishiga ham yo’l qo’yilmaydi.
Mehnat ko’nikmalarini shakllantirish vazifasi birinchi o’rinda turadi.
Har qanday mehnat operatsiyasini o’rganish o’quvchilarga operatsiyaning mohiyati, asboslar, ish usullari va hakozolar shaklida ma’lum darajada bilimlar berishdan boshlanadi.
Ko’pincha mehnat usullarini bajarish uchun zarur bilimlarni egallash usullarining egallashdan ancha osonroq bo’ladi.
Shu sababli o’qituvchi o’rgatishda diqqatini mehnat usullarini to’g’ri bajarilishiga qaratadi.
Mehnat ta’limi o’qituvchisi darsga tayyorlanganda mazkur dasda didaktik vazifalarning qaysilari asosiy vazifalar hisoblanishini aniqlaydilar, ularga darsning maqsadi sifatida qaraydi va darsni shunga ko’ra tashkil etadi.
Mehnat darslarida mehnat tarbiyasiga mehnat ta’limining asosiy vazifalaridan biri sifatida qaraladi.
Bundan esa o’qituvchi o’z oldiga tarbiyaviy xarakterdagi muayyan vazifani qo’ymagan darsni yaxshi dars deb hisoblab bo’lmaydi.
Kishining mehnatga munosabatiga qarab uning mehnat tarbiyasiga qarab uning mehnat tarbiyasi haqida hukm chiqarish mumkin.
Har bir darsdagi ta’lim protsessi o’quvchilarni mehnatga muhabbat uyg’otadigan yo’sinda tashkil qilishi kerak.
Buning uchun o’qituvchi ish obektini tanlashda faqat uning dastur talablariga mosligi haqida emas, o’quvchilarni qanday qiziqish, jonlanish uyg’otishi, ya’ni ularni qiziqtirish, musobaqaga rag’batlantirish va hokozolar haqida o’ylashi kerak.
O’quvchilariga ish o’rnini tayyorlamasdan turib ishlashga kirishmaslik, nosoz asboblar bilan ishlamslik kabi mehnat madaniyatining ma’lum qoidalarini singdirish kerak.
Foydalanilga adabiyotlar ro’yhati.

  1. Azizxo’jayeva N. Pedogogik tehnologiyalar va pedogogik maxorat.-T2003-y

  2. Axlidinov R. maktabni boshqarish san’ati.T.,,Fan’’, 2006-y

  3. Ishmuhammedov R. Abduqodirov A. Pardayev A. Ta’limda innavotsion tehnologiyalar.T. Istedod,2008-180-bet.

  4. Ishmuhammedov R. Innavosion texnologiyalar yordamida ta’limi samaradorligini oshirish yo’llari – T; Nizomiy nomidagi TDPU 2005-yil.

  5. Yo’ldoshev J.G’. Usmonov S.A Pedogogik texnologiya asoslari qo’llanma T.sharq.1997-y.

  6. Mirsaidov K ,,Maxsus fanlarni o’qitish va ishlab chiqarish ta’limi’’. T.1996-y

Download 45.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling