Reja: Didaktika haqida tushuncha. Bilish – ta‘lim jarayonining metodologik asosidir. Ta‘lim jarayoni mohiyati va uning ikki tomonlama xususiyati. Ta'lim o'qituvchi va o'quvchilarning birgalikdagi faoliyati jarayonidir


Download 393 Kb.
bet1/5
Sana10.03.2023
Hajmi393 Kb.
#1257512
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Didaktika fani va uning vazifalari


Didaktika fani va uning vazifalari


Reja:
1. Didaktika haqida tushuncha.
2. Bilish – ta‘lim jarayonining metodologik asosidir.
3. Ta‘lim jarayoni mohiyati va uning ikki tomonlama xususiyati.
4. Ta'lim o'qituvchi va o'quvchilarning birgalikdagi faoliyati jarayonidir.
5. Ta'limning ma'lumot beruvchi tarbiyalovchi va rivojlantiruvchi vazifalari.


KIRISH
Didaktika pedagogikaning bir qismi bo’lib, unda ta‘lim nazariyasi bayon etiladi. Didaktika ta‘lim jarayonining umumiy qonuniyatlarini o’rganuvchi qismidir.
Didaktika grekcha so’z bo’lib, «Didayko» - o’qitish, «Didaskol» - o’rgatuvchi degan ma‘noni anglatadi. Uning so’zma-so’z tarjimasi Ta‘lim nazariyasini bildiradi. Ta‘lim nazariyasi ta‘lim jarayoni, uning mohiyatini, ta‘lim qoidalari, usullari hamda tashkiliy formalarini o’z ichiga oladi. Didaktika o’z oldiga o’qitishning o’quvchi-talabalarni har tomonlama tarbiyalash maqsadlariga javob beruvchi umumiy qonuniyatlarini bilib olish vazifasini quyadi.
Didaktikaning predmeti ta‘lim-tarbiya muassasasi sharoitida o’qituvchining rahbarligi ostida amalga oshadigan o’quv jarayonidir. Didaktikada ana shu jarayonning qonuniyatlari tadqiq qilinadi, har xil tipdagi ta‘lim-tarbiya muassasalarida beriladigan ta‘lim mazmunini belgilashning ilmiy asoslari, o’qitish vositalari va metodlarining samaradorligini oshirish yo’llari hamda ta‘limning tashkiliy shakllari ishlab chiqiladi. Didaktika pedagogikaning ta‘lim va ma‘lumot berish soxasi hisoblanadi. Shuning uchun ham didaktika fanining predmeti ta‘lim va ma‘lumotdir.
Markaziy Osiyo xalqlari tarixida didikatika doir o’lmas asarlar yozib qoldirgan bir qancha buyuk mutafakkirlarimizning xizmatlari beqiyosdir. Vatandoshlarimizdan Al-Xorazmiy, Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, M. Ulug’bek, A. Navoiy kabi allomalarimiz tibbiyot, mantiq, musiqa, adabiyot, geografiya, matematika kabi ilmlarni o’qitish vositasida avlodlarni tarbiyalash g’oyasini olg’a surdilar. Kaykovusning «Qobusnoma», Nosir Xisravning «Saodatnoma», Yusuf Xos-Hojibning «Qutadg’u-bilig», A. Navoiyning «Maxbubul-qulub» (Ko’ngillar sevgisi) asarlarida ilg’or pedagogik qarashlar ham ifodalangan. Ular dunyoviy ta‘limni keng rivojlantirishga katta hissa qo’shdilar.
Kurs ishining maqsadi: didaktikaning predmeti va uning vazifalarini o`rganish.

Download 393 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling