Reja: Didaktika haqida tushuncha. Bilish – ta‘lim jarayonining metodologik asosidir. Ta‘lim jarayoni mohiyati va uning ikki tomonlama xususiyati. Ta'lim o'qituvchi va o'quvchilarning birgalikdagi faoliyati jarayonidir


Ta‘lim jarayoni mohiyati va uning ikki tomonlama xususiyati


Download 379.5 Kb.
bet3/5
Sana03.10.2023
Hajmi379.5 Kb.
#1691280
1   2   3   4   5
Bog'liq
Didaktikaning maqsad vazifalari

7. 3. Ta‘lim jarayoni mohiyati va uning ikki tomonlama xususiyati.
Jarayon – bu lotinchadan olingan bo’lib, oldinga harakat qilish tushuniladi. Ta‘lim jarayonining mazmunini bilim, ko’nikma va malakalar tashkil qiladi.
Ta‘lim jarayoni - o’quvchi (talaba)ning bilmaslikdan bilishga tomon, oddiydan murakkabga tomon, uncha tuliq bo’lmagan bilimdan ancha to’liq, aniqroq va chuqurroq bo’lgan bilim tomon sodir bo’ladigan jarayondir. Bu o’qituvchi rahbarligida amalga oshiriladi. O’qituvchi bilim egallash yo’llarini o’quvchi-talabalarga ko’rsatadi, ya‘ni kishilik jamiyati tomonidan bor, hamda bunday bilimlarga ega bo’lmagan bola ongida vositachilik qiladi. O’qituvchining faoliyati tufayli ta‘lim puxta uylab chiqilgan maqsad, mazmun va dasturlar asosida olib boriladigan jarayonga aylanib, kutilgan natijalarni beradi.
O’quvchi-talabalar ta‘lim jarayonida olamni bila borib, o’zlari uchun ilgari noma‘lum bo’lgan, biron fan kashf etgan va odamlarning ijtimoiy tarixiy amaliyotida tekshirib ko’rilgan yangi narsalarni bilib oladilar. Demak o’quvchilar ta‘lim jarayoni orqali bilim bilan qurollanadi.
Ta‘lim jarayoni ikki faoliyat - o’qituvchi va o’quvchi (talaba) larning birgalikdagi faoliyatini o’z ichiga oladi. Demak, ta‘lim jarayoni ikki yoqlama xarakterga ega, chunki unda ikki tomon o’qituvchi va o’quvchi qatnashadi. O’qituvchi ta‘lim jarayonini tashkil etish uchun o’quv materialini tanlaydi va ta‘limni tashkil etish yo’llarini belgilaydi. U ta‘lim jarayonida o’quvchi (talaba) faoliyatini boshqaradi va rahbarlik qiladi. O’qituvchining faoliyati o’quv materialini bayon qilishdan, o’quvchilarda fanga qiziqishni tarkib toptirishdan, o’quvchi-talabalarning mustaqil mashg’ulotlariga rahbarlik qilishdan, ularning bilim, ko’nikmalarini tekshirish, rag’batlantirish va bilim darajalarini xolis baholashdan iboratdir. O’qituvchi faoliyatining muvaffaqiyati avvalo u ta‘limning mazmuni, metodlari va tashkiliy shakllaridan umumiy didaktik printsiplarni qanchalik to’g’ri amalga oshirishiga bog’liq. O’qituvchining faoliyati ta‘lim jarayonining tashqi tomonini tashkil qiladi, chunki u o’qitadi, ta‘lim beradi.
O’qitish jarayonining ikkinchi tomoni o’quvchining faoliyati bo’lib, u o’quv fani materiallarini o’zlashtirishdan iborat. O’quvchi faoliyati ichki jarayonini tashkil etadi, ya‘ni u o’qituvchi bergan bilimni o’qib, tushunib oladi. O’qitish bilishdan farqli o’laroq o’qituvchi rahbarligida amalga oshiriladi. Ta‘limning asosiy maqsad, vazifasi yosh avlodni ilmiy bilimlar, ko’nikma va malakalar bilan qurollantirishdan iboratdir. Ta‘lim jarayoni (o’quv jarayoni) quyidagi tuzilishga ega:

1-rasm
Ta‘lim jarayonida fanning eng zaruriy, eng muhimlari asosi o’rganiladi. Buning uchun o’qituvchi o’quvchiga bilim berar ekan, uni soddadan murakkabga, umumiydan xususiyga yetaklaydi, xulosalar chiqarishga, hayotda ishlab chiqarishda qullay bilishga o’rgatadi. O’qituvchi o’z fanini qanchalik sodda bayon qilmasin, u chuqur ilmiy bo’lishi lozim. O’qituvchi bilimlarni o’rgatar ekan, o’sha jarayonda bolalarning imkoniyatlarini o’rganadi, qiyinchiliklarini ko’radi, ularni bartaraf etish choralarini izlaydi. O’qituvchi yoshlarni yangi bilimlarni faol idrok qilishga, uni hayotda qullay olishga tayyorlaydi. Bu tasodifiy hodisa bo’lmay, o’quv jarayonining mantig’i shuni taqozo etadi.
O’quvchi (talaba) lar o’qituvchi sabog’ini o’zlashtirish jarayonida bilimlarni idrok qilish, tushunish, mustahkamlash hamda ularni amalda qo’llash bosqichlaridan iborat bo’ladi. Ta‘lim jarayonida ana shu ikkala tomon yaxshi qatnashmasa ta‘lim jarayoni yaxshi natijaga erishmaydi. Chunki o’qituvchi ham, o’quvchi ham ta‘lim jarayonining asosiy tarkibi hisoblanadi. Shu boisdan ta‘lim jarayonida bu ikki tomondan bittasi, ya‘ni o’qituvchi yoki o’quvchi qatnashmasa ham ta‘lim jarayoni amalga oshmaydi.
O’qituvchi o’quvchi (talaba) lar ishining borishini kuzatish va ular erishgan natijalarni baholash asosida o’zining ko’rsatmalari, yo’naltiruvchi savollari, tegishli tushuntirishlari va hokazolar bilan yoshlarning o’quv faoliyati jarayoniga tuzatishlar kiritadi. O’qituvchi hozirgi zamon talablariga javob beradigan yuksak axloqiy-ma‘naviy sifatlarga ega bo’lgan, chuqur bilim va mahorat egasi bo’lishi lozim. O’quvchilarda bilimga qiziqish va ishtiyoqni tarbiyalash, ularni hozirgi zamon dunyo taraqqiyoti darajasida bilimlar bilan qurollantirish kerak. Shu bilan birga o’qituvchi yosh avlodni hayotga, ongli mehnat va kasb tanlashga tayyorlashi, ularning axloqiy, huquqiy, etik va estetik bilim va mahoratlarining rivojlanishiga e‘tibor qaratishi lozim.

Download 379.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling