Mavzu: So’z turkumlari Darsning maqsadi: a Ta’limiy maqsad: So’z turkumlari haqida ma’lumot berish; b Tarbiyaviy maqsad


Download 56.69 Kb.
bet1/2
Sana10.02.2023
Hajmi56.69 Kb.
#1185497
  1   2
Bog'liq
4-sinf ona tili 36.So\'z turkumlari 2


@dars_ishlanma_yangi

Mavzu: So’z turkumlari
Darsning maqsadi:
a) Ta’limiy maqsad: So’z turkumlari haqida ma’lumot berish;
b) Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni o’z tiliga, Vataniga sadoqatli, aqlan etuk va barkamol shasx etib tarbiyalash. O’zbek tili grammatikasini puxta o’zlashtirishga zamin yaratish.
Tashkiliy qism: a) Salomlashish
b) O’quvchilarning saflangan holatda davomatini aniqlash;
c) O’quvchilarning darsga tayyorgarligini tekshirish
Darsning turi: Yangi bilim beruvchi
Darsning usuli: Interfaol metodlar
Darsning jihozi: /R. Ikromova./ X. G’ulomova, Sh. Yo’ldosheva, D. Shodmonqulova. Ona tili. Umumiy o’rta ta’lim maktablarining 4-sinfi uchun darslik. ”O’qituvchi” nashriyot matbaa ijodiy uyi Toshkent. 2013. 58-60 betlar. Darsga oid ko’rgazmalar, tarqatma materiallar.
Darsning blok – sxemasi:
1. Mavzu haqida tushuncha 2. Mustahkamlash
3. Klaster metodi 4. ”Tez javob” oyini
5. Boshqotirma 6. Test metodi
7. ”Ma’nosini kim chaqdi” o’yini. 8. O’quvchilarni baholash, dars yakuni
Darsning borishi:
O’tgan mavzuni mustahkamlash:
O’tilgan mavzu og’zaki savol-javob metodi orqali mustahkamlanadi.
1.Sog’lom tanda-sog’ aql. Shiorini ma’nosini tushuntirib bering.
2. So’zning o’zagi nimani ifodalaydi?
3. Qo’shimchalar necha turga ajratiladi?
4. Qo’shimchalar nima uchun so’z yasovchi va so’z o’zgartiruvchi deb nomlanadi?
5. Qaychi qo’shimchalar orqali o’zakdosh so’zlarni hosil qilish mumkin?
6. Tildagi so’zlar qanday ko’payib borishini bilasizmi?
7. –Li So’z yasovchi qo’shimchami yoki so’z o’zgartiruvchi?
8. Nutq necha turga bo’linadi?
9. Tutuq belgisi so’zda qanday vazifani bajaradi?
Yangi mavzuning bayoni:
O’qituvchi: Bugungi mavzumiz ”So’z turkumlari”. Siz quyi sinflardan so’z turkumlari haqida boshlang’ich ma’lumotga egasiz. So’zlar nimalar asosida turkumlarga ajratiladi. So’zlar asosan gapdagi oladigan so’rog’i va bajaradigan vazifasiga ko’ra turkumlarga ajratiladi. So’z turkumlarining o’zi xos shakli turlari mavjud.


Download 56.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling