140. O`quvchilarni kelajakka tomon undash
O`quvchilarning o`zlarini kelajakdagi yuqori darajadagi bilim salohiyatiga asoslangan kasblarini eggalab shaxsiy yo`llarini belgilay oladigan dars muhiti yaratish bu alohida o`quvchi shaxsiga bo`lgan hurmat belgisidir.Maktab -o`quvchilarning hayolidagi shaxsiy kelajagini ko`rishga va unga tayyor bo`lishga undovchi maskandir. Agar o`quv dasturi o`quvchilarga kelajakda ularni qanday yutuqlar kutayotganini tasavvur qildira olsa, juda kata yutuqqa erishiladi.
Masalan, Vashington kollejlarida maktabni tamomlayotgan har bir bitiruvchidan yakuniy , so`ngi loyiha talab etiladi. Yakuniy loyihaning maqsadi o`quvchilarning maktab davomida olgan bilim ko`nikmalarini ko`rsata olishi va uni kelajakda qo`llay olish qobiliyatini tekshirish va bu yo`lda ularga turtki berishdir. Kelajak sohalarining kashf qilinishi yoki shaxsiy mehnat faoliyatini rivojlantirish bo`lishi mumkin. Yakuniy loyiha turli hil mashg’ulotlarni pog’onama-pog’ona haqiqiy dunyoga tadbiq qilish bilan amalga oshirishni talab etadi, bu loyiha biznes ko`rinishidagi so`rovnoma, natijalarni sintez qiluvchi turli bitiruv amaliyoti, qiziqish yoki kelajakdagi kasbga yo`naltirilgan chuqur izlanish bo`lishi mumkin. Loyiha so`ngida talabalar o`z ishlarini ommaga taqdim eta olishi kerak.
Bu loyihalarni taqdim qilish jarayonining eng tasirlanarli jihati shundaki talabalar bor kuch va etiborini , yil davomida qo`lga kiritgan bilm salohiyatini shu loyihada qo`llay bislishini ko`rishdir. O`zlaining kelajakdagi kasbiga doir loyiha ustida ishlagan talabalar, loyiha yakunida o`z sohasiga oid nimadir taqdim qiladilar. Bu qo`lbola yasalgan kompyuter, tikilgan yoki modellashtirilgan kiyim, shamol trubinalari, kasal jonivorni oyoqqa turg’izish yoki badiiy to`qima she’r bo`lishi mumkin.Ba’zilari o`zlarining yoqtirgan mashg’ulotlarini - gitara chalish, rasm chizish, raqamli tasvirga olish qobiliyatini ommaga namoyon qiladilar. Ko`pchilik talabalar yakuniy loyihalar tayyorlash jarayonida o`zlarining yangi qiziqishlarini va qirralarini namoyon etishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |