Etiologiyasi. Qizamiq kasalligini filtrlanuvchi viruslar qo'zg'atadi. U tashqi muhitga chidamsiz, quyosh nurining ultrabinafsha nurlari ta'sirida tezda nobud bo'ladi.
Epidemiologiyasi. Qizamiqda kasallik manbai qizamiq bilan kasallangan bemor hisoblanadi. Bemor kasallikning boshlang'ich (kataral) davrida va toshma toshishi davrining dastlabki kunlarida o'ta yuqumli bo'ladi.
Kassallik havo-tomchi yo'li bilan yuqadi. Qizamiq virusi bemor yo'talganda, aksirganda va gaplashganda havo tomchilari orqali sog’lom odamga yuqadi. Virus havo orqali tarqaganligi uchun tez orada ancha masofaga tarqalishi mumkin. Qizamiq asosan bir yoshdan 6 yoshgacha bo'lgan bolalar kasallanadi. Uch oylikkacha bolalarga ona organizmidan o'tgan immun moddalar hisobiga qizamiq yuqmasligi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |