Reja: Diqqat haqida tushuncha. Diqqat turlari. Diqqatning asosiy xususiyatlari
Notiqqa qarab turganingda uni eshitish ancha engil bo`ladi. Bu erda eshitish va ko`rish qo`zg`atuvchilari bir - birini kuchaytiradi
Download 46.65 Kb.
|
Boshlangich bolalarda diqqat
Notiqqa qarab turganingda uni eshitish ancha engil bo`ladi. Bu erda eshitish va ko`rish qo`zg`atuvchilari bir - birini kuchaytiradi.
Parishonxotirlik diqqatning salbiy tomonini tashqil etadi. Parishonxotirlik deganda ko`pincha ishga nihoyat darajada berilib ketish tushuniladi. Syunday paytda odam atrofidagi narsalarni mutlaqo payqamay qo`yadi. Bolalarda parishonxotirlik tez - tez uchrab turadi. Bolalarning shaxsini uning irodaviy sifatlarini uzoq vaqt tarbiyalash yo`li bilan bunday parishonxotirlikka kurash olib borishi zarur. Parishonxotirlikdan tashqari diqqatning boshqacha turidagi uo`zilishlari ham uchrab turadi. Ongning kasallik tufayli torayishi, diqqatning ko`lamining cheklanishiga, diqqat doirasining torayishi kiradi. Ayrim ruxiy kasallik holatlarida diqqatning inertligi (sustligi) yoki mutlaqo harakatsizligi, qandaydir biron ob`ekt ustida to`xtab qolishi holatlarini kuzatish mumkin. Bola hayotining bir oylik davrlarida uning uchun faqat ixtiyorsiz diqqat xos bo`ladi. Bu davrda bola dastavval tashqi qo`zg`atuvchilardan, ularning keskin o`zgartirishlaridan ta`sirlanadi. Masalan: To`satdan paydo bo`ladigan qattiq ovozlardan harakatning o`zgarishidan va boshqa narsalardan ta`sirlanadi. Ixtiyoriy diqqatning alomatlari odatda bola yoshiga to`lgandan so`ng yoki ikki yoshga qadam qo`ygan davrda paydo bo`la boshlaydi. Ixtiyoriy diqqat tarbiya jarayonida yuzaga keladi, bolaning atrofidagi odamlar nima qilish lozimligini asta - sekin o`rgatadilar. Bolalar o`z diqqatini ulardan talab qilinayotgan harakatlariga o`zlarining bevosita moyillaridan voz kechishlariga to`g`ri keladi. Bolada, albatta juda sodda go`daklik shakli bo`lsa ham onglilik namoyon bo`ladi. Bolani ozodalikka, tartiblikka, ma`lum intizomlilikka, jamoat qoidalariga rioya qilishga o`rgatar ekanmiz, buning bilan biz bolada ixtiyoriy diqqatni rivojlantiramiz. Bog`cha yoshidagi davrda bolaning ixtiyoriy diqqatini rivojlantirish uchun o`yin katta ahamiyatga egadir. Bog`cha yoshidagi bolalar diqqati juda barqaror bo`ladi. Mashq qilish usuli bilan o`z diqqatini to`plash qobiliyati asta - sekin rivojlanadi. O`quv jarayonida ixtiyoriy diqqatni tartiblash alohida ahamiyatga egadir. Maktab mashg`ulotlarini intizomlashtiruvchi ta`siri, dars davomida sinfda o`tirish, o`quvchilarning so`zlarini eshitish zaruriyati, chalg`imaslik bularning hammasi ixtiyoriy diqqatni tarbiyalashda katta rol’ o`ynaydi. Har turli ta`lim ishlari maktabdagi o`quv mashgg`uloti ustida ongning yo`nalganligi va to`planganligini saqlab turishni talab qiladi. Bolalarning hissiyotlari ko`pincha kuchli bo`ladi. SHuning uchun ularning diqqatlari qisqa vaqt ichida davom etsa ham kuchli bo`ladi. Maktab yoshidagi bolalarning hissiyotlari ancha barqaror bo`la boshlaydi. SHuning uchun pedagog o`qish materialini hissiy momentlar bilan boyitar ekan, buning bilan diqqatning barqarorligi va kuchini saqlab turishiga yordam beradi. Biror narsaga qiziqib kelgan maktab yoshidagi o`quvchi uzoq vaqt diqqatli bo`lishi mumkin. Ammo kattalarning nazorati pasayib qolsa, u zarur vazifani bajarishdan chalgib boshqa narsaga kirishib ketishi mumkin. Masalan: adabiyotni o`rganayotgan o`quvchi kino yoki biror o`qigan asari haqida xayol surib ketishi mumkin. Ayrim bolalar jismoniy mehnat darslarida diqqat bilan o`tirsalar boshqalari aqliy mehnatda kuchli diqqat bilan o`tiradilar. O`zi yoqtirgan darslarda kuchli diqqat bilan o`tirgan o`quvchilar boshqa darslarda o`qituvchilarning ancha tashvishga solib qo`yishlari mumkin. O`quvchilarning o`quv predmetiga munosabati, o`nga diqqat bilan qarashi ko`p jihatdan darsda o`quvchining o`quv materialini jonli, emotsional, qiziqarli, tushunarli, shu bilan birga to`liq va chuqur o`qita bilishga bog`liq. Bu talablarga rioya qilmaslik darsda o`quvchilarning parishonligiga yoki ikkinchi darajali qiziqishlarning paydo bo`lishiga olib keladi. O`smirlarda chuqur, barqaror qiziqishni tarbiyalash, o`qitishning mazmunini jiddiy o`ylab ko`rilganligi ularda diqqatni tarbiyalashning zaruriy sharti hisoblanadi. Bu shart - sharoitlarga rioya qilinsa o`smir diqqatini boshqarishga halal beradigan ba`zi impulsiv (ixtiyorsiz) harakatlarga qaramay o`z diqqatini ixtiyoriy ravishda boshqarish va to`xtab turish mumkinligini tezda egallab oladi. U o`zi uchun qiziqarsiz va qiyin ishni diqqat bilan bajarish zarur bo`lsa, o`zini bu ishga majbur eta oladi. Masalan: Hamma predmetlardan beriladigan vazifalar. O`smirlarda kichik maktab yoshidagi bolaga qaraganda diqqatning tashqi ifodasi ham o`zgaradi. Agar kichik yoshdagi maktab o`quvchining yuz ifodasi va gavda holati uning qanchalik diqqatliligini aniq belgilab bersa, o`smir esa o`zining diqqatsizligini yashira oladi. Faqat o`qituvchining kuzatuvchanligi orqali buni aniqlash mumkin. Ilk bolalik davridagi bolalarda diqqatning bo’linuvchanligi juda zaif, ko’lami esa tor bo’ladi.Bu yoshdagi bolalar diqqatlarini faqat ko’zlariga yaqqol ko’rinib turgan bir narsaga qarata oladilar,ilk bolalik davridagi bolalar diqqatining rivojlanishida nutqning roli juda kattadir. Bolaning tili chiqib, nutqni egallay boshlashi , katta kishilar bilan muomalada bo’lishdan tashqari, ularning ko’rsatmalarini bajarish imkoniyatini ham beradi. Yuqorida aytib o’tganimizdek, kichik yoshli bolalar kattalarga qarashishni imkoniyatlari boricha ularning mehnatlariga aralashishni juda yoqtiradilar. Kattalarning iltimos va topshiriqlarini bajonu-dil ado etadilar. O’z-o’ziga xizmat ko’rsatishga oid oddiy yumushlarni qiziqib bajaradilar,ota-onalarining uy-xo’jalik ishlarida qarashishga harakat qiladilar.Mana shularning hammasi diqqatni ma’lum darajada to’plash va muayyan bir maqsadga qaratishni talab etadi.Bu esa bolalarda ixtiyoriy diqqatning rivojlanishiga asos bo’ladi. Bog’cha yoshidan boshlab bolalarda ixtiyoriy diqqat rivojlana boshlaydi.Biroq kichik yoshdagi bog’cha bolalarida ixtiyorsiz diqqat ustunlik qiladi.Kichik yoshdagi bog’cha bolalarida kun sayin paydo bo’ladigan yangi-yangi qiziqishlar, o’yin faoliyatlarining xilma-xil borishi ularda ixtiyorsiz diqqatni asta-sekin takomillashtirib boradi. Bog’chada jamoa tomonidan talab etiladigan tartiblarga bo’ysunish, qoidali o’yin shartlarini so’zsiz bajarish, kattalarning topshiriqlarini chidam, qunt bilan ado etish kabi hollar bog’cha yoshidagi bolalarda diqqatning ixtiyoriy turini rivojlantiradi. Bolalarda ixtiyoriy diqqatni rivojlantirishda o’yinning roli juda kattadir.Chunki turli o’yinlar paytida bolalar diqqatlarini bir joyga to’plab,o’z tashabbuslari bilan ma’lum maqsadlarini ilgari suradilar. O’yinlarning qanday qoidalar asosida yo’nalishini o’zlari mustaqil tanlab oladilar.O’yin qoidasidan chetga chiqib ketmaslik uchun o’z harakatlarini o’yin qoidalariga moslashtirishga va o’yinda qatnashuvchi o’rtoqlarining harakatlarini ham kuzatib borishga kirishadilar.Ana shunday o’yinlarda ixtiyorsiz diqqat bilan birga ixtiyoriy diqqat ham faol ishtirok etadi. Binobarin bolalarning o’yin faoliyatlari ularda ixtiyoriy diqqatning rivojlana boshlashi uchun sharoit yaratib beradi.Shuni ham nazarda tutish kerakki, ixtiyoriy diqqat iroda bilan bog’liq. Shuning uchun ham ko’pincha bolalar diqqatining bu turini o’zlaricha mustaqil tashkil eta olmaydilar. Dastlabki paytlarda diqqatning ixtiyoriy turini har xil savollar va topshiriqlar berish yo’li bilan rivojlantirib boorish kerak. Download 46.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling