Reja: Don va don mahsulotlarini ishlab chiqarishni ko’paytirish vazifalari
Download 244.11 Kb. Pdf ko'rish
|
2-maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Naysimon mahsulotlar
Makaron mahsulotlarining tasnifi Makaron mahsulotlari-un va suvdan, ba’zida esa oqsilli boyituvchilar yoki ta’m beruvchi moddalar qo‘shib tayyorlangan oshpazlik yarimtayyor mahsuloti hisoblanadi. Makaron mahsulotlari tez pishishi (qaynatish davomiyligi naviga qarab 3-20 minut), boshqa oziq-ovqat mahsulotlari bilan yaxshi moslashishi va oziqaviylik qiymatining yuqoriligi tufayli kundalik hayotda, umumiy ovqatlanishda va oziqaviy konsentratlar ishlab chiqarishda juda keng qo‘llaniladi. Namligi past (13%) bo'lganligi bois xossalarini o'zgartirmas- dan bir yildan ortiq saqlanadi, tashishga chidamli. Bug'doy turi va unning naviga ko‘ra makaron mahsulotlari A, B, V guruhlarga va 1, 2-sinflarga bo‘linadi: A guruhiga-qattiq bug‘doy unidan; В guruhiga- shaffofligi yuqori boigan yumshoq bug‘doy unidan; V guruhiga yumshoq bug‘doydan tortilgan novvoylik unidan tayyorlangan mahsulotlar; 1-sinfga oliy navli undan; 2-sinfga esa birinchi navli undan tayyorlangan mahsulotlar kiradi. Ta’m beruvchi va boyituvchi qo'shimchalar qo‘shib makaron mahsulotlari tayyorlanganda guruh va sinf ko'rsatkichlari yoniga mos qo‘shimchaning nomi ham qo‘shiladi, masalan, В guruh, 1-sinf, tuxumli, V guruh, 2-sinf, tomatli va hokazo. GOST 875 ga ko‘ra makaron mahsulotlari quyidagi tiplarga bo‘linadi: naysimon, ipsimon (vermishel), tasmasimon (ugra) va shakldor. Olz navbatida makaron mahsulotlarining tiplari xillarga (podtiplarga) va turlarga bo‘linadi. Naysimon mahsulotlar shakli va uzunligiga ko‘ra makaronlar, shoxchalar va perolarga bo‘linadi. Ipsimon mahsulotlar vermishel turli kesim va uzunlikka ega bo‘lishi mumkin. Uzunligi 1,5 sm dan kam bo‘lmagan kalta qirqilgan, 20 sm dan kam bo‘lmagan uzun holda ishlab chiqariladi. Xorijda ishlab chiqarilgan uzun vermishel s p a g e t t i deb nomlanadi. Download 244.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling