Reja: Don va don mahsulotlarini ishlab chiqarishni ko’paytirish vazifalari


klaster tizimini bosqichma-bosqich joriy etish orqali yuqori hosildorlikni


Download 244.11 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana06.02.2023
Hajmi244.11 Kb.
#1169513
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2-maruza

klaster tizimini bosqichma-bosqich joriy etish orqali yuqori hosildorlikni 
ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qarori tasdiqlanishi 
ham tadbirkor hamda fermerlarimizga katta imkoniyatlar yaratdi. 
Don va don mahsulotlari assortimenti. 
Tovarshunoslik fani tovarlar assortimentining shakillanishi, iste’mol qiymatini 
aniqlash, yuqori sifatni ta’minlash maqsadida saqlash sharoitlarini ilmiy asoslash, 
tovarlarning shakillanishidan tortib, iste’molchi undan foydalanish davrigacha 
bo‘lgan jarayonlarda bo‘ladigan o‘zgarishlar bilan bog‘liq muammolar bilan 
shug‘ullanadigan texnik fanlar qatoriga kiradi. Tovarshunoslik fani bugungi kunda 
o‘z ahamiyatini yo‘qotgan emas. 
Don tovarshunosligining ham ahamiyati kattadir, chunki dondan olinadigan 
mahsulotlar axolining asosiy iste’mol qiladigan mahsuloti hisoblanadi. 


Donni va don mahsulotlarini har tomonlama o‘rganish uchun biologiya, 
morfologiya, anotomiya, kimyoviy moddalarning miqdori va taqsimlanishi, 
aralashmalar turlari, fizik holati va boshqa savollarga javob berish uchun har 
tomonlama bilimga ega bo‘lish kerak. 
Don, doncha (caryopsis) - gʻalla ekinlari mevasi yoki dukkakli don oʻsimliklar 
urugʻi; dehqonchilikda yetishtiriladigan asosiy mahsulotlarning biri. Don odam 
isteʼmol qiladigan oziq - ovqat, un, pivo, kraxmal - patoka, spirt, aralash yem 
tayyorlash uchun xom ashyo hamda qishloq xo’jaligi hayvonlari uchun toʻyimli 
ozuqa. Donni qayta ishlab olingan mahsulotlar non, makaron, qandolatchilik 
korxonalarida ishlatiladi. Insoniyat oqsilning 50%, uglevodlarning 70%, yogʻlarning 
15% ini don mahsulotlaridan oladi. 
Gʻalla ekinlari doni bir urugʻli quruq meva; bugʻdoy, javdar, makkajoʻxori va 
arpa bilan sulining poʻstsiz hamda suli, arpa, sholi, tariq va boshqalarida yupqa 
poʻstli boʻladi. Donning asosiy qismi endospermdan iborat. Donlar tegirmonda 
tortilganda endospermdan unning muhim qismi hosil boʻladi. Endosperm 
hujayralarining koʻp qismi kraxmal va oqsil moddalar bilan toʻlgan. Endospermning 
oxirgi qavati - aleyron qavat oqsil va yogʻga boy. Navli un tortishda bu qavat 
kepakka qoʻshilib ketadi (odam organizmida yaxshi hazm boʻlmaydi). 
Donlarning ichki tuzilishi undagi kraxmal donachalarining joylashishi hamda 
xossalariga, oqsillarning xossalari va taqsimlanishiga qarab shaffof (shishasimon), 
yarim shaffof va unsimon boʻladi. Donlarning past qismida murtak boʻlib, unda 
oqsil, yogʻ, qand, vitaminlar va fermentlar koʻp. Bugʻdoy doni vaznining 81—
84,2% endosperm, 6,8—8,6% aleyron qavat, 1,4-3,2% murtak va 3,1—5,6% 
poʻstdan iborat. Donlarning oziq - ovqatlik va yemlik qimmati undagi moddalar va 
ularning tarkibiga bogʻliq. 
Dukkakli don ekinlarining pishgan donida endosperm boʻlmaydi. Urugʻ po’st 
(qobigʻi) bilan qoplangan, uning ostida murtak joylashgan. 
Don tarkibidagi uglevodlarning asosiy qismi kraxmaldir. Kletchatka bilan 
gemitsellyuloza hujayra qobigʻi tarkibiga kiradi. Qandlardan maltoza, glyukoza va 
fruktoza bor. Bugʻdoy donining oqsillari, asosan, gliadin va glyutelinlarga kiradi. 
Bugʻdoy oqsillari hamir qorishda suv bilan birikib kleykovina hosil qiladi, 
hamirning choʻziluvchanligi, gʻovakligi va nonning xajmi kleykovinaning miqdori 
hamda sifatiga bogʻliq boʻladi. Dukkakli don ekinlari donining oqsillari, asosan 
globulinlar va ozroq albuminlardan iborat. Ular gʻalla ekinlari oqsillariga qaraganda 
toʻyimliroqdir. Yogʻlar asosan murtakda, yer yongʻoq bilan soyada urugʻ pallalarda 
koʻp boʻladi. Donlarning kuli tarkibida fosfor, kaliy, magniy, kalsiy, kremniy va 
boshqa elementlar bor. Fermentlar (amilaza, maltoza, saharoza, lipaza va b.), asosan, 
murtakda toʻplangan. Donlarning tarkibida vitaminlardan tiamin (B,), riboflavin 
(B
2
), piridoksin (B
6
), nikotinamid (PP), askorbin kislota (C) va boshqa ko’plab 
turdagi vitaminlar mavjud. 
Qo‘llanilishiga ko‘ra donlar un tortishda, yorma olishda, yem-xashak uchun, 
texnik maqsadlarda, urug‘lik uchun taqsimlanadi. 
Un olish uchun asosan – bug‘doy, javdar doni, oz miqdorda makkjo‘xori, arpa, 
uni ishlatiladi. 


Yorma olish uchun – tariq, grechixa, sholi, arpa, suli, rusno‘xoti, chechevitsa, 
bug‘doy doni ishlatiladi. 
Yem-xashak uchun – suli, arpa, makkajo‘xori, oq jo‘xori, vika, kormovbob. 
Texnik maqsadlarda – makkajo‘xori, moyli donlar urug‘lari. 

Download 244.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling