Reja: Donli ekinlarni ahamiyati, xususiyati va rivojlanishi


Download 28.57 Kb.
Sana06.04.2023
Hajmi28.57 Kb.
#1329517
Bog'liq
Donli va moyli ekinlar


Mavzu: Donli va moyli ekinlar.
Reja:
1. Donli ekinlarni ahamiyati, xususiyati va rivojlanishi.
2.Moyli ekinlarning ahamiyati, tarkalishi va hosildorligi.
3. Kungaboqarning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati, botanikva biologik xususiyatlari, ekish muddatlari usullari va meyori.


Donli ekinlarni xususiyati, ularni oziqlanish asoslari, turli rivojlanish davrlarida oziq moddalarga bo‘lgan talabi va ularni o‘zlashtirishi, o‘g‘itlashning o‘ziga xos tomonlari. Tuproqunumdorligiga bo‘lgan talabi, oziqlanishda tuproqeritmasining muhiti, tuproqdan oziq elementlarini o‘zlashtirib ketishi. Donli ekinlarni qishlashgacha va qishdan chiqqandan keyingi davrlarda oziqlanish asoslari, bunda o‘tmishdosh ekin va tuproq unumdorligini ahamiyati.
Donli ekinlarni bahorda oziqlantirish asoslari: qo‘llaniladigan o‘g‘itmeyori, turi, shakllari va qo‘llash usullari. O‘g‘itlar meyorini belgilashda kuzgi ekinlardan olinadigan hosil darajasi, almashlab eqiladigan ekin, tuproq-iqlim sharoitlari. Sug‘oriladigan sharoitda qo‘llaniladigan o‘g‘itlar meyori, uni nav xususiyati bilan bog‘liqligi. Ildizdan tashqari oziqlantirish va uning mohiyati, o‘g‘itlarni qo‘llashning iqtisodiy samaradorligi: hisobga olinadigan ko‘rsatkichlar.
1. Donli ekinlar – ulardan don olish uchun yetishtirilib, insonlar uchun zarur bo‘lgan non mahsulotlari tayyorlanadi. Uning somoni va boshqa qoldiqlari chorva mollari uchun yem-xashak hisoblanadi.
Respublikamizda 1,23 mln gektar maydongan g‘alla don ekinlari ekilib dexqonchilik qilinadi. Hosildorlik sug‘oriladigan sharoitlarda 44-65 s/ga, Toshkent, Jizza, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida 700 ming gektarga yaqin lalmi haydaladigan maydon bo‘lib, o‘rtacha hosildorligi 8-23 s/ga ni tashkil etadi.
Donli ekinlarni tarkibini asosini azotsiz birikmalar, ya’ni 2/3 qismi kraxmal va kam miqdorda eriydigan qand moddalari tashkil etadi. Azotli birikmalardan don ekinlari uchun eng muhimi bu oqsildir. Janubiy rayonlarda yetishtirilgan qattiq bug‘doy tarkibidagi oqsil miqdori 24 foizgacha yetadi. Oqsillardan eng muhimi – bu suvda erimaydigan glyutenin va gliadin bo‘lib, ular kleykovinani asosini tashkil etadi. Bu non mahsulotlari tayyorlashda juda muhimdir.
Qishloq xo‘jaligini rivojlantirishni asosiy tarmog‘i – bu don yetishtirish va xalqimizni don mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirishdir. Don ishlab chiqarishni ko‘paytirish – bu qishloq xo‘jaligini barcha tarmoqlarini rivojlanishini ta’minlaydi.
Don yetishtirishni ortishi bilan insonlarni yashash tarzi va bu mahsulotga bo‘lgan talabi qondiriladi. Shuning uchun ham mustaqil Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov o‘zining bir qator asarlarida o‘zbekiston o‘zini-o‘zi don bilan ta’minlashi juda muhim masala ekanligini ko‘rsatib o‘tgan.
Buning uchun donli ekinlar hosildorligini oshirish, mahsulot sifatini yaxshilashda, barcha agrotexnik ishlar bilan bir qatorda ushbu ekinlarni o‘g‘itlash tizimini yaxshi yo‘lga qo‘yishi zarur.
Donli ekinlar uchun umumiy bo‘lgan xususiyatlardan biri, bu ularning ildiz tizimining popuksimonligi bo‘lib, u yon-atrofga 80-150 sm kenglikda va 150-200 sm chuqurlikda joylashadi.
Donli ekinlar bir-biriga biologik jihatdan o‘xshash bo‘lsada kuzgi don ekini o‘zining o‘suv davri uzoqligi bilan ya’ni, oziq moddalarni uzoq vaqt o‘zlashtirilishi bilan ajralib turadi. Chunki, kuzning boshlanishidan keyingi yilning may-iyun oylarigacha davom etadi. Kuzgi don ekinlari to‘la qishki va baxorgi tuproq namligidan foydalaniladi. Kuzgi javdar va bug‘doy boshqa don ekinlariga nisbatan biologik jihatdan oziq moddalarga – o‘g‘itlarga talabchandir. Kuzgi don ekinlari kuzda ko‘p miqdorda fosforli va kaliyli o‘g‘itga talabi oshadi. Kuchli to‘planish darajasi va ildiz tizimini hosil qilib o‘simlikda uglevodlarni to‘plab sovuqqa chidamligini oshiradi. Tuproq, havo isishi bilan o‘simlikning azotga bo‘lgan talabi osha boradi. Kuzda ortiqcha berilgan azot o‘simlikni sovuqqa chidamligini pasaytiradi. Ko‘p holatda qishki-bahorgi davrda o‘simlik sovuqdan zararlanishiga hosili pasayishiga olib keladi. Kuzgi bug‘doy, arpa javdarga nisbatan sovuqqa chidamli hisoblanadi. Kuzgi javdar tuproq va o‘g‘it tarkibidan fosfaridlarni, kaliy oziqasini kuchli iste’mol qiladi. Kam unumdor tuproqda ham o‘sa oladi. Bu ekin uchun yengil qumoq, qumloq mexaniq tarkibli tuproqlarga ekish yaxshi natija beradi.
Donli ekinlarni o‘g‘itlash tizimini tuzishda ularniing rivojlanish davrlarini va har
bir davrda o‘simlikni oziq moddalarga bo‘lgan talabini bilish juda muhim hisoblanadi.
1. Donli ekinlarda qo‘yidagi rivojlanish davrlarini farqlash mumkin:
2. Urug‘ni unib chiqishi va maysa hosil bo‘lish davri;
3. Ildiz otishi va o‘simlikni shakllanish davri;
4. Naycha hosil qilish davri;
5. Boshoqlanish davri;
6. Gullash davri;
Donni shakllanishi va pishishi (sut, mum va to‘liq).
O‘simlikni rivojlanish davrlarini bilgan holda uning butun o‘suv davrida oziq moddalarga bo‘lgan talabini qondirish imkoniyati paydo bo‘ladi.
2. Donli ekinlar 2 guruhga – kuzgi va bahorgi donli ekinlarga ajratiladi. Kuzgi donli ekinlar (bug‘doy, javdar, arpa). Ushbu ekinlarga xos xususiyatlardan biri, - bu ular qishlab keyingi yilda hosil beradi.
Kuzgi donli ekinlar umuman yuqori hosildorlikka ega va o‘g‘itlarga juda talabchandir.
Kuzgi bug‘doy tuproq unumdorligiga juda talabchan bo‘lib, tuproq eritmasini ph muhiti neytralga yaqin va neytral bo‘lganda yaxshi rivojlanib yuqori hosil beradi. O‘tmishdash ekinga juda talabchan. Past haroratga chidamsiz. Tuproqdagi qiyin eriydigan birikmalarni kam o‘zlashtiradi. Kuzgi bug‘doy 10 s don va shunga mos keladigan somon bilan o‘rtacha 35 kg azot, 12 kg fosfor va 26 kg kaliyni o‘zlashtirib ketadi yoki 25 s don va 60 s somon shakllantirishi uchun 105 kg azot, 35 kg fosfor va 70 kg kaliy sarflaydi.
Kuzgi bug‘doy to‘planishi davrigacha oziq moddalarini unchalik ko‘p talab qilmaydi, lekin ularning, ayniqsa fosforning tanqisligiga juda sezgir. Naychalashdan boshoq tortishgacha o‘tadigan davrda va gullash oldidan oziq moddalarni ko‘p miqdorda talab qiladi (jadval). Urug‘ unib chiqqandan toki nihollar qishlashga kirguncha eng mas’uliyatli davr hisoblanib, bu davrda tuproqda yetarli miqdorda oziq moddalar bo‘lishini taqoza etadi.
Moyli ekinlar deb, uruglari eki mevalarda iste’mol uchun yarokli, usimlik moyi beradigan usimliklarga aytiladi. Er sharida moyli ekinlarga kungaboqar, mahsar, soya, zigir, kunjut, er - engok,kana kunjut, kantal, raps, perilla, lyallementsiyalar kiradi.
Bu usimliklardan tashkari tola beruvchi usimliklardan: Zigir, nasha, pahta, kanop va boshka usimliklardan ham iste’mol uchun foydalaniladigan moy olinadi. Ma’lumki, kundalik insonlar haetida fakat 2 hil moy ishlatildi, bular usimlik moyi va hayvon moyi. Ammo,iklim, agrotehnik tadbirlarga karab usimlik moyi etishtirish hayvon moyini etishtirishga karaganda 10 - 20 marta arzon tushadi. Hayvonlardan olinadigan moylarning tan narhi hammavakt yukori bo’ladi. Usimlik moyi hazm bulishi jihatdan ham hayvon moyiga karaganda engil hisoblanadi, hamda tarkibida holesterin moddasi yuk.
Bundan tashkari eg-moy sanoatida souvn olishda, lak buek ishlab chikarishda, terichilikda, tabobatda, tukimachilikda, atir upa olishda va boshka sohalarda ham hom eshe sifatida ishlatilib kelinadi. Er shari mamlakatlarida usimlik moyi etishtirishni olib karasak, AKSH da jon boshiga 26 kg,. Germaniyada 22 kg, Angliyada 19 kg, Kanadada 13 kg, Rossiyada va O’zbekistonda 10 kg usimlik moyi ishlab chikariladi. Er sharida urtacha 1 yilda 215800 ming t dan zied moy ishlab chikariladi. SHuning 104800 mingta birgina soya usimligidan olinadi. Moyli ekinlar gektar hisobiga eng serdaromad usimliklardan hioblanadi. Kupgina usimlik moylari havodan kislorodni biriktirib olibkurib, kattik elastiksimon moddaga aylanadi. Moyning kurish mikdori uning asosiy sifat kursatkichi hisoblanadi. Bu kursatkich yod soni bilan aniklanadi. Bu vaktda 100 g moyga birikkan yod soni aniklanadi. Usimlik moyida yod soni qancha yukori bulsa uning kurish mikdori ham yukori bo’ladi. Usimlik moyi kurish mikdoriga karab 3 guruhga bulinadi: kuriydigan - yod soni 130 dan zied. Bunga zigir, perilla, rijik va boshkalar kiradi. YArim kuriydigan - yodsoni 85-130 gacha. Bunga kungaboqar, mahsar, soya, raps, hantal va kunjut kiradi. Kurimaydigan - yod soni 85 dan kam bulgan. Bunga kanajunjut va er - engok usimliklari kiradi. O’zbekistonda lalmi sharoitida zigir, kunjut va mahsar ekilib kelinmokda. Sugoriladigan maydonlarda takroriy ekin sifatida kunjut, er - engok va soyani ekish mumkin. Mamlakatimizda asosiy moy beruvchi hom ashe pahta chigitni hisobanadi.Garchi chigit moy uchun ekilmasada, tola uchun 1,5 mln ga erga ekiladi. Tolasi ajratib olingan chigitlar esa Respublika aholisining moy bilan ta’minlovchi asosiy hom - ashe hisoblanadi. Hozirgi vaktda Respublikamiz hududida 22 ta eg zavodlari mavjud bulib, ularda yiliga 350 ming t eg ishlab chikarilmokda.
Mahsar - urugi tarkibida 25 - 32 % och - sarik rangli, chala kuriydigan moy bo’ladi, u ozik - ovkatga ishlatiladi va margarin ishlab chikarishda foydalaniladi. Mahsar moyining ta’mi kungaboqar moyinikiga uhshaydi. Mahsar moyi tehnik maksadlarga ham ishlatiladi.
Mahsar pistasi parrandalar uchun yahshi ozik hisoblanadi. Uning kunjarasi achchikrok, lekin oz - ozdan mollarga berish mumkin. 10 kg kunjarasi tarkibida 55 ozik birligi bor, egi tarkibida yod mikdori 115- 155 ga teng. Mahsarning Osiyo mintakasiga ekiladigan fakat bitta Milyutinskiy 114 selektsion navi bor. Mahsar juda kadimdan Hindiston, Afgoniston, Arab mamlakatlari va Markaziy Osie Respublikalarida ekilib kelingan. Mahsardan bugungi kunda ham moy olinadi. Urtacha hosildorligi gektariga 10- 12 ts tashkil etadi. Asosan lalmi maydonlarida ustiriladi.
Mahsar Cartnamus tinctorius L bir yillik utsimon usimlik bulib, astradoshlar oilasiga mansub. Ildizi uk ildiz, 2-3 m chukurlikka kirib boradi. Poyalari tik usadi, kirrali, ok rangli yaltirok, shohlanuvchi, poyasining ichi ok yumshok, buyining balandligi tashki iklim sharoitlariga karab 40 - 50 sm dan 100- 120 sm gacha bo’ladi. Mahsar poyasi ba’zan pastdan uchiga tomon,ba’zan poyasining yarmigacha shohlaydi. Asosiy poyasi gul savatchalari bilan tugaydi, hosil bulgan yon shohlari, ikkinchi tartib shohlar ham gul savatchasi bilan tugaydi.
Barglari bandsiz, tuksiz, dagal, turli hil shaklda va rangda bo’ladi. CHetlari tishli, kupincha tikanli. Pastki barglari chuzinchok,yukori barglarining uchi utkir. Mahsarning 2 turi bor: Tikanli va tikansiz. Barg plastinkasining chetlari tishli bulsa tikanli bo’ladi, barg plastinkasini chetlari tishsiz bulsa tikansiz bo’ladi. Tupgulining diametri 1,5-4 sm. Savatchasida 20-70 tagacha uruglar mavjud, savatning cheti uruma barglar bilan zich uralgan. Ana shu barglar urugini tukilishidan, kushlar chukib ketishidan saklaydi. Uzok vakt yigishtirilmasa ham urugi tukilmaydi. Buning guli dorivorlik hususiyatiga ham ega. Mevasi tashki kurinish jihatidan kungaboqar pistasiga uhshash. Rangi ok, tuksiz yaltirok, 4 kirrali bulib, uchi ingichkalashgan. Gullari juda hushbuy hidli bulib, uzida nektar saklaydi. SHuning uchun asalarilar bu usimlikni judayam hush kiradi.
Mahsar issikka talabchan usimlik. Uruglari 1-20S da una boshlaydi. Maysalari 6-70S sovukka bardosh beradi. SHuning uchun ham uni kuzda ekish mumkin.Usimlik gullagan payti havo nam bulsa uning changlanishi yahshi bulmaydi. Mahsar past haroratga bardosh bergani bilan, issikka chidamli usimlikdir. Usimlik suvga talabchan emas. Agarda sugorilsa bit bosib ketadi. SHuning uchun mahsar rivojlanayogan paytda mutlako sugorilmaydi (1 marta sugorish mumkin). Vegetatsiya davri 95-135 kun. Ekiladigan navlari: Milyutinskiy-114. Mahsarning kator oralari 30 sm kilib ekilganda ekish me’yori gektariga 25 kg, 60 sm kilib ekilganda esa 8-10 kg, 45 sm kilib ekilganda 12-15 kg bo’ladi. Urugini ekish chukurligi 4-5 sm.
Kunjut - ham eng muhim moyli ekinlardan biri hisoblanadi. Uning urugi tarkibida 48-63% gacha yog, 16-17 %5 karbon suvlari va 16-19 % oksil bo’ladi. Uning yogi ozik-ovkatda, konserva kilishda va margarin tayyorlashda kullaniladi.YOgi yarim kuriydigan, tarkibidagi yod mikdori 103-112 bo’ladi. Kukati va kunjarasi mollarga ozuka bo’ladi. Vatani Hindiston, Osiyo mintakasida keng tarkalgan. O’zbekistonning lalmi erlarida ekib kelingan.. Urugi hosili gektariga 1-2 t, kukati hosili esa gektariga 7-15 t ni hosil kiladi.
Kunjut- Sesamum indicum L. Bir yillik usimlik bulib, kunjutdoshlar (Pedaliaceae) oilasiga kiradi. Ildizi uk ildiz bulib, tuprokka bir m gacha chukurlikka kirib boradi. Poyasi tik usadi, buyi 1,5 m gacha bo’ladi, yumshok tuk bilan koplangan. Barglari bandli, poyada navbat bilan yoki karama-karshi joylashgan. Guli beshtali tipda, 1-3 tadan bulib barglari kultigida joylashgan, kiska bandli. Gultojilari ok va pushti rangdan binafsha ranggacha. Kunjut uzidan changlanadigan usimlik, lekin asarlarilar yordamida chetdan ham changlanishi mumkin. Mevasi tukli chuzik kusakcha bulib, 2 yoki 4 ta mevachi bargdan tuzilgan. Unda 70-80 ta don bo’ladi. Doni mayda, yassi, ok , kulrang, kungir yoki kora tusda bo’ladi. 1000 donasining vazni 3-5 g keladi.
Kunjutning kuyidagi navlari eng kup tarkalgan: Tashkentskiy 122 navi O’zbekistonda, Kozogistonda Serahskiy 470, Turkmanistonda Kubanets 55. Kunjut issikni va yoruglikni kup talab kiladigan usimlik. Uning urugi tuprok harorati 15-160S bulganda una boshlaydi. -10S sovukda maysalari nobud bo’ladi. Uning normal usishi va rivojlanishi uchun 25-30 0S harorat optimum hisoblanadi. Harorat 10-120S gacha pasayganda usimliklar usishdan tuhtaydi. Namga va ozik moddalarga talabchan. Vegetatsiya davri 90-120 kun. Kunjut almashlab ekishdan kuzgi bugdoy, makkajuhori va dukkakli don ekinlaridan keyin ekilsa maksadga muvofik bo’ladi.
Kunjut ugitlarga ham nisbat talabchan bo’ladi. Mineral ugitlar tulik (N90, P90, K90) solinganda eng kup kushimcha hosil olinadi. Gektariga 50 t hisobidagi gung tulik mineral ugitlarning yarmisiga (N30, P30, K30) kushib solinganda ham hosildorlik eng kup ortadi.
Kunjut ekiladigan maydonlar yahshi ishlanishi kerak, chunki vegetatsiya davri boshlarida u juda sekin usadi, shunga kura, uni begona utlar bosib ketadi. Kunjut tuprokning yuza kailami 16-180S gacha isiganda ekiladi. Ekish me’yori gektariga 5-8 kg. Urug ekish chukurligi 2-3 sm. Usimlik katorlari kuzga tashlanishi bilanok kator oralari yumshatiladi. Sugoriladigan erlarda kunjut 2 marta: birinchi marta shonalash fazasida, ikkinchi marta yoppasiga gullagan davrida sugoriladi.
Sugorish me’yori gektariga 800-1000 m3. Har galgi sugorgandan keyin, tuprok bir oz kuriganda, katkalok bosishini oldini olish uchun kator oralari yumshatiladi. Kunjut hosili bir vaktda etilmaydi. SHunga kura, kunjut pastki kusaklari kungir va doni normal tusga kira boshlaganda kirganda urila boshlanadi. Kunjut hossili avval urib, keyin yigib olinadi. 1. Er-yongokning urugi tarkibida yog 48-66 % ni tashkil kiladi.
Er-yongokning yogi tarkibida yod soni 83-103 ni tashkil etadi. Er-yongok urugi tarkibida 23-38% oksil bo’ladi. U ozik-ovkatda, kandolat sanoatida kullaniladi. Er-yongok Jan. Amerika, Hindiston, Afrika, osiyo va Urta Osiyoda keng tarkalgan. O’zbekistonda kam ekiladi. Hosildorligi 0,5-2,0 tqga ni tashkil kiladi.
Er-yongok- Arachis hypogaea bir yillik ut usimlik bulib, dukkakdoshlar oilasiga kiradi. Ildizi erga 1,5 m gacha chukur kirib boradi. SHohlarining asosi yumalok, yukori kismi turt kirrali, tukli bo’ladi. Barglari juft patsimon, ustki tomoni sillik, orka tomoni tukli. Gullari bittadan yoki 2-3 tadan bulib,barg kultigida joylashgan. Gultojisining rangi sarik yoi tuk sarik. Gullari er osti va er usti bo’ladi, uzidan changlanadi. Uruglangandan keyin tugunning pastki kismi uzuayib, ginofor hosil kiladi; bu ginofor dastlab yukoriga karab, keyin egilib pastga karab usadi. Ginofor tuprokka 8-10 sm chukur kirib boradi va usishdan tuhtaydi. SHundan keyin tugunchasida meva rivojlana boshlaydi. Mevasi pillasimon shakldagi ochilmaydigan dukkakdan iborat bulib, pusti tursimon, kalin. Urugi chuzik-oval shaklida, yumalok tuk-kizil yoki och pushti rangda bo’ladi.
Er-yongok issiksevar va namsevar usimlik hisoblanadi. Er-yongok urugi tuprok harorati 120S bulganda una boshlaydi. Maysasi -10S sovukda nobud bo’ladi. 25-28 0S usimlikning usishi va rivojlanishi uchun kulay harorat hisoblanadi. Er-yongok gullash va meva tugish fazalarida namni eng kup uzlashtiradi. SHuningdek er-yongok mineral ugitlarga ham talabchan usimlik hisoblanadi. Har gektar erdan 15 ts dukkak hosili va 30 ts vegetativ massa olinadigan sharoitda erdan 107 kg azot, 15,8 kg fosfor va 57 kg kaliy uzlashtiradi.
Er-yongok almashlab ekishda kuzgi bugdoy va kator oralari ishlanadigan ekinlardan keyin ekiladi. Er-yongok ekiladigan erlarga kuyidagi me’yorda organik va mineral ugitlar solinadi: gektariga 20-30 t gung, 60-90 kg azot, 60-80 kg fosfor.
Erni ishlash kuzda shudgorlash oldidan yuza yumshatish va ketidan shudgorlash, erta bahorda boronalash va 2-3 marta kultivatsiyalash bilan bir katorda yana boronalashdan iborat. Er-yongok 70h70 sm li shemada, har uyaga 5-6 tadan urug tashlab kvadrat uyalab ekiladi, shuningdek kator oralarini 70 sm dan kilib keng katorlab ham ekiladi. Urug ekish me’yori gektariga 60-90 kg dukkaklari ekiladigan bulsa, ekish me’yori 25-30 kgqga dan oshmasligi kerak. Urugini ekish chukurligi 6-8 sm. Hosili dukkaklari yahshi tulishgan vaktda yigila boshlanadi. Buning uchun usimlik tuplari AP-70 markali er-yongok kovlagich bilan kovlanib, erga kator kilib yotkizib ketiladi. Kovlab olingan hosil 3-4 kun davomida kuritiladi. Keyin MA-1,5 moslama bilan jihozlangan SK-4 kombaynida yanchiladi. Kombayndan chikkan dukkaklari 8% namlikkacha kuritiladi.
Kungaboqar
Xalq xo‘jaligidagi ahamiyati. Moyli o‘simliklar ichida kungaboqar ekiladigan maydon va umumiy hosildorligi bo‘yicha birinchi o‘rinda turadi. Urug‘ida yog‘ning miqdori yuqori bo‘lib 52-57% tashkil etadi. Uning yog‘i och sariq rangli, yaxshi sifatli, oson hazm bo‘ladi. Yog‘i oziq-ovqat sanoatining hamma sohalarida: margarin, non, shirin kulchalar tayyorlashda, konserva ishlab chiqarishda, lak-bo‘yoq sanoatida, sovun pishirishda, linoleum, klyonka olishda qo‘llaniladi. Kungaboqarning kunjarasidan hayvonlar uchun oziq tayyorlanadi. Kungaboqar poyasi qog‘oz ishlab chiqarish uchun xomashyo hisoblanadi. Poyasi yoqilganada qoladigan kul tarkibida 35% ga yaqin kaliy oksid bo‘ladi. Undan sovun pishirishda, shisha sanoatida va boshqa sohalarda ishlatiladigan potash olinadi. Gullash davrida silos tayyorlanadi. Poyasi o‘tin sifatida ishlatiladi. Kungaboqar urug‘ini tarkibida 29-60% moy va 16% oqsil bo‘ladi. Moyidagi 62% gacha biologik aktiv lipoya kislotasi, A, D, YE, K vitaminlari uning sifatini oshiradi.
Kungaboqar donli ekinlarga qaraganda yosh ekin hisoblanadi. Uning vatani Shimoliy Amerikaning Janubiy g‘arbiy hududlaridir. Yevropaga ispanlar XVI asrda olib kelishgan. Rossiyada XVIII asrda Ukrainada dekorativ ekin sifatida ekila boshlangan. Kungaboqardan dunyoda birinchi bo‘lib 1829 yilda Rossiyada krepostnoy dehqon D.S. Bokorev yog‘ ajratib olgan (qo‘lda siqib olish bilan), 1965 yilda esa Rossiyada yog‘ zavodi qurilgan. Shunday qilib, kungaboqarni ikkinchi vatani Rossiya bo‘lib qolgan. Amerikada XX asrning 20 yillarida eka boshlashgan, urug‘ini Rossiyadan olib borishgan.Biologik xususiyatlari. Kungaboqarning urug‘i 4-60 C da una boshlaydi, lekin sekin o‘sadi. 13-15 0 C da maysalari 11-13 kundan keyin paydo bo‘ladi.Harorat 15-16C ga ko‘talilganda urug‘i 9-10 kunda, 20 C da 6-8 kunda unib chiqadi Maysalangandan so‘ng 15-20 kun dan keyin yoki 2-3 par barg hosil qilish fazasida to‘pguli hosil bo‘la boshlaydi. Kungaboqar maysalari 5-5 C li qisqa muddatli sovuqqa bemalol chidaydi. O‘simlik unib chiqqandan gullashigacha issiqqa bo‘lgan talabi ortib boradi. Gullash maysalar hosil bo‘lgandan 50-60 kundan boshlanib 20-27 kun davom etadi. Kungaboqarni o‘sish va rivojlanishi uchun eng optimal temperatura 20-24C, gullash fazasida 25-26C, pishish yetilish davrida 26-280 C, 300 C dan yuqori temperatura salbiy ta’sir etadi.Kungaboqar yorug‘sevar o‘simlik. Boshqa o‘simliklar bilan soyalanib qolsa, uning o‘sishi va rivojlanishi susayadi. Kungaboqar qisqa kun o‘simligidir. Shimolga borgan sari o‘suv davri uzatsib boradi. Unumdor toza tuproqlarda, tuproq muhiti pH 6,0-6,8 bo‘lganda yaxshi rivojlanadi. Kungaboqarda quyidagi rivojlanish fazalari bor: maysalash, savatcha hosil qilish, gullash, yetilish. O‘suv davri o‘rtapishar navlarida 70-90 kun, o‘rtapishar navlarida 90-120 kun va kechki navlarida 120 kundan ko‘proq davom etadi. Kungaboqar suvga talabchan o‘simlik. Ammo ildiz sistemasi yaxshi rivojlanganligi uchun qurg‘oqchilikga chidaydi. Suvga eng ko‘p talabi intensiv o‘sish davriga to‘g‘ri keladi. Har bir o‘simlik vegetatsiya davrida 200 kg dan ortiq suv sarf qiladi. Trantspiratsiya koeffitsiyenti 450-560. Ildiz sistemasi juda yaxshi rivojlangani uchun suvni tuproqning chuqur qatlamlaridan olish xususiyatiga ega. Qoratuproq, kashtan tuproq va bo‘z tuproqlarda yaxshi o‘sadi.
Download 28.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling