Reja: Dtning verfikatsiyasi va attestatsiya o’rtasidagi farqlar bilan tanishish


Download 84.57 Kb.
Sana24.12.2022
Hajmi84.57 Kb.
#1054235
Bog'liq
12-mavzu


12-Ma’ruza. Dasturiy ta’minotni tekshirish
Reja:

  • Dtning verfikatsiyasi va attestatsiya o’rtasidagi farqlar bilan tanishish;

  • Dasturlarni inspeksiyalash bilan tanishish;

  • Verifikatsiyda static tahlil nima uchun asosiy metod ekanligini tushunib olish;

Verifikatsiya vs. Attestatsiya
Verifikatsiya va attestatsiya dasturiy ta’minotning o’z spetsifikatsiyasiga mosligi va buyurtmachi talablariga mos ekanligini tekshiradi. Verifikatsiya va attestatsiya DTning hayotiy siklini to’liq qamrab oladi – ular talablar bosqichida boshlanadi hamda testlash bosqichining dastur kodini testlashda tugallanadi.
Verifikatsiya va attestatasiya jarayonlarini adashtirib qo’yish osonligiga qaramasdan, ular bir narsa emas. Ular o’rtasidagi farqni quyidagicha tushuntirish mumkin:

  • Verifikatsiya “Tizim to’g’ri tuzildimi?” degan savolga javob beradi;

  • Attestatsiya esa, “Tizim to’g’ri ishlayaptimi?” degan savolga javob beradi.

Verifikatsiya DT ning tizim spetsifikatsiyasidafi funksional va nofunksional talablarga mosligini tekshiradi. Attestatsiya – yanada umumiy jarayon. Attestatsiya vaqtida dasturiy mahsulot buyurtmachi hohishlariga mosligiga ishonch hosil qilinadi. Tizim nafaqat spetsifikatsiyaga mosligini, balki foydalanuvchi hohishiga mosligini aniqlash uchun attestatsiya verifikatsiyadan keyin o’tkaziladi.
Ikki asosiy metodika
Verifikatsiya va attestatsiya jarayonida, tizimni tekshirish va tahlil qilish uchun 2 asosiy metodikadan foydalaniladi:
1. DT ni inspeksiyalash. Spetsifikatsiya talablarini hujjatlashtirish, arxitekturaviy sxema, yoki dasturning manba kodi kabi tizimning turli tahlil va tekshiruvlarini namoyon qiladi. Inspeksiyalash DT ni ishlab chiqishning barcha bosqichlarida amalga oshiriladi. Inspeksiyalash bilan parallel ravishda dasturning manba kodi va mos hujjatlar avtomatik tahlil qilinadi. Inspeksiyalash va avtomatik tahlil – bu verifikatsiya va attestatsiyaning static metodlari hisoblanadi.
2. DT ni testlash. Bajariluvchi kodni test ma’lumotlari bilan ishga tushirish va chiquvchi ma’lumotlarni tadqiq qilish. Testlash – bu verifikatsiya va attestatsiyaning dinamik metodi hisoblanadi.

Testlashning ko’rinishlari
DT ni ishlab chiqish jarayoning turli bosqichlarida testlashning turli ko’rinishlari qo’llaniladi.

  1. Defektlarni testlash dastur va uning spetsifikatsiyasi o’rtasidagi nomuvofiqlikni topish uchun o’tkaziladi.

  2. Statik testlash dasturning samaradorligi va ishonchliligini hamda turli rejimlardagi eksplutatsiyalarda tizim ishini baholaydi.

Verifikatsiya va attetatsiyaning asosiy maqsadi – tizim “o’z maqsadiga muvofiqligi” ga ishonch hosil qilishdir. Zaruriy muvofiqlikning ishonchliligi darajasi tizim maqsadiga, foydalanuvchilar kutilmalariga va dasturiy mahsulotlar bozori shartlariga bog’liq.
Otladka jarayoni
Qoidaga ko’ra, verifikatsiya va attestatsiya jarayonida tizimdan xatoliklar aniqlanadi. Xatolikni to’g’rilash uchun tizimga o’zgartirish kiritiladi. Bu otladka jarayoni boshqa varifikatsiya va attestatsiya jarayonlari bilan integratsiya qilinadi. Testlash va otladka qilish jarayonlari bir-biridan farqlanadi.

  1. Verifikatsiya va attestatsiya – dasturiy tizimda defektlarni toppish jarayoni;

  2. Otladka – defektlarni mahalliylashtirish va ularni to’g’rilash jarayoni



Download 84.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling