Reja: Dualizm insoniyatning ilk diniy etiqodlaridan biri. Yozma manbalar va arxeologik topilmalar Dualizm yorqin namoyon bolgan mavzulardan yana biri Borlliq
Xorazmda odamlar va it suyaklari birgalikda solingan ossuariylar topilgani totemga etiqod
Download 62,5 Kb.
|
Tug\'ilova Maftuna1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiyotlar
Xorazmda odamlar va it suyaklari birgalikda solingan ossuariylar topilgani totemga etiqod bilan izohlanadi. Y. Rapoport totem siymolari va vaqt otishi bilan samoviy va insonga oxshash ilohlarga aylanib, falsafiy qarashlar bilan boyiganligini togri takidlaydi. Zardushtiylik kitobida olganning oldiga Xuriliqo pari ikkita it bilan keladi, ularning vazifasi begunohlarning ruhini saqlab qolish uchun yovuz kuchlarga qarshi kurashishdan iborat. Itlar narigi dunyo qoriqchilari sifatida gavdalanadi va avval "dafn etuvchi" totem iti bolgan. Yevropa va Falastinda ham (jasadni) itlar bilan komishgan. Orta Osiyoda narigi dunyo bilan bogliq bori yoki it siymosi ananaviy bolib, Yerqorgon ibodatxonasida xam uning qolipi topilgan. Termiz yonidagi Bolaliktepada xonalarning biri ibodatxona bolib, ortasida otashgoh joylashgan va devorlari supa bilan oralgan. Shimoliy supada 9 ta it jaglari topilgan. Tagisken qorgonidan topilgan va eramizdan oldingi asrlarga mannsub bolgan qilichning tilla qoplamasida borilar oziga xos ravishda tasvirlangan. Dalvarzintepadan topilgan tilla kamar-orqa oyoqlarida turib, old panjasini tishlayotgan uchli quloqli hayvon tasvirlangan. Nishonaning tepa chap qismidagi tumshugiga qaraganda, boriga oxshaydi.
Beruniy narda oyini toshlari billurdan kuchuk shaklida yasalganligi haqida guvohlik beradi. Olkamizda xuddi shunday narda toshlarining sopoldan yasalgani ham bolgan. Kohna Urganchda Najmiddin Kubro maqbarasida darvishlar kuchuk boqishgan. Avliyoning kuchugi uchishni bilganligi xaqidagi afsonani olimlar it-qush Senmurg bilan boglaydilar. Umuman, xorazmliklarda suv iti - suvsarni oldirish oldinlari man etilgan va uning moynasini faqat Xiva xonlari kiyishi mumkin bolgan. Hind etiqodlarida ham uni oldirgan kishi jaxannamda qiynalishiga ishonilgan. Videvdat asarining XIII fargardi(bobi)da aytilishicha, It-tipratikonni oldirgan kishi oz ruhini kelgusi toqqiz avlodda oldiradi. Tipratikon tasvirlari Xorazm va Kushon Baqtriyasida ham uchrab Termiz, Xotinrabot va SHortepa obidalaridan tipratikon shaklida ishlangan idishlar dastalari topilgan. Olimlarning fikricha, tipratikon eramizdan olding II-I ming yillik-larda qadim Sharq mifologiyasida ilonga qarshi kurashuvchi siymo bolgani dualizmga xos ikki ibtido tushunchasini izoxlaydi. Zardushtiylik talqiniga binoan, tipratikon don tashuvchi chumolilarning iniga siyib, ularni yoq qiladi. Avestoda aytilishicha, tipratikon kechasi minglab yomonlikning minglab kuchlarini oldiradi, uning ignalari esa Quyosh- ning nurlari bilan taqqoslanagan. Yuqorida korganimizdek, dualizm nuqtai nazaridan it va bori timsoli qadimda olkamizda foniy va boqiy, yani olamning dual tashkil etilgan ikki pallasini bir-biri bilan boglovchi vazifsini otagan. Turkiy mifologiyada egizaklar haqidagi afsona mol hosil va molga baraka beruvchi, bola tugilishi va chaqaloqlarga homiy xisoblangan iloha Umay-ona bilan bogliq bolgan. Rabatakda topilgan Kanishka yozuvi Umma deb atalgan yana ilohani bizga tanishtirdi. Turkiy hoqonlik lashkarining galabalaridan biri haqida shunday yozuv bor: "Samo, Umay, addas Vatan (yer-suv) bizga galaba ato etdi". Umay, xuddi Tangri va Yer-suv kabi, qadim turkiylarda ilohiy majmuaning asosiy xudolaridan bolgan. U hosildorlik ilohasi va homiysi hisoblangan. Shu bilan birga, u jang homiysi bolgan. Bori yoki it katta qilgan egizaklar mavzui turli xalqlarning maqbaralarida ogzi pastga qaratib komilgan kozalar bilan ham bogliq. Ularning ichida kul yoki qizil boyoq bolgani uchun olov etiqodi bilan boglashadi. Shu odatni Xorazm arxeologik ekspeditsiyasi ham turli joylarda aniqlashga muvaffaq bolgan, masalan, eramizdan oldingi VII- V asrlarga mansub Tagisken madfanining yondirish xonasida ogzi pastga qratilgan idish topilgan.Olkamizda bunday kozalar maqbaralar, shaxristonlar va daryo boylarida topilgan. Amudaryo deltasining Qamishli I maskanida ham eramizdan oldingi II mingyillik boshiga va Tozabogyob madaniyatining Anqa 2 va Jonbos 33 maskanlarida eramizdan oldingi II mingyillik oxiriga mansub shunday topilmalar aniqlandi. Qalaliqir 2 maskanida eramizdan oldingi IX asrga mansub kozalar topilgan. Shunga asoslanib, bu qadim etiqod bilan bogliq odat, deb xulosa chiqarishadi. M. Itina ozga xalqlarning etnografik odatlaridan shunga oxshash: odatlar talqinini topib, qiyos usuli asosida olkamizdagi etiqod odatini tiklashga xarakat qiladi. YAni egizaklar etiqodi! barcha xalqlarda deyarli bir xil odat shaklida mavjud bolganligi tufayli ayrim qiyoslar otkaziladi. Masalan, Afrika qabilalarida egizaklarni katta xumga solib, qalin ormonlarda ogzini pastga qaratib komishar ekan. Egizaklarning yomgir chaqirish borasida gayrioddiy qobiliyatga ega ekanligiga bolgan ishonch tufayli,bemavrid yomgir chaqirmasligi uchun ularni daryo boyida yoki botqoq joylarda komishgan. Shuningdek, tugilish paytida olgan yoki onasi tugishdan oldin olgan chaqaloqlarni xam xumlarga solib, ogzini pastga qaratib komishgan va ularni "xum farzandi", deb atashgan. Ibtidoiy insonlar egizaklar, chaqaloqlar, kasal va nogironlar ichida yomon rux borligiga ishonishgan va ularni aloxida marosimlar bilan dafn etishgan. Namozgartepa maskanida xam endi tugilib, olamdan koz yumgan chaqaloqni katta xumda ogzini pastga qaratib komilgani aniqlangan. Bolaning ruxi tashqariga chiqmasligi uchun kichik xumlarni ogzini pastga qaratib komish odati tumor vazifasini otagan va, umuman, bu odat Olov va Quyosh etiqodi bilan bogliq bolgan, deb taxmin qilishadi. Xorazmliklar tabib-folbinlarning arvoh yordamchilarini "lashkar" deb atagan, Samarqandda esa, "jamiki insu-jinsni lashkar deyishgan". Pari homiyligiga erishgan odam haqida "lashkar soyasi tegdi", deyishgan. Dunyoning turli mintaqalarida, jumladan bizda ham, pari siymosidagi ruhlar bilan insonning jinsiy aloqasiga bolgan ishonch, egizaklarga nisbatan alohida etiqod shakllanishita olib kelgani diqqatga sazovor. Ayrim tadqiqotchilar bu etiqodni chaqaloqlar tugilishida ota bilan birga onaning homiy parisi "ishtirok etgan" va keyinchalik, egizaklar etiqodi turli yirik dinlarning mifologik asosini tashkil etgan, deb taxmin qiladi. Zardushtiylikda bir-biriga qarama-qarshi ilohlardan Ahura Mazda va Angro Manyu egizak hisoblangan. Olkamizga islom kelganida, bu etiqod Muhammad paygambarning nevaralari Hasan va Husan siymolarida aks etadi va ogil egizaklarga hozirgacha shu nom qoyiladi. Islomda qiz egizaklar paygambarning qizi Fotimaning "Zuhra -Yaraqlovchi" laqabi juftlashtirilib, Fotima-Zuhra yuzaga kelgan, " yani eng qadimgi dinii etiqodlarimiz zamonlar otishi bilan yangi vujudga kelayotgan diniy tizimlarga singib otadi. Shu tariqa, Baktriya, Sogd, Choch va Xorazm aholisining dualizmga yogrilgan diniy etiqodlari bir-biriga tasir otkazib, ularning barchasi uchun birlashtiruvchi kuch sifatidagi olov etiqodi asosida olkamizda zardushtiylik vujudga kelgani taajjublanarli hol emas. Darhaqiqat, dualizm Avestoda eng mukammal shakl va mazmunga erishadi, yaxshilik va yovuzlik ortasidagi kurash kun va tun , yoruglik va qorongulik karshiligida namoyon bolib, zardushtiylik dinining asosini tashkil etadi. Zardusht shunday degan: "Avvaliga bir juft egizak, ikki ruh (paydo) bolib, har birining oz faoliyat turi bolgan. Bu - fikr, soz va ishda namoyon boluvchi yaxshilik va yomonlikdir. Ikkisidan birini tanla. Yaxshi bolgin, yomon bolma". Zardusht etiqodiga binoan, dunyoda yaxshi va yomon rux kurashadi. Zardushtiylarning oliy iloxi Axura Mazda ikkala ibtido emas, faqat yoruglik ustida xukmron. Chorva kopligi va tinchlikni yaxshi niyatli insonlar yordamida Mazda va uning yordamchilari, jumladan, osoyishta chorva xayoti xomiysi Aramati iloxa taminlashi lozim. Olimlar, bu faoliyat Xorazmda eramizdan oldingi VII-VI asrlarda "Tura" nomini olgan sak va massaget sabilalari orasida sodir bolgan, deb xisoblaydi. Keyinchalik, bu dualizm Turon va Eron orasidagi kurashga otadi. Adabiyotlar: Bromley. Y.V. Ocherki teorii etnosa. M.,1983. Levi-Stros K. Strukturnaya antropologiya. M., 1983. Orlova E.A. Vvedeniye v sotsialnuyu i kulturnuyu antropologiyu. -M.,1994. Etnologiya /Pod. red. G.YE. Markova i V.V. Pimenova. M., 1994. Lurye S.V. Istoricheskaya etnologiya. M., 1998. Sadoxin.A.P. Etnologiya. M., 2000. Download 62,5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling