Reja: Dualizm insoniyatning ilk diniy etiqodlaridan biri. Yozma manbalar va arxeologik topilmalar Dualizm yorqin namoyon bolgan mavzulardan yana biri Borlliq
Dualizm yorqin namoyon bolgan mavzulardan yana biri - Borlliq yaratilishida egizaklar roli haqidagi qadimiy tasavvurlardir
Download 62.5 Kb.
|
Tug\'ilova Maftuna1
Dualizm yorqin namoyon bolgan mavzulardan yana biri - Borlliq yaratilishida egizaklar roli haqidagi qadimiy tasavvurlardir. Umuman, dunyoning ikki egizak aka-ukasi orasidagi kurash asnosida paydo bodishi haqidagi rivoyatlar kop ibtidoiy elatlarda mavjud bolib, dunyoning narigi burchagida joylashgan Amerikadagi irokez qabilalari bilan zardushtiylikda bir xil asosda namoyon bolishini B. Taylor aytib otgan.
Bu borada, Qashqadaryoning Yerqorgon ibodatxonasida topilgan xum dastasida ikki qanotida ikkita jojasi otirgan qush haykalchasi egizaklar mavzuiga boglanadi. Sayan-Oltoy turkiy qabilalarida ham dunyo yaratilishi haqida saqlanib kelayotgan eng qadimgi asotirlardan biriga binoan jahon okeanida suzuvchi ikkita egizak ordak Yer va toglarni yaratadi. Ulardan biri Yuqori dunyo, ikkinchisi esa, Quyi dunyo hukmroni bolib, Ak ene (Oq Ona) amriga binoan, olamni yaratadi. Zardushtiylikda xam Xudo va odamlar orasida vositachilikni Karshiptar degan suv qushi otagan. Suvda suzuvchi qush tasviri olkamizda koplab ashyolarda oz aksini topgani aynan shu mavzuga bogliq bolib, Surxondaryoda islom kelganidan keyinchalik ham, XII asrgacha saqlanib kelgani ayon. Olkamizda bir boshli va ikki tanali dev tasvirlari qadimdan malum bolib, namunasi Samarqand muzeyida saqlanuvchi bronza taglamasida aks etgan hamda yana bir misol - Termizshohlar saroyining ganchkori peshtoqidagi tasvir. Bu mavjudotlarning egizaklar mavzuiga ham aloqasi bolishi mumkin: bosh-lari va tanalari ozaro birikib ketgan Siam egizaklarini eslash kifoya. Olkamizda afsunkor Anqo qushining ham ikkita boshi bolgan. Xorazmning Uygarak obidasida ikki boshli ot haykalchasi topilib, bu mavzu ozbeklar folklorida ikki boshli ot va ikki boshli qushlarda ham namoyon boladi. Bu siymo qadimiy mifologiyada, turkiy qabilalarning shajaraviy nishona-gerbi va tamgalarida muhrlanadi. Ona bori boqib, katta qilgan va Rimga asos solgan egizaklar Romul va Rem qoyidagi rivoyat Ohangarondan topilgan tilla buyumda tasvirlanishi, olimlarning fikricha, qadim olkamizning Vizantiya bilan aloqalari asosida vujudga kelgan. Bori bilan bogliq mazkur mavzuning olkamizdagi shuhratini olimlar turkiy qabilalarning totemi (afsonaviy ilk ajdod) bori bolganligi bilan boglashadi. Xitoyning qadimgi solnomalarida ham bori turkiy xalqlarning totemi bolib, qabila undan kelib chiqqani bilan bogliq afsonalar keltirilgan. Shulardan birida qabila qirilganidan keyin yolgiz qolgan on yashar bola borilar orasida osgani va qadim turkiylar ana shu ona boridan tarqalgani rivoyat qilinadi. Bori uni topib olib, gorda gosht bilan boqib katta qiladi va undan onta ogil koradi. Ulardan har biri oziga xos turkiy qabilaga asos solib, bittasining turida bori boshi tasvirlanadi. Qadim turkiy xoqonlar huzuriga kelgan elchilar esa, bori tugiga tazim qilganidan keyingina qabul qilingan ekan. 1928-1930 yillarda L. Potapov Ozbekistonning turli mintaqqalarida etnografik material toplab, bori etiqodi bilan bogliq malumotlarni keltiradi. Uning xulosasi boyicha, ozbeklar orasida tadqiqot paytiga kelib ham islomdan oldingi diniy etiqod urf-odatlari va tasavvurlari saqlanib qolgan ekan. Aslida, boriga etiqod kop qadim xalqlarda ham mavjud bolib, dualizmga xos qarama-qarshiliklar kurashi hamda yaxshilikni asrovchi kuch ekanligini ifodalagan. Rim asoschilari Romul va Remdan tashqari, rimliklarning umumiy ilohiy ajdodi Mars xam bori sifatida tasvirlangan. Gerodot yiliga bir marta boriga aylanish qobiliyatiga ega bolgan xalqni tavsiflaydi. Qadim germanlarda bori ilohlarga atalgan. Slavyan va Kavkaz xalqlarida ham bori bilan bogliq koplab urf-odatlar bor. Shimoliy elatlar va Amerika hindulari ham unga etiqod qilgan. Ammo boshqa xalqlarga nisbatan boriga etiqod turkiy xalqlarda va mogullarda kuchli bolib, u odamlarni kasallik va ofatlardan saqlovchi xomiy sifatida korilgan. Darhatsmsat, turkiy qabilalarda bori sexr-jodu timsoli bolib, uning terisi yordamida turli kasalliklardan saqlanilgan. Qoni tokilsa, tokilgan joyning ustini qishda -qor bilan, yozda esa - tuproq bilan yopishgan, chunki u - "ilohiy kuchuk" bolib, yomon havo chaqirishiga ishonishgan. L. Potapov yozib qoldirgan malumotlarga kora, ozbeklarda bori chaqaloqni saqlab qolishi xislati bilan bogliq bolgan, chunki bori ularning ajdodi hisoblangan. Tugruq qiyin kochganida, ayolning boshi ostiga bori payini qoyishgan. Xorazmliklar chaqaloqning birinchi koylagini bori koylak" deyishgan. Chaqaloq yashab ketsin, deb bori jagini ustidan ogirib, ismini Boriboy qoyishgan. Chaqaloq jasadini yomon kuchlar xujumidan asrashi uchun uni bori terisiga orab komishgan. bola beshigi ustiga borining turli tana azolarini tumor sifatida osib qoyishgan va kiyimiga ham tikishgan. Erkaklar xam bori tishi va oshigini tumor sifatida taqib yurishgan. Bori faqat insonlarning emas, balki dala, hosil, mol-mulk h omiysi sifatida ezozlangan. Samarqandda hosilni asrash uchun borining bosh chanogini dalada xodaga osishgan. Download 62.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling