Reja: Dunyo okeani va uning qismlari


Download 427.8 Kb.
bet4/8
Sana23.04.2023
Hajmi427.8 Kb.
#1383233
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Dunyo okeani

Okeanlar haqida ma'lumot.
Okean, Dunyo okeani (yun. Okeanos — Yerni aylanib oqadigan azim daryo) — Yerning materik va orollarni oʻrab turuvchi suv qobigʻi. Gidrosferaning katta qismi (94%) ni, Yer yuzasining taxminan 70,8% ini egallaydi. Fizik va kimyoviy xususiyatlari hamda suvining kimyoviy tarkibi jihatidan Okean bir butun, lekin miqdor jihatidan gidrologik va geokimyoviy koʻrsatkichlari xilma-xildir. Gidrologik rejimining tabiiy-geografik xususiyatlariga koʻra, dunyo okeani alohida okeanlar, dengizlar, qoʻltiqlar, buxta va boʻgʻozlarga ajralib turadi. 1650-yilda golland geografi B. Varenius Dunyo okeanini 5 alohida qismga: Tinch, Atlantika, Hind, Shimoliy Muz, Janubiy Muz Okeanlariga boʻldi. 1845-yilda London geografiya jamiyati ham buni tasdikladi. Keyinroq baʼzi olimlar Dunyo okeanini faqat 3 ga ajratadilar: Tinch, Atlantika va Hind okeanlari. XX asrning 30-yillaridan boshlab Arktika havzasi sinchiklab tekshirilgandan keyin, 4 alohida okean ajratildi: Tinch, Atlantika, Hind va Shimoliy Muz Okean Yer sharida Okean suvi va qurukliklarning taqsimlanishi turlicha. Shimoliy yarim sharda suv sathi yer sharining 61% ini egallaydi. Bu yerda Okean suvlari quruqlikkacha ancha kirib borib, koʻp sonli dengiz va qoʻltiqlar hosil qiladi. Barcha ichki dengizlar Shimoliy yarim sharda joylashgan. Janubiy yarim sharda suv sathi 81% maydonni tashkil etadi, lekin dengiz va qoʻltikdar kam. 81° shimoliy kenglikdan shimolida Shimoliy Muz okeanida va janubiy kenglikning taxminan 56° bilan 65° oʻrtasida Okean suvi yer sharini uzluk-siz qatlam shaklida oʻrab olgan. Suv yoki kurukdikning koʻpligiga qarab yer shari okean yarim shari va materik yarim shariga boʻlinadi. Okean yarim sharining qutbi Yangi Zelandiyadan janubi-sharqda, materik yarim sharining qutbi esa Fransiyaning shimoli-gʻarbida joylashgan. Gidrosferaning bir qismi boʻlgan Okean atmosfera va Yer pusti bilan uzluksiz oʻzaro aloqador; shuning uchun ham Okeanning koʻpgina muhim xususiyatlari atmosfera va Yer poʻstiga bogʻliq. Okean issiqlik va namning juda katta akkumulyatoridir. Okean tufayli Yerda temperatura juda keskin farq qilmaydi, uzoq-uzoq oʻlkalarga namlik yetib boradi, natijada hayot uchun qulay sharoit vujudga keladi. Okean oqsil moddalarga ega boʻlgan boy oziq-ovqat mahsulotlari manbaidir. Okean energetik, kimyoviy va mineral boyliklar manbai ham boʻlib, ularning bir qismidan (suv koʻtarilish energiyasi, baʼzi kimyoviy elementlar, neft, gaz va boshqalardan) inson hozirdanoq foydalanmoqda. Okean va uning dengizlaridan xalqaro aloqalar oʻrnatishda juda kadim zamonlardan foydalanilgan. Bu esa yangi yerlarning ochilishi va madaniyat markazlaridan uzok, hududlarni oʻzlashtirish uchun sharoit yaratdi; transport vositalaridagi texnika taraqqiyoti bu jarayonni yanada tezlashtirdi. Dunyodagi yuk aylanishning 4/5 qismi Okean yoʻllari orkali amalga oshiriladi (qarang Dengiz transporti). Okeanning insoniyat hayotidagi roli tez oʻsmoqda. Dunyo mamlakatlari iktisodiyotining turli sohalarida Okeandan foydalanish muammolari (kema qatnovi, baliq ovlash, Okean resurslaridan ratsional foydalanish, shelfni oʻzlashtirish, kontinentlararo kabellar yotqizish, suvni chuchuklashtirish, shuningdek, dengizlarni muhofaza qilish va ifloslanishining oldini olish va boshqalar) olamshumul ahamiyatga ega boʻlib, muhim iqtisodiy, siyosiy va huquqiy masalalarni hal qilish bilan bogʻliq. Keyingi yillarda Okeanda olib borilgan tadqiqotlar shuni kursatdiki, Okean tubining relyefi murakkabligi jihatidan materiklar usti relyefidan qolishmaydi. Tubining geologik tuzilishi va relyefi. Okean tubi maydonining kup qismi (73,8%) 3000 m dan 6000 m gacha chuqurlikda joylashgan. Okean tubining planeta miqyosidagi morfostrukturalari (eng yirik shaklari) Yer pusti ayrim qismlarining tuzilishi va tarixiy rivojlanishidagi tafovutlarga qarab ajratiladi. Okean tubini eng yirik relyef shakllariga qarab 4 qismga boʻlish mumkin: 1) materiklarning suv ostida qolgan chekka qismlari; 2) Okean qaʼri; 3) materiklarning suv ostida qolgan chekka kismlari bilan Okean qaʼri oʻrtasidagi oraliq zona; 4) okean oʻrtasidagi togʻ tizmalari. Okean tubining materiklarga yondosh kismlarining Yer pusti materiklarnikiga oʻxshash boʻlib, materiklarning suv ostidagi chekkasi hisoblanadi va unda relyef xususiyatlariga qarab shelf, materik yon bagʻri va materik etagi farq qilinadi. Materik etagi bilan chegaradosh Okean qaʼri uch qatlamli: yupqa poʻstdan iborat yumshoq choʻkindili yuqori satlam (yoki "birinchi" seysmik qatlam), "ikkinchi" (bazalt usti qatlami) va pastki qatlam — bazalt qatlami. Tinch okean chekkalarining katta qismida, Hind okeanining Shimoli-sharqida, shuningdek, Karib va Skosha (Skotiya) dengizlarida materikning suv ostidagi chekkasi bilan Okean qaʼri oʻrtasida oraliq zona joylashgan. Bu yerlarda chekka dengiz soyliklari (chuqurligi 4000– 5000 m gacha), yoysimon tizilgan orollar (bunday orollarning tepasi suv ustida togʻ tizmalarini hosil qilgan), chuqur novlar relyefning asosiy shakllaridir; Okeanning eng chuqur joylari ana shu novlarda (Mariana novi — 11022 m). Bunday orollar zonasida zilzila boʻlib, vulkanlar otilib turadi. Okean oʻrtasidagi suv osti togʻ tizmalari Okean tubining 4-yirik shaklidir. Barcha okeanlarni u boshidan bu boshga kesib oʻtgan suv osti togʻlarida rift vodiylari, rift tizmalari, koʻndalang siniklar.
Okeanlar haqidagi qiziqarli ma'lumotlar:
🔹 okeanlar taxminan 3,5 milliard odam uchun asosiy oziq-ovqat manbai hisoblanadi;
🔹 okeanlar sayyorada hayot paydo bo‘lishidan 3 milliard yil oldin paydo bo‘lgan;
🔹 hozirgi kunda Yer yuzidagi mavjud hayot shakllarining taxminan 70 foizi okean suvlarida yashaydi;
🔹 okeanlar uzoq yillar davomida dengiz va yer qa’ridan quyiladigan minerallar tufayli sho‘r;
🔹 o‘tgan asrda okean suvlari darajasi 25 santimetrga ko‘tarildi;
🔹 sayyoradagi vulqon faolligining 90 foizi okeanlarda sodir bo‘ladi;
🔹 Yer yuzidagi eng baland suv toshqinlari taxminan 16 metrni tashkil etadi, ularni AQSh, Kanada qirg‘oqlari va Fendi ko‘rfazida kuzatish mumkin;
🔹 Yerning eng past nuqtasi Tinch okeanining g‘arbiy qismi – Marian xandagining 11 034 metr chuqurligida joylashgan;

🔹 eng shaffof okean suvi Antarktida sohilidagi Uedell dengizida joylashgan;


🔹 Boltiq dengizi suvlarida eng yuqori oltin miqdori qayd etilgan;
🔹 okean suvidagi tovush tezligi havodagiga qaraganda besh baravar yuqori;
🔹 okean tubida ko‘pincha 100 metr balandlikdagi to‘lqinlar g‘azablanib, suv yuzida ulardan hosil bo‘lgan sunamilar taxminan 60 metrgacha ko‘tariladi;
🔹 davlatlar o‘rtasidagi savdo aloqalarining 90 foizidan ortig‘i suvlardagi kemachilik yuk tashish orqali amalga oshiriladi;
🔹 har yili akulalardan chaqmoq urishi yoki asalari chaqishiga qaraganda bir necha o‘n marotaba kam odam halok bo‘ladi.
🔹 okeanlarga tashlangan chiqindilar ovlangan baliqlardan uch baravar ko‘proq.
🔹 tinch okeanining shimoliy qismida asosan plastikdan iborat yuzlab million tonna chiqindilarning ulkan qismi og‘ib yuradi.
🔹 bugungi kunda okeanlarning atigi 10 foizi o‘rganilgan.


Download 427.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling