Reja: Dunyo okeani va uning qismlari


Dunyo okeani: xususiyatlari va ahamiyati


Download 427.8 Kb.
bet3/8
Sana23.04.2023
Hajmi427.8 Kb.
#1383233
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Dunyo okeani

Dunyo okeani: xususiyatlari va ahamiyati.
Okeanlarni ajratib turadigan jismoniy chegaralar yoki to'siqlar yo'qligi sababli, bu shunchaki xaritalar va masshtabli raqamlar orqali aks etadi. Dunyoda har bir joy har xil xususiyatlarga ega va biologik xilma-xillikni berishni o'rganish uchun buni farqlash osonroq. Avval aytib o'tganimizdek, Atlantika okeani eng yuqori sho'rlangan okean hisoblanadi. Bu boshqa dunyodan boshqa suv havzasi degani emas. Ammo, sho'rlangan hudud bo'lib, boshqa xususiyatlarga ega bo'lgan holda, u boshqa flora va faunaning turlarini tashkil etadi. Shunday qilib, mustaqil ravishda o'rganish uchun ushbu suv havzalarida mukammal yashashingiz mumkin.Bir millatning qirg'oqlarini o'rab turgan bir necha mil suvlardan narida, hech bir hukumat o'z mulkida hech qanday okeanga ega bo'lolmaydi. Har bir xalq ushbu suv maydonlari orqali dengiz yoki havo orqali sayohat qilishda erkindir. Buning uchun okeanlarning saqlanib qolishi va ulardan foydalanishning barqarorligini ta'minlash maqsadida ulardan foydalanish va ulardan foydalanishni tartibga soluvchi qoidalar va qonunlar mavjud.
Okeanlar bizning sayyoramizning asosiy qismidir. Agar ular hosil bo'lgan suvni o'rgansalar, bu juda oddiy narsa bo'lar edi, lekin ichkarida hayotning juda ko'p shakllari mavjud va insonlar uni kashf etish uchun tarixiy sayohat qilishgan. Shunga qaramay, bugungi kunda ham barcha turlari ma'lum emas, chunki kosmik juda katta. Butun dunyo okeanlarining atigi 5 foizigina ma'lum. Aynan shu ekotizimlarda olib borilgan tadqiqotlar tadqiqotchilar uchun katta iqtisodiy xarajatlarni va katta xavfni anglatadi.Aytish mumkinki, dunyo okeani dengizlar va daryolarning oziqidir. Inson katta okean tubiga ko'tarilish uchun zarur xususiyatlarga ega bo'lmaganligi sababli, texnologik uskunalardan foydalanish juda muhimdir. Shunday bo'lsa ham, baxtsiz hodisalar yoki to'satdan o'lim xavfi mavjud. Bular ular yaratishga qodir bo'lgan sabablardir bo'shliqlarni, dengiz tizmalarini va yorug'lik yetmaydigan chuqur joylarni o'rganish uchun maxsus robotlar. Ushbu hududlarda xavf ancha katta. Shuningdek, ular tartibga solinadigan tarzda olib boriladigan tekshiruvlar emas, chunki ular yuqori iqtisodiy xarajatlarni va katta sarmoyalarni talab qiladi. Bundan tashqari, tergov qilish uchun joy juda kam bo'lganligi sababli, allaqachon ma'lum bo'lgan narsadan boshqacha narsa topilmasligi ehtimoli oshadi. Okeanning eng ko'p o'rganilgan sathlari bir nechta qiziq faktlarni aniqladi. Va hayotning turli xil shakllari butunlay suv sharoitlariga bog'liq bo'lgan joyda joylashgan. Ushbu shartlar birinchi navbatda harorat, sho'rlanish, zichlik, bosim va ifloslanishdir. Suvning ifloslanishi Bu suvning kimyoviy tomoniga jiddiy ta'sir ko'rsatadigan global muammoga aylandi. Shu tarzda, dunyoning ifloslangan okeanlari barcha ekotizimlarning sog'lig'ini qo'llab-quvvatlaydigan ko'plab hayot shakllarining rivojlanishiga to'sqinlik qiladi. Umid qilamanki, ushbu ma'lumotlar yordamida siz dunyo okeani va ularning xususiyatlari haqida ko'proq bilib olasiz. Dunyo okeani suvining asosiy xususiyati sho‘rligidir. Agar suv tarkibidagi tuz miqdori 1 litr suvda 1 grammdan kam bo‘lsa, chuchuk, ortiq bo‘lsa, sho‘r suv deb ataladi. Shuning uchun 1 litr suvda erigan moddalar (gramm yoki promilledagi) miqdori suvning sho‘rlik darajasini bildiradi. Dunyo okeani suvining o‘rtacha sho‘rligi 35 ‰ bo‘lib, unda har xil moddalar: tuzlar, organik moddalar, erigan holatdagi metallar uchraydi. Ekvatorial zonaga (34-35 ‰) nisbatan tropik mintaqalarda suvning sho‘rligi ancha yuqori (Tinch okeanda 36-37 ‰, Atlantika okeanida 37,9 ‰). Okeanning ochiq qismida suvning sho‘rligi 33 ‰ dan 37 ‰ gacha, dengizlarda 2 ‰ dan (Fin qo‘ltig‘i) 42 ‰ gacha (Qizil dengiz) o‘zgaradi. Okean suvining harorati. Dunyo okeani suvlarining harorati geografik qonuniyat asosida o‘zgarib boradi. Suv yuzasining o‘rtacha yillik harorati 17,54 °C ga teng. Ochiq okeanda — 2°C dan 29 °C gacha o‘zgaradi. 5-10 °C shimoliy kengliklarda yuza suvining o‘rtacha harorati 27-28 °C. Lekin tropiklarda bu harorat 25-27 °C ni tashkil etadi. Qutbiy o‘lkalarda harorat –1 –2 °C gacha pasayadi.Dunyo okeanining suvi kenglik va uzunlik bo‘yicha o‘zgarishi bilan birga, chuqurlik tomon ham o‘zgaradi. Okean tubida harorat 1000 m dan chuqurda, o‘rta hisobda 2-3 °C atrofida bo‘ladi. Okean suvlari –2°C da muzlaydi. Dunyo okeanining eng issiq suvi Fors qo‘ltig‘ida, eng sovug‘i qutbiy doiralar ichkarisida kuzatiladi. Okean oqimlari. Dunyo okeanidagi suvning harakati oqimlar, qalqishlar va to‘lqinlar kabi ko‘rinishda namoyon bo‘ladi. Katta hajmdagi okean suvlarining uzoq masofalarga yo‘nalgan gorizontal harakati okean oqimlari deb ataladi. Bir tomonga esadigan shamollar ta’sirida okean suvining 1500 m gacha qalinlikdagi yuza qatlami harakatlanadi. Okean oqimlari haroratiga ko‘ra iliq va sovuq oqimlarga bo‘linadi. Qutblardan ekvator tomon tub sovuq oqimlar, ekvatordan qutblar tomon yuza iliq oqimlar harakatlanadi. Bu o‘ziga xos „sovitgich-isitgich" mashinasini barpo etadi. Bunday jarayon „okean — atmosfera", „okean — materik" tizimida ham kuzatilib, materiklar tabiatining rang-barang bo‘lishiga olib keladi. Dunyo okeanidagi Shimoliy va Janubiy passat oqimlari, Passatlararo qarshi oqim va G‘arbiy shamollar oqimi (uzunligi 30 ming km) asosiy oqimlardir. Quyosh va Oyning tortish kuchi ta’sirida Dunyo okeani suvlarida qalqish hodisasi (sutka davomida ikki marta ko‘tarilib, ikki marta pasayadi) bo‘ladi. Ochiq okeanda suvning qalqish amplitudasi 1-2 m dan oshmaydi. Lekin materik qirg‘oqlarida to‘lqin balandligi ortadi. Shamol ta’sirida hosil bo‘lgan to‘lqinlar balandligi okeanlarda 4 m gacha, ayrim holatlarda 7,5 m, uzunligi 90-100 m (ba’zan 800 m) atrofida bo‘ladi. Eng baland to‘lqin (34 m) Tinch okeanning shimoliy qismida qayd qilingan. Tropik va mo‘tadil kengliklarda dovullar tez-tez kuzatiladi. Dahshatli to‘lqinlardan biri sunami (yaponcha — ajal va vayronalik keltiruvchi to‘lqinlar) zilzila va harakatdagi vulqonlar ta’sirida hosil bo‘ladi. Ochiq okeanda balandligi 1 m dan oshmaydi. Lekin qirg‘oqqa kelganda 10 m, ayrim paytlarda 50 m ga ko‘tariladi. Tezligi soatiga 700-800 km ni tashkil etadi. Juda katta iqtisodiy va ma’naviy ziyon keltiradi.Dunyo okeani suvlari nihoyat darajada murakkab kimyoviy eritma hisoblanadi. Ularning tarkibi 60 dan ortiq xilma-xil kimyoviy komponentlardan iborat. Shu boisdan okean suvlari sayyoramizdagi boshqa suvlardan o‘zining o‘ta sho‘rlik xususiyati bilan farq qiladi. Sho‘rlik deb 1 kg dengiz suvi tarkibida mavjud bo‘lgan erigan barcha qattiq moddalarning promilleda (‰) ifodalanishiga aytiladi. Okean suvining o‘rtacha sho‘rligi okean yuzasida 32 ‰ dan 37 ‰ gacha, okean tagiga yachqin qatlamda 34‰ dan 35‰ gacha o‘zgaradi. Lekin ichki dengizlarda suvning sho‘rligi turli xil omillarning ta’siriga ko‘ra o‘rtacha sho‘rlikdan ancha farq qiladi. Masalan, suvning sho‘rligi Qora dengizda 17-18 ‰, Qizil dengizda 40 ‰, Baltika dengizida 7-8 ‰ ni tashkil etadi.Dunyo okeani suv balansi. Dunyo okeanatmosferaga va materiklar yuzasiga nam tarqatuvchi asosiy manbadir. Okean yuzasidan bug‘lanadigan namlik, yog‘in suvlari va materiklardan oqib tushadigan suvlar Dunyo okeanining suv balansini tashkil etadi. Ana shu suvlarning miqdoriy nisbati turli kengliklarda turlicha bo‘lib, okean suvining sho‘rlik darajasini ham belgilaydi. Dunyo okeani yuzasidan har yili o‘rtacha 505 ming km3 suv bug‘lanadi. Bu suv qatlamining 1395 mm qalinligiga to‘g‘ri keladi. Eng ko‘p bug‘lanish tropik kengliklarda sodir bo‘lib 2000 mm dan oshadi. Ekvatorial zonada 1000-1500 mm atrofida, qutbyoni zonalarida 600-500 mm gacha kamayadi. Okean yuzasiga yiliga o‘rtacha 458 ming km3 yog‘in tushadi. Bu suv qatlamining 1267 mm qalinligiga teng. Maksimal yog‘in miqdori ekvatorial zonada 3000 mm, ba’zi joylarda 4000 mm dan ham oshadi, tropik mintaqalarda, ayniqsa Tinch va Atlantika okeanlarining sharqiy qismlarida 100-50 mm dacha kamayadi. Materiklardan Dunyo okeaniga yiliga 47000 km3 daryo suvi yoki 128 mm qalinlikdagi suv kelib qo‘shiladi. Shunday qilib Dunyo okeani suv sathi suvning katta aylanma harakati tufayli o‘z muvozanatini saqlab kelmoqda. O.K. Leontevning ma’lumotiga ko‘ra Dunyo okeani suv sathi so‘nggi 60 yil ichida har yili o‘rtacha 1,5 mm ga ko‘tarilmoqda. Bu okean suvining chiqimiga nisbatan kirimining ko‘pligiga bog‘liq. Okean suvining harorati. Dunyo okeani issiqlikning juda katta akkumulyatori hisoblanadi. Uning yuza qatlami Quyoshdan keladigan energiyaning 99,6 % ini yutish qobiliyatiga ega, materiklarda esa bu ko‘rsatkich 55-65 % ni tashkil etadi. Okean yuzasidagi suvlarning o‘rtacha yillik harorati 17,5 ºS ga, okean ustidagi havo harorati esa 14,4ºS ga teng. Okeanlar ichida eng ilig‘i Tinch okean (o‘rtacha harorat 19,4 ºS), eng sovug‘i Shimoliy Muz okeani (o‘rtacha harorat -0,75 ºS).Shimoliy yarim sharda materiklarning ta’siri tufayli suvning harorati janubiy yarim shardagiga nisbatan balandroq. Shuning uchun termik ekvator ham ekvatordan shimolda joylashgan. Bu yerda o‘rtacha yillik harorat 28 ºS ga, ichki tropik dengizlarda esa 32 ºS ga teng. Ekvatordan qutblarga borgan sari suvning harorati asta-sekin pasayib boradi. Qutbiy o‘lkalarda harorat 0 ºS dan ham pastga tushadi. Xudi shunday okean yuzasidan chuqurlashgan sari ham harorati pasayib boradi. Okean tagiga yaqin suv qatlamida harorat 1,4 ºS, 1,8 ºS ni tashkil etadi. Arktikayoni va antarktikayoni suvlari tagida -0,2 ºS, -1,3 ºS ni tashkil etadi Dunyo okeani suvlari sirkulyatsiyasi. Okeanning 150-200 m chuqurlikkacha bo‘lgan yuza qismida okean suvlari doimiy esadigan shamollar ta’sirida sirkulyatsiya qiladi. Bunday jarayon Dunyo okeanida suv harakatlarining eng muhim shakllaridan biri bo‘lgan doimiy yuza oqimlarini vujudga keltiradi. Ular hosil bo‘lishiga ko‘ra friksiya, quyilma, haydama, kompensatsiya va zichlik oqimlariga bo‘linadi. Friksiya oqimlaridan eng asosiysi doimiy esadigan shamollar ta’sirida hosil bo‘lgan dreyf oqimlaridir.Dunyo okeanidagi barcha oqimlar muayyan qonuniyatlarga bo‘ysungan holda harakat qiladi. Jumladan, okeanlarda ekvatorning har ikala tomonida doimiy esib turadigan passat shamollar ta’sirida paydo bo‘lgan Passat oqimlari sharqdan g‘arbga tomon harakat qiladi. Ular Koriolis qonuniga binoan Shimoliy yarim sharda o‘ngga, Janubiy yarim sharda chapga buriladi.Atlantika va Tinch okeanlarida Shimoliy va Janubiy Passat oqimlari o‘rtasida g‘arbdan sharqqa qarab harakat qiladigan Ekvatorial qarshi oqim vujudga kelgan. Janubiy yarim sharning o‘rtacha geografik kengliklarida doimiy shamollar yordamida hosil bo‘lgan G‘arbiy shamollar oqimi g‘arbdan sharqqa qarab oqadi. Mussonli o‘lkalarda yuza oqimlar mavsumga qarab o‘zgarib turadi. Okeanlarda dengiz oqimlari halqalar hosil qiladi. Eng katta halqalar ekvator bilan 40-parallellar orasida vujudga keladi. Shimoliy yarim shardagi halqalarda suv soat strelkasi yo‘nalishiga teskari, janubiy yarim shardagi halqalarda esa soat strelkasi yo‘nalishi bo‘yicha harakat qiladi. Shunday qilib yuza oqimlar okean frontlari yoki gidrologik frontlar bilan bir-biridan ajralib turgan siklonal va antitsiklonal harakterga ega bo‘lgan halqalar tizimini hosil qiladi. Halqalar tizimi shimoldan janubga qarab bir-biri bilan almashinadi. Dengiz oqimlari suvining haroratiga ko‘ra iliq va sovuq oqimlarga bo‘linadi. Iliq oqimlar guruhiga Golfstrim, Shimoliy Atlantika, Braziliya, Shimoliy Tinch okean, Kuro Sivo, Sharqiy Avstraliya va Passat oqimlari kiradi. Sovuq oqimlar guruhiga G‘arbiy Shamollar, Peru, Kaliforniya, Kuril, Bengal, Kanar oqimlari kiradi. Ular iqlimning shakllanishiga nihoyatda kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Dengiz oqimlarining ayrim joylarida tutashish zonalari, ayrim joylarida tarmoqlanish zonalari vujudga keladi. Oqimlarning tutashishi konvergensiya, tarmoqlanishi divergensiya deb ataladi. Okean suvining to‘lqin harakatlari va ko‘tarilishlari. Dunyo okeanida suv massalarining gorizontal va vertikal harakatlaridan tashqari shamol, zilzila, suv ko‘tarilishi va qaytishi natijasida yuzaga keladigan to‘lqin harakatlari ham bo‘ladi. Shamol to‘lqinlari suvning 50-60 m chuqurlikkacha bo‘lgan yuza qatlamida ro‘y beradi. To‘lqinlarning balandligi shamol tezligiga bog‘liq. Ularning balandligi mo‘’tadil mintaqa shamollarida 1-3 m ga, kuchliroq shamollarda 6-10 m ga, eng kuchli shamollarda 20-30 m gacha yetadi. Eng kuchli to‘lqinlar xzilzila paytida ham vujudga keladi. Bular sunami deb ataladigan seysmik to‘lqinlar bo‘lib, ularning uzunligi yuzlab kilometrni, tarqalish tezligi soatiga 700-800 km ni, balandligi 20-30 km ni tashkil etadi.
Dunyo okeanining gidrodinamikasi va gidrologik rejimida suv sathining davriy ravishda ko‘tarilib va pasayib turishi muhim rol o‘ynaydi. Oy va Quyoshning tortishish kuchi oqibatida okean yuzasida suvning yarim sutkalik va sutkalik ko‘tarilishlari sodir bo‘ladi. Ayniqsa yarim sutkalik suv ko‘tarilishlari ko‘p takrorlanadi. Ularning balandligi hamma akvatoriyada bir xil emas. Ochiq okean yuzasida suv ko‘tarilishlarining balandligi 1 m dan oshmaydi, qirg‘oqlarda 3-6 m ga yetadi. Eng katta suv ko‘tarilishlari okean qo‘ltiqlarida va chekka dengizlarda kuzatiladi. Suvning ko‘tarilishi Kanadaning Atlantika sohilidagi Fandi qo‘ltig‘ida 18 m, Shimoli-Sharqiy Osiyoning Oxota dengizidagi Penjina ko‘rfazida 12,9 m, Oq dengizning Mezen ko‘rfazida 10 m bo‘lgani aniqlangan. Suv massalari. Okean suvlari qalinligida dinamik jarayonlar natijasida ko‘proq yoki kamroq harakat qiladigan suv qatlamlari hosil bo‘ladi. Bular suv massalaridir. Suv massalari deb o‘ziga xos maydon va chuqurlik bilan o‘lchanadigan, muayyan tabiiy geografik sharoitda dinamik jarayonlar natijasida shakllangan, fizik-kimyoviy va biologik xususiyatlari nisbatan bir xil bo‘lgan suv hajmiga aytiladi. Suv massalari va ularning turlarini hosil qiladigan asosiy omillar okean akvatorial o‘lkasining issiqlik, chuqurlik va suv balansi kabilardir. Shuning uchun harorat, sho‘rlik, harakat va chuqurlik ko‘rsatkichlari suv massalarini sifat va miqdor jihatdan ta’riflashda asos bo‘lib xizmat qiladi. Dunyo okeanining vertikal strukturasida yuza (200-250 m chuqurlikkacha), oraliq (2000 m chuqurlikkacha), chuqur (4000 m chuqurlikkacha) va okean tagi (4000 m dan chuqur) suv massalari ajratiladi. Ular o‘znavbatida turlarga bo‘linadi. Masadan, yuza suv massalari tabiiy sharoitning zonal o‘zgarishlariga ko‘ra ekvatorial, tropik, subarktika, antarktika va arktika kabi turlarga bo‘linadi

Download 427.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling