Reja: Ekologik madaniyat tushunchasi


Download 39.93 Kb.
Sana06.04.2023
Hajmi39.93 Kb.
#1331931
Bog'liq
Referati Nukus-2022 Reja Ekologik madaniyat tushunchasi


Mavzu: Ekologik madaniyat


Reja:


1.Ekologik madaniyat tushunchasi.


2.Allomalarimiz asarlarida inson va tabiat munosabati.


3.Tabiatni asrash yo`llari


Tabiat yer yuzidagi jamiki tirik mavjudot uchun muqaddas go’shadir. Tabiat ularni to’ydiradi, kiydiradi, issiq va sovuqdan asraydi. O’z navbatida tirik mavjudot ham tabiatga mehr qo’yadi. Bu mehr tabiatni asrash, uning boyliklarini ko’paytirish tuyg’usi bilan uyg’unlasha olsagina haqiqiy sanaladi. Yaqin o’tmishimizda biz «Tabiatni sevamiz» deb bong urdigu, biroq uni asrab-avaylash ishiga mas'ul ekanligimizni unutib qo’ydik. Ana shu mas'uliyatsizligimiz «ekologiya» deb nomlanuvchi yangi fanga zamin yaratdi. «Ekologiya» so’zi «eko» — uy, turar-joy, «logos» — fan so’zlaridan olingan bo’lib, u atrof-muhitning buzilishi va bunga sabab bo’lgan omillar, muhit halokatining oldini olish chora-tadbirlarini ishlab chiqish borasidagi bilimlarni targ’ib etish asoslarini o’rganadi.


Yangi asrning barkamol kishisi o’zida ekologik madaniyat unsurlarini ham namoyon eta olishi zamon talabidir.
Ekologik madaniyat — bu atrof-muhit to’g’risida chuqur bilimga, tabiatni asrash tuyg’usiga ega bo’lish, o’simliklar hamda hayvonlarga nisbatan g’amxo’rlik ko’rsatishga, tabiat zahiralaridan oqilona foydalanish, ularni ko’paytirish borasida qayg’urishga qaratilgan amaliy faoliyatning yuksak ko’rsatkichidir.
Ana shu xislatlarni o’zida aks ettira olgan igsonni ekologik madaniyat egasi, deb atash mumkin. Iste'moldan ortiqcha suv jo’mraklardan oqishiga yo'l qo’ymaslik, suv havzalarini ifloslantirmaslik, axlatni duch kelgan joyga to’kmaslik, turar-joylarni ozoda saqlash, ko’chat va gullarni sindirmaslik hamda ularni ekish, hayvonlarga g’amxo’rlik qilish, qushlarni parvarishlash, xonadon va xiyobonlarni gulzorga aylantirish kabi harakatlarni amalga oshirish ekologik madaniyatlilikning eng oddiy ko’rinishlari sanaladi.


Hozirgi davrda inson va tabiat, fan-texnika taraqqiyoti va atrof-muhit, jamiyat va ekologiya o’rtasida nomutanosiblik vijudga kelayotir. Bularning barchasi ekologik madaniyatni yanada yuksaltirish masalasini ko’ndalang qo’ymoqda.


Ma'lumki, tabiatda hamma narsa bir-biriga uyg’undir. Fan-texnika yutuqlaridan unumli foydalanayotgan inson esa ana shu uyg’unlikni buzmoqda, unga nisbatan shafqatsizlarcha munosabatda bo’lmoqda. Tabiiy boyliklardan: suvdan; yerdan o’rinsiz foydalanish ekologiyani o’zgartirib yubordi. Qishloq xo’jaligi haddan ziyod ko’p qo’llash yer unumdorligi va inson salomatligiga salbiy ta'sir ko’rsatyapti. Korxonalardan oqib chiqayotgan zaharli oqavalar suv havzalarini ifloslantirishi birinchi navbatda hayvonot olami va o’simliklar dunyosiga ofat keltirmoqda. Transport vositalaridan chiqayotgan tutun-gaz havoning tozaligini buzyapti. Bularning barchasi insondan ekologik madaniyatni talab etmoqda.
1992-yil 9-dekabrda O’zbekiston Respublikasining «Tabiatni muhofaza qilish to’g`risidagi Qonuni qabul qilindi. Sog’lom avlod davlat dasturi va «Ekologik ta'lim-tarbiya konsepsiyasi» ishlab chiqildi, «Ekosan» jamg’armasi tuzildi, o’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tabiatni muhofaza etish va ekologiyaga oid zarur hujjatlar qabul qiiib, ekologiya ishlarining huquqiy asosini yaratdi.
Aslida, ekologik madaniyat tabiatni barcha go’zalliklari bilan his qilishdan, sevishdan boshlanadi. Insonning tabiat kuchlari — sovuq va issiq, qurq'oqchilik, yong’inlar, turli ofatlar ustidan g`alabasi unga bo’lgan munosabatini o’zgartiradi.
Tabiat insonda vatan tuyg’usini uyg’otadi, uni mehnat va jasoratga undaydi, juda ko’p tuyg’ularni kamol toptiradi hamda ko’p narsalarni talab etadi. Madaniyatli, ma'naviy kamol topgan inson uchun o’z Vatani tabiatini muhofaza qilish hayoti va faoliyatining uzviy qismiga aylanib qoladi.
O’rta asrlarda yashab ijod etgan allomalar tabiat va undagi muvozanat, hayvonot olami va o’simliklar dunyosi, atrof-muhitni e'zozlash haqida qimmatii fikrlar aytganlar.
Muhammad Muso al-Xorazmiy risolalaridan birida u odamlarni daryoga mehrli bo’lishga da'vat qiladi, agar daryoning ko’zlari yoshlansa, uning boshiga g’am kulfati tushgan bo’ladi, deydi. Ehtimol, buyuk bobomiz daryo suvini ortiqcha isrof qilmaslikni ham nazarda tutgandir.
Abu Rayhon Beruniy esa tabiatning davomiyligi haqida shunday fikr aytadi: «Ekin ekish va nasl qoldirish bilan dunyo to’lib boraveradi».
Zahiriddin Muhammad Bobur «Boburnoma» asarida ko’rgan-kechirganlari, borgan joylarining tabiati, boyligi, hayvonoti, o’simliklari va odamlari, xalqlar-ning urf-odatlarini tasvirlagan. Unda yer, suv, havo, turli tabiat hodisalariga tegishli ko’plab fikrlar bor. Bobur o’lkani bilgan kishilarni hurmat qilgan, qadrlagan va ular bilan hamisha maslahatlashgan. Ayniqsa, u gullar, manzarali hamda mevali daraxtlarni ko’paytirishga e'tibor bergan.
Madaniyatli kishi tabiat va jamiyat o`rtasidagi muvozanatni saqlaydi, bu borada boshqalarni ham to’g’ri faoliyat ko’rsatishga da'vat etadi, hech bo’lmaganda ko’chalarga axlat tashlanmasligiga, suv va havo ifloslanmasligiga hissa qo’shadi.


 
Ekologik madaniyat tarkibiga tabiatni muhofaza qilish madaniyati, tabiat boyliklaridan foydalanish madaniyati, ekologik tizimni qaytadan o’zgartirish madaniyati ham kiradi. Bular bir kishining yoki hududning vazifasi bo’la olmaydi. Umum insoniyat bunday vazifalarni yechishga birgalikda kirishsagina ekologik muammolar hal bo’ladi.


Masalan, birgina Orol muammosi bunga yaqqol dalil bola oladi.
Orol dengizining suvi kamayib ketishi haqida dastlabki xavotirlar bildirilganidan beri yarim asrdan ortiq vaqt o’tdi. O’zbekiston mustaqilligi e'lon qilinishidan oldingi yillarda dengizning sathi keskin kamayib ketayotganligi baralla gapirilib, bu masalaga butun dunyo mamlakatlari va suvchi mutaxassislarning e'tibori tortildi.
Orolning qurib ketishi faqatgina uning atrofida joylashgan O’zbekiston, Qozog’iston, Turkmaniston emas, butun dunyo iqlimiga salbiy ta'sir etadi. Shu-ning uchun Orolni saqlab qolish dunyo ahamiyatidagi muammodir,
biz kelajak avlodlarga yaratgan ma'naviy va moddiy boyliklarimizni, bizgacha mavjud bo’lgan tabiatni va unga munosabatimizni, ya'ni ekologik madaniyatimizni ham meros qoldiramiz.
Ekologik madaniyat, bu — faqat tabiatga zarar keltirmaslik emas, balki uning tiklanishi, yanada go’zallashuvi, gullab-yashnashiga hissa qo’shish, atrof-muhitni vayron etuvchilarga qarshi beayov kurash olib borish degani hamdir.
 


Tabiatni asrash ahamyati



Har bir inson, maktab yoki korxona jamoasi tabiatni asrash bo’yicha amalga oshirishi mumkin bo’lgan ko’plab chora-tadbirlar bor. Masalan, maslakdoshlar bilan hamkorlikda «Tabiat — bizning do'stimiz» klubini tashkil etib, ekologiya ishlarini amalga oshirish, tashlandiq yerlarda bog’ va gulzorlar yaratish, ularni parvarishlovchi guruhlar ish tartibini tuzish, uyda, sinf va fan xonalarida, majlisxona va bino yo’laklarida, oshxona, ustaxonalarda tuvaklarda gullar o’stirish, botanika bog’i, issiqxona, qo’riqxonalar barpo etish, shuningdek, klub a'zolari o’rtasida ko’riktanlovlar uyushtirish kabilar.
Bundan tashqari, suvni tejash, elektr energiyasidan oqilona foydalanishni, korxonalar chiqindilarining aholiga, tabiatga zarar keltirmasl igini, o’simllklar dunyosi va hayvonot olamiga ziyon yetkazmasligini nazorat qilish, mahalla va xonadonlar tozaligini asrash kabi muammolarni hal etilishida faollik ko’rsatish ham mumkin. Aytaylik, bitta nosoz mashinadan chiqayotgan tutun havoni buzadi, bundan qancha odam salomatligiga zarar yetadi. Hatto bitta niholning sindirilishi ham oxir-oqibatda muhit havosining o’zgarishiga salbiy ta'sir etadi. Biroq ana shunday xatti-harakatlarni sodir qilayotgan kishilar bizning ko’chamizda, mahallamizda yashaydi. Shunga ko’ra jamiyatda ekologik madaniyatni tarbiyalash ikki tomonlama ahamiyatga ega. Birinchidan, ijtimoiy hayot jamiyat taraqqiyotiga ta'sir ko’rsatadi, ikkinchidan, uning asosi bo’lgan oilada ijtimoiy-maishiy hayot darajasini yuksaltiradi.
Haqiqiy madaniyatli inson atrof-muhitning buzilishiga olib kelayotgan har bir xatti-harakatni to’xtatishi lozim. Qushlar,hasharotlar, yovvoya hayvonlar, o'rmonlar, daryo va tog’u toshlar — barchasi odamning mehriga zor. Maktab m’quvchilari muayyan sharoitlardan kelib chiqib, bu ishlarni ham tashkil etis`lari mumkin. Chunki yer, quyosh, suv, nabotot va hayvonot olami, tog’ va cho'l, daryo va ko’llar — barcha-barchasining «hayot tarzi»dagi muvozanat ongimizga «oqib» kiradi va tarbiyalaydi. Ana shu tarbiya ekologik madaniyatni ham shakllantirishda beqiyos ahamiyatga ega.
So‘nggi yillarda o‘rmonlar kesilishi bo‘yicha dunyo statistikasiga e'tibor beradigan bo‘lsak, holat global darajada dahshatli. Bu nafaqat o‘rmon zaxirasiga ega mamlakatlar, balki bir qator boshqa davlatlar uchun ham muhimdir.
O‘rmonlarni kesish bo‘yicha statistik ma'lumotlarga ko‘ra, har yili dunyo bo‘ylab o‘rmonlar 200 ming km²ga qisqaradi. Bu esa o‘n minglab hayvonning o‘limiga olib keladi.
Agar biz ma'lumotni ming gektar maydonda alohida davlatlar uchun ko‘rib chiqsak, ular quyidagicha bo‘ladi:
Rossiya — 4.139;
Kanada — 2.45;
Braziliya — 2.15;
AQSh — 1.73;
Indoneziya — 1.6.
Daraxt kesish muammosi Xitoy, Argentina va Malayziyaga eng kam ta'sir qiladi. Sayyorada bir daqiqada taxminan 20 gektar o‘rmonzorlar yo‘q qilinadi. Bu muammo, ayniqsa tropik mintaqa uchun juda dolzarbdir. Masalan, Hindistonda so‘nggi ellik yildagi o‘rmon bilan qoplangan maydon 2 barobar kamaydi.
Braziliyada rivojlanish uchun o‘rmonning katta maydonlari qisqartirildi. Bu populyatsiya tufayli hayvonlar turlarining qismlari sezilarli darajada kamayadi. Afrika dunyodagi o‘rmon zaxiralarining taxminan 17 foizini tashkil qiladi. Bu esa 767 million gektarni tashkil etadi, so‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, har yili qariyb 3 million gektar o‘rmonzorlar yo‘q qilinadi. So‘nggi asrlarda Afrikada o‘rmonlarning 70% dan ortig‘i yo‘q qilindi. Shuni ta'kidlash kerakki, daraxt kesishning ko‘p qismi noqonuniy hisoblanadi.
O‘simliklar dunyosi hayot uchun zarur kislorodning asosiy manbaidir. Bir gektar maydondagi daraxtlar bir kecha-kunduzda o‘rtacha 500 kishini kun davomida kislorod bilan ta'minlashga yetadi. Boshqacha aytganda, to‘rtta daraxt bir kishining kislorodga bo‘lgan ehtiyojini qondiradi. Ushbu ma'lumotlarni bejiz keltirmadik.
Bu borada Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Ekologik partiyasi, O‘zbekiston Respublikasi o‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi va boshqa bir qator tashkilotlar tomonidan olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar doirasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida har yili 200 million tup daraxt va buta ko‘chatlarini ekish va bu orqali shaharlardagi yashil maydonlarni hozirgi 8 foizdan 30 foizga oshirish asosiy maqsaddir!
Siz ham bu xayrli ishga o‘z hissangizni qo‘shing, “Yashil makon” umummilliy loyihasida Siz ham ishtirok eting.
Ekologik madaniyat ham umumbashariy madaniyatning uzviy bir qismi. Uning shakllanish davri olis zamonlarga borib bog'lanadi.
Ekologiya yunoncha so'z bo'lib, «oykos» - uy, «logos» - fan, ya'ni «tabiat uyi» bo'lmish borliqda yashayotgan tirik jonzotlarni o'rganuvchi ilm sohasi deganidir.
Sen yurtimiz hududida bundan qariyb uch ming yil oldin zardushtiylik talimoti shakllangani, uning bosh kitobi «Avesto» deb atalishini bilsang kerak. Bu ta'limotda yerni, suvni asrash, hayvonlarga ozor yetkazmaslik haqida ko'pgina ibratli gaplar aytilgan. Chunki avlodlarimiz o'sha zamonlardayoq sen bilan biz yashab turgan bu olam yagona vujuddan iborat ekani, bordi-yu uning biror a'zosiga ziyon yetkazilsa, butun tana, ya'ni jamiyki borliqda salbiy o'zgarishlar yuz berishini yaxshi tasawur etganlar. Chiqindi va axlatlarni duch kelgan joyga tashlamaslik, suvni va havoni bulg'amaslik kabi xalqimiz orasida bugungi kungacha saqlanib kelayotgan odatlarning ildizlari ham ana shu zamonlarga borib bog'lanadi. Yoki o'sha davrlarda shakllangan Navro'z bayramida tabiat bilan uyg'un yashash, yer, suv va osmonga, barcha tirik jonzotlarga mehr bilan qarash asosiy o'rin tutadi. Yoki ota-bobolarimizning muqaddas dini bo'lmish islomda tabiatdagi har bir hodisa Ollohning mo'jizasi sifatida e'tirof etilishi va ularga nisbatan avaylab munosabatda bo'lish g'oyasi targ'ib qilinadi. Bularning barchasi xalqimizning hamma zamonlarda ham o'ziga xos ekologik tafakkur va mada­niyat sohibi bo'lganini ko'rsatadi.
Ekologik madaniyat bir nechta omillar asosida shakllanadi. Tabiatga muhabbat, tabiat haqidagi bilim va tasavvurlar, ekologik tarbiya, an'ana va qadriyatlar, ekologik targ'ibot shular jumlasidandir.
Tabiatga mehr-muhabbat har bir insonning qonida mavjud. Chunki inson tabiat farzandi. U ona qornidayoq tabiat ne'matlaridan bahramand bo'ladi - nafas oladi, oziqlanadi. Tug'ilganidan so'ng tabiatga yanada yaqinroq bo'ladi — gullarni, kapalaklarni, quyosh shu'lasini ko'rib quvonadi, suvda yayrab cho'miladi, tuproqda chopqillab o'ynaydi, ranglardan zavq oladi va hokazo. Tabiatga mehr inson ko'nglida rahm-shafqat va hayrat tuyg'ularini tarbiyalaydi.
Lekin dunyoda shunday odamlar borki, ularga mehr begona. Ular tabiatni faqat boyish, o'z nafsini qondirish manbai deb biladi. Shuning uchun ular barchamiz uchun onadek mehribon bo'lgan tabiatga ziyon yetkazadi.
Tabiat haqidagi bilimlar bizda bolalikdanoq shakllana boshlaydi. Hammamiz yoshlikda turli hayvonlar shaklidagi o'yinchoqlarni o'ynaganmiz, ota-onamiz bilan birga hayvonot bog'iga borganmiz, tabiat bag'riga sayohat qilganmiz, turli gul va ko'chatlar o'tqazganmiz. Shu tariqa hayvonlar va o'simliklar haqida turlicha tasawurlarga ega bo'lganmiz. Ko'rgan multfilmlar, o'qigan kitoblarimizning ham «Zoologiya», «Botanika» kabi fanlardan maktabda olgan bilimlar tabiat hodisalarini tushunishda katta ahamiyat kasb etadi. Bularning barchasi bizning tabiat haqidagi tasawurlarimizni kengaytiradi.
Ekologik tarbiya oiladan boshlanadi. Ota-onamiz uyni, hovlini toza tutish, vaqtida shamollatish, gul va daraxtlarni, uy hayvonlarini parvarishlashga o'rgatadi. Turli ne'matlarni iste'mol qilganimizda ular tabiat in'omi ekanini aytib, shunday rizq-nasibani bergani uchun Yaratganga shukronalar aytadi.
Shuningdek, har faslga mos mehnat an'analari va qadriyatlarimiz ham ekologik madaniyatimizni shakllantirishga xizmat qiladi. Masalan, kuz kelishi bilan daraxtlarni butab, xazonlarni to'plab, tok, anjir kabi issiqsevar o'simliklarni o'rab qo'yamiz. Qish oldidan zarur meva va sabzavotlarni g'amlaymiz. Bahor kelishi bilan yalpiz, ismaloq, jag'-jag' kabi barra ko'katlardan darmon sifatida turli pishiriqlar tayyorlanadi. Ko'klamni qutlab, Navro'z bayrami o'tkaziladi. Ariq-zovurlar, tomorqalar tozalanadi va hokazo.
Bugungi kunda ommaviy axborot vositalari orqali, mahalla, ma'naviyat, tabiatni himoya qilish faollari tomonidan olib boriladigan targ'ibot va tushuntirish ishlari ham ekologik madaniyatni oshirishda muhim o'rin tutmoqda.
Bularning barchasi hayvonlar, o'simliklar — butun tabiat biz mansub bo'lgan tiriklik olamining bir bo'lagi, ular ham yashashga, o'zidan zurriyod qoldirishga haqli ekanini anglashga xizmat qiladi. Ana shu haqiqat ekologik madaniyatning mohiyatini tashkil etadi. Shu haqiqatni anglagan inson tabiatni asrashga intiladi, yovuz kimsalarning uning ustidan zo'ravonlik qilishiga yo'l qo'ymaslik uchun kurashadi. 
Download 39.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling