Reja: Ekologiya fani, uning predmeti va vazifalari


Download 1.04 Mb.
bet7/20
Sana18.06.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1597444
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20
Bog'liq
Ekologiya MI

Ekоlоgik ekspеrtizа. Exspertus – lоtin tilidаn оlingаn bo‘lib, birоr mаsаlаni o‘rgаnish mа’nоsini bеrаdi. Ekоlоgik ekspеrtizа – insоn xo‘jаlik fаоliyati lоyihаlаrining ekоlоgik xаvfsizlik vа tаbiаtdаn fоydаlаnish tаlаblаrigа jаvоb bеrishini tеkshirishdаn ibоrаt.
Sаnоаt qurilishigа yoki bоshqа mаqsаdlаrdа ishlаtishgа mo‘ljаllаngаn kоrxоnа yoki undаgi birоr qurilmаning tаbiiy muhitgа tа’sirini аniqlаsh uchun qurilish lоyihаsi аlbаttа ekоlоgik ekspеrtizаdаn o‘tkаzilаdi. Bundа nаfаqаt kоrxоnаdаn muhitgа chiqаdigаn chiqindilаrgа, bаlki kimyoviy mоddаlаrning (аgаr ulаr kоrxоnаdа mаvjud bo‘lsа) sаqlаnish vа qo‘llаnish shаrоitlаrigа, trаnspоrt vоsitаlаrining ishlаtilishidаn muhitgа chiqаrilаdigаn zаrаrli mоddаlаrgа, shоvqin, elеktrоmаgnit to‘lqinlаri vа bоshqа bаrchа zаrаrli оmillаrgа e’tibоr bеrilаdi.
Ekоlоgik ekspеrtizа ikki bоsqichdа: idоrаviy vа dаvlаt bоsqichlаridа o‘tkаzilаdi.
Idоrаviy ekspеrtizаni vаzirlik vа kоrxоnаning tаbiаtni muhоfаzа qilish bo‘limi sаnitаriya-epidеmiоlоgiya xizmаti xоdimlаri bilаn birgаlikdа o‘tkаzаdilаr. Bundа kоrxоnа chiqindilаri ruxsаt etilgаn chеgаrаviy mе’yor (REChM) dаn оshmаsligigа аlоhidа e’tibоr qаrаtilаdi vа kоrxоnаning аtrоf muhitgа kutilаdigаn tа’siri mе’yornоmаdа ko‘rsаtilаdi.
Dаvlаt ekоlоgik ekspеrtizаsi Tаbiаtni muhоfаzа qilish Dаvlаt qo‘mitаsi tоmоnidаn o‘tkаzilаdi. Ko‘p qirrаli muhim qurilishlаr lоyihаsini ekspеrtizаdаn o‘tkаzishdа turli sоhа mutаxаssislаridаn ibоrаt mаxsus ekspеrt kоmissiyasi tuzilаdi. Kоmissiyaning xulоsаsi kоrxоnаni qurish yoki uni qаytа jihоzlаsh lоyihаsining ekоlоgik qоnunchilikkа mоs kеlish-kеlmаsligi to‘g‘risidа hаl qiluvchi hujjаt hisоblаnib, undа lоyihаdаgi xаtо-kаmchiliklаr vа ulаrni bаrtаrаf qilish yo‘llаri ko‘rsаtib bеrilаdi.

Energetika sanoatining atrof-muhitga ta’siri
Reja:

  1. Energetika tushunchasi va energetika sanoati

  2. Energetika sanoatining atrof muhitga ta’siri

  3. Atrof-muhitni muhofaza qilish rejalari

Mamlakatlar iqtisodiyotida asosiy va tayanch tarmoqlardan biri elektroenergetikadir. Fan-texnika rivojlangan davrda xalq xo'jaligi barcha tarmoqlarining elektrlashtirilishi va avtomatlashtirilishi elektroenergetika tamog'iga bo'lgan ehtiyojni yanada oshirdi.


Energetika – bu yuqori sur’atlarda rivojlanib borayotgan ishlab chiqarish tarmog‘idir. Sanoat taraqqiy etib borayotgan zamonaviy dunyomizni elektr energiyasiz tasavvur etib bo‘lmaydi, barcha ishlab chiqarish jarayonlari, shu jumladan butun insoniyatning hayot ta’minoti elektr energiyasi hisobiga amalga oshirilmoqda.
Elektr energiyasi ishlab chiqarish manbalariga ko'ra energetika sanoati uch turga bo'linadi: issiqlik, gidro va atom energetika tarmoqlaridir. Mamlakatimiz energetika tizimining umumiy quvvati 11,3 million kilovatt bo'lgan 37 ta issiqlik va gidravlik elektr stansiyalaridan iborat.
O'zbekistonda ishlab chiqarilayotgan ekektr energiyagining 85 foizini IES lar beradi. Aksariyat IES larda elektr energiya va issiqlik energiyasi (bug') ishlab chiqariladi. Bunday IES larni TES (IEM) issiqlik elektr markazlari deyiladi. Issiqlik energiyasini 20 kilometrdan uzoq masofaga uzatish qiyinligi uchun TES lar foydalanuvchilarga yaqin joylarda shaharlarda, yirik zavodlar yaqinida quriladi. Ularda elektr energiya ishlab chiqarish vaqtida isigan suvni ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun yuboriladi. O'zbekiston tog' daryolari gidroresurslarga boy bo'lib, GES lar, gidrouzellar (suv taqsimlagich), ekektr energiya ishlab chiqarish, xo'jaliklarni suv bilan ta'minlash, baliqchilikni rivojlantirish masalalarini kompleks hal qiladi.
Elektr quvvatidan xalq xo'jaligi tarmoqlarida foydalanish balansida sanoat va qurilish yetakchi o'rinni egallaydi. Ular butun energiyaning salkam 60 foizini iste'mol qiladi. Qishloq xo'jaligida ishlatilayotgan elektr energiya 20 foizdan ortiq. Mamlakatimiz yagona energiya tizimiga ega bo'lib, u Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan ham bog'langan. Bu tizim tashqariga elektr energiyani eksport qilish imkonini beradi.
Zarur hollarda elektr energiya olish ham mumkin bo'ladi. Eng muhimi yangi energiya tizimida barcha turdagi elektr stansiyalar o'zaro bog'langan bo'ladi, issiqlik va suv elektr stansiyalariningmavsum davomida ishlab turishi tartibga solib boriladi.
Elektr energiya hosil qilishda AES lar, shamol, to'lqin, qalqish, geotermal, quyosh elektr stansiyalarining ham ahamiyati katta. Ammo bizning mamlakatimizda ularning ahamiyati uncha katta emas. Respublikamiz bitmas-tuganmas quyosh energiyasiga boy. Undan foydalanishda yirik ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Shulardan eng yirigi Parkent tumanida joylashgan Markaziy Osiyoda yagona bo'lgan "Fizika-Quyosh" inshootidir.
Atom energetikasi borasida ham Toshkent shahri yaqinidagi Ulug'bek shaharchasida ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Ammo, O'zbekistonda yaqin kelajakda AES lardan foydalanish rejalashtirilmagan. O'zbekistonda geotermal (yerning ichki issiqligi) va shamol energiyasidan ham foydalanish imkoniyatlari katta. Shamol yil bo'yi ko'p esadigan Yangiyer, Bekobod, Xovos tumanlarida shamol energiyasidan foydalanish mumkin va zarur.
Hozirgi kunda mamlakatimizning barcha elektr stansiyalarida 55 milliard kilovatt energiya ishlab chiqarilmoqda. Ishlab chiqarilayotgan energiya manbalari qanchalik ko'p bo'lmasin, u qachonlardir tugashi mumkin. Dunyo miqyosidagi shartli issiqlik energiyasi manbalaridan foydalanish kishi boshiga bir yilda 2 tonnani tashkil etadi.
Aholining ko'payib borishi yillar o'tishi bilan energiya inqirozini keltirib chiqarishi mumkin. Shuning uchun yangi turdagi ekologik toza energiya manbalarini topish kerak. Respublikamizning tabiiy iqlim sharoiti Quyosh energiyasidan qayta foydalanishga imkon beradi. Bunday energiya turlarini tugamaydigan va abadiy deb hisoblash mumkin. Quyosh nuridan energiya olish uchun mo'ljallangan stansiyalar O'zbekiston, Turkmaniston, Qrim, Qozog'iston Respublikalarida yaxshi yo'lga qo'yilgan.
Mazkur soha olimlarining ma'lumotlariga qaraganda, Markaziy Osiyo hududida Quyosh nurining 70+70 kilometr kvadrat maydondan olingan energiya quvvati, 600 million tonna heft energiyasi quvvati bilan barobar ekan.
Xuddi shunday kilometr kvadratdan Qoraqum cho'lida 60 dan ziyod uskuna qurish mumkin. Quyosh energiyasidan foydalanish bo'yicha chet mamlakatlarda ham qator tadbirlar ishlab chiqilgan, jumladan Yaponiyada "Quyosh yog'dusi" nomli milliy dastur joriy qilingan. Uning maqsadi o'zida manbai yo'q bo'lgan neft, gaz va ko'mirdan foydalanishni minimumga keltirib, o'rniga Quyosh energiyasidan foydalanishdir.
Yaponiyada yana vodoroddan energiya olish ustida tadqiqotlar olib borilmoqda. Agar elektr energiyasidan suvni parchalash uchun foydalanib, hosil bo'ladigan vodorodni esa quvurlar orqali iste'molchiga yetkazib berilsa, energetik xarajatlarni kamaytirish mumkin. Vodorod ekologik sof ideal yoqilg'i va kimyoviy reagent hisoblanadi. Vodorodning issiqlik hosil qilish xususiyati toshko'mirnikidan 4 baravar yuqori.Vodorod energatikasining muhim tomoni vodorod hosil qilishda yadro reaktorlaridan foydalanish imkoniyatining borligidir. Quyosh elektrostansiyalari yordamida barcha xildagi turar joy va jamoat binolarini elektr bilan ta'minlash mumkin.
Bunday inshootlar chet el mamlakatlarida va Markaziy Osiyo shaharlarida foydalanish uni katta afzallikka ega ekanligini amada isbotladi. Shaharlardagi yirik jamoat binolari tomida agar geliouskunalar o'rnatilsa, shu binolarga sarf bo'layotgan qancha-qancha energiya tejalishi mumkin. Yana bir tabiiy tuganmas energiya manbai bu shamol, Respublikamizdagi iqlim sharoit bunga imkon berishini yuqorida ham aytib o'tdik, endi amalda foydalanish kerak.

“Issiqlik elektr stansiyalari” aksiyadorlik jamiyati O‘zbekiston Respublikasidagi elektr va issiqlik energiyasining eng yirik ishlab chiqaruvchisi va yetkazib beruvchisi hisoblanadi hamda iqtisodiyot tarmoqlari va aholining elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq ta’minlab kelmoqda. Bugungi kunda O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasining 85 foizidan ortig‘i “Issiqlik elektr stansiyalari” hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.


Tabiatni muhofaza etish faoliyati iqtisodiyotni boshqarishda muhim o‘rin egallaydi hamda korxonalar ishlab-chiqarish-iqtisodiy mexanizmining ajralmas tarkibiy qismi sifatida namoyon bo‘ladi. Ekologik nazorat tizimini tashkil etish har bir sanoat korxonasi oldida hal qilinishi lozim bo‘lgan eng muhim masalalar qatoriga kiradi.
“Issiqlik elektr stansiyalari” aksiyadorlik jamiyatining tabiatni muhofaza etish faoliyati o‘z korxonalarining atrof-muhitga salbiy ta’sirini kamaytirish va oldini olish, issiqxona gazlarini chiqarishni qisqartirishga qaratilgan.
“Issiqlik elektr stansiyalari” aksiyadorlik jamiyatining barcha korxonalari o‘z faoliyatida “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”, “Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida», “Chiqindilar to‘g‘risida”, “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”, “Ekologik ekspertiza to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, shuningdek atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining amaldagi me’yoriy hujjatlariga amal qiladi.
Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi ichki nazorat “Issiqlik elektr stansiyalari” aksiyadorlik jamiyatining Atrof-muhitga ta’sir etishni nazorat qilish bo‘limi tomonidan amalga oshiriladi. Bo‘lim faoliyatining asosiy maqsadi atrof-muhit va iqlim o‘zgarishiga elektr energiyasi ishlab chiqarish korxonalarining zararli ta’sirini kamaytirish bo‘yicha tadbirlarni tashkil etish, muvofiqlashtirish, ijrosini nazorat qilish va shu kabi vazifalarda ifodalanadi.
Atrof-muhitni muhofaza qilishning yillik rejalari:
- tutun gazlarini atmosferaga zararli chiqarishlardan va ishlab chiqarish oqavalarini ifloslantiruvchi moddalardan tozalash bo‘yicha uskunalar ishlashining samaradorligini oshirish;
- suv resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlash;
- kul-shlak chiqindilari utilizatsiyasi ustidan nazoratni yuritish;
- ishlab chiqarish chiqindilarini to‘plash joylarining xavfsiz ekologik holatini ta’minlash;
- energiya ob’ektlari atrofida yashil ekinlar maydonlarini kengaytirish kabi issiqlik energetikasining ekologik muammolarini hal qilishni ko‘zda tutadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 11-noyabrdagi 820-sonli Tabiatni muhofaza qilishni ta’minlashning iqtisodiy mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq “Issiqlik elektr stansiyalari” aksiyadorlik jamiyatining elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish korxonalari atrof-muhitning ifloslantirilganligi uchun har choraklik kompensatsion to‘lovlarni amalga oshirishadi.
So‘nggi yillarda investitsion dasturlar doirasida issiqlik elektr stansiyalarini rivojlantirish va modernizatsiya qilish bo‘yicha tabiatni muhofaza etish xarakteriga ega bo‘lgan salmoqli loyihalar amalga oshirilmoqdaki, ushbu loyihalar orqali energetika korxonalarining atrof-muhitga zararli ta’siri kamayishiga erishilmoqda.


Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling