Reja: Ekologiya to’g’risida tushuncha, uning tarixi


Download 41.71 Kb.
bet4/4
Sana28.02.2023
Hajmi41.71 Kb.
#1235906
1   2   3   4
Bog'liq
EKOLOGIYA FANIDAN Mustqail ishi

Evolutsion ekologiya- tabiatdan populyatsiyaning o’zgarib, rivojlanib turishini ekologik mehanizmlarni o’rganadi;

  • Morfologik ekologiya- tirik organizmlarning yashash sharoiti ta’siri natijasida, ularning tanalarining tuzilish qonunlarini o’rganadi.

  • Dengiz va chuchuk suv ekologiyasi- gidroekologiya- turli suv havzalarida uchraydigan tirik organizmlarning o’sish, rivojlanish, ko’payish,tarqalish

    qonunlarini o’rganadi;

    1. Odam ekologiyasi- insonning tabiiy holati, unga salbiy va ijobiy ta’sir qilayotgan ekologik omillarning mohiyati, uning sog’lig’i, tabiatdagi o’rni va rolini o’rganadi;

    2. Ijtimoiy ekologiya- jamiyat bilan tabiat o’rtasidagi turli ekologik munosabatlarni o’rganadi va hk.

    Ayrim hollarda xususiy ekologiya yo’nalishi ham yuzaga chiqib qoladi.
    Xususiy ekologiya- umumiy ekologik qonunlarni ayrim taksonomik birliklar (organizmlar olamidan turlargacha), har xil yashash joylar, turli biologic iqlimdagi biogeotsenozlarga nisbatan qo’llashni o’rganadi. Boshqacha qilib aytganda, xususiy ekologiya- ekosistema ichidagi kenja sistemalarning yashash joylarining doimiy harakati va o’zgarishi, yashash sharoitining xillari (suv, havo, yer-havo) - biotoplarni, ularning komponentlarini ekosistemadagi mohiyatini o’rganadi.
    Shunday qilib, ekologiyaning turli bo’limlarini umumlashtirganda, ekologiya- tabiatda hosil bo’lgan bir butun biologik birliklarni guruhlariga, a’zolariga o’ziga xos maxsus uslublar bilan yondashadi. Tabiatdagi har xil tabiiy voqelik, holat maxsus yondashishlarni, yangi ekologik uslublarni talab qiladi.
    Ekologiya yoki uning yaqin bo’limlarida turli biologik va nobiologik fanlarning yutuqlari, materiallaridan ehtiyotkorlik bilan foydalanish mumkin, aks holda haqiqiy ekologik voqeliklar, holatlar buzilib, ekologiyada “begona fikrlar” chalkashib ketishi mumkin.
    Ekologiya - umumiy biologiya faniga mansub bo’lib, tabiiy ekosistemalar, ularning turli guruhlari, a’zolarini tabiiy holda o’rganadi. Ammo tabiatni ekologik holat bilan tajriba qilib bo’lmaydi, chunki bunday hol juda ham kutilmagan va boshqarib bo’lmaydigan sanoqsiz ofatlarga olib kelishi mumkin.
    Masalan, atom bombalarini Semipalatinsk, Lubnurda, Nevadagi sinovlari, atom bombasini Xirosima, Nagasakida qo’llash, Chernobil AESining portlashi chegarasiz salbiy ekologik holatlarni keltirib chiqaradi.
    Shuning uchun ekologik ta’limsiz va mustahkam ekologik bilimga ega bo’lmasdan atrof-muhit muhofazasi muommolarini hal qilib bo’lmaydi.

    1. Ekologiya fani integrativ fan bo’lib u o’zida turli xil bo’imlarni, yo’nalishlarni uslublarni mujassamlashtirgan hisoblanadi. Mana shu ekologiya yo’nalishlari uslublari birlashgan holda ekologiyaning bo’limlarini tashkil qiladi.

    Ana endi yuqorida keltirilgan ekologiyaning bo’lim va yo’nalishlarining ayrimlariga ta’rif berishni boshlasak ham bo’ladi.
    Umumiy ekologiya- u barcha ekologik yo’nalishlar va uslublarnio’z ichiga olgan ekologiya hisoblanadi. Masalan umumiy ekologiyadan turli ekologiyalar, ekologik yo’nalishlar ayrim fanlarning bo’limi sifatida rivojlanmoqda.
    Jumladan, fiziologik ekologiya,palekologiya, evolutsion ekologiya, morfologik ekologiya, dengiz va chuchuk suv ekologiyasi- gidroekologiya, odam ekologiyasi,
    ijtimoiy ekologiya va hk;
    Palekologiya- tabiatdan yo’qolib ketgan organizmlar, turlar, guruhlarining ekologiyasini o’rganadi;
    Evolutsion ekologiya- tabiatdan populyatsiyaning o’zgarib, rivojlanib turishini ekologik mehanizmlarni o’rganadi;
    Amaliy ekologiya- amaliy biologiya faniga mansub bo ’lib, tabiiy ekosistemalar, ularning turli guruhlari, a’zolarini amaliy holda o’rganadi.
    Odam ekologiyasi- insonning tabiiy holati, unga salbiy va ijobiy ta’sir qilayotgan ekologik omillarning mohiyati, uning sog’lig’i, tabiatdagi o’rni va rolini o’rganadi.
    Farobiyning “Insoniyatning boshlanishi”, “Hayvon a’zolari to’g’risida kitob”, nomli asarlarida, shuningdek, “Odam a’zolarining tuzilishi” kabi asarlarida odam va hayvonlar ayrim a’zolarining tuzilishi, xususiyatlari va vazifalari haqida, ularning
    o’xshashligi va farqlari keltirilgan.
    Inson ekologiyasi- insonni tashqi muhitga munosabati boshqa tirik organizmlardan tubdan farq qiladi. Inson ekologiyasi yangi fan sifatida 1921 yil amerikaliklar olimlar Borjes va Park tomonidan kiritilgan.
    Dastlabki inson ekologiyasi tibbiy soha bo’limi sifatida qaralib, keyinchalik uning ijtimoiy, texnik, ma’muriy, iqtisodiy va huquqiy tomonlari ham o’rganildi. Inson ekologiyasi insonni atrof- muhitga va aksincha,muhitning insonga ta’sirini o’rganadi.
    Ijtimoiy ekologiya- Inson ekologiyasini o’rganish natijasida ijtimoiy ekologiya vujudga keldi. Unga birinchi bo’lib Raderik Mak Kenzil ta’rif bergan. Bu fan ijtimoiy fanlardan biri hisoblanib, uning predmeti inson bilan uning atrof-muhit o’rtasidagi xususiy bog’lanishlarini o’rganishdan iborat. Ya’ni, jamiyat bilan tabiat o’rtasidagi turli ekologik munosabatlarni o’rganadi va hk.
    Dengiz va chuchuk suv ekologiyasi- gidroekologiya- turli suv havzalarida uchraydigan tirik organizmlarning o’sish, rivojlanish, ko’payish,tarqalish qonunlarini o’rganadi;
    O’simliklar ekologiyasi- ularning qayerga moslashish muhit omillariga morfologik moslashishlari,ularning ko’rinishi, turlari va boshqalar o’rganiladi.
    O’simliklar olami vakillarining turli sharoitga moslashishlari natijasida turli formalar vujudga kelgan. Aristotel davridan o’simliklar tashqi qiyofalariga qarab, “daraxtlar”, “butalar”, “chala butalar”, “o’t o’simliklar”, va “suvda o’suvchi o’simliklar” nomi bilan atalib kelgan.
    O’simliklar ekologik formalarini farqlashda gidrofit, mezofit, boshoqli, kserofit, galofit, o’sish formasi,epimorfa kabi atamalar ham ishlatilib, ular asosan o’simliklar tashqi qiyofasi haqida ma’lumot beradi.
    Hayvonlar ekologiyasi- hayvonlarning yashash muhit omillariga morfologik moslashishlari ularning tashqi qiyofasi- hayotiy
    formalari orqali bo’lib, turli tashqi ko’rinishlar evolutsion jarayonlarda hosil bo’lgan va ularni tashqi muhitlarini o’rganadi.
    Koinot ekologiyasi- koinotdagi muhit o’rganiladi. Abu Rayxon Beruniy (973- 1048y) koinotdagi hodisalarni taraqqiyot qonunlari bilan narsa va hodisalarning o’zaro ta’siri bilan tushuntirishga urinadi.
    Xususiy ekologiya- umumiy ekologik qonunlarni ayrim taksonomik birliklar (organizmlar olamidan turlargacha), har xil yashash joylar, turli biologic iqlimdagi biogeotsenozlarga nisbatan qo’llashni o’rganadi.
    Ekologiya fani integrativ fan hisoblanib, uning rivojlanishida juda ko’p ishlar amalga oshirilyapti.
    Masalan, uzluksiz ta’lim-tarbiya tizimini joriy etish. Bunda - oilada, maktabgacha ta’lim muassasalarida ekologik ta’lim; umumiy o’rta, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarida ekologik ta’lim; oliy ta’lim muassasalaridaekologik ta’lim; kadrlarni qayta tayyorlash va muntazam ravishda malakasini oshirib borish; oliy ta’limdan keyingi ekologik ta’lim kabilar kiradi.
    Ekologik holatni oldini olish maqsadida inson ekologik madaniyat to’g’risidagi bilimlarni chuqur egallashi kerak bo’ladi. Ya’ni ekologiya bo’yicha madaniyatli inson avvalo, tabiatning rivojlanish qonuniyatlarini anglab yetishi zarur, o’z faoliyati ta’sirining yaqin va uzoq kelajakdagi oqibatlarini inobatga olishi darkor.
    Shu ma’noda, ekologik madaniyat umuminsoniy ma’naviyatning moddiy hamda ahloqiy faoliya mmahsuli sifatida aks etgan tarkibiy qismi ekanini anglab yetishi lozim.
    Ekologik madaniyat tarqqiyoti o’z navbatida ekologik ta’lim-tarbiya hamda ma’lumotlarni aholi o’rtasida ma’rifatning hamma usullaridan foydalanib ommaga yetkazish bilan chambarchas bog’liqdir.
    Xulosa qilib aytganda, ekologiyaning turli fanlari tabiat muhofazasi doirasida mujassamlashtirish vazifasi maktab o’quv predmetlarining o’zaro ilmiy-amaliy munosabatlarini mustahkamlab kengaytiradi.
    Tabiatning ekologik qonunlari, organizmlarning bir-birlari va ularning atrof- muhit bilan doim bo’lib turadigan munosabatlarini chuqur o’rganib yetgandan keyingina biz tabiatni muhofaza qilishga tayyor, bilimdon, sarkor bo’lamiz. Atrof- muhitni muhofaza qilish va tabiiy boyliklardan tejamkorlik bilan foydalanish shu kunning eng global ekologik muommosi hisoblanadi va bu muommo 6,3-6,5 mlrd sayyora aholisi , ular yashayotgan davlatlar va mamlakatlar manfaatini o’z ichiga qamrab oladi.
    Inson tabiat qo’ynida yashar ekan, uning beminnat saxovati, in’omi va marhamatidan bahramand bo’ladi. Shunday ekan, insonning eng yaqin do’sti bo’lmish tabiatni ardoqlash va e’zozlash har bir kishining muqaddas burchi bo’libgina qolmasdan, balki shu ko’rkam tabiatning bir oliy ne’mati hisoblanadigan insonning sharafli burchi bo’lishi lozim. Muruvvatli, ko’rkam, sahovatli keng tabiatni e’zozlash, unga bo’lgan muhabbat inson qalbida yoshlikdan uyg’onadi va davrlar o’tishi bilan shakllanadi.
    Xulosa qilib aytganda, agar biz tabiat qo’ynida tinch va sog’ yashashni xohlasak, tabiat qonunlarini o’rganishimiz, o’zlashtirishimiz va uning qonunlari asosida o’z hayot-faoliyatimizni , ish rejalarimizni, tuzishimiz shart.
    Download 41.71 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling