Reja: Ekologiya to’g’risida tushuncha, uning tarixi


Download 41.71 Kb.
bet2/4
Sana28.02.2023
Hajmi41.71 Kb.
#1235906
1   2   3   4
Bog'liq
EKOLOGIYA FANIDAN Mustqail ishi

Ikkinchisi, ekologiya mustaqil fan sifatida shakllana boshlagan davr XIX asrning 60-yillar oxiri rus olimlaridan K.F. Rulte (1814-1858y), N.A.Seversov (1827- 1885y), V.VDokuchayev (1846-1903y) laming ekologiya fani to’g’risidagi tushunchalari ayni shu bosqichda rivoj topdi; ushbu fikrlar haligacha o’z qiymatini yo’qotgani yo’q.
Tabiatshunos A.Tensli (1935y) ekosistema to’g’risidagi tushunchani ilgari surdi. 1940-yili rus olimi V.N.Sukachev ekosistema tushunchasiga yaqin bo’lgan biogeosenoz atamasini asosladi. XX asrning 20-40 yillarida ekologiya sohasida jahon miqyosida ko’zga ko’ringan olimlar V.I.Vernadskiy, V.N.Sukachev, E.S.Bauer, G.G.Gauze va boshqa fidoyi olimlar fundamental izlanishlar olib borishdi: ekologiyaning mustaqil fan sifatida to’la-to’kis shakllantirishdi.
XX asrning 50-yillaridan e’tiboran ekologiya fani rivojining uchinchi bosqichi boshlandi va hozirga qadar davom etmoqda. Hozirda ekologiya fani bo’yicha 71 yo’nalishda izlanishlar olib borilmoqda. Ekologiya fanining fundamental nazariy va amaliy jihatlari boyitilmoqda; uning ko’pdan- ko’p yangi qirralari ochilmoqda; tabiatni asrash, uning resurslaridan oqilona foydalanish, inson salomatligini asrash singari global muommolarni hal qilishga intilmoqda. E’tirof etish kerakki, ekologiya fanining hozirgi rivojida Yu.Odum,M.Andrson,
T.Miller, D.Xarper, B.Nebel, A.V.Yablokov, A.L.Yanshina, V.Rozanovakabi xorij ziyolilari, A.Ergashev, A.S.To’xtayev, X.Tursunov, Sh.Otaboyev, Yu.Shodimetov va boshqa vatanimiz olimlari jonkuyarlik bilan ilmiy izlanishlar olib borishmoqda, ekologiyaga oid jiddiy ilmiy asarlar yaratishmoqda.
Rossiyada tuproqshunoslikning asoschisi V.V.Dokuchayev (1846-1903) tabiiy mintaqalar yo’nalishini ishlab chiqib, ekologiyaning rivojlanishiga salmoqli hissa qo’shdi.
Yuqorida XX asr boshlarida ekologiya fani tez sur’atlar bilan rivojlandi degan edik. Avval o’simlik va hayvonlar ekologiyasi ayrim-ayrim o’rganilsa, keyinchalik ular birgalikda, bir uyushma sifatida o’rganildi.

  1. Ekologiya bo’yicha savodsizlik - omillikning eng daxshatli shakli hisoblanadi. Bu narsa atrof-muhit bilan zaruriy munosabatlarni bilmaslikda aks etadi. Shuning uchun ham ekologiyaning vazifalaridan biri insonlarga ekologik tarbiya berishdan iboratdir. Shu yerda “ekologik bomerang ” iborasi ustida to’xtashga to’g’ri keladi. Bu - inson bilan tabiiy muhit o’rtasidagi munosabatlarni bilmaslik oqibatida paydo bo’ladigan jarayondir. Inson tabiatning tabiiy qonuniyatlarini hisobga olmasdan unga o’tkazgan ta’siri qaytib kelib o’ziga salbiy ta’sir ko’rsatishini va buning evaziga murakkab vaziyatni yuzaga keltirishini aks ettiruvchi iboradir.

Ekologiyaning vazifalaridan biri bo’lgan ekologik ta’lim tarbiyaning ahamiyati shundaki, nohushliklarda aql zakovat bilan chek qo’yish mumkin. Demak, hozirgi ekologik inqirozning kelib chiqishidagi tartibsizliklarga chek qo’yish zarur. Ekologik barqaror rivojlanishni ta’minlash lozim. Ya’ni kelajak avlodlarga zarar keltirmagan holatda insoniyat o’z ehtiyojlarini me’yorda taraqqiy ettirishi kerak. Ekologik barqaror rivojlanish konsepsiyasi insoniyatning uzoq muddatli taraqqiyoti zaminidir. Uning kapital mablag’larini ham me’yorda oshirishiga, ekologik sharoitning yaxshilanishiga turtki bo’lishi zarur.
Bunday holatni yaratish uchun ekologik ta’lim-tarbiyani oilada, bog’chada, maktabda, o’rta maxsus va oily o’quv yurtlarida uzluksiz olib borish zarur bo’ladi. Ekologik nuqtai nazardan ta’lim olgan inson yuqorida zikr qilingan fikrlarni hayotda amalgam oshirish uchun harakat qilmog’i zarur.
Aks holda, tabiatni, tabiiy muhitni yo’q qilish asorati insonning tirik qolishiga imkoniyat bermasligi o’z-o’zidan ma’lum. Inson tabiat ustidan hukmdor bo’lishi kerak, degan fikrdan qaytishi lozim. Aks holda ekologik bomerang jarayoni insonning o’ziga xavf tug’diradi. Hozirgi kunda katta va kichik mamlakatlar imkoniyatlari darajasida ekologiya sohasida insonlarga ta’lim berishni rivojlantirmoqda.
Xususan, Respublikamizda ekologik ta’limni rivojlantirish va ekolog kadrlarni tayyorlash, hamda malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish istiqbollari uch vazirlik hamkorlikda ish yuritmoqda. Chunonchi. O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, O’zbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish Davlat qo’mitasi tomonida 2005yili tarixiy qaror, dastur va konsepsiya qabul qilindi. Mazkur tarixiy hujjat va qabul qilingan konsepsiyani ilova sifatida keltiramiz. O’zbekiston respublikasi OO’MTV, XTV va TMQDQ ning 2005yil 7 noyabr 242/33/79 sonli qo’shma qaroriga 2-ilova.
Ekologiya fanining vazifalaridan biri bo’lgan sanitariya nazorat qilish organlarining vazifalari:

  • Ogohlantirish sanitariya nazoratini olib borish;

  • Tozalash ishi bilan shug’ullanuvchi korxonalar ishini nazorat qilish;

  • Chiqindi axlatlarni tozalash inshootlarida, ya’ni assenizatsiya shudgorlarida, kompost qilish maydonlarida, axlatlarni kuydirish, yoqish korxonalarida qayta ishlarni nazorat qilish;

  • Shaxarlarning iflosligi tufayli kelib chiqqan kasalliklarni o’rganish, tahlil qilish, ayniqsa,oshqozon-ichak yuqumli kasalliklarini o’rganish, sariq kasalligi kelib chiqishini, gelmintoz kasalligining tarqalishini o’rganish;

  • Odatda shaharlarning kengayishini, aholining demografik o’sishini, kelajakda shahar taraqqiyotini ko’zda tutib, ularni tozaligini ta’minlash maqsadida, ekologik holatlarni oldindan ko’rib, 5-10yilga mo’ljallangan loyihalar ishlab chiqiladi.

5 yilga mo’ljallangan loyihalarda aniq vazifalar ko’rsatiladi va shu loyihalar asosida ish olib boriladi.Shunday ekan ekologiya fanining vazifalari yosh ekologlarni, talabalarni, bolalarni tarbiyalash,ularning tabiatga hissa qo’shishga undash, tabiatimiz go’zalligiga putur yetkazadigan omillarning oldini olish bo’yicha chora tadbirlarni ko’rsatishdan iboratdir.
Shaharlarni tozalashni tashkil qilish loyihalarning tarkibiga:

  • tozalashning bosh rejasi;

  • rejali vazifalar;

  • inshootlar, korxonalarning loyihalari;

  • ishni boshqarish rejasi va boshqalari kiradi.

Shaharlarning tozaligini ta’minlash loyiha va rejalarini amalga oshirish, bu rejalar kam- ko’stsiz bo’lishi uchun quyidagi fakt va dalillar o’rganilishi kerakligini ta’minlash kerak:

  1. Joylarning tabiiy sharoiti, ya’ni relyefi, tuprog’i tekis-notekisligi, iqlimi, yog’ingarchiliklari, shamol harakati va yo’nalishi;

  2. Shahar va uning rayonlarining sanitariya va ekologik holati;

  3. Aholi o’rtasida yuqumli oshqozon-ichak kasalliklarini tarqalishi;

  4. Tozalash jarayonlarining barcha bosqichlarini qaysi ahvolda ekani;

  5. Kanalizatsiyani hozirgi ahvolini va kelajakda taraqqiy etish rejalari;

  6. Aholining rayonlar miqyosida zichligi va soni demografik ko’rsatkichlari;

  7. Maydonlar, turar joylar, ularning fondi, ko’cha va hiyobonlarning obodonlashtirilgani;

  8. Ko’kalamzorlashtirishning ahvoli, shahar, rayon, irrigatsiya shohobchalari, favvoralar, suv havzalarining ahvoli;

  9. Shahar va rayon markazlaridagi dam olish joylari, parklar, dam olish zonalari, hojatxonalar va ularning ahvollari va boshqalar;

10) Gazifikatsiya, elektr tarmoqlari, vodoprovod tarmoqlarining ahvoli.
Aholi turar joylarini toza tutishni loyihalashtirish uchun hozirgi va kelajakda yig’iladigan turli axlatlarning miqdori to’g’risada ma’lumotlar rejaga vazifalar sifatida kiritiladi.
Shunday qilib, ishlab chiqilgan loyiha asosida xonadonlardan, mahallalardan yig’iladigan chiqindi axlatlarni rejali ravishda tozalab olib chiqib ketish yotadi, kanalizatsiya bo’lmagan joylarda axlatlarni tezroq olib chiqib ketishi shart. Bu vazifalar amalga oshirilganda rayon, shahar hududlari ozoda turishi mumkin. Bunda kasalliklar tarqalishning oldi olinadi.
Ekologik ta’lim tarbiyani amalga oshirishda turli aholi guruhlarini atrof-muhit muommolarini hal qilish uchun qayta o’qitish kurslari, “Ekologik ta’lim asoslari”, “Atrof-muhit”, “Tabiat va tabiiy boyliklardan tejamkorlik bilan foydalanish”, “Ekologiya va yoshlar tarbiyasi”, “Qishloq xo’jalik ekologiyasi” kabi qisqa kursli darsliklarda ekologik muommolarni oldini olish, tabiatni asrash, tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish kabilar yozilgan bo’lib, inson ularni o’qib kerakli ma’lumotlar oladi.
Ekologiya fani shuningdek, tabiiy muhit holatini, inson ta’sirida o’zgarishi, jonli va jonsiz komponentlarga kuchli antropogen ta’sir ekologik muommolarni keltirib chiqarish sabablariga e’tibor beradi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, hozirgi zamon ekologiyasining asosiy vazifalarini quyidagicha ta’riflash mumkin:

  • hayotning tashkil topish qonuniyatlarini, shu jumladan, tabiiy tizimlari va umuman biosferaga antropogen ta’sirlarni shu qonuniyatlar asosida tadqiq etish;

  • biologiyaviy boyliklardan oqilona foydalanishning ilmiy asoslarini yaratish, inson xo’jalik faoliyati ta’siri asosida tabiatda ro’y beradigan o’zgarishlarni oldindan bilish, biosferada kechadigan jarayonlarni boshqarish va inson yashaydigan muhitni saqlab qolish;

  • populyatsiyalar sonini tartibga solish;

  • u yoki bu tabiiy qismlar va landshaft elementlari xususiyatlarini aniqlashda ekologik indikatsiyalash, shu jumladan, tabiiy muhit bulg’anishini indikatsiyalash;

  • buzilgan tabiiy tizimlarni tiklash, shu jumladan, foydalanishdan chiqarib tashlangan qishloq xo’jaligik ekin maydonlarini tiklash (rekultivatsiya), yaylovlarni, kam hosilli tuproqlarni, suv havzalari va boshqa ekotizimlar mahsuldorligini oshirish;

  • biosferaning etalon maydonlarini saqlash (konservatsiyalash);

  • muhit sifatini saqlash va yaxshilish bo’yicha texnikaviy, huquqiy, tashkiliy

  • boshqaruv organlarining uzoqqa mo’ljallangan tadbirlar majmuini

takomillashtirish;

  • yangi o’zlashtirilgan mintaqalarda, sanoatlashgan va aholisi ko’p bo’lgan hududlarda ishlovchi aholining sharoitga moslashuvini tezlashtiruvchi vositalarni ishlab chiqish;

  • xavfli tabiiy hodisalar, avariyalar natijasida kishilarni nobud bo’lishi va salomatligini yo’qotish mumkin bo’lgan holatlarni oldini olish;

  • ekologik ong, ekologik madaniyat, ekologik ta’lim va tarbiya tizimlarini shakllantirish va bu sohada ommaviy axborot vositalari ishini faollashtirish.

Darhaqiqat, XIX asrning ikkinchi yarmida ekologiya fani o’simliklar va hayvonlarning iqlim omillariga moslanishini o’rgandi.
3.O’zbekistonda ekologik yo’nalishdagi ishlarning asoschilari D.Nkashkarov va E.P.Karovin hisoblanadi.
Ekologiyaning hamma bo’limlari, umumiy vazifalari, yo’nalishlari bir-birlari bilan birlashgan bo’lib, lekin “O’simlik” yoki “Sanoat ekologiyasi” va “Insonlar ekologiyasi” kabi yo’nalishlarning har birining o’ziga xos tadqiqot uslublari bordir.
Masalan, o’simlik ekologiyasi - abiotik omillarning ayrim o’simlik turlariga yoki tur vakillariga ta’sirini aniqlaydi.

Download 41.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling