Reja: Elektr yuritma tushunchsi va funksional sxemasi


Download 88.08 Kb.
bet1/4
Sana08.09.2023
Hajmi88.08 Kb.
#1674666
  1   2   3   4
Bog'liq
1-amaliyot (1)

№1 Amaliyot ishi

Kon sanoati mashinalari va uskunalarini avtomatlashtirilgan elektromexanik sistemalarga qo’yiladigan talablarni aniqlash

Reja:

1.Elektr yuritma tushunchsi va funksional sxemasi.

2.Yuritma elementlari

3.Elektr yuritmalarning asosiy turlari va ularning vazifalari

Elektr yuritma deb mashinalarning ish organlarini harakatga keltiradigan hamda bu jarayonlarni maqsadga muvofiq boshqaradigan, hamda elektr dvigatel, kuchli o‘zgartgich, boshqarish, axborot hamda kuchli o‘zgartgich, uzatish qurilmalaridan tashkil topgan murakkab elektro­mexanik tizimga aytiladi.

Elektr yuritma deb mashinalarning ish organlarini harakatga keltiradigan hamda bu jarayonlarni maqsadga muvofiq boshqaradigan, hamda elektr dvigatel, kuchli o‘zgartgich, boshqarish, axborot hamda kuchli o‘zgartgich, uzatish qurilmalaridan tashkil topgan murakkab elektro­mexanik tizimga aytiladi.

Yuritmaning «chiqish» koordinatlariga ish mashinasi organlarining me’yorda ishlashi uchun zarur bo‘lgan elektromagnit moment M yoki kuch F va harakat koordinatlari: burchak tezlik w yoki chiziq­li tezlik n hamda ularga mos harakat yo‘nalishi bo‘laklari Da, DS kiradi.

Yuritma elementlari quyidagilardan iborat.

Uzatish qurilmasi harakat shakllarini o‘zgartirish va mexanik energiyani dvigatel qurilmasidan mashi­naning ish organlariga uzatish uchun mo‘ljallangan.

Dvigatel qurilmasi elektromexanik o‘zgartgich bo‘lib, elektr energiyasini mexanik energiyaga aylantiradi va uzatish qurilmasi bilan birgalikda ish organining berilgan harakat turlarini shakllantiradi.

1-rasm. Avtomatlashtirilgan elektr yuritmaning funksional sxemasi

Kuchli o‘zgartgich qurilmasi elektr yuritma tizi­mini elektr manbayi bilan bog‘lash uchun (masalan, sanoat elektr tarmog‘i bilan) elektr energiyani bir turdan ikkinchi turga o‘zgartirish uchun (masalan, o‘zgaruvchan tokni o‘zgarmas tokka aylanti­rish) xizmat qiladi. Kuchli o‘zgartgich qurilmasi­ning asosiy vazifasi jarayon davomida boshqariladigan energiya oqimini shakllantirishdan iborat. Elektr yuritma tizimlarida ish mashinalari, mexanizmlar va ish jarayonlarida «energiyani tejaydigan» texnologiyalarni qo‘llash, tiklanuvchi energiya manbalarini yaratish kuchli o‘zgartgich, dvigatel va uzatish qurilmalarining xususiyatlariga bog‘liq.


Download 88.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling