MAVZU: ELEKTRON POCHTA BILAN ISHLASH VA OUTLOOK EXPRESS DASTURI
Reja:
1. Elektron pochta imkoniyatlari.
2. Xalqaro pochta xizmatlari: mail.ru, gmail.com, yahoo.com
3. Elektron pochtadan foydalanish va elektron xabarlarni almashish madaniyati.
4. Outlook Express dasturi imkoniyatlari.
5. Outlook Express dasturida xat yozish, jo‘natish va o‘qish tartiblari.
6. Outlook Express dasturining jildlari.
7. Adreslar kitobi va uning vazifasi.
Tayanch iboralar: Outlook Express dasturi, elektron pochta xizmatlari, xat yozish, adreslar kitobi, xatlarni kodlashtirish.
An`anaviy pochta xizmati
Internet konferensiyalari:
– Har bir shahar va maekazlarda joylashgan pochta aloqasikorxonalari orqali amalga oshiriladi.
– Bunda jo`natilishi rejalashtirilayotgan xat maxsus konvertga solinib yuboruvchi va qabul qiluvchining indeksi,manzili va kimga mo`ljallanganligi yoziladi.
– Shu ma`lumotlarga asoslangan holda pochta korxonasi kelgan xatni markaziy pochta korxonasiga yuboradi va u yerda saralanib tegishli manzilga etilib berishni ta`minlaydi.
– Kamchiligi: yuborilgan xabar yoki xat manzil uzoqligiga qarab kunlab, oylab borishi, ba`zi hollarda umuman yetib bormasligi ham mumkin
- Internetning asosiy xizmat turlaridan biri bu Elektron pochtadir. Hozirgi paytda internetdan foydalanuvchilarning aksariyati elektron pochtadan foydalanishadilar. Lekin Elektron pochtadan to‘g‘ri va unimli foydalanish talab etiladi. Sizlarga taqdim etadigan ko`rsatmalarimiz elektron pochtadan foydalanish bo`yicha tavsiyalar o`rin olgan.
Elektron pochta xizmati va uning afzalliklari.
Internet–xalqaro tarmog‘ining asosini Electronic mail (E-mail) - elektron pochta xizmati tashkil qiladi. Elektron pochta xuddi odatdagi pochtadek bo‘lib, faqat bunda xatni qog‘ozga emas, balki kompyuter klaviaturasidan harf va so‘zlarni terib, ma’lum elektron yozuv ko‘rinishiga keltiriladi.
Elektron pochta maxsus dastur bo‘lib, uning yordamida Internet tarmog‘i orqali dunyoning ixtiyoriy joyidagi elektron manzilga xat, hujjat, ya’ni ixtiyoriy ma’lumotni tezda (bir necha soniya va daqiqalarda) jo‘natish va qabul qilib olish mumkin. Elektron pochtaning kamchiligi shundan iboratki, xat jo‘natuvchi va qabul qiluvchining har ikkalasi ham foylanayotgan kompyuter Internet tarmog‘iga ulangan bo‘lishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |