Reja: Elektron tijoratning asosiy tushunchalari. Elektron tijoratning biznes-mazmuni, elektron tijoratning rivojlanish omillari. Tijorat biznes-modelini sinflashtirish. Elektron tijorat tizimining afzalliklari va istiqbollari
Elektron tijorat tizimining afzallik va istiqbollari
Download 94 Kb.
|
Elektron tijorat bulutli texnologiyalarni iqtisodiy istiqbollari
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘zbekiston Respublikasida B2B sektorining rivojlanishi
Elektron tijorat tizimining afzallik va istiqbollari.
Elektron tijorat tizimida mavjud imkoniyatlar turlicha bo‘lishiga qaramay, ular bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq. Raqobatning oshishi va xizmat sifatining ortishi, xizmatning ommaviy ravishdan yakka tartibda olib borilishiga o‘tishi, qisqa vaqt va masofalarda xaridorga yetkazib berish sarf harajatlarni kamaytiradi, bu o‘z navbatida, mahsulot tannarxining pasayishiga olib keladi. Elektron tijoratda real mahsulot bilan elektron mahsulot ma’lumoti materiali o‘rtasida farq bor. Elektron material savdosida (dasturiy ta’minot, tijorat ma’lumotlari, axborot xizmati, video, ovozli mahsulotlar, grafiklar, o‘yinlar, multimedia ilovalari va boshqalar) to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘liq tijorat kelishuvi bosqichi amalga oshirilishi mumkin. Ushbu holatda mahsulot va xizmat o‘rtasidagi farqni aniqlash muammo. Agar kompakt diskka musiqa yozib, pochta orqali yuborilsa,u tovar-mahsulot ko‘rinishiga ega bo‘ladi va mahsulotni sotish hisoblanadi. Agar musiqani raqam ko‘rinishida xaridorga uzatilsa bu mahsulot bo‘ladimi yoki xizmat, degan savol yuzaga keladi. Shuning uchun ham elektron mahsulot almashinuvida elektron mahsulot deb yuritish, yangi elektron bozorni tashkil etadi, jumladan, nashriyotlardagi elektron kitob bunga misol bo‘ladi. Bunday elektron tijoratning ko‘rinishi raqobatni yuzaga keltirib, yangi ish joylarini tashkil etilishiga olib keladi. O‘zbekiston Respublikasida B2B sektorining rivojlanishi «Ideal» holatda V2V andoza bo‘yicha elektron tijorat yuritish tadbirkorlarning avtomatik o‘zaro aloqadorligini ko‘zda tutadi. Xorijda V2V andozasi 40 yil oldin paydo bo‘lgan va keng tarqalgan. V2V andozasidan foydalanishning ikki ko‘rinishi bor: Birinchisi: ikki yoki undan ortiq korxonalar o‘zaro turli xil shartnomalar tuzadi. Misol: korxonalar Internet orqali shartnoma tuzishda o‘z takliflarini yuborishlari, hisob varaqalarini qabul qilishlari va to‘lovlarni amalga oshirishlari mumkin. Ikkinchisi: V2V sektorida elektron tijorat yuritishning rivojlangan tizimlarining o‘ziga xos xususiyati bo‘lib, korporativ axborot tizimlari bilan integratsiya hisoblanadi. Shunday qilib, istiqbolda, nafaqat xarid va sotuv jarayonining avtomatlashuvi, balki korxona boshqaruvining kompleks avtomatlashuvi masalalari yechimi ham ta’minlanadi. Ichki bozor doirasida elektron tijoratning bu yo‘nalishi ichki ishlab chiqaruvchilar orasida yangi tijorat aloqalarini vujudga keltirishga yordam berdi, shuningdek, materiallar va uskunalarni xarid qilish jarayoni sezilarli darajada yengillashdi. Xalqaro darajada V2V andoza bizning ishlab chiqaruvchilarga dunyo bozorida ishtirok etishiga keng imkon yaratdi. V2V andozasini qurish va muvaffaqiyatli faoliyat yuritish maqsadida mo‘ljallangan bozor segmenti shu kabi yechimlarni qabul qilish va joriy etishga tayyor bo‘lishi lozim. Bozorning bu segmenti bir necha tasnifga ega bo‘lishi kerak. Ularning eng ahamiyatlisi quyidagilardir: hajmlilik va sig‘imlilik. Tabiiyki, Shimoliy Amerika, G‘arbiy Yevropa va bizning bozorlar uchun hajm bo‘yicha ko‘rsatkichlar keskin farqlanadi. Turli xil korxonalar va ishtirokchilar bozorning bu segmentida har biri o‘z maqsadini ko‘zlaydi, lekin V2V andozasini tadbiq etib, undan foydalanishda hamma yutishi mumkin. Texnologik yechimlarni yetkazib beruvchilar V2V andozasini amalga oshirishda o‘z mahsulotlari texnologiya va ilmlarini sotuvdan va keyinchalik bu bo‘yicha elektron tijorat jarayonini olib borish funksiyalarni amalga oshirishdan yutishadi. Ta’kidlab o‘tish lozimki, ko‘p hollarda korxonalar axborot resursining egasi yoki to‘la huquqli hamkori bo‘lib qoladi va uning faoliyatidan foyda olishda qatnashadi. Download 94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling