Reja epidemiya va


Dunyoda epidemiyalar tobora ko‘paymoqda. Nima uchun?


Download 30.62 Kb.
bet3/3
Sana09.06.2023
Hajmi30.62 Kb.
#1473226
1   2   3
Bog'liq
EPIDEMIYA5

Dunyoda epidemiyalar tobora ko‘paymoqda. Nima uchun?

So‘nggi o‘ttiz yilda viruslar tarqalishi holatlari ko‘paydi. Xitoydagi yangi koronavirus kabi virusdan kasallanish oqibatida epidemiyalar kelib chiqishi odatiy holga aylanmoqda. Lekin nima uchun?


Bugungi kunda Yer yuzi aholisi har qachongidan ko‘ra ko‘proq. Sayyorada bugungi kunda - 7,7 mlrd kishi yashamoqda, aholi soni kundan kunga ortmoqda va zichlashmoqda.
Odamlar ko‘paymoqda - kengliklar toraymoqda. Bu esa patogenlar (kasallik qo‘zg‘atuvchi bakteriyalar) odamlar orasida tez tarqalishini ta'minlaydi.
Uxan koronavirusi kasallangan odam yo‘talganida yoki aksirganida tupuk tomchilari orqali yuqadi. Inson organizmdan tashqarida virus uzoq vaqt yashab qola olmaydi, shuning uchun yuqishi uchun odamlar juda yaqin bo‘lishi talab etiladi. 2014 yilda Ebola virusi epidemiyasi bilan ham shunday bo‘lgandi. U qon va tanadagi boshqa suyuqliklar orqali tarqalar, uni zararlangan odam bilan yaqin aloqada bo‘lganlargina yuqtirardi.
Barcha viruslar ham odamdan odamga yuqmaydi, ammo chivinlar orqali tarqatiladigan Zika virusi ham odamlar tig‘iz yashaydigan joylarda tezroq tarqalishi ma'lum bo‘lgan. Chivinlar oziq-ovqat mahsulotlari mo‘l bo‘ladigan shaharlarda o‘zlari uchun qulay sharoitga ega bo‘lishadi. Ular odamlar tig‘iz yashaydigan va issiq yoki iliq iqlimli hududlarda tezlik bilan ko‘payishadi.
2007 yilda shaharlar aholisi soni qishloqlar aholisi sonidan oshib ketgandi. Bugungi kunda esa 4 milliarddan ortiq kishi quruqlikning bir foiziga teng qismidagi hududlarda yashamoqda.
Ko‘plab shaharlar aholi o‘sishiga tayyor emas. Bunday shaharlardagi odamlar ichimlik suvi va kanalizatsiya bilan ta'minlanmagan xaroba uylarda yashashadi. Bunday sharoitda esa kasallik tez tarqaladi.
Samolyotlar, poyezdlar va avtomobillar viruslar bir kun ichida yarim dunyoni kezib chiqishini ta'minlaydi. Xitoydagi koronavirus aniqlanganidan keyingi bir hafta ichida bu virus dunyoning 16dan ortiq davlatida aniqlandi.
2019 yilda jahondagi aviakompaniyalar 4,5 milliarddan ortiq yo‘lovchi tashidi. 10 yil muqaddam bu raqam ikki barobar kamroq edi - 2,4 milliard.
Uxan - Xitoydagi muhim transport uzeli - mamlakatning ko‘plab temir yo‘llari shu shahar orqali o‘zaro bog‘lanadi. Qolaversa, virus tarqalishi esa sayyoradagi odamlar harakatining eng katta to‘lqini arafasiga to‘g‘ri keldi - Xitoyda yangi yil bayrami munosabati bilan o‘n millionlab odamlar mamlakatni keza boshlashdi.
Jahon tarixidagi eng yirik epidemiya 1918 yilda kuzatilgan. Bu ispan grippi pandemiyasi yoki «ispanka» edi. U ham Birinchi jahon urushidan keyingi katta migratsiya vaqtida Yevropada boshlangandi.
Gripp urush tufayli qochqinga aylanganlar tomonidan ham, urush tugab uylariga qaytgan askarlar tomonidan ham tarqatilgan. Virus unga immuniteti tayyor bo‘lmagan odamlar yashaydigan hududlarga yetib borgan.
Download 30.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling